Научная статья на тему 'IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN SIYOSIY IDEALIZM MAFKURASI QULASHINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI'

IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN SIYOSIY IDEALIZM MAFKURASI QULASHINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
19
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Siyosiy idealizm / kollektiv xafsizlik / kuch dinamikasi / xalqaro siyosat / geosiyosiy haqiqatlar . / Political idealism / collective security / power dynamics / International Politics / Geopolitical realities

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Qodirov, Xusanjon Usmonjon O‘g‘li

Ushbu maqolada, XX asr 2-yarmidagi xalqaro munosabatlardagi siyosiy idealizm tanazzulga uchrashining falsafiy asoslarini ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqola global siyosatda axloqiy va ma’naviy mulohazalarga e’tibor qaratishdan koʻra, sovuq urush, globallashuv va millatchilikning kuchayishi kabi tarixiy voqealar ta’sirida koʻproq pragmatik va realistik yondashuvlarga oʻtish oqibatida xalqaro munosabatlarda siyosiy idealizm rolining pasayishi sabablarini, turli ilmiy ishlar va materiallardan xulosa qilib ochib berish koʻzda tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIO-PHILOSOPHICAL ANALYSIS OF THE FALL OF THE IDEOLOGY OF POLITICAL IDEALISM AFTER WORLD WAR II

This article analyzes the philosophical foundations of the decline of political idealism in international relations in the late of the 20th century from a socio-political point of view. In addition, it examines the reasons for the decline of the role of political idealism in international relations due to the transition to more pragmatic and realistic approaches under the influence of historical events such as the Cold War, globalization and the rise of nationalism, rather than focusing on moral and spiritual considerations in global politics, and aims to summarize through various scientific works and the materials.

Текст научной работы на тему «IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN SIYOSIY IDEALIZM MAFKURASI QULASHINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(8), Sep., 2024

Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz

IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN SIYOSIY IDEALIZM MAFKURASI QULASHINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI

Qodirov Xusanjon Usmonjon o'g'li

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada, XX asr 2-yarmidagi xalqaro munosabatlardagi siyosiy idealizm tanazzulga uchrashining falsafiy asoslarini ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqola global siyosatda axloqiy va ma'naviy mulohazalarga e'tibor qaratishdan ko 'ra, sovuq urush, globallashuv va millatchilikning kuchayishi kabi tarixiy voqealar ta'sirida ko'proq pragmatik va realistik yondashuvlarga o 'tish oqibatida xalqaro munosabatlarda siyosiy idealizm roliningpasayishi sabablarini, turli ilmiy ishlar va materiallardan xulosa qilib ochib berish ko 'zda tutadi.

Kalit so'zlar: Siyosiy idealizm, kollektiv xafsizlik, kuch dinamikasi, xalqaro siyosat, geosiyosiy haqiqatlar.

ABSTRACT

This article analyzes the philosophical foundations of the decline of political idealism in international relations in the late of the 20th century from a sociopolitical point of view. In addition, it examines the reasons for the decline of the role of political idealism in international relations due to the transition to more pragmatic and realistic approaches under the influence of historical events such as the Cold War, globalization and the rise of nationalism, rather than focusing on moral and spiritual considerations in global politics, and aims to summarize through various scientific works and the materials.

Key words: Political idealism, collective security, power dynamics, International Politics, Geopolitical realities

KIRISH

Asrlar mobaynida, siyosiy idealizm diplomatik munosabatlarni o'zgartiruvchi va millatlar o'rtasida o'zaro birlashuviga ta'sir etuvchi sifatida xalqaro munosabatlarda makaziy rolni o'ynab kelayotgan edi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, ikkinchi jahon urushidan keyin, siyosiy idealizmda sezilarli darajada pasayish sodir bo'ldi. Bu o'zgarishga bir qancha faktorlar sabab bo'lib, xususan, yangi global kuchlar dinamikasining vujudga kelishi, mafkuraviy g'oyalarning o'zgarishi va zamonaviy

Research BIB / Index Copernicus

konfliktlar yechimining murakkabligi kabilarni bunga misol sifatida ko'rsatish mumkin.

