ILMGA ASOSLANGAN, INNOVATSIYA BILAN INTEGRATSIYALASHGAN, AMALIYOTGA YO'NALTIRILGAN
YONDASHUVLAR
Nilufar Maxamadjanovna Abdullayeva
p.f.f.d.(PhD), dots.Toshkent Perfect universiteti
ANNOTATSIYA
Ushbu ilmiy maqolada Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimida innovatsion muhitning yaratilishi barobarida ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyatini, innovatsion ta'limning rivojlanishi, tendentsiyalar va istiqbollari, innovatsion ta'limni rivojlantirishda innovatsion faoliyatni amalga oshirish masalalari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: innovatsiya, innovatsion muhit, innovatsion faoliyat, innovatsion ta'lim, innovatsion tendentsiyalar, ilm-fan, ta'lim tizimi.
ANNOTATSION
This scientific article discusses the issues of innovative activities of educational institutions, the development of innovative education, trends and prospects, the implementation of innovative activities in the development of innovative education, along with the creation of an innovative environment in the system of continuing education in the country.
Keywords: innovation, innovative environment, innovative activity, innovative education, innovative trends, science, education system.
Ma'lumki, so'nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirish, kadrlarni malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash sohasi tubdan isloh qilinmoqda. Uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimini yaratishga alohida e'tibor qaratilyapti.
Bunda innovatsiyalar, ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, shu bo'yicha zarur huquqiy mexanizmlarni yaratishga ustuvor yo'nalish sifatida qaralayotgani muhimdir.
Shular asosida, oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash hamda attestatsiyadan o'tkazish tizimi yana-da takomillashtirilmoqda, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim bosqichiga qator yangiliklar tatbiq etilayotir. Shuningdek,
376
May 2024
dissertatsiya tadqiqotlarining sifati, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish bo'yicha zamon talablari asosida muayyan ishlar olib borilyapti.
Yurtimizda yuridik kadrlar tayyorlash sohasiga ham aynan mana shunday progressiv nuqtai-nazar bilan yondashilayotgani yaqin kelajakda o'zining yorqin samaralarini berishi shubhasiz. Zero, shu bo'yicha qabul qilinayotgan Farmon va qarorlar, boshqa huquqiy hujjatlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari va zamonaviy xalqaro standartlariga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab berilmoqda. Ularning ijrosi esa so'zsiz va izchil ta'minlanyapti.
Biroq mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shu bilan bir joyda turib qolishi kerak emas, balki u jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hamohang tarzda rivojlanib borishi darkor. O'zbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatning mazmun-mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad hamda vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish zarur. Inson manfaatlarini ta'minlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega bo'lgan ilg'or usullarni qo'llash,shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yana-da samaraliroq himoya qilish, korrupsiyani oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish lozim.
Shu asosda professor-o'qituvchilar tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega mutaxassislar bilan mustahkamlash, amaliy ish tajribasiga ega bo'lgan mutaxassislarni ta'lim jarayoniga keng jalb etilmoqda. Talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda nazariy mashg'ulotlar yana-da optimallashtirildi, ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, yuristda tahliliy fikrlash va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan o'quv rejasi, dastur va o'quv-metodik materiallar o'quv jarayonida qo'llanilyapti.
Modul tizimi va o'qitishning innovatsion metodlarini rivojlantirish, o'quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llash, talabalar, o'qituvchilar va yosh tadqiqotchilarni global axborot-huquqiy va ta'lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, amaliyot, stajirovka o'tish tartibini takomillashtirish, shuningdek, klinik ta'limni joriy etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
O'quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar fondini, o'qitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy va ta'lim resurslarini muntazam yangilanayotir. Yetakchi xorijiy ilmiy-ta'lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar, qolaversa, davlat va xo'jalik
377
May 2024
boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura bilan faol hamkorlik yo'lga qo'yilgan.
Shunga uyg'un tarzda davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta'lim tizimini chuqur isloh qilishga doir vazifalar ko'rsatib o'tildi, ularni amalga oshirish yo'llari o'rtaga tashlandi.
Bu bevosita pedagogik faoliyatni zamon talablaridan kelib chiqib, yo'lga qo'yish masalasiga ham daxldordir.
