Научная статья на тему 'XALQARO KONFLIKTLARNI TINCH YO‘L BILAN HAL QILISHDA TURKIYANING VOSITACHILIK ROLI'

XALQARO KONFLIKTLARNI TINCH YO‘L BILAN HAL QILISHDA TURKIYANING VOSITACHILIK ROLI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
194
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bayraktar TB2 / don karedor / BMT / anneksiya / vositachilik / konflikt Yaqin Sharq munosabatlari / hududiy yaxlidlik / Bayraktar TB2 / grain caredor / UN / annexation / mediation / conflict / relations in the Middle East / territorial integrity

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Ravshanov S. Gʻ, Boʻtayev U. X.

Maqolada Turkiyaning xalqaro maydonda vositachilik roli juda ham salmoqli bo’lib xalqaro maydonda o’zining pozetsiyasini yanada mustahamlab olganligi hamda ko’plab kelishuvlarga erisholganini ko’rishimiz mumkin ayniqsa Rossiya va Ukraina urushida o’zining muhim qadamini tashlab xalqaro ziddiyatlarni oldini oldi. G’arb va Yevropa davlatlari bilan don karedorini shakillantirdi. Rossiya va Ukraina urushi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xalqaro konflektlarni oldini olishga urindi. Xalqaro hamjamiyat oldida o’zining mukammal siyosiy diplomatiyasini nomoyish etib, dunyo hamjamiyati oldida o’zining siyosiy ta’sirini yanada oshirib oldi. Shu bilan birgalikda uzoq muddatdan buyon davom etib kelayotgan muammolarni yechishda tashabbus bilan chiqib vositachi davlat ekani ko’rsatdi. Bu borada bir qancha muhim qadamlarni ham amalga oshiradi. Bu borada Yaqin sharqdagi nizoli vazyatlarni yechishda jonbozlik ko’rsatdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TURKEY'S MEDIATION ROLE IN THE PEACEFUL RESOLUTION OF INTERNATIONAL CONFLICTS

In the article, we see that Turkey's role as a mediator in the international arena is very important, and it has strengthened its position in the international arena, and many agreements have been reached, especially in the war between Russia and Ukraine, this has prevented international conflicts by taking its important step. He formed a grain market with the countries of the West and Europe. He tried to prevent international conflicts that could arise as a result of the war between Russia and Ukraine. He demonstrated his perfect political diplomacy before the international community and increased his political influence before the world community. At the same time, it has shown itself to be an intermediary state, taking the lead in solving problems that have existed for a long time. Several important steps are also being taken in this regard. In this regard, he showed enthusiasm in resolving conflict situations in the Middle East.

Текст научной работы на тему «XALQARO KONFLIKTLARNI TINCH YO‘L BILAN HAL QILISHDA TURKIYANING VOSITACHILIK ROLI»

Ravshanov S.G'.

O'zMU

"Siyosat nazaryasi va falsafasi: siyosiy talimotlar tarixi va metodologiyasi"

mutaxasisligi bo'yicha tayanch doktorant Ilmiy rahbar: Bo'tayev U.X., s.f.d. dotsent "Fuqorolik jamyati va huquq ta'limi" kafedrasi mudiri

XALQARO KONFLIKTLARNI TINCH YO'L BILAN HAL QILISHD A TURKIYANING VOSITACHILIK ROLI

Annotatsiya. Maqolada Turkiyaning xalqaro maydonda vositachilik roli juda ham salmoqli bo 'lib xalqaro maydonda o'zining pozetsiyasini yanada mustahamlab olganligi hamda ko'plab kelishuvlarga erisholganini ko 'rishimiz mumkin ayniqsa Rossiya va Ukraina urushida o'zining muhim qadamini tashlab xalqaro ziddiyatlarni oldini oldi. G'arb va Yevropa davlatlari bilan don karedorini shakillantirdi. Rossiya va Ukraina urushi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xalqaro konflektlarni oldini olishga urindi. Xalqaro hamjamiyat oldida o'zining mukammal siyosiy diplomatiyasini nomoyish etib, dunyo hamjamiyati oldida o'zining siyosiy ta'sirini yanada oshirib oldi. Shu bilan birgalikda uzoq muddatdan buyon davom etib kelayotgan muammolarni yechishda tashabbus bilan chiqib vositachi davlat ekani ko'rsatdi. Bu borada bir qancha muhim qadamlarni ham amalga oshiradi. Bu borada Yaqin sharqdagi nizoli vazyatlarniyechishdajonbozlikko'rsatdi.