Tarixiy kontekst

Siyosiy idealizm qulash sabablarini yaxshiroq tushunish uchun, ikkinchi jahon urushi davrini o'z ichiga olgan tarixiy kontekst nuqtai nazaridan yondashish muhim hisoblanadi. Urush oqibati o'laroq namoyon bo'lgan katta talafotlar va urushdan keyingi Amerika Qo'shma Shtatlari hamda Sovet Ittifoqi o'rtasidagi sovuq urushlar xalqaro munosabatlarda yangi davrni ochib berdi va ushbu davr, kuch uchun kurash, g'oyaviy tarqoqliklar va milliy manfaatlarning yuqori darajada ahamiyat kasb etishi bilan sifatlanadi. Amerikalik siyosatchi olim Jon Mershaymer o'zining «Buyuk kuch siyosatining halokati» kitobida takidlaganidek: «Barcha davlatlarning taqdirlari - xoh ular katta, xoh kichik kuchlar bo'lsin, birinchi navbatda, eng katta qudrat va salohiyatga ega bo'lgan davlatlarning qarorlari hamda harakatlari bilan belgilanadi» [2]. Masalan, 1945-1990 yillar oralig'ida, dunyoning barcha hududidagi siyosat Sovet Ittifoqi va Aqshning o'rtasidagi chuqur raqobatdan ta'sirlangan. Sovuq urushga olib kelgan 2 ta jahon urushlari ham butun dunyodagi hududiy siyosatga bir xil ta'siri bor edi. Bu to'qnashuvlarning har biri buyuk kuchlar siyosati bo'lib, yer sharining har bir qismiga uzun soyasini solib turgan, ya'ni o'z ta'sirini o'tkazib turgan. Ushbu davr, millatlar o'rtasida tinchlikni targ'ib qilishni maqsad qilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) singari turli xil xalqaro institutlarning vujudga kelishini ham boshdan kechirdi, lekin bular amalda, idealistik g'oyalarning qulashiga zamin yaratdi xolos. Chunki, BMT kuch siyosati dunyosida ishlaydi, bunda davlatlar o'z milliy manfaatlarini ko'zlaydi va kuch dinamikasi qarorlar qabul qilishni shakllantiradi. Pragmatizm va davlat manfaatlariga qaratilgan bunday e'tibor siyosiy idealistlar tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan axloqiy va umuminsoniy qadriyatlar haqidagi idealistik g'oyalarni chetlab o'tadi. Shuningdek, BMT milliy suverenitet tamoyilini qo'llab-quvvatlaydi, ya'ni davlatlar o'z ichki va tashqi siyosatini o'zi belgilash huquqiga ega sanaladi. Davlat suverenitetiga bunday urg'u berish BMT ning siyosiy idealizmni targ'ib qilish va ichki ishlarga aralashish qobiliyatini cheklab qo'yishi mumkin, ayniqsa inson huquqlarining buzilishi yoki demokratik tamoyillarning buzilishi holatlarida buni yaqqol ko'rish mumkin. Amerikalik diplomat Devid Malonning "BMT Xavfsizlik Kengashi: Sovuq urushdan to XXI asrgacha" kitobida BMT ning holatini shunday ta'riflaydi: "Sovuq urush oxiriga borib "Birlashgan Milllatlar Tashkilotida ham juda ko'p narsa o'zgardi. Uning qarorlari improvizatsiya qilingan va beqaror edi, va bu qarorlar yaxshi yoki yomon bo'lishi mumkinligi qaramasdan, to'g'ridan to'g'ri xalqaro munosabatlarga kattagina ta'sir o'tkazdi. Boshqa holatlar singari, Kengashning qarorlari Sovuq urush yillarida mustahkam