Zero, bugun ta'lim muassasalarida innovatsion pedagogik faoliyatga har qachongidan ham ko'proq zaruriyat tug'ilyapti. Bu darslarni samarali o'tish, vujudga kelishi mumkin bo'lgan ziddiyatlarni oqilona hal etish imkonini beradi. Binobarin, ta'lim xodimi - eng avvalo, innovator "xavfsiz sinovlar o'tkazish" psixologiyasining bilimdoni bo'lishi kerak.
O'qituvchini aniq maqsadni ko'zlagan holda innovatsion faoliyatga tayyorlash - bu yaxlit, bir butun jarayon. U o'zaro bog'liq va bir-biri bilan shartlangan davrdan tashkil topgan: oliy ta'lim muassasalarida o'qish va tarbiyalash, shuningdek, maxsus muassasalarda o'qish va maktabdagi amaliy pedagogik faoliyatning o'zaro almashib kelishi asosida tashkil qilingan OTMdan keyingi ta'lim. Qayd etib o'tilgan davrlarni o'qituvchi shaxsini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishning yaxlit jarayoniga birlashtirilishi - uni innovatsion faoliyatga kiritishning asosidir.
O'qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash konsepsiyasini yaratishda o'qituvchi shaxsini shakllantirishning bir butun jarayonini loyihalashni va faoliyat olib borishini ta'minlovchi tizimli, refleksiv-faoliyatli, individual-ijodiy yondashuvlar asos qilib olinadi.
Masalan, tizimli yondashuv jihatdan - pedagogik ta'limning barcha bo'g'inlari innovatsion faoliyatning barcha komponentlarini ularning yaxlitligida yuzaga chiqishini maksimal darajada rag'batlantirishi kerak.
Refleksiv-faoliyatli yondashuvni amalga oshirish esa o'qituvchining o'z faoliyatiga nisbatan, faoliyat subyekti sifatida o'quvchi shaxsini rivojlantirish borasidagi samaradorligini tanqidiy tahlil etish, mulohaza qilish va uni baholash maqsadida o'ziga nisbatan ham faol tadqiqiy mavqeiga kirishish qobiliyatini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Individual-ijodiy yondashuv o'qituvchida ijodiy individuallikni aniqlash va shakllantirish, unda innovatsion ongni rivojlantirishni takrorlanmas faoliyat texnologiyasini ta'minlovchi shaxsiy darajaga olib chiqadi.
Xulosa qilib aytganda, pedagogni innovatsion faoliyatini yo'lga qo'yish obyektiv voqelikni qabul qilishdagi qarashlarini aniqlab beradi. Pedagogni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosi ma'lum maqsadlarga bo'ysunuvchi bir
May 2024
y
necha o'zaro aloqador va funksional komponentlarni o'z ichiga olgan tizim sifatida ifodalanishi mumkin.
Bo'lg'usi o'qituvchining innovatsion tayyorligi uzluksiz ta'lim sharoitida pedagogik innovatikaning to'liq mazmun-mohiyatini egallash bo'yicha uning nazariy, amaliy va psixologik-fiziologik saviyasidir. Bunday tayyorlik pedagogik tizim natijasi sifatida nazariya va amaliyotning bir butunligini ta'minlash, o'quv ishlariga vijdonan munosabatda bo'lishni tarbiyalash hamda ijodiy faollikni rivojlantirish asosida o'quvchilarda ma'lum fanlar, umumkasbiy faoliyat ko'rinishlari bo'yicha bir butun bilimlar va malakalarni shakllantirishga ko'mak berishi kerak.
Bozor shart-sharoitlarida o'z hayotiy layoqatini barqaror saqlashga intiladigan har qanday ta'lim muassasasi pirovard natijada ilm-fan sohasida yoki kadrlar tayyorlash tizimida biron bir yangilikni yaratishga, yangi g'oyalarni amalga oshirishga, ya'ni g'oyalarning moddiylashtirilishiga hamda bozorlarda salohiyat xaridorlarga sotilishiga erishishi lozim. Ta'lim muassasalarining faoliyatini tijoratchilik asosida yo'lga qo'yilishi ularni funktsional vazifalaridan birmuncha chalg'itishi mumkin albatta, ammo ilmiy-innovatsion faoliyat bilan shug'ullanish oxir oqibatda o'quv yurtlariga moddiy jihatdan o'z-o'zini ta'minlash imkoniyatini yaratib beradi. Respublikamiz miqyosida amal qiluvchi innovatsion muhitning yaratilishi barobarida ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyatini faollashtirish obyektiv ehtiyojga aylangan. Innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirish jarayonlari ham muayyan sikllardan iboratdir. Ushbu nuqtai nazardan olib qaralsa, innovatsion sikl vaqt o'lchamlarida izchil davom etuvchi, ahamiyati jihatidan bir xil bo'lgan turli xil bosqichlarda funktsional jihatdan alohida mazmun kasb etib bir-biridan farqlanadigan faoliyat majmuasidir.