Kalit so'zlar: Bayraktar TB2, don karedor, BMT, anneksiya, vositachilik, konflikt Yaqin Sharq munosabatlari, hududiy yaxlidlik.

Ravshanov S. G. basic doctoral student

specialty "Political theory and philosophy: history and methodology of

political doctrines" UzMU

Scientific supervisor: Botayev U.Kh., Ph.D.

associate professor

head of the "Civil Society and Law Education " department

TURKEY'S MEDIATION ROLE IN THE PEACEFUL RESOLUTION OF

INTERNATIONAL CONFLICTS

Abstract. In the article, we see that Turkey's role as a mediator in the international arena is very important, and it has strengthened its position in the international arena, and many agreements have been reached, especially in the war between Russia and Ukraine, this has prevented international conflicts by taking its important step. He formed a grain market with the countries of the West

and Europe. He tried to prevent international conflicts that could arise as a result of the war between Russia and Ukraine. He demonstrated his perfect political diplomacy before the international community and increased his political influence before the world community. At the same time, it has shown itself to be an intermediary state, taking the lead in solving problems that have existed for a long time. Several important steps are also being taken in this regard. In this regard, he showed enthusiasm in resolving conflict situations in the Middle East.

Key words: Bayraktar TB2, grain caredor, UN, annexation, mediation, conflict, relations in the Middle East, territorial integrity.

Kirish: Hozirgi toboro taraqqiy etib borayotgan dunyoda xalqaro munosabatlarda har tomonlama o'ylab harakat qilmasa birgina noto'g'ri qadam orqali oradagi munosabatlarga putur yetibgina qolmasdan, bu urushga aylanib ketish xavfi ham juda yuqori bir vazyatda yashamoqdamiz. Buning yorqin misoli sifatida Ukraina va Rossiya o'rtasidagi nizoni kelib chishi va bunga butun dunyoni toboro o'z domiga tortib borayotganini ko'rish mumkin. Buning natijasida ko'plab oddiy insonlarni hayotiga zomin bo'layotgani va aholi turmush darajasini yomonlashtirib yubormoqda. Shunday bir vaziyatda hech bir xalqaro hamjamyat bu nizoni tinch yo'l bilan yechim topish bo'yicha tashabbus bilan chiqmayotgan bir holatda Turkiya bu ishni o'z qo'liga oldi. O'rtadagi nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish borasida katta qadamlar tashladi. Shuningdek, ekologik va tabiat o'zgarishi sabab butun dunyo mamlakatlarining qishloq xo'jaligiga jiddiy zarar keltirmoqda. Ocharchilik katta suratda oshib bormoqda. Turkiya bu muammoning yechimi bo'yicha ham o'z taklif va yechimlarini bermoqda.

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi.

Turkiya diplomatiyasining xaqlaro maydonda vositachilik roli juda ham sermahsul bo'lmoqda. Rossiya va Ukraina o'rtasidagi kelishmovchilikni hal qilishda vositachilik rolini o'z zimmasiga oldi. Qaltis vaziyatda ocharchilik xavf solayotgan davlatlarni xalqaro ocharchilikni oldini olishda o'z jonbozligini ko'rsatdi. Urushni oldini olishga doir bir qancha xalqaro uchrashuvlar o'tkazib vositachlik rolini amalga oshirdi. Buni borasida chuqur izlanish olib borayotgan ko'plab olimlar mavjud. Bular qatoriga Achikko'z Gunish, Nailia Bagirova, Pachal Bulent, Kocha, Fatih, Dag'li Ilyas, Aridemir Hakan, Yekelchek kabi turk olimlarini misol qilib keltirish mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

ROSSIYA VA UKRAINA URUSHIDA TURKIYANING ROLI.

