Научная статья на тему 'ILMLI АYOL – JАMIYATNING ILMLI BO‘LISHIGА ZАMIN'

ILMLI АYOL – JАMIYATNING ILMLI BO‘LISHIGА ZАMIN Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
хоtin-qizlаr / fаоllik / huquqiy mаdаniyat / gеndеr tеnglik / milliy qdriyatlаr / “Tеmir dаftаr” / “Yoshlаr dаftаri” vа “Аyollаr dаftаri” “Ijtimоiy himоya yagоnа rееstri” / fаоl аyollаr / tаdbirkоrlik.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Хаkimоvа M.А

Ushbu mаqоlаdа O‘zbеkistоndа аyollаr huquqlаrini himоyasi to‘g‘risidа so‘z bоrаdi. Jаmiyatimizdа аyollаrgа bo‘lgаn e’tibоr dаvlаt siyosаti dаrаjаsigа ko‘tаrilgаnligi, gеndеr tеngligi munоsаbаtlаri, ilmli аyollаr dоimо yеtаkchi dаrаjаlаrdа bo‘lishi e’tirоf etilgаn. Shu bilаn birgа аyollаrni jаmiyatdаgi fаоlligi mаsаlаlаrigа hаm to‘хtаlib o‘tilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILMLI АYOL – JАMIYATNING ILMLI BO‘LISHIGА ZАMIN»

ILMLI AYOL - JAMIYATNING ILMLI BO'LISHIGA ZAMIN

Xakimova M.A.

TIQXMMI-MTU "Gumanitar fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi siyosiy fanlar bo'yicha falsafa

doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10663730

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonda ayollar huquqlarini himoyasi to'g'risida so'z boradi. Jamiyatimizda ayollarga bo'lgan e 'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi, gender tengligi munosabatlari, ilmli ayollar doimo yetakchi darajalarda bo'lishi e 'tirof etilgan. Shu bilan birga ayollarni jamiyatdagi faolligi masalalariga ham to'xtalib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: xotin-qizlar, faollik, huquqiy madaniyat, gender tenglik, milliy qdriyatlar, "Temir daftar ", "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari" "Ijtimoiy himoya yagona reestri", faol ayollar, tadbirkorlik.

Аннотация. В dannou cmambe ¿oeopumcn o зaщитe npae жeнщин в Y36emcmane. В нaшeм oбщeствe npmnaemcn, nmo enuManue к жeнщинaм nodnrnocb na ypoeenb zocydapcmeennou nonumuKu, oтнoшeнuй ¿endepnoso paeencmea, и 4mo o6pa3oeannbie жeнщuны ecesda naxodnmcn na лuдupующuxypoenMx. npu эmoм 6binu 3amponymbi u eonpocu aKmuenocmu жeнщuн в oбщecmвe.

Ключевые слова: Жeнщuны, axmuemM, npaeoean Kynbmypa, гendepnoe paeernmeo, нaцuoнaльныe щnnocmu, «Жeлeзнaя rnma», «Мoлoдeжнaя Knusa» u «Жeнcкaя rnma», «Едшый peecmp coцuaльнoй зaщumы», aKmuenbie жeнщuны, npednpunuMamenbcmeo.

Abstract. This article talks about the protection of women's rights in Uzbekistan. Our society recognizes that attention to women has risen to the level of public policy, gender equality relations, and that educated women are always at leadership levels. At the same time, issues of women's activity in society were also touched upon.

Keywords: Women, activism, legal culture, gender equality, national values, "Iron Book", "Youth Book" and "Women's Book", "Unified Register of Social Protection", active women, entrepreneurship.

Mamlakatimizda ayolga bo'lgan munosabat o'z tarixiy ildizlariga ega, ajdodlarimiz doimo ayollarni qadrlashga, ularga nisbatan hurmat va izzatda bo'lishga da'vat etishgan. "O'g'il bolaning ilm olishi - bir kishiga, qiz bolaning o'qitilishi esa butun jamiyatga ta'lim berilishi bilan teng" degan ibora bor. Bu vaziyat bugungi kunga kelib mamlakatimiz rivojida o'z aksini topmoqda.

