Научная статья на тему 'ILK TEMIR DAVRI IJTIMOIY MUNOSABATLARI TARIXI REKONSTRUKSIYASIGA DOIR (Qadimgi Baqtriya misolida)'

ILK TEMIR DAVRI IJTIMOIY MUNOSABATLARI TARIXI REKONSTRUKSIYASIGA DOIR (Qadimgi Baqtriya misolida) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ishquvatov F.X

Qadimgi Baqtriyaning ilk temir davridagi ijtimoiy munosabatlarni arxeologik topilmalar hamda yozma manbalarda keltirilgan ma’lumotlar asosida o‘rganish va ularni tahlil qilish mumkin. Ilk temir davrida ham jamiyatning asosi kichik oiladan iborat bo‘lib, har bir kichik oila 5-6 kishini tashkil qilgan. Ular katta patriarxal oila a’zolari bo‘lgan. Katta oila (20-25 kishi) umumiy uy-joyda yashagan [1]. Bu uylarda ayrim kichik oilalarga maxsus turar joylar tegishli bo‘lsa-da, lekin ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti – “umumiy tom ostida” katta oila (uy egasi “nmanopati”) rahbarligida o‘tganligi bilan izohlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILK TEMIR DAVRI IJTIMOIY MUNOSABATLARI TARIXI REKONSTRUKSIYASIGA DOIR (Qadimgi Baqtriya misolida)»

ILK TEMIR DAVRI IJTIMOIY MUNOSABATLARI TARIXI REKONSTRUKSIYASIGA DOIR (Qadimgi Baqtriya misolida)

Ishquvatov F.X.

magistr, Oriental universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11174980

Qadimgi Baqtriyaning ilk temir davridagi ijtimoiy munosabatlarni arxeologik topilmalar hamda yozma manbalarda keltirilgan ma'lumotlar asosida o'rganish va ularni tahlil qilish mumkin.

Ilk temir davrida ham jamiyatning asosi kichik oiladan iborat bo'lib, har bir kichik oila 5-6 kishini tashkil qilgan. Ular katta patriarxal oila a'zolari bo'lgan. Katta oila (20-25 kishi) umumiy uy-joyda yashagan [1]. Bu uylarda ayrim kichik oilalarga maxsus turar joylar tegishli bo'lsa-da, lekin ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti -"umumiy tom ostida" katta oila (uy egasi "nmanopati") rahbarligida o'tganligi bilan izohlanadi.

"Avesto" jamiyatida oila pastlashib boruvchi va yon chiziqlar bo'yicha keng qarindoshlik aloqalaridagi odamlardan iborat bo'lgan, oilaviy mol-mulk, iste'mol va ishlab chiqarish umumiyligi, umumiy ajdoddan kelib chiqqanlik bilan xarakterlanadi.

"Avesto" oilaga jamiyatning asosiy bo'g'ini sifatida katta ahamiyat bergan, jamiyat mavjudligi va farovonligi, ijtimoiy aloqalarning mustahkamlanishi, yomonlikka qarshi kurash, inson zotining davom etishi, avesto jamiyatining yashovchanligi, dinning vorisligi va tarqalishi uning mustahkamligiga bog'liq bo'lgan [2]. Shuning uchun zardushtiylikda nikoh va oilaviy burch masalasi muhim axloqiy o'rin tutgan. Inson hayotida uylanmay o'tishi esa qoralangan. Ya'ni, nikohdan o'tish har bir zardushtiyning vazifasi hisoblangan.

"Avesto" jamiyati tarkibini va boshqaruv tartibini quyidagi jadvalda tasvirlash mumkin [3].