Research BIB / Index Copernicus

o'rnatilgan davlat suvereniteti haqidagi tushunchalami yo'q qildi va ko'pchiligimizni butun dunyo bo'ylab davlat va fuqoro o'rtasidagi munosabatlarga bo'lgan qarashimizni o'zgartirdi" [2]. Shunday qilib, "Birlashgan global jamiyat" idealistik g'oyasi, xuddi bir paytlar taniqli AQSH prezidenti Vudro Vilson tomonidan xayrixohlik bildirilganidek, ya'ni uning kollektiv xavfsizlik g'oyasi, asta-sekinlik bilan kuch siyosatining og'ir haqiqatlari va g'oyaviy qarama-qarshiliklar soyasida qolib ketdi.

Realistik dunyoqarashning shakllanishi

Xalqaro munosabatlarda siyosiy idealizmning qulashi bir tomondan, xalqaro munosabatlarda milliy manfaatlar va kuch dinamikasining asosiy o'rinda ekanligini targ'ib qiluvchi realistik dunyoqarashning o'sishini sabab qilib ko'rsatish mumkin. Hans Morgensoning «Milatlar orasidagi siyosat» va Kennetz Voltzning «Xalqaro siyosat nazariyasi» [5] kabi mashhur asarlarda davlatlarning o'z manfaatlari va xavfsizligiga erishish yo'lida qanday harakat qilishlarini asos qilgan holda, realistik nazariyalarining qay darajada muhim o'rin tutishiga katta hissa qo'shgan. Masalan, Hans Morgensoning «Milatlar orasidagi siyosat» asarida aytganidek, xalqaro siyosat boshqa siyosatlar singari kuchga intiladi va xalqaro siyosatda har qanday boshqa muhim maqsad bo'lmasin, kuch doim birlamchi maqsad hisoblanadi [4]. Buni davlat arboblari va xalqlar har qanday vaziyatda ham baribir ozodlikka, xavfsizlikka, ravnaq topish yoki shunchaki kuchning o'ziga intilishi mumkin va odatda bu yo'lda ular o'zlarining maqsadlarini diniy, falsafiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan deb ta'riflashadi deb izohlash mumkin. Shu bilan birga ular o'zlarining bu «oliy maqsadi» ni o'zining ichki kuchi1, ilohiy ko'rsatma yoki insoniy ishlarning tabiiy rivojlanishi orqali ro'yobga chiqarishga umid qilishlari mumkin. Ammo ular qachon o'z maqsadlarini xalqaro siyosat orqali amalga oshirishga harakat qilsalar, buni kuchga intilish orqali amalga oshiradilar. Masalan, Salib yurishlaridan maqsad go'yoki muqaddas yerlarni boshqa din vakillaridan ozod qilish edi. Faqatgina kuch, xavfsizlik va o'z manfaatinini ko'zlab ish tutish, bir paytlar xalqaro munosabatlarda hamjihatlik va boshqalar manfaatini o'z manfaatidan ustun qo'yish kabi yuksak maqsadlarni o'z soyasida qoldirib ketishga xizmat qilgan realistik tamoyillarni meros qilib olishga yo'l ochib beradi, o'z navbatida, bu ham siyosiy idealizmning sezilarli darajada qulashiga olib keldi.

Global kuchlarning o 'zgarishi va geosiyosiy haqiqatlar tufayli mojarolarni hal qilishning murakkabliklari va xavfsizlik muammolari, hamda mafkuraviy manzara va madaniy siljishlarning o'zgarishi.

