Научная статья на тему 'ADMIRAL LI SUN SHIN VA IMJIN URUSHI'

ADMIRAL LI SUN SHIN VA IMJIN URUSHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
175
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Li Sun Shin / Imjin / Na De Yong / Gobukson / Asan / Hanseong / Li Sun Shin / Imjin / Na De Yong / Gobukson / Asan / Hanseong.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Panjiyeva, Shaxodat Olimdjonovna, Shamsiddin, Islom Usmon O‘G‘Li, Haytmurodov, Zarif Husan O‘G‘Li

Tarixga nazar tashlar ekanmiz har bir xalqning o‘z qahramonlari bor ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Bu qahramonlar doim millat boshiga musibat tushganda yuzaga chiqib xalqi va vatani uchun shunday ishlar qiladiki isoniyat asrlar osha bu qahramonlarni hayrat bilan eslashadi. Ushbu maqolada biz xalqining ozodligi uchun kurashib olamshumul natijalarga erishgan va o‘z nomini tarixga muhrlagan buyuk bir shaxs hayoti bilan tanishamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAR OF ADMIRAL LEE SUN SHIN AND IMJIN

«Looking at history, we see that every nation has its heroes. These heroes always come out when a disaster befalls the nation and do such things for their people and country that people will remember these heroes with admiration for centuries. In this article, we will get acquainted with the life of a great person who fought for the freedom of his people and achieved great results and left his name in history.

Текст научной работы на тему «ADMIRAL LI SUN SHIN VA IMJIN URUSHI»

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

ADMIRAL LI SUN SHIN VA IMJIN URUSHI

Panjiyeva Shaxodat Olimdjonovna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi Shamsiddin Islom Usmon o'g'li, Haytmurodov Zarif Husan o'g'li

DTPI "Filologiya" fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi talabalari

ANNOTATSIYA

Tarixga nazar tashlar ekanmiz har bir xalqning o 'z qahramonlari bor ekanligiga guvoh bo 'lamiz. Bu qahramonlar doim millat boshiga musibat tushganda yuzaga chiqib xalqi va vatani uchun shunday ishlar qiladiki isoniyat asrlar osha bu qahramonlarni hayrat bilan eslashadi. Ushbu maqolada biz xalqining ozodligi uchun kurashib olamshumul natijalarga erishgan va o 'z nomini tarixga muhrlagan buyuk bir shaxs hayoti bilan tanishamiz.

Kalit so'zlar: Li Sun Shin, Imjin, Na De Yong, Gobukson, Asan, Hanseong

ABSTRACT

«Looking at history, we see that every nation has its heroes. These heroes always come out when a disaster befalls the nation and do such things for their people and country that people will remember these heroes with admiration for centuries. In this article, we will get acquainted with the life of a great person who fought for the freedom of his people and achieved great results and left his name in history.

Keywords: Li Sun Shin, Imjin, Na De Yong, Gobukson, Asan, Hanseong.

KIRISH

Tarixda yer yuzasida mutlaq tinchlik hukm surgan biror yil kuzatilmagan, doim qayerdadir kimdir kimgadir qarshi qurol o'qtalib turgan. Ammo ba'zi hududlarda o'nlab yillar davom etgan qirg'inbarot urushlar ham borki, ularning davomiyligi kishini chuqur o'yga toldiradi. Shunday hududlardan biri bu Koreya yarim orolidir. "Nega aynan Koreya yarim oroli va koreys xalqi tarixda bunchalik ko'p urushlarga guvoh bo'lgan?" degan haqli savol tug'iladi, keling bu savolga javob topish uchun bu hududning geopolitik o'rniga e'tibor berib o'tamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Koreya yarim oroli shimoldan quruqlik orqali Xitoy bilan, janubiy sharqdan esa dengiz orqali Yaponiya bilan chegaradosh, Tarixan bu ikki ulkan va qudratli qo'shni davlat hukmdorlari Koreya yerlarini bosib olishga ko'p harakat qilishgan, chunki Koreya yarim oroli ikkala istelochi davlat uchun ham juda muhim strategik