"Avesto" tushunchalari Boshqaruv tartibi

"dmana", "nmana"- uy, oila uy egasi, oila boshlig'i

"vis"- urns', qishloq qishloq oqsoqoli

"varzana"-qo'shni qishloq oqsoqollar kengashi

"zantu"- qabila, tuman tuman hokimi

"daxiyu" - viloyat viloyat hokimi

"daxiyusasti" - mamlakat mamlakat hokimi

Yozma manbalarda Ahamoniylarga qadar "Qadimgi Baqtriya podsholigi" bo'lganligi haqida ma'lumotlar uchraydi. Hatto, uning tarkibiga Marg'iyona va So'g'diyona viloyatlari ham kirganligi haqida qarashlar mavjud. Bu siyosiy davlat uyushmasiga Baqtriya yetakchilik qilgan. Ammo, daxyu sasti qo'l ostidagi podsholik hali mutlaq hokimiyat egasi emas edi, uning huquqlari daxyupatilar tomonidan cheklangan edi. Bu siyosiy uyushmaning tepasida diniy rahbari bo'lib, u zaratushtroema deb atalgan. U payg'ambar Zaratushtra darajasidagi oliy diniy boshliq. Uning roziligisiz daxyupatilar va daxyu sastilar hokimiyat tepasiga kela olmaganlar.

"Avesto" davri jamoasi uch qismdan - "ratayshtar", "atrivan" va "vastryo-fshuyant" dan iboratligi aniqlangan. I.V. Pyankovning fikriga qaraganda, "ratayshtar" arxeologik jihatdan platformalar ustiga qurilgan arklarda, "atrivan" arklar atrofida qad ko'targan qal'asifat qo'rg'onlarda, uchinchi qatlam "vastryo-fshuyant" esa arksiz qishloqlarda yashagan. Arklar atrofida qaram aholi, arksiz qishloqlarda esa ozod dehqonlar istiqomat qilgan [4].

Zardushtiylik urf - odatlari bo'yicha "nasassa"larni ham jamiyatning quyi tabaqa a'zolariga qo'shish mumkin. Ular murda bilan bog'liq barcha marosimlarni bajarishgan. Nasassalar alohida, ya'ni jamoadan ajratilgan joylarda yashashgan. Ular jamoa joylariga borganda qo'ng'iroq taqib olishga majbur bo'lishgan. Qo'ng'iroq tovushini eshitgan zardushtiylar ulardan qochishga, tegib ketmaslikka harakat qilishgan. Demak, nasassalar jamoaning quyi tabaqasi hisoblanib, jamoadan ajratilgan.

"Avesto" ning eng qadimgi Gat qismlarida aholining ko'p qismi asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan, dehqonchilikdan ko'ra chorvachilik bilan ko'proq shug'ullanganligi e'tirof etiladi. Unda sug'orma dehqonchilikning bo'lganligini tasdiqlovchi, ya'ni kanallar qazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar uchraydi. Shimoliy Baqtriyadagi eng qadimgi kanal ham Kuchuk I davriga to'g'ri keladi. Bu Bandixon kanali bo'lib, E.V. Rtveladze tomonidan o'rganilgan va Bandixon I davrida qazilganligi ta'kidlangan. Kanallar qazish, bug'doy undirish zardushtiylikda yaxshilikning yomonlik ustidan g'alabasi deb tushunilgan.

Qadimgi Baqtriyaning ilk temir davriga oid ijtimoiy munosabatlarni mavjud arxeologik belgilar bilan qiyoslash mumkin [4].

Ijtimoiy belgilar Arxeologik belgilar

Aholi sonining oshishi va ijtimoiy tabaqalanishni ko'rsatuvchi belgilar Turar joy manzilgoxlarining oshishi, manzilgoxlarning hududiy kengayishi,

Ilk davlat markazi- Shaharlarning paydo bo'lishi,

shaharning mavjudligi shahar atrofida qishloq-manzilgohlarning jamlanish jarayoni

Hunarmandchilikning Hunarmandchilik sohalarining markazlashish

rivojlanishi jarayoni, hunarmandchilik mahsulotlari turlarining oshishi, sifatiy o'zgarishlar