2022 yilning, 22 fevralida rus qo'shinlari Vlademir Putinning buyrug'i bilan Ukrainaga hujum boshladi. Ikkinchi jahon urushidan beri G'arb rahbarlarning bu harakati Yevropada katta urushga aylanib ketishi mumkinligi to'g'risidagi ogohlantirishiga qaramasdan Prezident Vlademir Putin "maxsus operatsiyani" e'lon qildi. Putinning qisqa chiqishidan bir necha daqiqa o'tib Ukrainaning eng katta shaharlari yaqinida shuningdek Kiyevda ham ilk portlashlar eshitildi. Putinning Ukrainaga agressiyasi borasidagi ilk bayonotida

Kiyevdagi hukumatni radikal o'ng kuchlar nazorat qilayotganini ta'kidlab Ukrainani qurolsizlantirish va fashistlardan tozalashni bildirdi. Yana shuni qo'shimcha qildiki, Rossiya zamonaviy Ukraina hududidan kelayotgan doimiy tahdid natijasida rivojlana olmasligi va xotirjam bo'lmasligini aytib o'tdi.

Buning zamirida g'arb davlatlariga qarshi jiddiy ogohlantirish yozar edi, yani tashqaridan aralashishga urunayotganlarga tarixdagi siz ko'rganlaringizdan ham kattaroq bo'lgan yomon oqibatlarga dush kelasiz agar bunday qilsangizlar. Barcha tegishli qarorlar berilgan o'ylaymanki siz meni eshitdingiz[1]. O'sha kunning o'zidayoq Ukraina Tashqi Ishlar vaziri ukrainaning eng yirik shaharlarida ballestik raketalar nishonida ekanligini ma'lum qildi. Boshqa tomondan esa Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Demitri Kuliba Ukrainaga qarshi Putin ommaviy bosqin amalga oshirdi deya bayonot berd [1].

Tinch ukraina shaharlari hujum ostida qoldi bu agressiya ukraina o'zini -o'zi himoya qiladi. Butun jahon Putinni to'xtatish kerak, harakat qilish vaqti keldi [1]. BMT Xavfsizlik Kengashi favqulodda yig'ilish o'tkazdi. Unda Bosh Kotib Antonio Guterish" Prezident Putin, tinchlik bering juda ko'p odamlar o'ldi" deya ta'kidlab o'tdi[1]. Bundan tashqari g'arb davlatlari Rossiyani Ukrainaga bosqinini to'xtatishga chaqirdi. AQSH prezidenti Joe Biyden butun dunyo Ukraina xalqi bilan birdamligi va ko'plab ayanchli yo'qotishlar olib keladigan urush tanlanganligini shuningdek buning barchasiga javobgar Rossiya ekanligini bayonot berdi. Bunga javoban AQSH uning ittifoqchilari qat'iy tarzda javob olishadi. Butun dunyo rossiyani ayiblaydi [1].

Shu paytda Jozef Barel "ikkinch jahon urushidan beri Yevropa uchun eng muthish paytlardan biri bo'ldi" [1]. Shunigdek Yevropa kengashi prezidenti Ursula Von Der Leyin (biz Kremldam hisob so'raymiz) deya aytib o'tdi [1].

Ukraina va Rossiya o'rtasidagi urush borasida Turkiyaning siyosatiga kelsak avvalo Turkiya Ukarinaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish pazetsiyasida turdi.

Turkiya prezidenti Erdog'an Ukrainaning yaxlitligi hurmat qilinishi kerak deb bayonot berdi. 2022 yil, 22 fevralda AQSH boshchiligidagi g'arb davlatlari Rossiyaning bosqiniga javoban ko'plab davlat inesititutlari rasmiylar va olegarxlarga sanksiya qo'ya boshladi. Alohida ta'kidlab o'tish joizki Turkiya Rossiyaga qarshi hech qanday iqtisodiy sanksiya qo'llamadi [2]. Turkiyaning netral diplomatiyasi AQSHdagi siyosiy doiralarda norozilikni yuzaga keltirdi. AQSH davlar sekritori Volle Adilyemo Ukrinaga bosqin tufayli qo'yilgan sanksiyalarni chetlab o'tish uchun Rossiya institutlari va magnatlari Turkiyadan foydalanishga urunayotganligi Turkiya davlat sekritori Yunus Eletasni ogohlantirdi [2]. Turkiyaning muhim diplomatik tashabbuslaridan biri o'rtada vositachilik qilish orqali o't ochishni to'xtatish edi.

Turkiyaning Antaliya shahri ikki davlat o'rtasida yuqori darajadagi muzokaralar uchun birinchi bor tanlandi. 2022 yil, 11 martda Turkiya vositachiligida Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Demitre Kuliba va Rossiya Tashqi Ishlar vaziri uchrashib o't ochishni to'xtatish bo'yicha muzokaralarni boshladi.

