Научная статья на тему 'IKKINCHI JAHON URUSHI VA UNING KOREYAGA TA’SIRI'

IKKINCHI JAHON URUSHI VA UNING KOREYAGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
13
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
II Jahon urushi / SSSR / Germaniya / Shimoliy Koreya / Janubiy Koreya / KXR / KXDR / BMT / Yi Sung man / Kim Ir Sen. / World War II / USSR / Germany / North Korea / South Korea / PRC / DPRK / UN / Lee Sung Man / Kim Il Sung.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Panjiyeva, Shaxodat Olimjonovna

“Hech shubhasiz, inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan tirik va barhayotdir. O‘tganlarning xotirasini esga olish, ularning xotirasi oldida hurmat bajo keltirish xalqimizga xos azaliy qadriyat bo‘lib kelmoqda. Jang maydonlarida Vatan uchun, bugungi va ertangi avlodlarning yorug' kunlarga etishi uchun jon bergan, o‘zini fido etgan insonlar xotirasini yodga olsak, bugun hayot bo‘lgan faxriylarimizga qancha hurmat-ehtirom va e`tibor ko`rsatsak, hech qachon kam bo`lmaymiz” (O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Toshkentda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan nutqidan. 12.05.2016 )

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SECOND WORLD WAR AND ITS EFFECT ON KOREA

“There is no doubt that man, nation and people are alive and alive with a sense of historical memory. Remembering the memory of the departed, honoring their memory is the primordial value of our people. If we remember the memory of the people who gave their lives on the battlefields for the Motherland and for the bright days of today and tomorrow's generations, then how much respect and attention we show to our veterans who are alive today will never be less. no need” (From the speech of the First President of the Republic of Uzbekistan Islam Karimov, dedicated to the Day of Memory and Gratitude in Tashkent. 05/12/2016)

Текст научной работы на тему «IKKINCHI JAHON URUSHI VA UNING KOREYAGA TA’SIRI»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

IKKINCHI JAHON URUSHI VA UNING KOREYAGA TA'SIRI

Panjiyeva Shaxodat Olimjonovna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti "Xorijiy til va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi

Tel: +998994834092 E-mail: shaho200656@gmail.com

"Heck shubhasiz, inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan tirik va barhayotdir. O'tganlarning xotirasini esga olish, ularning xotirasi oldida hurmat bajo keltirish xalqimizga xos azaliy qadriyat bo 'lib kelmoqda. Jang maydonlarida Vatan uchun, bugungi va ertangi avlodlarning yorug' kunlarga etishi uchun jon bergan, o 'zini fido etgan insonlar xotirasini yodga olsak, bugun hayot bo 'lgan faxriylarimizga qancha hurmat-ehtirom va e^tibor ko^rsatsak, hech qachon kam bolmaymiz" (O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Toshkentda Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab o 'tkazilgan nutqidan. 12.05.2016) Kalit so'zlar: II Jahon urushi, SSSR, Germaniya, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya, KXR, KXDR, BMT, Yi Sung man, Kim Ir Sen.

«Нет сомнения, что человек, нация и народ живы и живы чувством исторической памяти. Помнить память ушедших, чтить их память -исконная ценность нашего народа. Если мы будем помнить память о людях, отдавших свои жизни на полях сражений за Родину и за светлые дни сегодняшнего и завтрашнего поколений, то сколько уважения и внимания мы проявляем к нашим ветеранам, которые живы сегодня, никогда не будет меньше. не надо» (Из выступления Первого Президента Республики Узбекистан Ислама Каримова, посвященного Дню памяти и признательности в г.Ташкенте. 12.05.2016)

Ключевые слова: Вторая мировая война, СССР, Германия, Северная Корея, Южная Корея, КНР, КНДР, ООН, Ли Сен Ман, Ким Ир Сен.