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

ahamiyatga ega edi, Xitoy imperatorlarining sharq tomon yurish qilib keyinchalik Yaponiyani bo'ysundirish, butun kunchiqar hamda yapon dengizida yakka gigemonga aylanish niyati yo'lida Koreya yarim oroli yagona bosib o'tiladigan yaqin yo'l bo'lsa, huddi shunday Yapon imperatorlarining ham g'arbga istelochilik yurishlarini amalga oshirib, butun Xitoy va hatto Hindistongacha bo'lgan hududlarni bosib olish kabi shuhratparast orzulari yo'lida Koreya quruqlik bilan bog'lovchi yagona yo'l edi, demakki Koreya bu ikki qudratli davlatlar manfaatlari o'zaro to'qnashgan hududga aylangan. Asrlar davomida Koreya xalqi o'z mustaqilligi va ozodligi uchun muntazam kurashishlariga to'g'ri kelgan. Shunday ozodlik urushlaridan biri 1592-1598 yillarda bo'lgan va o'sha vaqtdagi Koreya aholisining 20% qismi yana ham aniqroq aytadigan bo'lsak, ikki milliondan oshiq inson qirilib ketgan Imjin urushidir. Bu urushga Yaponiya 6 yil davomida 450 mingdan ziyod qo'shinni va minglab harbiy kemalarni safarbar qiladi, birgina urush boshlangan 1592-yil Yaponiya 150 ming kishilik qo'shin bilan hujum qilgani holda Koreya bor -yo'g'i 40 ming kishilik muntazam qo'shin bilan qarshilik qilardi. 1592- yil, mamlakat urush girdobida qoladi, tish-tirnog'igacha qurollangan yuz minglab yapon qo'shinlari, koreya zaminiga dengiz orqali yuzlab kemalarda yopirilib kelishdi, rahm-shavqat nimaligini bilmaydigan dushman samuraylari yo'lida uchragan inson zoti borki qilichdan o'tkazdi, ko'chalar jang qilib o'lgan erkaklar, ayovsiz qilichdan o'tkazilgan ayollar va bolalarning o'liklariga to'lib ketdi, tirik qolganlar qul qilindi va tahqirlandi. Butun shahar va qishloqlar yoqib kul qilindi, Davlat inqirozda, xalq esa daxshat va vahima ichra umidsizlikda qoldi. Onalar kechalari qo'rquv va ochlikdan uxlay olmagan farzandlarini yupatish uchun, hammani qutqargan buyuk qahramonlar haqida ertaklar aytib berishar ekan, bu zaminda haqiqatdan ham o'sha qahramon borligi va u yovuz dushmanni yengib, butun millatni hurriyatga olib chiqishini hali bilishmasdi. Bu vaqtda esa, Yaponiyada, Saroy bog'ida, bahorda gullagan sakura iforidan va o'z orzularidan mast holda "sake" ichib o'tirgan yapon imperatori, qishgacha Koreyani bosib olib, keyin Xitoyga yurish qilishdek shirin hayollar surar ekan, Koreya atalmish bu zaminda hali butun yapon flotini tor mor keltirib, uning barcha orzu va rejalarini barbod qilib, sarobga aylantiradigan, yengilmas qahramon borligini tasavvur ham qilamasdi.