1 Ichki kuch (Inner force) - bu iborada qat'iyat, chidamlilik va ichki mustahkamlik fazilatlarini ifodalovchi o'z ichidan kelib chiqadigan kuch va kuch g'oyasini bildiradi. Bu o'z ichki resurslari va iroda kuchi orqali qiyinchilik va to'siqlarni yengib o'tish qobiliyatini anglatadi

Research BIB / Index Copernicus

Ikkinchi jahon urushidan keyin o'zgarib borayotgan global kuch dinamikasi, jumladan, Yevropa imperiyalarining tanazzulga uchrashi, AQSh va Sovet Ittifoqi kabi yangi super kuchlarning paydo bo'lishi ham xalqaro munosabatlarda siyosiy idealizmning susayishiga yordam berdi. Rivojlanayotgan bu kuchlar o'z ta'sirini kuchaytirishga va o'zlarining strategik manfaatlarini himoya qilishga intilishar ekan, hokimiyat uchun kurash va geosiyosiy raqobat haqiqatlari global birlik va hamkorlik haqidagi idealistik tushunchalardan ustun keldi. Sovuq urush davrida ta'sir doiralari, harbiy ittifoqlar va mafkuraviy ustunlik uchun raqobat xalqaro maydonda realistik tafakkurni yanada mustahkamlab, uyg'un va hamkorlikdagi dunyo tartibiga intiluvchi idealistik intilishlarni chetlab o'tdi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdagi mojarolarni hal qilishning murakkabligi va xavfsizlik muammolarining kuchayishi xalqaro munosabatlarda siyosiy idealizmni amalga oshirishga jiddiy to'siqlar tug'dirdi. Yadro qurollarining tarqalishi, nodavlat ishtirokchilarning kuchayishi va mintaqaviy mojarolarning davom etishi tinchlik va hamkorlikning umumbashariy g'oyalarini ilgari surish uchun o'ziga xos qiyinchiliklarini tug'dirdi. Davlatlar o'z milliy xavfsizligi va murakkab xalqaro inqirozlarni boshqarish masalalari bilan kurashar ekan, jamoaviy xavfsizlik hamda global birdamlik sari idealistik intilish asta-sekin o'z o'rnini xalqaro muammolarni hal qilishda ko'proq pragmatik va shaxsiy manfaatdorlik kabi yondashuvlarga bo'shatib berdi. Shuningdek urushdan keyingi o'zgaruvchan mafkuraviy manzaralar va madaniy o'zgarishlar ham xalqaro munosabatlarda siyosiy idealizmning susayishiga yordam berdi. Millatlar Ligasi kabi idealistik urinishlarning muvaffaqiyatsizligi natijasida paydo bo'lgan umidsizlik, yangi mafkuraviy harakatlar va madaniy siljishlarning kuchayishi bilan birga, yuksak global qarashlarga intilishning maqsadga muvofiqligi hamda maqsadga muvofiqligini qayta baholashga olib keldi. Mustamlakachilikdan keyingi kurashlarning paydo bo'lishi, kommunizm va kapitalizm kabi raqobatlashuvchi mafkuralarning tarqalishi, turli mintaqalarda millatchilikning qayta tiklanishi xalqaro hamkorlik va diplomatiyaning yetakchi tamoyili sifatida siyosiy idealizmning hayotiyligini yanada qiyinlashtirdi. Samuel Xantingtonning "Svilizatsiyalar to'qnashuvi" asari orqali global kuchlarning o'zgarishi va geosiyosiy realliklar siyosiy idealizmning pasayishiga qanday ta'sir qilganini bir necha jihatdan tushintirib berish mumkin. Birinchidan, Ittifoqlar va kuch dinamikasidagi o'zgarishlar: Xantingtonning o'z tezisida mamlakatlar o'zlari bilan svilizatsiyalar chizig'i bo'ylab birlashayotganini va bu ittifoqlar, qolaversa kuch dinamikasida o'zgarishlar bo'lishiga olib kelishini ko'rsatadi. Bu esa o'z navbatida, umumiy g'oyalar yo'lida ishlaydigan yagona hamjamiyatga bo'lgan ishonchni yo'qotdi, chunki davlatlar madaniy yaqinlik orqali o'z manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yishadi. Xantingtonning ta'kidlashicha, sovuq