Ikkinchi jahon urushi (1939-yil 1-sentabr — 1945-yil 2-sentabr) — insoniyat tarixidagi eng katta urush. Urushni boshlagan natsistlar Germaniyasi, fashistlar Italiyasi va militaristik Yaponiya bir tomondan va bir guruh antifashistik koalitsiyaga kiruvchi davlatlar boshqa tarafdan ishtirok etishgan. Ikkinchi jahon urushi 20-asr fojiasi deb hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushida 61 davlat, dunyoning taxminan 80%

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH:

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

aholisi jalb qilingan. Urushda ishtirok qilgan mamlakatlarning 110 million aholisi unga safarbar etildi. Harbiy harakatlar 40 davlat hududida bo'lib o'tdi, barcha xarajatlar 4 trillion dollarni tashkil etdi. Urush davomida 62 million kishi (shu jumladan 27 million SSSR fuqarosi) halok bo'ldi.

Urush tugashidan oldin Koreya Yaponiyaning mustamlakasi edi. Koreya 1905-yildagi Eulsa shartnomasiga ko'ra Yaponiya protektorati deb e'lon qilingan va 1910-yil 22-avgustda Yaponiya-Koreya qo'shib olish to'g'risidagi shartnoma bilan Yaponiya chegaralariga qo'shilgan edi. Umuman olganda, Yaponiyaning Koreyadagi siyosati koreys aholisini yapon jamiyatiga singdirishga qaratilgan. 1939-yilda Yaponiya va Koreyadagi koreyslar o'zlarining koreyscha familiyalaridan voz kechib, yaponcha familiyalarni qabul qilishga da'vat etildilar; Koreyaliklarning qariyb 9,6 foizi shunday qilgan va urushdan keyin ularning hammasi ham koreyscha familiyalarini tiklamagan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1937-yilda Ikkinchi jahon urushi Osiyoda Ikkinchi Xitoy-Yaponiya urushi boshlanishi bilan boshlandi. 1939-yilga kelib, yapon ishchi kuchi yetarli bo'lmay qoldi, chunki Xitoydagi urush tobora ko'proq ishchi kuchiga muhtoj edi, shuning uchun koreyslar materik Yaponiyada ishlash uchun yollana boshladilar; Keyinchalik urushda ko'plab koreyslar ishchi sifatida ishlash uchun Yaponiyaga majburan ko'chib o'tishdi. 1944-yilda urush bilan bog'liq sanoatda ishlamagan barcha koreys erkaklar Yaponiya armiyasiga qo'shilishlari kerak edi. 1937-1945 yillarda Yaponiya armiyasida 242 341 koreys xizmat qilgan; Ulardan 22 182 nafari halok bo'lgan 1945-yil 5 aprelda SSSR 1941-yilda Yaponiya bilan tuzilgan betaraflik to'g'risidagi shartnomani bekor qildi. Fashistlar Germaniyasi taslim etilganidan so'ng, Moskvaga yapon shahzodasi Konoe Yaponiyaga xujum qilmaslik va Koreyani qayta mustamlaka etishdan voz kechish evaziga SSSRning Kuril va Janubiy Saxalinga ega bo'lish taklifi bilan keldi. Biroq shahzoda qabul qilinmadi.

1938-1945 yil 8 avgustda Yalta va Potsdam konferensiyalari antifashist kuchlarining qaroriga muvofiq SSSR Yaponiyaga qarshi urush e'lon qildi, 9-avgustda esa Manjuriya va Koreyada joylashgan Kvantun armiyasiga qarshi urush harakatlarini boshladi. 11-22-avgustda Ungi va Najin portlari, Chxonjin va Vonsandagi harbiydengiz bazasi egallandi. 15-avgustda yapon imperatori urush harakatlarini to'xtatish haqida buyruq beradi, ammo Koreyaning yapon qismi yana bir muddat qarshilik ko'rsatdi. 24 va 25 avgustda sovet qo'shinlari Xamxin va Pxenyanga tushirildi. 25-avgustda Shimoliy Koreyadagi barcha yapon qo'shini qurolsizlantirildi, sentyabr boshlarida sovet qismi 38-parallelga chiqdi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

