Научная статья на тему 'IKKILAMCHI RESURSLARDISHAN QURILISH MATERIALLARINING XOM-ASHYOSI SIFATIDA FOYDALANISH'

IKKILAMCHI RESURSLARDISHAN QURILISH MATERIALLARINING XOM-ASHYOSI SIFATIDA FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
362
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so`zlar: Sanoat chiqindisi / plastik chiqindi / iqtisodi / ekologik muammo / komponent / element / mustahkamlik / qulaylik

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yoldasheva Muhayyo

Annotatsiya: Mazkur maqolada, sanoat korxonalari ishlab chiqargan mahsulotlardan qolgan ikkilamchi resurslardan samarali foydalanib, atrofmuhitni ekologik toza hududga aylantirish va eksport, import hajmini oshirish, iqtisodiy samaradorlikni rivojlantirish haqida ma`lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IKKILAMCHI RESURSLARDISHAN QURILISH MATERIALLARINING XOM-ASHYOSI SIFATIDA FOYDALANISH»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

IKKILAMCHI RESURSLARDISHAN QURILISH MATERIALLARINING XOM-ASHYOSI SIFATIDA FOYDALANISH

Yoldasheva Muhayyo

Farg ona Politexnika instituti Qurilish fakulteti talabaasi E-mail: yoldashevamuhayyo99@gmail. com

Annotatsiya: Mazkur maqolada, sanoat korxonalari ishlab chiqargan mahsulotlardan qolgan ikkilamchi resurslardan samarali foydalanib, atrof-muhitni ekologik toza hududga aylantirish va eksport, import hajmini oshirish, iqtisodiy samaradorlikni rivojlantirish haqida ma lumot berilgan.

Kalit so^zlar: Sanoat chiqindisi, plastik chiqindi, iqtisodi, ekologik muammo, komponent, element, mustahkamlik, qulaylik

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7672453

Аннотация: В данной статье представлена информация об эффективном использовании вторичных ресурсов, оставшихся от продукции, производимой промышленными предприятиями, превращении окружающей среды в экологически чистую территорию, увеличении объемов экспорта и импорта, развитии экономической эффективности.

Annotation: This article provides information on the effective use of secondary resources left over from the products produced by industrial enterprises, turning the environment into an ecologically clean area, increasing the volume of exports and imports, and developing economic efficiency.

Ключевые слова: промышленные отходы, пластиковые отходы, экономика, экологическая проблема, компонент, элемент, долговечность, удобство

Keywords: industrial waste, plastic waste, economy, environmental problem, component, element, durability, convenience.

Sanoat korxonalari soni ortib borgani sari korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari natijasida hosil bo'lgan, sanoat chiqindilarining ko'payib borayotgani barchamizga ayon. Shuningdek, yaqin yillar mobaynida dunyo bo'ylab chiqindi ishlab chiqarish sezilarli darajada ko paydi. Hozirgi kunda bu jarayonning sekinlashish holati sezilgani yo'q. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, 2050- yilga borib, chiqindi ishlab chiqarish taxminan 70% ga oshib 3,4 milliard tonnaga yetishi aytilmoqda. Mazkur jarayon yuzasidan kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida, yetarlicha chora-tadbir ko'rilmasa, ekologik barqaror muhitga shikast yetib, aholi salomatligiga salbiiy tasir ko'rsatishi mumkin. "Ozbekneftgaz AJ Boshaqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirigiga asosan, ishlab

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

chiqarish chiqindilarining salbiy tasirini kamaytirish, shuningdek, 2020- yil joriy davri uchun kompensatsiya to'lovlarini kamaytirish maqsadida "Muborak" gazni qayta ishlash zavodi, Shortan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi va "Buxoro" neftni qayta ishlash zavodi tomonidan shartnomalar asosida 2199 tonna sanoat chiqindilarini 543,3 million so'm miqdorida turli xil qurilish va xo'jalik mahsulotlar ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ikkilamchi maqsadlarda foydalanishga topshirildi."1 Shuningdek, sanoat chiqindilari qurilish materiallarining asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi. Ikkilamchi resurslardan qurilish xomashyosi sifatida foydalanish, iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Jumladan, komir sanoati chiqindilari ham qurilish materiallari ishlab chiqarishda iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. "TES kullari va shlaklari asosida 20 turdan ortiq qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish mumkin. Komir sanoati chiqindilari esa devorbop keramika va g'ovak to'ldirgichlar ishlab chiqarishda yuqori samarali xom ashyo vazifasini o'taydi. Bunda, chiqindilarni ishlatish hisobiga buyumlar olishdagi sarf-xarajatlar 2-2,5 mahsulot tannarxi 1,5-2 marta kamayadi."2 "Mamlakat rivojlanishining iqtisodiy darajasi va chiqindilarni boshqarish ortasida bevosita bog liqlik mavjud. Misol uchun, Yaponiyada qayta ishlanadiga chiqindilar ulushi 100% ni tashkil qiladi. Bir qator Yevropa mamlakatlarida chiqindilarni qayta ishlash ulushi 60% dan oshadi."3 Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi ham bugungi kunda sanoat chiqindilarini qayta ishlash jarayonlarida Yevropa davlatlarining ish jarayonlarini muntazam kuzatib kelmoqda. Sanoat korxonalari faoliyati natijasida hosil bo luvchi kul va shlaklardan qurilish materiallari uchun xomashyo sifatida foydalanishimiz mumkin. Jumladan, keramzit zaxirasi Respublikamiz hududlarida kam ekanligini inobatga olingan holda, keramzit ishlab chiqarishda kul-shlaklardan foydalanish, energiya va resurslarni tejashga olib keladi. Kul va shlak kukunlarini bog'lovchili qurilish qorishmalari, betonlar ishlab chiqarishda aktiv mineral qoshimchalar sifatida ishlatiladi. Kul va shlak qo'shimchalarining qulayligi shundaki, ular sement tarkibiga qo'shilganida, sement kompozitsiyalarining plastikligi ortadi. "Sement- kulli bog'lvchilar asosida siqilishdagi mustahkamligi bo'yicha B3,5- B30 klassli, suv o'tkazuvchanligi bo'yicha W2- W12, sovuqqa chidamlilik boyicha F50- F300 hamda 12,5 gacha qorishmalar olish mumkin."4 Shuningdek, yonilg'i kul shlaklaridan samarali foydalanib 75 dan- 150