Biroq muzokaralar kutilgan natijalarni bermadi. Shu yilning, 29 martida yana bir bor ikki tomon deligatlari Istanbulda ikki kunlik muzokaralarni o'tkazishdi. U yerda o'ochishni to'xtatish bo'yicha ikki tomon ham o'zlarining shartlarini aytishdi. Ukraina deligatsiyasi a'zosi David Arakxama Turkiya Ukraina xohlayotgan kafil davlatlardan biri bo'lish kerakligini aytib o'tdi. Shuningdek, Rossiyani so'zsiz okkuppatsiyasini to'xtatishga chaqirdi.

Rossiya Ukrainani Qrimni anneksiya qilganligini tan olishga uni qurolsizlantirishga, NATO a'zoligidan voz kechishga, Donbasga nisbatan qarashini o'zgartirishga chaqirdi [3].

Muzokaralar harbiy harakatlarni imkon qadar to'xtatish uchun umidni o'shirgan bo'lsada, Rossiyaning harbiy harakatlari kuchayishi va g'arb davlatlarining Ukrainaga yordam ko'magini oshishi o'rtadagi janglarni kuchaytirishda davom etdi. Ukraianing qattiq qarshilik ko'rsatgan omillaridan biri Turkiyaning "Bayraktar TB2" muvaffaqqiyati hisolanadi. U qaeshi hujumda Ukraina qarshiliging eng mashhur ramziy belgisidan biriga aylandi [4].

Bu dron ancha arzon bo'lishi bilan bir qatorda Rossiyaning zamonaviy qimmat harbiy texnikalari va rus askarlariga qattiq zarbalar berib Ukraina kuchlarini ruxlantirdi, boshqa tomondan esa Rossiyaning siyosiy va harbiy doiralarida notinchlikni yuzaga keltirdi [2]. Minnatdorchilik belgisi sifatida Ukraina prezidenti Vlademir Zelinskiy Baykar mudofaa sanoati bo'yicha Turkiyaning ilg'or kompaniyasi bosh deriktori Haluk Bayraktarni "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirladi.

2022 yil, 22 iyunda Istanbulda Ukraina Rossiya Turkiya va BMT o'rtasida Ukraina donini qayta eksport qilish bo'yicha kelishuv imzolandi. Rajip Teyyip Erdog'an va BMT bosh kotibi Antonio Guterish bu kelishuvni imzoladi. Erdog'an stressdan, ochlikdan millionlab odamlarni qutqaradigan kelishuv deb atadi, bu "biroz muddat butun dunyoni qamrab olgan xalqaro oziq ovqat inqirozini hal qilishda muhim rol o'ynaydigan tashabbusning ijrochisi ekanligidan faxirdamiz bu kelishuv ochlikni oldini olish birgalikda xalqaro infelyatsiyani yumshatadi [5]. Yevropa davlatlariga boradigan Ukraina donining deyarli hammsi aytib o'tib g'arb dunyosiga qarshi Putin qattiq tanqidlar yo'lladi [6].

TURKIYANING YAQIN SHAQRDAGI VOSITACHILIGI.

Turkiya Falastinliklar uchun gumanitar va rivojlantirish bo'yicha yordam berib kelmoqda. 1996-yil Parij pratakolidan buyon qishloq xo'jaligi, turizm, xavfsizlik, mamuriy boshqaruv va sog'liqni saqlash sohalariga qariyib 10 million dollar kiritdi. Turkiya siyosiy islohotlar jarayonini maqullab, turk ekspertlari konstitutsiyaviy va mamuriy islohot jarayonlarida qatnashishdi. Shuningdek, Turkiya tashqi ishlar vazirligi Yosh Falastinlik Diplomatlarni O'qitish Dasturini tashkil qildi. Sobiq Prezident Sulaymon Demril 2000-yilda al-Aqsa Intifada yuzaga kelgandan so'ng tashkil etilgan Mitchel komissiyasining bir qismi bo'lgan Haram al-Sharifga zarar yetishini tekshirish bo'yicha qazishma ishlarini tekshirish bo'yicha Iyrusalim maxsus qo'mitasini tashkil qildi. Oxirida esa Turkiya 1997-yilda tashkil qilingan Gebronda vaqtinchalik xalqaro ishtirok etish

