Научная статья на тему 'JARQO‘TON YODGORLIGI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR'

JARQO‘TON YODGORLIGI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1001
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bronza davri / sivilizatsiya / shahar / ark / saroy / shahriston / madaniyat / ibodatxona / diniy boshqaruv.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Munira Shoazim Qizi Shog‘iyosova

Ushbu maqolada Jarqo‘tonning O‘zbekiston hududida ilk shahar sifatida o‘rganilishi, shahar madaniyatining shakllanishi, Jarqo‘tonibodatxonasining ahamiyati, aholining diniy e’tiqod shakli, bu yerdan topilgan yozuvning va muhrlarningo‘rganilishi, diniy boshqaruvning ahamiyatikabi masalalar qiyosiy tahlil asosida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JARQO‘TON YODGORLIGI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

JARQO'TON YODGORLIGI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR

Munira Shoazim qizi Shog'iyosova

O'zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti Tarix yo'nalishi 2-boshqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Jarqo'tonning O'zbekiston hududida ilk shahar sifatida o'rganilishi, shahar madaniyatining shakllanishi, Jarqo'tonibodatxonasining ahamiyati, aholining diniy e'tiqod shakli, bu yerdan topilgan yozuvning va muhrlarningo'rganilishi, diniy boshqaruvning ahamiyatikabi masalalar qiyosiy tahlil asosida yoritilgan.

Kalit so'zlar: bronza davri, sivilizatsiya, shahar, ark, saroy, shahriston, madaniyat, ibodatxona, diniy boshqaruv.

O'zbekiston davlatchiligi tarixini o'rganar ekanmiz, uning shakllanishida ilk shaharlarning o'rni yuqori ekanligiga guvoh bo'lamiz. Bu shaharlarni o'rganishda Jarqo'tonning ilk shahar sifatida e'tirof etilishi diqqatga sazovardir. Chunki, Jarqo'ton yodgorligida shahar toifasiga oidligini tasdiqlovchi saroy qoldig'i, mafkuraviy markaz bo'lganligini bildiruvchi ibodatxona, shohlar saroyi joylashgan arkning mudofaa devorlari bilan o'rab olinganligi, jamoalarning ijtimoiy guruhlarga ajralganligini ko'rsatuvchi minglab qabrlar aholisining hunarmandchilikda, me'morchilikda erishgan yutuqlariga qarab A. Asqarov va Sh. Shirinovlar Jarqo'ton yodgorligini ilk shahar toifasiga kiritishadi. O'rta Osiyoda ilk shaharlar paydo bo'lish shart-sharoitlari va o'ziga xos xususiyatlarini arxeologik ma'lumotlar asosida o'rganishda Jarqo'tonda ilk shaharga oid barcha xususiyatlar o'z tasdig'ini topganligini arxeologik va ilmiy manbalar to'la tasdiqlagani bilan ham ahamiyatlidir. Davlatchilikning vujudga kelishida uning bosh ildizi ilk shaharlarga borib taqaladi. Chunki, shaharlar davlatning ma'muriy, xarbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlari sifatida mavjud bo'lgan. Shu jumladan, Jarqo'ton o'zbek davlatchiligining shakllanishida ilk shahar vazifasini bajarib, diniy mafkura asosida boshqarilgan. Jarqo'ton nafaqat diniy markaz, balki jamiyatning boshqaruv markazi ham bo'lgan. Bu yerda ibodatxona qurilishigacha qandaydir boshqaruv markazi saroyga o'xshash inshoot bo'lib, bu inshoot avval jamiyatning boshqaruv markazi bo'lgan.

Qadimgi shahar madaniyati zaminida o'zbek davlatchiligining asosiy omillari va poydevori yotadi1. Shaharlar va davlatlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi quyidagi 3 ta davrlarga bo'linadi:

1 Эmов E. YpTa OcnëHHHr rçagHMra ma^ap^apn Tapnxn. - T.: Fan va texnologiya, 2008. 3 - 6eT.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 69

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

1. Dehqonchilik o'lkalari doirasida tarkib topgan shaharlar(shahar-davlatlar). Bu davr shaharlari mil.avv. II mingyillikda tashkil topgan. Qadimgi Baqtriya hududida o'rganilgan Jarqo'ton, Dashli I kabi yodgorliklar bu davr shaharlari bo'lib o'zaro bog'liqlik aloqalarini kuzatish mumkin.

