Научная статья на тему 'YOG‘-MOY SANOATI CHIQINDILARI ASOSIDA FAOLLANGAN ADSORBENTLAR OLISH'

YOG‘-MOY SANOATI CHIQINDILARI ASOSIDA FAOLLANGAN ADSORBENTLAR OLISH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
252
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gossipol smolasi / Bentoniti (LB) / Paxta moyi ishlab chiqarish

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Boymatov I.M., Xojiboyev J.Q

Sanoat tarmoqlarining jadal rivojlanishi natijasida undan ajraladigan turli zararli moddalardan tozalash dolzarb muammolardan xisoblanadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOG‘-MOY SANOATI CHIQINDILARI ASOSIDA FAOLLANGAN ADSORBENTLAR OLISH»

YOG'-MOY SANOATI CHIQINDILARI ASOSIDA FAOLLANGAN

ADSORBENTLAR OLISH

Boymatov I.M. Xojiboyev J.Q Qo'qon davlat pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.7583169

Sanoat tarmoqlarining jadal rivojlanishi natijasida undan ajraladigan turli zararli moddalardan tozalash dolzarb muammolardan xisoblanadi [1]. Ko'p yillar davomida sanoat chiqindilaridan turli maqsadlar uchun foydalanish borasida bir necha ishlar amalga oshirilgan [2]. Xususan gossipol smolasi va uni qayta ishlash natijasida turli xildagi kompoziysion moddalar hosil qilinmoqda va o'z navbatida qurilish, sanoat ishlab chiqarishning juda ko'plab tarmoqlarida keng ko'lamda foydalanishga joriy etilmoqda. Gossipol smolasini qayta ishlash, u asosida hozirgi kunda taqchil bo'lgan, import o'rnini bosa oladigan yangi turdagi mahsulotlar olish va shu tariqa mazkur chiqindilardan xom ashyo sifatida yanada samarali foydalanish, shuningdek ular bilan bog'liq ekologik, iqtisodiy muammolarni hal qilish bugungi kunda o'z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biridir.

Paxta moyi ishlab chiqarishda ikkilamchi mahsulotlar sifatida ko'p tonnalik gossipol smolasi hosil bo'ladi. Respublikamizda yiliga 20 ming tonnadan ko'proq gossipol smolasi yig'ilib qolmoqda yoki tashlab yuborilmoqda [3].

Ushbu chiqindilarni sanoat miqyosida qayta ishlab, ulardan zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish yoki maqsadli foydalanish hanuzgacha yo'lga qo'yilmagan.

Gossipol smolasini turli qo'shimchalar bilan faollashtirish natijasi olinadigan kompozision adsorbentlar bilan sanoat tarmoqlaridan ajraladigan oqova suvlarni turli chiqindilardan tozalashda qo'llanilsa, bu muammolarni ma'lum darajada xal etishda yordam beradi.

Gossipol smolasi va bentonit (LB) turli nisbatlarda (1:1, 1:2, 2:1) nisbatda aralashtirib 2000S da xavosiz sharoitda qizdirib mos ravishda GB-1, GB-2, GB-3 adsorbentlari olindi. Gossipolga aralashtirishdan oldin bentonit turli usullar yordamida tarkibidagi sorbsiya xususiyatini kamaytiruvchi moddalardan tozalandi.

Modifikasiyalab olingan adsorbentlar sorbsiya xususiyatlarini o'rganish maqsadida uning benzol bug'i bo'yicha sorbsiya xususiyatlari o'rganildi.

Gosssipol simolasi va Bentoniti (LB) asosida faollantirib olingan adsorbentlarda benzol bug'i adsorbsiyasi izotermalari 1-rasmda keltirilgan. Adsorbent sistemada bosim 1,33-10-4 mm simob ustuniga teng bo'lguncha vakummlandi benzol bug'i adsorbsiyasi o'rganildi.

O'rganilgan sistemalardagi adsorbsiya izotermalaridan LB ga nisbatan GB-1 da 1.38, GB-2 da 1.56, GB-3 da 1.83 marta yuqori bo'lishi aniqlandi. GB da adsorbsiya

yuqori bo'lishi bentonitga gossipol simolasi 2/1 nisbatda qo'shilganda u bilan bog'lanadi va qizdirish jarayonida uning tarkibidagi yuqori molekulyar birikmalar parchalanib chiqib ketishi natijasida ion almashinish sig'imi ortib borishi bilan tushintiriladi [4]. SHu bilan birga GB-3 da adsorbsiya boshlang'ich holatlarida boshqa adsorbentlarga nisbatan yuqoriligi, adsorbent strukturasidagi o'zgarishlar natijasida qavatlar orasidagi tirqishsimon g'ovaklar miqdori va benzol molekularining elektron tabiati hamda o'zaro ta'sirlashishi bilan bog'liq (1-rasm).

1-rasm. Faollantirilgan: LB (1), GB-1 (2), GB-2 (3), GB-3(4) benzol bug'i adsorbsiyasi izotermalari

Faollantirib olingan adsorbentlarda benzol bug'lari adsorbsiyasi izotermalari asosida adsorbentlarning muhim ko'rsatkichlaridan hisoblangan monoqavat sig'imi am, to'yinish hajmi as va ularning solishtirma yuzalari S hisoblab topildi 1-. Jadvalda qo'rish mumkinki, solishtirma yuzasi (S) LB ga nisbatan: GB-1 da GB-2, GB-3 da 1.63 marta yuqori bo'lishi aniqlandi(1-jadal).

Adsorbentlar Monoqavat sig'imi, am, mol/kg Solishtirma yuzasi, S m2/g To'yinish adsorbsiyasi, as, mol/kg

NaM 0.44 107 1.15

PGAM-1 0.72 174 1.6

PGAM-2 0.48 117 1.7

KFAM 0.85 205 2.1

Modifikasiyalangan adsorbentlar (GB-3) sorbsiya hususiyati yuqori bo'lishi, bentonitini va gossipol yordamida faollashtirilganda g'ovaklar miqdori ortganligi, qizdirish natijasida OH-guruhlarni hosil bo'lishi va bentonit tarkibidagi kationlar

bilan gossipol parchalanishi natijasida xosil bo'ladigan fenol va uning birikmalari n-kompleks hosil qilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan qutbsiz benzol molekulalari modifikasiyalangan adsorbentlar bilan ta'sirlashuvining o'ziga xosligi, adsorbentlarning gidrofil va liofil tabiatining o'zgarishi bilan bog'liqdir

Adabiyotlar

1. ЖБ Юлдашев, ИМ Бойматов, НН Маматалиев ГИДРОФИЛЬНЫЕ СВОЙСТВА УГЛЕМИНЕРАЛЬНЫХ СОРБЕНТОВ НА ОСНОВЕ НАВБАХОРСКОГО ЩЕЛОЧНОГО БЕНТОНИТА Science and Education, 2020

2. IM Boymatov, ID Eshmetov, SH Xoshimov Adsorption of benzene vapors on modified coal-mineral adsorbents - UNIVERSUM Ximiya i biologiya,(Rossiya, Moskva) 2020 57-59

3. I.M. Boymatov, I.D. Eshmetov, O.K. Ergashev Adsorbsiya para toluola na modifisirovannbix adsorbentax na osnove щelochnogo bentonita Navbaxor-Annalbi Rumbinskogo obщestva kletochnoy biologii, 2021 C. 11866-11871

4. I.M. Boymatov Adsorbsiya toluola na poligidroksialyuminievom montmorillonite Sredneevropeyskiy nauchnbiy vestnik, 2021 g.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.