Li Sun Shin 28-aprel 1545-yilda o'sha vaqtdagi davlat poytaxti bo'lgan Hanseong shahrida tug'ilgan. U buyuk koreys qo'mondoni va admiralidir. Li aslzoda oilasida tug'ilgan bo'lsada, uning bobosi Li Bang Nok va otasi Li Je Yonglar o'sha davrdagi Joseon hukumatini yoqtirmagani uchun ularga hech qanday lavozim berilmagan edi, shu va boshqa siyosiy sabablar tufayli Lilar oilasi keyinchalik u hayotining katta qismini o'tkazgan Asan shahriga ko'chib o'tadi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Kichik Li yoshligidan harbiylik va Strategiya ilmiga qiziqib, bu ilmlarni puxta o'zlashtiradi, u o'z karyerasini 1577-yilda malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o'tib harbiy xizmatga kirishdan boshlaydi, mamlakat shimolida ofitser sifatida xizmat qiladi va 1583-1586 yillardagi Churjin bosqinlari vaqtida ursuhni g'alaba bilan tugatib ulkan tajriba to'playdi hamda mamlakat shimoliy sarhadlarini himoya qilishda o'zining ulkan hissasini qo'shadi. Bu muvaffaqiyatlar Li Sun Shinnig armiya va hukumatdagi yuqori doira vakillari orasida obro' qozonishiga sabab bo'ladi. 1591-yilda Li Sun Shin shimoldan chaqirib olinadi va janubdagi Cholla-Do viloyatining "Chol" dengiz bazasi qo'mondoni etib tayinlanadi, Istedotli qo'mondon bu yerga kelishi bilan yangi kemalar quriladi, eskilari esa ta'mirlanadi, askarlar qurol yaroq bilan ta'minlanib, muntazam mashq qildiriladi, kema ekipajlari o'qitiladi, bir so'z bilan aytganda u o'zi mas'ul bo'lgan viloyat mudofasini ancha mustahkamlaydi, biroq qolgan hududlarda va umumiy dengiz flotidagi ahvol qoniqarsiz, hamma qo'mondonlar ham Li kabi emas, hatto ularning ba'zilari unga hasad qilishar edi. Bu davrda hukumat boshqaruvida no'noqlik va harbiy sohada betartiblik hukm surarar, umumiy qo'shinda intizom sust, juda yomon harbiy tayyorgarlikka ega edi. Mana shunday bir vaziyatda biz yuqorida aytib o'tgan bosqin boshlanadi, 1592-yil bahorida Yaponiya Koreya yarim oroliga ulkan qo'shin bilan Busan porti orqali bostirib kiradi va qisqa muddatda mamalakatning katta qismini ishg'ol qilib, poytaxtga yaqinlashib qoladi. Dushman son va sifat jihatidan juda katta ustunlikka ega, bu esa hukumat vakillari va hatto harbiy qo'mondonlarning o'zlariga bo'lgan ishonchlarini so'ndirar, askarlar harbiy xizmatdan qochar, quruqlikdagi qo'shinlar deyarli tor-mor etilgan, butun armiyada ulkan xaos hukmron edi, shunday tahlikali vaziyatda yagona umid hali ham mustahkam himoyada turgan janubiy qirg'oq qo'mondoni Li Sun Shindan edi, shu sababli u butun dengiz floti qo'mondoni etib tayinlandi. Ilgari biror marta ham dengiz janglarida ishtirok etmagan bo'lsada, nihoyatda kuchli strateg va taktik mahoratga ega bo'lgan Li flotdagi faoliyatini muvaffaqiyatli boshlaydi, Amiral flot boshqaruviga kelgach, ishni avvalo qo'shinda mustahkam intizom o'rnatishdan boshlaydi, qarindosh-urug'chilik yuzasidan mansabga tayinlangan va layoqatsiz zobitlarni ishdan bo'shatib, ularning ongiga haqiqatdan salohiyatli bo'lgan insonlarni tayinlaydi. U jangovor kemalar konstruksiyasiga ham alohida etibor beradi. Koreys kemalari son jihatidan Yaponlarnikidan kam bo'lsada, ixcham va tezkor, kemalar yaxshi arteleriya to'plari bilan jihozlangan edi. Li leytenant Na de Yong bilan birgalikda,, Gobukson" ya'ni „Toshbaqa" kemasini ham yaratadi. "Toshbaqa" kemasi 37 metrgacha uzunlikka va 12 metrgacha kenglikka ega bo'lib usti uchli qoziqlar chiqib turgan temir plitalar bilan zirxlangan, kemaning ikki yoni bo'ylab arteleriya zambaraklari va kamonchilar

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

o'q uzushi uchun tuynuklar qoldirilgan, old qismida joylashgan "ajdarxo boshi" og'izidan oltingugurtdan hosil qilingan bug' purkagan bu esa kemaning dushman ko'zidan yashrinishiga va keskin monyovrlar qilishiga imkon bergan. U o 'z bortida 50 ta jangchi , 80 ta eshkakchi va bir nechta to'plarni olib yurgan. Xulosa qilib aytganda bu kema o'z davri uchun mukammal konstruksiya namunasi bo'lib dushman kemalariga ko'p talofatlar keltirgan.

Imjin urushi vaqtida Admiral Li yaponlar bilan jami 23 ta yirik dengiz janglarini olib boradi va ularning barchasida g'alabaga erishadi. Li Sun Shin va uning toshbaqa kemalari dushman uchun haqiqiy daxshatga aylanadi. Uning dengizdagi g'alabalari natijasida katta talofatlar ko'rgan yapon dengiz floti tor mor keltiriladi va ularning Koreya yerlaridagi quruqlikda jang olib borayotgan qo'shinlari ham ta'minotdan uzilib qolganligi sababli mag'lubiyatga uchrab chekina boshlaydi, 1593- yili yaponlar Koreyani alamli mag'lubiyat bilan tark etadi. Ulardagi bu mag'lubiyat alami, o'ch olish istagiga aylanadi va 1597-yil ancha nafas rostlagan va tayyorlangan yapon qo'shinlari Imjin urushining ikkinchi bosqichi bo'lgan hujumni boshlaydilar, bu vaqtga kelib mansabparast kimsalarning fitnasi sabab Li Sun Shin flot qo'mondonligidan ketgan, Koreya dengiz qo'shinlarini qo'mondon Von Gyun boshqarayotgan edi, Von Gyun yaponlar bilan bo'lgan birinchi jangdayoq mag'lub bo'ladi va bu jangda deyarli butun koreys floti yo'q qilinadi. Vaziyat qaltis ekanligini anglagan qirol Li Sun Shinni flot qo'mondonligiga qaytaradi. Admiral Li Flot boshqaruvini qo'lga olganda unda bor yo'gi 13 ta jangovor kema qolgan edi. Bu kemalar bilan u Yaponlarning 133 ta harbiy va 200 ta ta'minot kemlaridan iborat yirik flotiga qarshi chiqadi va Myongang yaqinidagi jangda, yaponlar ustidan afsonaviy ga'labaga erishadi. So'ngi jangda Li Sun Shin dushman o'qidan og'ir jarohat oladi, halok bo'lishidan oldin Ofitserlaga buni askarlardan sir saqlashni va ularning ruhini tushirmay jangni ohiriga yetkazishni buyuradi, yakunda koreyslar g'alaba qozonib Imjin urushi tugaydi. Li Sun Shinning jasorati esa tarixda qoladi.