2. Hududiy davlat markazi rolini bajargan shaharlar. Bu davr shaharlari mil.avv I mingyillik boshlarida tashkil topgan. Qiziltepa, Jondavlatepa, Dalvarzin, Ashqaltepa (Farg'ona), Ko'ktepa va boshqa yodgorliklar hududiy davlatlarning siyosiy va mafkuraviy markazi bo'lgan.

3. Markazlashgan davlatlar, imperiyalar davri shaharlari. O'rta Osiyo hududlarida Qadimgi Baqtriya, Katta Xorazm podsholiklarining vujudga kelishi va bularning Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirishi bilan shaharlar taraqqiyotining ushbu bosqichi boshlanadi .

Shaharlashish jarayonini 3 bosqichga bo'lish mumkin. Birinchi bosqichda yirik markazlarda madaniy va iqtisodiy omillar to'plansa, ikkinchi bosqichda qishloq aholisining shahar madaniyatiga qo'shilish jarayoni kuzatiladi. Uchinchi bosqichda shaharlar ma'lum bir hududlardagi aholining, jamiyatning hayotidagi asosiy ajralmas tarkibiy bo'g'iniga aylanadi. Ana shunday xususiyatlarni o'zida aks ettirgan Jarqo'ton borasidagi tadqiqotlarni tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.

O'zbekistoning janubiy viloyatlarida mil. avv. II mingyillikning birinchi yarimi davomida ilk shahar madaniyati tarkib topdi. Ushbu shahar madaniyatining iqtisodiy, ijtimoiy va etnomadaniy asoslari Surxondaryo viloyatining Sherobod vohasida qad ko'targan Sopollitepa va Jarqo'ton misolida o'rganildi. Bronza davrining ilk shahri Jarqo'ton hisoblanadi. Uning maydoni 100 gektardan kam emas. Shahar ikki qismdan

"5

iborat ya'ni "Arki a'lo" va Shaxriston"dan iborat . Jarqo'tonda olib borilgan keng qazishmalar, xronologik kuzatuvlar tahliliga ko'ra yodgorlikda hayot 500-600 yildan kam bo'lmagan. Jarqo'tonning oddiy qishloq jamoasining makonidan eng qadimgi ilk shahar darajasiga o'sib chiqish jarayonlari kuzatilgan. Uning 3 gektardan kam bo'lmagan arki a'lo maydonidan shahar hokimining monumental saroy qoldiqalar, metall eritish va metalldan mehnat va harbiy qurollar ishlab chiqarish ustaxonasi, uy-joy komplekslari ochib o'rganilgan. Agar Sopollitepa o'zining qadimgi shaharsozlik madaniyatiga xos barcha alomatlari bilan protoshahar ya'ni Avestoda tilga olingan "Vara" qal'a-qo'rg'onni eslatsa, Jarqo'ton yodgorligi O'zbekiston hududida tarkib topgan eng qadimgi ilk shahar edi. Jarqo'tonda topilgan ashyoviy dalillar uni mil. avv. II mingyillikning o'rtalariga ta'luqli ekanligini tasdiqlaydi. Shu davrga oid o'nlab yodgorliklar butun Janubiy O'zbekiston bo'ylab va Tojikistonning unga tutash

2 Шaйдyллaев Ш. Б. Узбекистан xyдyдидa дaвлaтчиликнинг шйдо булиши Ba ривожлaниш боскичлaри -Сaмaркaнд., 2009. 61 - бет.

3 Асвдров А. Энг вддимий шaxaр. - Т.: Maьнaвият, 2001. 3 - бет.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