Ta'lim muassasasining innovatsion faoliyatini joriy etishda innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirish jarayonlari ham muayyan sikllardan iboratdir. Ushbu nuqtai nazardan olib qaralsa, innovatsion jarayon vaqt o'lchamlarida izchil davom etuvchi, ahamiyati jihatidan bir xil bo'lgan turli xil bosqichlarda funktsional jihatdan alohida mazmun kasb etib bir-biridan farqlanadigan faoliyat yig'indisidir. Innovatsiya uchun asos bo'lib xizmat kiluvchi fundamental g'oya va bilimlarning, ularni amalda ko'llash quyidagi natijalarga olib keladi:
- istiqbolli bo'lmaydigan loyihalarni aniqlab olish va to'g'ri qaror chiqarish;
- innovatsion g'oyani amaliyotga tatbiq etish jarayonida yanada takomillashtirish;
- yangilikni texnologik xususiyatlariga, boshqaruv va tashkiliy faoliyat yuritish uchun mas'ul bo'lgan tizimlarning xarakteriga moslashtirish imkoniyati bo'ladi. Innovatsion potentsialning moliyaviy resurslardan foydalanish funktsiyalari esa:
May 2024
y
- innovatsionlarni joriy etish uchun talab etiladigan moliyaviy resurslarning kelib tushishini ta'minlash;
- moliyaviy resurslarning innovatsion jarayonlarning mos holda ta'minlanish sharoitini yaratish;
- innovatsion jarayonlarning amalga oshirilishini takomillashtirish;
- innovatsiyalarning yaratilishi uchun shart-sharoit yaratib berish, va rag'batlantirish;
- mavjud innovatsion tizimning funktsional faoliyati va rivojlanishi bilan bog'liq turli xil ehtiyojlarga mos keladigan innovatsion loyihalarning yaratilishiga ko'maklashish;
- innovatsion loyihalarni xarajatlarning optimal va samaradorligini ta'minlash.
Y.Shumpeter innovatsion sohada faoliyat yurituvchi subyektlarning quyidagi
funktsional vazifalarini belgilab beradi:
- innovatsiyalarni o'zlashtirishdan manfaatdor bo'ladigan potentsial iste'molchilarni aniqlash maqsadida tijorat tahlilini amalga oshirish;
- istiqbolli g'oyalar mualliflarini, funktsional faoliyat yuritish uchun imkoniyat beruvchi manbalarni izlab topish;
- yangiliklarni yaratish va ularni amaliyotga joriy etish jarayonlarini tashkillashtirish;
- yangiliklarning amaliyotga joriy etilishini qo'llab-quvvatlash.
- ilm-fan sohasida kashf etilgan yangi g'oyalarning moddiy tusga kiritilishi bosqichida innovatsion faoliyat sohasidagi novatorlik mehnati yaxshilash;
Guruhdagi o'zaro shaxsiy munosabatlarni o'qituvchi, jamoa shakllanishiga qadar bo'lgan bosqichda maqsadli tashkil etishi lozim. Buning uchun u yuqori darajada rivojlangan kommunikativ o'quvga-munosabat va aloqalar o'rnatishga moyillik va iqtidor, ta'lim oluv-chilarni tushuna bilishga ega bo'lishi kerak. S.V.Kondratyevaning ma'lumotlariga ko'ra o'qituvchining ta'lim oluvchilarni tushunish darajasi va uning ularga ta'siri qandayligi o'rtasida muayyan o'zaro bog'liqlik mavjud. Tushunish darajasi yuqori bo'lgan o'qituvchida xarakterni shakllantiruvchi ta'sir birinchi o'rinda turadi, tushunish darajasi past bo'lgan o'qituvchida esa-intizomiy ta'sirdir. O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida mamlakatimizda ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyatini joriy etish xususiyatlari, uning ahamiyati va zaruriyatidan kelib chiqqan holda vazifalar belgilangan.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar
May 2024
to'g'risida"gi PQ-4884-sonli qarorida ta'lim sifatini oshirish masalalari bo'yicha vazifalar uzluksiz ta'lim tizimining har bir bo'g'ini uchun alohida ajratib ko'rsatilgan bo'lib, bu vazifalarni amalga oshirishda ta'lim texnologiyalarini qo'llash asosida o'qitish jarayonini tashkil etish ham o'z ahamiyatiga ega. Amaliyotga joriy etiladigan innovatsiyalar jamiyat tomonidan e'tirof etilishi oqibat natijada vujudga keladi. Bu xususda quyidagi global tendentsiyalarni alohida ko'rsatib otamiz:
1.Ta'lim tizimini demokratlashtirish, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida uzluksizlik va uzviylikni ta'minlash, ta'lim muassasalari mustaqilligini mustahkamlash.