1https://yuz.uz/uz/news/qayta-ishlash-maqsadida-3447-tonna-sanoat-chiqindilarini-ikkilamchi-foydalanish-maqsadida-sotildi

2 Ikkilamchi resurslar asosida qurilish materiallari va buyumlari. N.A.Samig'ov. M.Q.Xasanova. M.Sh. Mirzayeva J.S.Zokirov. TOSHKENT-2016

3 https://magazine.neftegaz.ru/articles/ekologiya/536780-utilizatsiya-promyshlennykh-otkhodov-v-rossii-i-v-mire-problemy-i-resheniya/

4 Ikkilamchi resurslar asosida qurilish materiallari va buyumlari. N.A.Samig'ov. M.Q.Xasanova. M.Sh. Mirzayeva J.S.Zokirov. TOSHKENT-2016

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

markagacha qurilish g'ishtlarini ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Ushbu g'ishtlarning qulayligi shundaki, ular yaxshi ushlashish xususiyatiga ega. Chunki, ularning tarkibini gidravlik aktiv bog'lovchilar tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi hududida sanoat chiqindilaridan oqilona foydalanish maqsadida samarali say-harakatlar olib borildi va bugungi kunda yuqori natijaga erishildi. Xorazm davlat universiteti professorlari tomonidan chigitdan yog' olish jarayonida hosil bo'luvchi gossipol smolasidan bitum olish usuli tadqiqot vatajribalar natijasida o'ylab topilib, ish jarayonlari samarali olib borilmoqda. Ushbu faoliyat natijasida yurtimizda sezilarli darajada iqtisodiy samaradorlik kuzatilmoqda. Gossipol smolasi- yog' kislotalari olish jarayonida hosil bo'luvchi minglab tonnalik chiqindi mahsuloti edi. Mazkur chiqindini shu paytga qadar ishlatishga yaroqsiz deb bilingan va mutlaqo foydalanilmagan. E'tiborli jihati shundaki, bugunga qadar gossipol smolasida Yevropa dav;atlarida ham mutlaqo foydalanilmagan, oddiy chiqindi sifatida qaralgan. Ekologik muhitni barqaror holatga keltiruvchi ushbu kashfiyot Osiy, Yevropa va MDH davlatlarini hayratlantirdi. Shunigdek, mamlakatimizga 700 000 tonna bitum valuta hisobiga import qilinishi iqtisodiy barqarorlikning belgisi. Ushbu chiqindi vositasidan, neftsiz bitum mahsulotini "Keng miqyosda ishlab chiqarish tashkil etilsa, Respublika bo'yicha yiliga 30 000 tonnadan ortiq neftsiz bitum ishlab chiqarish imkoniyati tug'iladi."5

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ikkilamchi resurslar asosida qurilish materiallari va buyumlari. N.A.Samig'ov. M.Q.Xasanova. M.Sh. Mirzayeva J.S.Zokirov. T0SHKENT-2016

2. https://magazine.neftegaz.ru/articles/ekologiya/536780-utilizatsiya-promyshlennykh-otkhodov-v-rossii-i-v-mire-problemy-i-resheniya/

3. https://kun.uz/uz/88961020 Yog'-moy kombinatlari chiqindisidan qurilish bitumi olish texnologiyasi yaratildi

4. Sanoat chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnnologiyasi. S.M.Turobjonov, M.M.Niyazova, T.T.Tursunov, X.L.Pulatov. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent-2011

5 https://kun.uz/uz/88961020 Yog'-moy kombinatlari chiqindisidan qurilish bitumi olish texnologiyasi yaratildi

83 MARCH, 2023_| ■

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.