hududlaridan topib o'rganilgan. Ular orasida shahar talabiga javob berishi mumkin bo'lgan yodgorlik Jarqo'ton bo'lib u o'z davrining nafaqat yirik shahri balki Qadimgi Baqtriya podsholigining bosh shahri bo'lgan. Jarqo'ton yodgorligida uzoq yillar davomida izlanishlar uni dastlab Qadimgi Sharq sivilizatsiyasiga xos ilk dehqonchilik madaniyati yodgorligi sifatida tavsif etilgan bo'lsa, keyingi tadqiqot natijalari Jarqo'tonni ilk shahar sifatida izohlashga imkon berdi. Jarqo'ton ibodatxonasida olib borilgan tadqiqot natijalari zardushtiylik dinining ilk kurtaklari mil. avv. II mingyillikning ikkinchi yarimida paydo bo'la boshlaganligini tasdiqlamoqda. Bu yerda ochilgan ibodatxona va otashgohlar bronza davrida qadimgi dehqon jamoalarining ilk shaharlar tarkibida qad ko'targani zardushtiylik dini ilk O'zbekiston davlatchiligining mafkuraviy asosini tashkil etganligini ko'rsatmoqda. Avestoda aks etgan jamiyatning ijtimoiy tarkibi va ramziy belgilari bronza davri ibodatxonalarida aynan Jarqo'ton ibodatxonasida va shu davr dafn marosimlari bilan bog'liq udumlarida yaqqol aks ini topgan. Jarqo'ton ibodatxonasi ilk shahar davlatning boshqaruv organi bo'lib, boshqaruv tizimida diniy rahnamolarning o'rni katta bo'lgan. Sh.Shaydullayev o'z tadqiqotlarida Jarqo'ton shahar-davlatining asosiy boshqaruvi "Jarqo'ton olov ibodatxonasidir" deb e'tirof etadi. Hukmdor shahar-davlat tepasida turgan shaxs bo'lib, bir vaqtning o'zida ham diniy, dunyoviy, harbiy ishlarni o'z qo'lida birlashtirgan mavqeyga ega bo'lgan. Jarqo'tonda ilk shaharga xos bo'lgan xususiyatlar ya'ni arki a'lo, uning hududiy doirasida hukmdor saroyi, mudofaa qurilishi, protoshahriston doirasida ibodatxona, aholi yashaydigan turar-joy va topilgan moddiy madaniyat namunalari Jarqo'ton yodgorligini ilk shahar toifasiga kiritish imkonini beradi. Jarqo'tonda qadimgi shaharlarga xos bo'lgan 5 ta alomat ko'rsatib o'tilgan: Birinchi alomat arki a'lo va shaxriston tarkib topgan bo'lib 100 gektarli Jarqo'tonni 3 gektarli arki a'losi va unga tutash keng protoshaxriston bor. Ikkinchi alomat o'troq dehqonchilik madaniyati aholisi zich joylashgan maskan mudofaa devorlari bilan o'rab olingan bo'lishi kerak. Sopollitepa va Jarqo'tonda bu mudofaa inshoati o'zining yorqin ifodasini topgan. Uchinchi alomat shaharning ark qismida shahar hokimining qarorgohi bo'lishi kerak. Bu hukmdor qarorgohi Jarqo'tonda o'z aksini topgan. To'rtinchi alomat shahar maydonida barcha uchun xizmat qiluvchi ibodatxona diniy mafkura markazi shakllangan bo'lishi kerak. Jarqo'tonda shunday bosh sajdagoh ibodatxona tarkib topgan. Beshinchi alomat qadimgi shaharda hunarmandchilikning turli tarmoqlari tarkib topgan bo'lishi kerak. Sopollitepa va Jarqo'tonda bu yuksak rivojlangan. Bu yerda ayniqsa kulolchilik, metallurgiya, to'qimachilik, amaliy san'at, uy-joy qurilishi sohalari bo'yicha ixtisoslashish jarayoni yuqori darajada bo'lganligi yaqqol ko'zga tashlanadi4. Shuningdek, Jarqo'tonda yozuvni bo'lishligi tadqiqotchilar tomonidan shaharlarning