Research BIB / Index Copernicus

urushdan keyingi davrda madaniy va diniy o'ziga xosliklarga asoslangan svilizatsiyalar o'rtasidagi to'qnashuvlar global keskinlikning asosiy manbaiga aylangan. Svilizatsiyalar to'qnashuvi umuminsoniy qadriyatarga asoslangan siyosiy idealizm targ'ibotiga putur yetkazgan holda xavfsizlik va realistik siyosatga e'tibor qaratishga olib keldi. Ikkinchidan, Millatchilik va identitiklik siyosati2: svilizatsiyalar to'qnashuvi madaniy va etnik o'ziga xosliklarni umuminsoniy qadriyatlardan ustun qo'yadigan millatchilik hamda o'ziga xoslik siyosatining qayta tiklanishini bildiradi. Ushbu tendensiya demokratiya, inson huquqlari va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intiladigan siyosiy idealizmning qulashiga yordam beradi. Shuningdek, Xantingtonning ushbu asarida qanday qilib geosiyosiy realliklar iqtisodiy va harbiy resurslar uchun kurash, strategik manfaatlar, va hududiy nizolar orqali global kuchlarning o'zgarishini shakllantirishini yoritib beradi [1]. Bu mulohazalar ko'pincha siyosiy idealizmdan ustunlik qilib, mamlakatlarni demokratik qadriyatlar va tamoyillarni ilgari surishdan ko'ra o'z manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yishga olib keladi.

Xulosa qilib aytganda, Ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro munosabatlarda siyosiy idealizmning tanazzulga uchrashi tarixiy, mafkuraviy va geosiyosiy omillarning jamlanishi natijasida shakllandi. Realistik qarashlarning paydo bo'lishi, global kuch dinamikasining o'zgarishi, nizolarni hal qilishning murakkabligi va o'zgaruvchan mafkuraviy manzara xalqaro munosabatlarda siyosiy idealizmning so'nishiga xizmat qildi. Global birlik va hamkorlikka bo'lgan idealistik intilishlar diplomatik ritorika va xalqaro nutqqa ta'sir qilishda davom etayotgan bo'lsada, kuch siyosati, milliy manfaatlar va tizimning murakkabligi xalqaro munosabatlardagi hukmron paradigmalarni qayta shakllantirdi. Ushbu o'zgarishlarni chuqurroq tushunish uchun men bir qator ilmiy ishlar va materiallarga, jumladan, Hans Morgensoning «Xalqlar o'rtasidagi siyosat», Kennet Valtsning «Xalqaro siyosat nazariyasi» va jahon urushidan keyingi tarixiy tahlillarga tayandim. Ushbu manbalar xalqaro munosabatlardagi siyosiy idealizmning tanazzulga uchrashining tarixiy, nazariy va amaliy jihatlari haqida qimmatli fikrlarni taqdim etdi va global diplomatiyadagi ushbu muhim evolyutsiyani tekshirish uchun keng qamrovli asoslarni taklif qildi.

2 Identitiklik siyosati - shaxsning ma'lum bir siyosiy mafkura, partiya yoki harakat bilan shaxsiy identifikatsiyasini anglatadi. U shaxsning siyosiy masalalarga bo'lgan qarashlarini shakllantiradigan va uning siyosiy xulq-atvoriga ta'sir ko'rsatadigan e'tiqod

XULOSA

Research BIB / Index Copernicus

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Huntington, S. p. (1996). The Clash of Civilizations and the Remaking of World Order. 1230 Avenue of the Americas New York, NY 10020: Simon&Schuster Inc Rockefeller Center.

2. Malone, D. M. (2004). The UN Security Council: From the Cold War to the 21st Century. 1800 30th Street, Ste. 314 Boulder, CO 80301 USA: Lynne Rienner Publishers website.

3. Mearsheimer, J. J. (2001). «The tragedy of Great Power politics». 500 Fifth Avenue. New York, NY 101 10: W. W. Nanon & Company, In.

4. Morgenthau, H. J. (1949). Politics among Nations The Struggle for Power and Peace. New York City: Alfred A. Knopf, Inc.

5. Waltz, K. N. (1979). Theory of International Politics. Boston, Massachusetts: Addison-Wesley Publishing Company, Inc.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.