2.Aholining barcha qatlamlari uchun ta'lim olishga teng imkoniyatlar yaratish. 3.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ta'lim oldiga yangi vazifalar qo'yishi. Kasb
o'rganish uchun ta'lim olish bilan birga kelajakda ishlash uchun emas, balki o'z shaxsiy ehtiyoji uchun ta'lim olishning rivojlanib borishi va boshqalar.
Ularni amalga oshirishda innovatsion ta'limning quyidagi rivojlanish printsiplari asosida ish olib borilishi lozim.
• Ta'lim va amaliyotning o'zaro uzviy bog'liqligini ta'minlash, kadrlarni amaliyotda ishlashga tayyorlash;
• Ilm-fan yutuqlarini ta'limga keng joriy qilib borish:
• Ta'limning uzluksizligi va uzviyligini ta'minlash, hayot mobaynida uzluksiz
ta'lim;
• Bitiruvchilarning korporativ hamkorligini ta'minlash, ta'lim muassasalari an'analarini shakllantirish va rivojlantirib borish;
• Ta'lim va tarbiyani qo'shib olib borish, yuksak ahloqiy fazilatlarni tarbiyalash;
• Yuksak ma'naviy fazilatlarga ega bo'lgan intelligentsiyani tarbiyalash. Innovatsiyalarni ta'lim jarayonlariga tatbiq etishning istiqbollari:
• Ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, axborotkommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan ta'lim jarayonida samarali foydalanish, masofaviy ta'limni joriy etish.
• Ta'lim muassasalarining mintaqaviy va xalqaro miqyosda integratsiyalashuvi, ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning rivojlanib borishi;
• Ta'lim muassasalarini moliyalashtirish manbalarining ko'payib borishi, byudjetdan tashqari moliyalashtirish;
• Ta'lim sifatini boshqarishga xalqaro standartlar talablarini joriy etishni tashkil etadi.
O'quv yurtlari o'rtasidagi integratsion aloqalar o'rnatish natijasida innovatsion faollikning ahamiyati quyidagicha:
381
May 2024
y
1.Amaliy tadqiqotlarning shakllanish ko'nikmalari, professional yechimlarni qabul qilishga yordam beradi;
2. Bilimlarni samarali o'zlashtirish imkonini yaratadi;
3. Bilimlarni to'plashdan mustaqil ta'lim olish mexanizmlarini yaratish va tadqiqot faoliyati ko'nikmalariga o'tish jarayoni rivojlantirish imkonini yaratadi:
4. O'quvchilarning qobiliyatlarini shakllantirish va ularda bilim ko'nikmalarini mustahkamlaydi;
5. Ijodiy va kasbiy bilim qobiliyatini rivojlantiradi;
6. O'quvchilarning sotsial moslashuvi uchun psixologik shart sharoitlar yaratadi. Milliy ta'lim tizimlari innovatsion faollik ular faoliyatiga ta'sir kursatib kelmoqda, ular bir-biridan taraqqiyot darajasi, maqsad va vazifalari, milliy va tarixiy xususiyatlari, an'analari, aholini qamrab olish darajasiga ko'ra keskin farqlanadi. Ta'lim tizimini rivojlantirish uchun mamlakatimizning ilmiy-texnik va innovatsion potentsialini barqaror saqlash xamda rivojlantirish zarur. Buning uchun quyidagi yunalishlar bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
- mavjud qonunchilikka innovatsion sohadagi faollikni yanada jadallashtirish uchun qulay shart-sharoit yaratib beradigan yangi takliflar kiritish;
- ilm-fanni rivojlantirish va innovatsiyalarni yaratish uchun, ilm-fan yutuqlaridan keng ko'lamda foydalanish asosida innovatsion faoliyat subyektlarini va ulardagi faollarni qo'llab-quvvatlash;
- yaratiladigan innovatsion loyihalarni ro'yobga oshirish bilan bog'liq bo'lgan barcha ishlarni muvofiqlashtirib boshqarib boradigan maxsus innovatsion guruhlarni yaratish;