Admiral Li Sun Shinning shunchalik katta harbiy tafovutga qaramay, bunday aql bovar qilmas g'alabalarga erishgani, asrlar osha tarixchilar va harbiy strateglarning hayrat va e'tirofiga sazovor bo'lib kelmoqda. Xo'sh, uning ustunligi nimada edi? Nihoyatda kuchli strateg va taktik bo'lgan Li o'z mamlakatining qirg'oq oldi hududlari, sayozliklari, dengiz to'lqinlari harakati va shamol yo'nalishigacha yaxshi bilar, blimaganlarini tajribali dengizchi va baliqchilar bilan maslahat qilar edi, ulkan hajmga ega yapon kemalari, asosan qo'shin transportirovkasiga mo'ljallangan bo'lib ularning asosiy kuchi raqib kemasiga yaqin masofaga kelib askarlar oqali yuzma yuz jangga kirishish bo'lsa, koreys kemalari uzoq masofaga otuvchi to'plar bilan yaxshi qurollangan, ixcham kemalar bo'lib, masofadan turib jang olib borar, jang vaqtida esa

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

tez-tez taktik manyovrlar qilib joyini osongina o'zgartirib tura olar, joyi keganda chalg'ituvchi chekinishlar qilar va dushman kemalirini o'zlari uchun qulay joyga olib borib pistirmda turgan kemalar orqali kutilmgan tomondan shiddatli qarshi hujumlar qila olar edi. Koreyslar o'z flotida mavjud bo'lgan potensial ustunliklarning hammasidan mohirona foydalangan. Qisqa qilib aytganda admiral Li Sun Shinning kuchli strategik mahorati uning g'alabasidagi asosiy hal qiluvchi omil bo'lgan.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, koreys xalqi Li Sun Shin nomini o'zgacha muhabbat bilan tilga olishadi, U milliy qahramon sifatida ikkala koreys davlatida ham barobar qadrlanadi. Uning hayoti va faoliyati dunyo bo'ylab ko'plab oliygohlarda hozirgi kungacha o'rganilmoqda. Admiralning Imjin urushi vaqtida yozgan "Nanjung Ilgi" nomli urush kundaligi UNESCOning butunjahon ilmiy va madaniy me'rosi ro'yxatiga kiritilgan. Uning hayoti haqida kitoblar yozilgan va filmlar tasvirga olingan.

REFERENCES

1. Jung-Ja Holm und Diamant Sutra Rezitationsgruppe: Admiral Yi Soon-shin : Ein kurzer Überblick über sein Leben und Wirken. Koreanische Geistes- und Kulturserie;

1. Pohang, Yonghwa Verlag, 2007.

2. Stephen Turnbull: Samurai Invasion - Japan's Korean War 1592-1598, Cassell, London 2002, (englisch)3

3. Yang Sook Gründel geb. Yi von Deoksu, Übersetzung: Das Kriegstagebuch, Nanjung Ilgi von Admiral Sun-Shin Yi von Deoksu. Zentraldruckerei der Johannes Gutenberg-Universität Mainz, 2012

1. Admiral Yi Sun-sin - A Korean Hero. (Nicht mehr online verfügbar.) In: koreanhero.net. KoreanHero.net, archiviert vom Original am 28. September 2011; abgerufen am 22. Juli 2022 (englisch).

2. Alain Burrese: Admiral Yi Sun-shin. In: jadedragon.com, Jade Dragon Online, vom 22. Juli 2022 (englisch).

3. The Yi Sun-Sin Grand Bridge Reveals Its Splendor on the Birthday of Yi Sun-Sin. (Nicht mehr online verfügbar.) In: daelim.co.kr. Daelim Building, 16. Juni 2011, archiviert vom Original am 18. Oktober 2020; abgerufen am 22. Juli 2022 (englisch).

XULOSA

Internet resurslari:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.