Jamiyatimiizda xotin-qizlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda e'tibor kuchaytirilayotganlishining o'ziga xos jihatlari bor. Bugungi kunga kelib, ularning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, iqtisodiy faoliyatni keng yo'lga qo'yish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish masalalari davlatning muhim maqsadlari qatoridan joy oldi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ta'lim va tarbiyaga e'tiborning kuchaytirilishi bilan yanada mustahkamlandi. Yurtimiz ravnaqi, farzandlarimizning, xususan qizlarimizning bilimli, har jihatdan barkamol bo'lib ulg'g'ayishida, jamiyatimizning ma'naviy-ma'rifiy jihatdan yuksalishida xotin-qizlarimizning hissasi kattadir.

Xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini ta'minlash va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli katta. Chunki, nodavlat xarakterdagi, turli guruhlar va qatlamlar manfaatlarini ifodalaydigan jamoat tashkilotlari bugungi kunda zamonaviy fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida e'tirof etilgan. Bunday tashkilotlarga xotin-qizlarni keng jalb etish orqali ularning huquq va erkinliklarini ta'minlashga erishiladi, shu bilan birga

davlat va jamiyat boshqaruvida bevosita va bilvosita ishtiroki ta'minlanadi. Yangi Konstitutsiyaning 58-moddasida xotin-qizlarning huquqlari alohida belgilab qo'yildi: "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlaydi"[1].

O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug'lashga yo'naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo'yicha belgilangan vazifalar doirasida 2026 yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to'liq qamrab olinishini nazarda tutilgan. Ayniqsa, "Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo'lgan shaxslar bo'yicha alohida ma'lumotlar bazasini yaratish, jumladan, "Temir daftar", "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari" "Ijtimoiy himoya yagona reestri" bilan integratsiya qilindi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning mavqeini yanada yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarda ular faolligini ta'minlashning asosiy omili ta'lim va tarbiya uyg'unligi bo'lib, uning quyidagi jarayonlarda ko'rish mumkin: avvalo oilada ota-onalar tomonidan farzandlarga tarbiya berish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar qatorida, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar xususida ham tushunchalar berib borilishi; oliy ta'lim va undan keyingi bosqichlarda siyosiy va huquqiy madaniyatni tadqiq etishga oid ilmiy-nazariy va amaliy faoliyatga rag'bat berish, bunda ta'lim muassasalari va davlat tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlikni keng yo'lga qo'yish; yosh qizlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda madaniyat ob'ektlari (kino, teatr, muzey va h.k.) bilan cheklanib qolmasdan, ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda ularning ishtirokini ta'minlash, ushbu yo'nalishlardagi munozara-debatlardagi faolligini oshirish; mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda xotin-qizlarning faol ishtirokini ta'minlash, yosh qizlarning jamiyatda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg'usini shakllantirish ham ushbu yo'nalishda olib borilayotgan ishlarning asosini tashkil etadi.

Raqamlarga murojaat qilinganda buning isbotini ko'rish mumkin.

Bilimli, tashabbuskor va faol ayollarimizdan 2 ming nafarga yaqini davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilmoqda. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 33 foizi, Senat a'zolari hamda mahalliy Kengashlar deputatlarining 25 foizi xotin-qizlar ekanini ta'kidlash lozim.

Vatanimiz va xalqimiz oldidagi munosib xizmatlari uchun ayollarimizdan 17 nafari eng oliy mukofot - "O'zbekiston Qahramoni" unvoni bilan taqdirlangan. Xotin-qizlarimiz orasida 5 nafar akademik, oliy ta'lim muassasalarining o'zida 700 nafardan ziyod fan doktori, qariyb 3 ming nafar fan nomzodi, shuningdek, "O'zbekiston xalq shoiri", "Xalq artisti", "Xalq o'qituvchisi" va boshqa faxriy unvonlarga sazovor bo'lgan ko'plab ayollarimiz bor. [2]

Agar bundan 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qizlar tahsil olgan bo'lsa, hozirgi vaqtda bu raqam qariyb 5 barobar ko'payib, 500 ming nafarni tashkil etmoqda. Shu tariqa bugungi kunda oliy ta'lim olayotgan talabalar orasida qizlarimizning ulushi 50 foizga etgani tariximizda misli ko'rilmagan natijadir.