- bilimli, tajribali professional ilmiy-texnik xodimlari, olimlari va mutaxassislaridan tarkib topadigan innovatsion loyixalarni ishlab chiqib ularni ro'yobga oshirish bilan bog'liq chora-tadbirlarni rejalashtiradigan, keyinchalik ushbu faoliyatni boshqarib turadigan ta'lim muassasalariaro Forsayt markazlarini tashkil qilish. Innovatsion guruhlar faoliyat va undagi faollikani tartibga solish mexanizmlarini boshqaruv funktsiyalari orqali muvofiqlashtirib borish quyidagilarni amalga oshirishga bog'liq:
- ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik istiqbollarni to'g'ri belgilash;
- turli xil ilmiy izlanishlarni va innovatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo'ladigan mablag'larni akkumulyatsiyalash;
- innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish;
- innovatsiyalarni rag'batlantirish;
- innovatsion sohada raqobatchilikni kuchaytirish va ta'lim tizimidagi innovatsion faoliyatni amalga oshirishda salohiyatli kadrlar ta'minotiga ahamiyat berish;
May 2024
- ilmiy-innovatsion infratuzilmani shakllantirish;
- amalga oshirilishi mo'ljallangan innovatsiyalarning ijtimoiy va iqtisodiy yo'nalishli bo'lishligini ta'minlash;
- ta'lim tizimida innovatsion faoliyatning ijtimoiy mavqeini ko'tarish;
- ta'lim tizimida innovatsion jarayonlarni regional miqyoslarda tartibga solish; Innovatsiyalarni ta'lim jarayonlariga joriy etilishi natijasida ta'lim sifatiga
ta'sir etishi hammaga ma'lum. Innovatsion guruhlarni tashkil etgan ta'lim muassasalari raqobatbardoshlikka ega. Bu esa o'z navbatida turli xil dasturlarni tashkil etishda va integratsiya qilinishida xizmat qiladi. Innovatsion ta'limni rivojlantirishda yuqorida ajratib ko'rsatilgan innovatsion faoliyatni amalga oshirish guruhlari eng maqbul variantlarni tanlashi, innovatsiyalarni unumli boshqarishi uchun zarur oid masalalarni hal etishi lozim. Innovatsion ta'limni rivojlantirishda, ta'lim tizimida innovatsiyalar xususida maqbul qarorlar qabul qilish, elektron axborot tizimini yaratish va undan unumli foydalanish masalalarini muvaffaqiyatli hal etish maqsadga muvofiq.
REFERENCES
1. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 1(02), 132-137.
3. Adbujalilova, S. A., & Koraev, S. B. (2020). Талабалар илмий дунёкарашини шакллантиришда педагогик технологияларнинг урни. Academic research in educational sciences, (4).
4. Korayev, S. B. (2018). Recommendations on Effective Organizing Training and Production Complexes at Secondary Educational Institutions. Eastern European Scientific Journal, (2).
б.Караев, С. Б. (2018). Современные пути совершенствования учебнопроизводственных комплексов, специализированных на профессиональной подготовке учащихся. In Психология и педагогика на современном этапе (pp. 30-36).
8. Эрназаровой, Г. О. (2017). Подготовка учащихся к профессиональной деятельности на основе акмеологического подхода. Традиционная и инновационная наука: история, современное состояние, перспективы: сборник статей, 115.
9. Burkhonov, A., Avlaev, O., Abdujalilova, S., & Otaev, A. (2021). Responsibility as a criterion for determining personal maturity. In E3S Web of Conferences (Vol. 244, p. 11059). EDP Sciences.
383
May 2024
12. MycypMOHOB, P., & MycypMOHOBa, M. (2020). TatnHMga нннoвaцнoн ^aonnaT gaBp TanaÖH. Science and Education, 1(Special Issue 4).
14. 3mMaHOBa, H. H., & MaTbAKyöoBa, M. E. (2019). TapÖHAHHnapHHHr Kacönfi компетенцнaпapннн pHBO^naHTnpnm. TatnHMgara нннoвaцнflпap Ba Hcnoyoraap KOHTeKCTHga 3aMOHaBHH KnacTep th3HMH: MyaMMonap, eHgamyBnap Ba HCTKÖonnap, 1, 33-34.
384
May 2024