2-sentyabrda Yaponiyaga ittifoqchi davlatlar taslim bo'lganlik to'g'risidagi shartnomani imzoladilar. 8-sentyabrda esa Amerika qo'shini Inchxonga tushirildi va 38-parallelning janubiy qismini egalladi. Koreya mustamlaka iskanjasidan ozod etildi. Yaponiyaning taslim bo'lishi va Sovet qo'shinlarining Koreya yarim oroliga qo'nishi zamonaviy Koreya tarixini butunlay o'zgartirdi. Biroq Koreyaning yagona mustaqil davlat haqidagi orzusi amalga oshmadi.

1945 yil sentyabriga kelib Koreya yana bir bor ishg'ol qilindi, endi Amerika Qo'shma Shtatlari va Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR) qo'shinlari tomonidan tez orada Koreyaning o'z-o'zini boshqaruvi boshlanishiga qadar birgalikda vasiylik qilish to'g'risida kelishib oldilar. Shimoliy (SSSR) va janubiy (AQSh) ishg'ol zonalarini ajratuvchi chiziq 38-parallelda o'rnatildi, Seul shimolidan o'tib, yarim orolni taxminan yarmiga bo'ldi. Qarama-qarshi mafkuraviy va geosiyosiy qiziqishlar tufayli, Koreyaning Shimoli va Janubida tuzilgan Amerika va sovet ma'muriyati bosib olingan doiralarda o'zlarining tartiblarini o'rnata boshladi, bu esa ichki siyosiy nizolarni kuchaytirdi va yangi sotsial g'alayonlarni qo'zg'atdi. 1945-yil 16-26 dekabrda Moskvada AQSh, SSSR va Angliya tashqi ishlar vazirlarining kengashi o'tkazildi. Koreyada 5 yillik vasiylik tartibini o'rnatishga, uning doirasida mamlakatning muvaqqat hukumatini tuzishga kelishildi va bu bilan bog 'liq holda 1946-yil 20-martdan 1947-yil 18 oktyabrga qadar ish olib borgan Sovet-Amerika qo'shma komissiyasi tuzildi. Ammo o'zaro qarama-qarshiliklar tufayli uning ishi natija bermadi.

1947-yil noyabrda AQSh tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi Koreyaning har ikki qismida umumiy saylov o'tkazish va BMTning Koreyadagi Vaqtinchalik komissiyasi nazorati ostida hukumat shakllantirilishi to'g'risida qaror qabul qildi. SSSR ushbu komissiyaning Shimoliy Koreyaga kirishini rad etgach, ushbu saylovlar faqat Janubda o'tkazildi (1948-yil 18-may). Saylov natijalariga ko'ra, Koreya Respublikasi parlamenti shakllantirildi, u mamlakat konstitutsiyasini qabul qildi va Yi Sung-man, (1875-1965) Koreya Respublikasining birinchi prezidentni sayladi, keyinchalik hukumat va sud hokimiyati shakllantirildi. 1948-yil 15-avgustda, yapon hukmronligidan ozod etilganlikka uch yil to'lgan kunda, Koreya Respublika deb rasman e'lon qilindi. 1948-yil 9-sentyabrda esa Yuqori xalq kengashining 1-sessiyasida yarim orol shimolida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tashkil etilib, uning boshida Koreya mustaqil partizanlari va Moskva tomonidan o'qitilgan Kim Ir Sen, (1912-1994) prezident etib sayladi va uning konstitutsiyasi qabul qilindi.