azosiga aylandi. Ikki tomon bilan yaxshi munosabatlarni yo'lga qo'yilganligini inobatga olib, Turkiya yo'l ko'rsatuvchi maqomga ega bo'ldi. Lekin bunga osonlik bilan erishmadi. Isroil-Falastin mojarosida vositachilik roli Damashqda yashab turgan Hamas rahbari Xolid Mishalni taklif qilishdek dadil qadam qo'ydi. Falastin qonun chiqaruvchi organlarga saylov natijalari e'lon qilingandan so'ng Turkiyaga tashrif buyurdi. Turkiya bunga nisbatan demokratik ruhda o'tgan saylovlarda g'alaba qozongan Xolidni qutlov uchun Turkiyaga chaqirildi deya bayonot berdi. Turkiya tashrifi vaqtida Xolid hech bir siyosiy o'zgarish bo'lishi haqida rasmiy bayonot bermadi. Barcha voqeyalar Hamasni qonuniylashtirdi.

Yana bir muhim qadami, Livan mojarosida vositachi davlat sifatida chiqishi bo'ldi. Turkiya ikki jihatdan Livan mojarosiga aralashdi. Birinchi tomoni, Turkiya Parlament UNIFIL IIga qurolli kuchlarini jo'natish bo'yicha qaror qabul qildi. Bu shu vaqtda yangi siyosiy o'zgarish edi. Chunki uzoq vaqtdan beri Yaqin Sharq mojarolariga aralashmaslik siyosatini olib borayotgan edi. Shunga qaramasdan, AKP hukumati tanqidlarga qaramasdan jo'natishga qaror qildi. Bu ishtirok Yaqin Sharqda Turkiya tashqi siyosatidagi umumiy o'zgarishga mos edi. Joriy vaziyatdan kelib chiqib, Livanda yuz berayotgan voqealar UNIFIL IIdagi ishtroki Turkiyani yuzaga kelayotgan geosiyosiy vaziyatda mustahkam o'rnashib olishiga imkon berdi. Partiya esa boshqacharoq yo'l tutib, Madaniy va tarixiy aloqalardan kelib chiqib o'zini ishtirokini oqladi. Bu keng miqyosida Yaqin Sharqda YI va Turkiya kuchlari o'rtasidagi hamkorlikni yo'lga qo'yish imkonyati edi. Turkiya Livandagi turli partiyalar o'rtasida vositachilik qilishga urindi.

Yevropa Konsulligi Luksumburgda 1997 yilgi sammitda o'n bir kirishga davogar mamlakatni ikki to'lqinga ajratib ochiq muzokaralarni boshlashga qaror qildi. Birinchi to'lqini, azolarini oldindan ko'rib chiqish ustunligiga ega bo'lgan davlatlar sirasiga Kipr, Chexiya, Estonya, Vengirya, Polsha va Slovenya. Ikkinchi to'lqini esa Slovakiya, Ruminya, Latviya, Litva, Bolgaryadan iborat [7]. Davogar mamlakatlarni baholashda nomzodlar orasiga Turkiyani kiritmaslik YIning obyektivligini shubha ostiga solib qo'yadi. Boshqa davogar davlatlar orasida o'ta jiddiy siyosiy muammolar mavjud emasligiga va sezilarli rivojlangan bozor iqtisodyotiga egaligiga qaramasdan inobatga olinmadi.

XULOSA.

Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, Turkiyaning xalqaro maydonda bo'lgan ta'siri oshib bomoqda. Uning qulay geostrategik joylashuvi dunyoning qudratli mamlakatlarini qiziqishni tortib kelgan. Bevosita Sharq va G'arb o'rtasidagi bog'lovchi ko'prik bo'lib kelgan. Shundan kelib chiqib, Turkiyaning "yumshoq kuch" vositalaridan biri bo'lib kelgan vositachilik siyosatini hozirgi zamonaviy xalqaro munosabatlarda muammoni hal qilishda vositachilik rolidan ustalik bilan foydalanmoqda. Ukaraina va Rossiya o'rtasida yuzaga kelgan urushda ham qurooli harakatlarni to'xtatib vazyatni tinch yo'l bilan hal qilishga chaqirmoqda. Bu borada Antalya va Istanbul kabi shaharlarda bir qancha

uchrashuvlar bo'ldi. Biroq qanchalik urinishiga qaramasdan ko'zlangan natijalar berganicha yo'q.