4 Аскаров А. Узбек халкининг келиб чикиш тарихи. - T.: Узбекистан, 2019. 172 - бет.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

asosiy belgilaridan bin sifatida tan olingan. Shu o'rinda alohida ta'kidlash joizki, Sh.B.Shaydullayevning fikricha, ilk shaharlar shaharlar bilan bir tarixiy jarayonda vujudga keladigan ilk davlatlar boshlang'ich yozuv usuli ya'ni inson o'z fikrini ifoda etishisiz davlatning ham vujudga kelishi mumkin emas. Boylikning oshishi sanoqqa xo'jalikni boshqarish jarayonining murakkablashishi va yozuvga ehtiyoj tug'diradi5. Shu jumladan, Sopillitepa yodgorligi sopollaridan topilgan 29 ta belgi va Jarqo'ton yodgorligidan topilgan 52 xil belgi - yozuv bronza davrida ilk yozuv paydo bo'la boshlaganini ko'rsatadi. Ayrim belgilar sopollarda 2-3marta uchrasa, juda ko'p belgilar bir marta chizilgan va shaklan boshqa qaytarilmaydi. Jarqo'ton yodgorligini Janubiy Turkmanistondagi bronza davri Oltintepa yodgorligi ma'morchiligi bilan taqqoslaydigan bo'lsak, arxeologlar Oltintepa yodgorligini qazish natijasida paxsadan va xom g'ishtdan ishlangan zinapoyali ibodatxonani ochganlar. Ibodatxona xonalaridan birida muqaddas o'choq bo'lib unda muqaddas olov yonib turgan6. Xuddi shu jihatdan Oltintepadan ibodatxonaning topilishi va u yerda olov yonib turganligini biz Jarqo'ton ibodatxonasi misolida ham ko'rgandik. Shu o'rinda alohida qayd etish joizki, Jarqo'ton singari Oltintepa ham ilk shahar vazifasini bajargan. Buni biz Oltintepaning qadimgi dehqonchilik rayonlarining iqtisodiy markazi bo'lganligi, Oltintepadan ibodatxonaning topilishi, hunarmandchilikning rivojlanishi, savdo ayirboshlashning mavjudligi, katta-kichik jamoa uylarining bo'lganligi misolida ham ko'rdik. Shuningdek, Oltintepada Eron, Janubiy Afg'oniston, Hindistondan keltirilgan sopol idishlar va matall buyumlar ham uchragan. V.M.Masson Oltintepa qadimgi ilk shahar qatlamlaridan Namozgoh IV va V davriga tegishli yuzdan ortiq ayol ma'budlariga chizilgan piktografik belgilarni topdi. Bu belgilar olimning fikriga qaraganda o'zining shakli, xarakteri bo'yicha Xarappa va Shummer hamda protoelam yozuvlaridan deyarli farq qilmaydi. Aynan shunday piktografik belgilardan 30 dan ziyodrog'i Sopollitepadan ham topilgan edi. Yozuvning mavjudligi esa ilk shahar xususiyatini belgilovchi muhim elementlardan

n

biridir . Jarqo'ton va Oltintepada yozuvning mavjud bo'lganligi ham ularning o'xshash va ilk shahar sifatida e'tirof etilishiga zamin yaratgan.

Jarqo'ton nafaqat shahar-davlat balki, Surxon-Sherobod vohasi doirasidagi voha ilk davlatchiligining diniy boshqaruvi markazi bo'lganligi bilan ham ahamiyatlidir. Chunki, O'zbekiston davlatchiligining ilk bosqichlarida jamoaning boshqaruv tizimida diniy-ilohiy qudrat katta nufuzga ega bo'lganligi tufayli mahkamachilik ishlari shahar bosh ibodatxonalari qoshida mujassamlashgan. Jamiyatni boshqarish ham ibodatxona bilan bog'liq bo'lganligini biz Jarqo'ton misolida ko'rdik. T.Shirinovning tadqiqotlari Janubiy O'zbekistonning aholisi ijtimoiy tabaqalanganligini to'liq tasdiqlaydi.

5 fflangy^aeB A., Eo^neB A., Hy^gomeBa 3. OKC цнвнflнзацнaсн. - T., 2015. 124 - 6eT.

6 Ka6npoB Cargy^aeB A.YpTa Ocnë apxeo^oraacn. -T.:YKHiyBHH, 1990. 121 - 6eT.

7 Erqulova Sh. Oltintepa-shaharmonand shahri tarixi. -T., 2016. 14 - bet.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Jarqo'tonda saroy va ibodatxonaning mavjudligi Jarqo'ton aholisini boshqarish zaruriyatini tug'ilganligini ko'rsatadi va shu tarzda boshqarilgan. Ilmiy tadqiqotlarni o'rganishimiz jarayonida 1994-yilda Janubiy O'zbekistondagi so'nggi bronza davri Jarqo'ton manzilgohida Germaniya arxeologiya instituti va O'zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti hamkorligida qazishmalar olib borilganligi, ushbu tadqiqot Sopollitepa va Jarqo'ton manzilgohlaridagi dafn marosimlarini qayta o'rganish mintaqa xronologiyasini qayta ko'rib chiqish imkonini berganligini Kai Kaniuthning