Yangi tartibga muvofiq, magistraturada o'qiyotgan 10 mingdan ortiq talaba qizlar uchun 68 milliard so'mdan ziyod kontrakt pullari davlat tomonidan to'lab berildi. 65 mingdan ko'proq talaba xotin-qizlarga 727 milliard so'mga yaqin foizsiz ta'lim krediti ajratildi.

Ehtiyojmand oilalarda yashayotgan qariyb 2 ming nafar qizlar, shuningdek, mutaxassisligi bo'yicha besh yillik mehnat stajiga ega bo'lgan 500 nafardan ortiq xotin-qizlarimiz oliygohlarga alohida kvota asosida o'qishga qabul qilindi.

Respublika xotin-qizlar tashkiloti hozirgi vaqtda Oila va xotin-qizlar qo'mitasi sifatida yangicha mazmunda faoliyat ko'rsatmoqda. Qo'mitaning vakolat va faoliyat doirasi kengaytirilib, uning tarkibiga bilimdon va yuqori malakali yangi kadrlar jalb etildi. Jumladan, tariximizda birinchi marta eng quyi bo'g'inda - 9 ming 400 dan ziyod mahallada ayollar muammolarini hal etishga ko'maklashadigan xotin-qizlar faoli lavozimlari joriy etildi.

Bularning barchasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasini O'zbekiston ayollarining chinakam tayanchi va suyanchiga aylantirishga xizmat qiladi.

2022 yilning 7 martida qabul qilingan "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmon bilan xotin-qizlarning mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Milliy dastur ham tasdiqlangan edi. Respublikamiz tarixida ilk bor qabul qilingan mazkur Milliy dastur yoshi, irqi, e'tiqodi, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar, mamlakatimizdagi barcha xotin-qizlarni qamrab olishi bilan muhim ahamiyatga egadir. Yangi Nizom bilan xotin-qizlarga ko'rsatiladigan 41 turdagi xizmatlar (yordamlar) to'plami joriy qilingan. Endilikda xotin-qizlar 1 yil davomida ushbu yordamlarni olib, ijtimoiy ahvoli yaxshilangach ularni "Ayollar daftari"dan chiqarish mumkin bo'ladi. Shuningdek, huquqiy, tibbiy va psixologik yordamlar "daftar"ga kiritilgan barcha xotin-qizlarga ko'rsatiladi. Tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagida bo'lgan xotin-qizlarni manzilli qo'llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish maqsadida "Tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar" alohida toifa sifatida belgilandi.

Shunday ekan, jamiyatda ayolni ilmli bo'lishi har qanday davr uchun muhim bo'lib qolaveradi. Ularni qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyalash, qadrlash, rag'bat berish, ilmli bo'lishiga imkon berish doim o'rinli bo'ladi.

Xulosa o'rnida aytish lozimki, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlarning mazmun-mohiyati, rivoji va istiqbolini belgilab beruvchi ko'pgina omillar qatorida "xotin-qizlar" omili alohida o'rin tutadi. Xotin-qizlar ma'naviy-siyosiy jarayonlarga o'ziga xos demokratik o'zgarishlar, yangiliklar olib kirishi bilan uni yanada boyituvchi, amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarining davomiyligi va barqarorligini ta'minlovchi, jamiyat taraqqiyotini yanada tezlashtiruvchi va yangi g'oyalar bilan boyituvchi asosiy omil hisoblanib, ular vositasida mamlakat hayoti yuksalib boradi. O'z istiqbolini o'ylagan har qanday davlat olib borayotgan siyosatida xotin-qizlar masalasiga alohida e'tibor qaratadi. Chunki, ayollar jamiyat taqdirida alohida o'rin tutadigan, uning rivojida ilm-fan yutuqlarini ijtimoiy hayotga joriy etish orqali taraqqiyotni belgilab berishidagi qudratli kuchdan biridir. Binobarin, Ayol-tabiatning qudratli va buyuk in'omi bo'lib, harakatchan, mukammal, nozik tabiatli, turli qiyinchiliklarga bardoshli, ayni paytda yoqimli, sevuvchi va seviluvchi, tushunuvchi shaxs sifatida o'zini ko'rsatadi. Ehtimol, mana shu xislatlari orqali tabiat unga hayotning davomiyligini ta'minlashdek vazifani ham yuklagandir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Mazkur Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.

2. Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit yaratib berish - doimo e'tiborimiz markazida. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 07.03.2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.