Shunga qaramay, Turkiya Rossiya Ukrainani hududiy yaxlitligini buzib anneksiya qilgan deb hisoblaydi. Shu tufayli Ukrainaga arzon narxdagi Bayraktar TB2 dronlarini bermoqda. Bu dronlar urushda Ukrainaga katta yutuqlar keltirmoqda. Shunday bo'lsada ko'plab qudratli davlatlar Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar qo'ygan bo'lsada Turkiya bunga qo'shilgani yo'q. Ikki tomon bilan ham aloqalarni saqlab qolishga urinmoqda. Yaqin sharqdagi qo'shnilar bilan munosabatlarda azaldan ma'lumki, Arab-Isroil urushida, Livan, Falastin bilan ham vositachilik rolini bajargan. Turkiya ko'rsatayotgan insonparvarlik yordamlari ham diqqatga sazovordir. Bular sirasiga ocharchilikdan aziyat chekayotgan Afrika qitasiga don yetkazib berishda "don karedori" vazifasini bajardi. Millionlab insonlarni ocharchilikdan qutqarib qoldi. Shuningdek, Falastinga milionlan gumanitar yordam berdi. Tukiya kompanyalari falastinliklarni ish bilan ta'minlash maqsadida bir qancha dasturlarni Falastin hududida tadbiq qildi. Aqara forumi, Erez industrial zonasini tashkil qilinishi buning yorqin namunasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Rusija ja napadna Ukraina [Русща ja нападна Украина]. DW. https ://www.dw.com/mk/%D 1 %80%D 1%83%D 1 %81 %D0%B8%D 1 %98%D0 %B0-%D 1 %98%D0%B0

%D0%BD%D0%B0%D0%BF%D0%B0%D0%B4%D0%BD%D0%B0%D1%8 3%D0%BA%D1%80%D0%B0%D0%B8%D0%BD%D0%B0-%D0%BF%D1%83%D1%82%D0%B8%D0%BD-%D0%B7%D0%B0%D0%BF%D0%BE%D1%87%D0%BD%D0%B0-%D0%B2%D0%BE%D 1 %98%D0%BD%D0%B0-

%D0%B7%D0%B0%D0%B4%D0%B5%D0%BC%D0%B8%D0%BB%D0%B 8%D1%82%D0%B0%D1%80%D0%B8%D0%B7%D0%B0%D1%86%D0%B 8%D 1 %98%D0%B0-%D0%BD%D0%B0-

%D 1%81%D0%BE%D 1%81%D0%B5%D0%B4%D0%BE%D 1%82a-60898121 (05 September 2022)

2. Rusya, Türkiye'nin Ukrayna'ya drone satiçmdanrahatsizligmi Ankara'yabildirdi mi?". https://tr.euronews.com/2022/04/08/rusya-turkiye-nin-ukrayna-ya-drone-sat-s-ndanrahats-zl-g-n-ankara-ya-bildirdi-mi (03 September 2022)

3. Baltaci, Aliçan. 2022. "Political and Economic Role of Turkey in the Scope of the Russia -Ukraine War", In: Açikgôz, Güne§(Ed.) Proceedings Book of the International Congress of Social Science China to Adriatic XIV. Kayseri: IKSAD Global.

4. Nailia, Bagirova. "After Ukraine, 'whole world' is a customer for Turkish drone maker says". https://www.reuters.com/business/aerospace-defense/exclusive-after-ukrainewhole-world-is-customer-turkish-drone-maker-says-2022-05-30/ (02 September 2022)

5. Vo Istanbul potpisan istoriski dogovor [Во Истанбул потпишан историски договор за извоз на украинското жито]. TRT Balkan. https://macedonian.trtbalkan.com/world/voistanbul-potpishan-istoriski-dogovor-za-izvoz-na-ukrainskoto-zhito-9624227 (01 September 2022)

6. Putin"denBati"ya „tahil" tepkisi: Erdogan ilegoru§ecegim,https://www.hurriyet.com.tr/dunya/putinden-batiya-tahil-tepkisi-erdogan-ilegorusecegim-42133758 (04 September 2022)

7. An interesting line of inquiry could be to look at the interplay between Turkey's hard and soft power in the region, which is beyond the scope of this article.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.