o

ilmiy tadqiqotlari bilan tanishib chiqishimiz jarayonida bilib oldik . Shuningdek, bu yerdagi muhrlarni o'rganish jarayonida bitta ohaktosh silindrli muhr va loydagi bitta muhr ushbu klassik G'arbiy Osiyo muhr turidan foydalanishdan dalolat beradi. Ikkalasi ham Jarqo'tonda topilgan va ikkalasi ham mahalliy ko'rinadigan kaprinlar va ilonlar bilan tasvirlangan tasvirlarni ko'rsatadi va keng qamrovli qazishmalar Sopollitepa, Jarqo'ton Tilla Buloqda olib borilganligini Kai Kaniuth, Alisher Shaydullayevning tadqiqotlari bilan ham tanishib chiqdik9.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Jarqo'tonda ilk shaharga oid barcha xususiyatlar va alomatlar o'z aksini topganligini ilmiy tadqiqotlar to'la tasdiqlaydi. Jarqo'tondagi barcha shaharsozlik alomatlari juda yaxshi o'rganilgan. Lekin Jarqo'tondan topilgan odam byusti ya'ni portret janrida yasalgan odamning haykali loydan yasalib quyoshda quritilgan ammo nima uchun kuydirilmaganligi hali yaxshi o'rganilmagan va bizni qiziqtirganjihat hisoblanadi. Agar haykal olovda kuydirilganda edi balki, hozirgacha yaxshi saqlangan bo'lar edi. Jarqo'tondagi haykaltaroshlik namunalari, san'ati hali yaxshi o'rganilmagan va amaliy san'at namunalari ochib berilmagan. Jarqo'tondagi haykaltaroshlik san'atinamunalarini o'rganish va bu bo'yicha maxsus tadqiqotlar olib borish bugungi kun biz tadqiqotchilarning oldidagi muhim vazifa hisoblanadi.Shuningdek, Jarqo'ton ibodatxonasi qoshida o'quv-amaliy muzey tashkil etilsa maqsadga muvofiq ish bo'lar edi, ayniqsa muzey qoshida Jarqo'ton davriga oid moddiy ekspanatlar o'rin olib arxeologik tadqiqot natijalari amalda moddiy madaniyat namunalari orqali ko'rsatib berilsa, bu bevosita tadqiqot doirsini kengaytirib amalda yaqindan ko'rib mahalliy va turistik qiziquvchilar doirasini kengaytirishga zamin yaratar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 3moBE. YpTaOcHeHHHrKagHMrHmaxapnapHTapHXH. - T.: Fan va texnologiya, 2008.

2. fflaögynnaeBffl.E. Y36eKHCTOH xygynuga gaBnarHHnHKHHHr naögo öynnmH Ba pHBO^naHHm öocKH^napn - CaMap^aHg., 2009.

8 Kai Kaniuth "The metallurgy of the late bronze age Sapalli culture(southern Uzbekistan) and its implications for the thin question" - T., 2007. - Pp. 28.

9 Kai Kaniuth, Alisher Shaydullaev "The sapalli culture seal corpus" - X., 2022. - Pp. 37.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

3. АскаровА. Энгкадимийшахдр. - Т.: Маьнавият, 2001.

4. АскаровА. Узбекхалкинингкелибчикиштарихи. - T.: Узбекистан, 2019.

5. Шайдуллаев А., Бокиев А., Йулдошева З. Окс цивилизацияси. - Т., 2015.

6. Кабиров Ж., Сагдуллаев А. Урта Осиё археологияси. - T.: Укитувчи, 1990.

7. Erqulova Sh. Oltintepa-shaharmonand shahri tarixi. - T., 2016.

8. KaiK. The metallurgy of the late bronze age Sapalli culture(southern Uzbekistan) and its implications for the thin question. - T., 2007.

9. Kai K., Shaydullaev A. The sapalli culture seal corpus. - X., 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.