1948-1949 yillarda chet el qo'shinlari Koreya yarim orolidan olib chiqib ketildi (avval sovet, keyin esa Amerika). 1950-yil 25-iyunda mamlakat 3 yil davom etgan

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

fuqarolik urushi girdobiga tortilgan edi. Shimoliy Koreya va sovet adabiyotlarida urush tashabbuskorlari Janub deb, Janubiy Koreya, g'arb va zamonaviy Rossiya adabiyotlarida esa Shimol deb aytiladi. Urushning dastlabki bosqichida Shimol armiyasi Seulni shiddat bilan bosib oladi va raqib qo'shinini Koreya yarim orolining janubisharqiy chekkalariga surib borgan holda Janubi Koreyaning kata qismini egallab oladi. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining mandatiga ko'ra, Janubiy Koreya tomonidan xalqaro qurolli kuchlarning, eng avvalo, AQSh, shuningdek, boshqa davlatlarning urushga kirishi, Janubiy Koreya armiyasining qarshi xujumga o'tishiga imkon berdi. Seul qaytarib olindi, harbiy harakatlar esa Shimoliy Koreya hududiga ko'chdi. Janubiy Koreya qo'shini va BMT kuchlari Pxenyanni egalladi va Koreys-Xitoy chegarasidagi Amnokkan daryosiga chiqdi hamda koreys-sovet chegarasidan uzoqda bo'lmagan Chxonjinni egalladi. Ammo Xitoy bo'linmalarining Shimoliy Koreya tomonidan urushga kirishi 1950-yil oktyabrda yana Janubiy Koreya va BMT qo'shinini 38- parallelga chekinishga majbur etdi. Front chizig'i ushbu parallel rayonlarda barqarorlashdi, harbiy harakatlar esa navbatma-navbat hujumkorlik va himoyaviy xarakter kasb etdi. 1953-yil 27 iyulda KXR, KXDR va BMT qo'shini vakillari tomonidan sulh imzolandi.

Urush millionlab kishilar hayotiga zomin bo'ldi. Mamlakat iqtisodi vayron bo'ldi: taxminan 80 foiz sanoat va transport infrastrukturasi, 50 foiz atrofidagi turar joy fondi vayron bo'ldi. Ustiga-ustak, urush millatning yanada parchalanishiga, o'zaro dushmanlik va ishonchsizlikka olib keldi.

Xulosa qilib aytganda Ikkinchi Jahon urushi butun yer yuzidagi davlatlarga o'z ta'sirini o'tkazdi va bu Koreyani ham chetlab o'tmadi. Xususan Ikkinchi Jahon urushiga Koreya Yaponiyani mustamlakasi hisoblanar edi va Yaponiya Koreyaning barcha hududini o'z nazoratiga olgan edi. Ammo urushning yakunida german fashistlarining va uning tarafdori bo'lgan yaponlarning urushdagi mag'lubiyati sabab Koreya mustamlakadan ozod bo'ladi. Lekin Koreyaning yagona davlat bo'lb birikish haqidagi fikirlari yo'qa chiqadi. Chunki Ikkinchi Jaxon urushi tugagandan so'ng Koyeyaning shimolidan Rossiya va janubidan esa Amerika Qo'shma Shtatlarining kirib kelishi sababli Koreya davlati ikkiga bo'linishga majbur bo'ladi. Bu ikki gigimon davlatlarning har ikkisi ham Koreyani to'liq bosib olishga bir necha bor urinishadi ammo buni uddalay olishmaydi va 1953- yil 27- iyulda Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o'rtasida tinchlik sulhi tuziladi va ikkala davlat ham Koreyani teng ikkiga bo'lib oladi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR(REFERENCES):

1. Li, Piter X. (1992). Koreya sivilizatsiyasi manbalari . Nyu-York: Kolumbiya universiteti nashriyoti. p. 750 . ISBN 978-0231079129.

2. Li, Ki-Baik ; Vagner, Eward V. (1984). Koreyaning yangi tarixi . Garvard universiteti matbuoti. p. 518. ISBN 978-0674615762.

3. Sin, Chaeho(1931)."see-sengengeong" [Qadimgi Koreya tarixi, 2 jild]. Dajo[ Danjae Sin Chaehoning to'plamlari ] (koreys tilida) qayta nashr etilgan. ed: Seul, Munjangsa, 1982 yil.

4. https://rn.ww2db.com/country/korea

5. http : //countrystudies. us/south-korea/8. htm

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.