Dehqonchilikning Mehnat qurollarining takomillashuvi,

rivojlanishi suniy sug'orish shahobchalari va kanallarning paydo bo'lishi, ekin turlari sonining oshishi

Chorvachilikning Uy hayvonlari suyaklari sonining oshishi

rivojlanishi

Harbiy ishlarning Harbiy istehkomlar mavjudligi,

takomillashuvi qurollarning takomillashuvi, Mudofa inshoatlar, burjlar

Kishilarni ruhiy oila altarlarining mavjudligi,

birlashtiruvchi ibodatxonalar

markazlashgan din

Savdo va madaniy aloqalar Boshqa madaniyatlarga xos bo'lgan moddiy madaniyat na'munalari, qadimgi aloqa yo'llarining takomillashuvi

Baqtriyada ijtimoiy mansablarni egallash hususida ikki xil yondashuvni farqlash mumkin. Birinchisi, ijtimoiy mansablarni egallash ayrim shaxslarning jamiyatdagi o'rni va mavqeini oshirish, jamoa mahsulotidan olinadigan ulushni o'zlashtirishga intilishi bilan bog'langan. Jamiyatda egallangan baland ijtimoiy o'rin moddiy farovonlikka poydevor bo'lgan [5]. Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarishdan tashkiliy boshqaruv faoliyati ajralib chiqib, ishlab chiqarish bilan doimiy shug'ullanmaydigan ijtimoiy va xo'jalik hayotini boshqaradigan shaxslar uchun jamoa mahsulotini taqsimlash paytida, uning yirik qismini o'zlashtirishga asos bo'lgan.

Ikkinchisi, boshqaradigan shaxslarning saralanishiga, ularning shaxsiy axloqiy xislatlari, bilim va nufuzlari, sabab bo'lgan. Demak, dastlab ijtimoiy mansabni jamoadagi tajribali kishi (ovchi, temirchi, jangchi) egallashi mumkin bo'lgan. Bundan kelib chiqadiki, birinchi yondashuvda boshqaruvchining dastlabki ijtimoiy foydali faoliyati, kasbiy boshqaruvchilikka aylanishi xususiyatlari va qonuniyatlariga yetarlicha e'tibor qaratilmagan.

Ijtimoiy mansablar va boshqaruvning vujudga kelishi asoslari ishlab chiqarish, ijtimoiy mehnat taqsimoti, tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, ijtimoiy masalalarni hal qilish zaruriyatidan kelib chiqqan. Bularning barchasi rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish, nazorat qilish vazifalarini yuzaga chiqarib, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini boshqarib turishni talab etgan [6]. Boshqaruv tizimida funksiyalarning kengayishi natijasida dastlabki ijtimoiy foydali boshqaruv kasbiy faoliyatga aylangan.

Adabiyotlar:

1. Сагдуллаев А.С. Урта Осиё тарихи. - Т., 2004. 51-б.

2. Ртвеладзе Э.В., Саидов А.Х., Абдуллаев Е.В. Кадимги Узбекистон цивилизацияси: давлатчилик ва хукук тарихидан лавхалар. - Т., 2001. 229-б.

3. Абдуллаев У.И. Урта Осиёда кадимги бошкарув тизими ва илк давлатчилик тарихшунослиги (XX-XXI аср бошлари). Т.ф.н. дис. - Урганч, 2008. 29-б.

4. Шайдуллаев Ш. Узбекистон худудида давлатчиликнинг пайдо булиши ва ривожланиш боскичлари (Бактрия мисолида). Т.ф.д. дис. - Самарканд, 2009. 199-б.

5. Массон В.М. Становление раннеклассового общества на Древнем Востоке // Вопросы истории. - 1967. - № 5. - С. 85.

6. Сагдуллаев А.С. Бошкарув асосларининг шаклланиши ва ривожланиш боскичлари // Жамият ва бошкарув. - 2004. - № 1. - Б. 9-10.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.