Научная статья на тему 'IKKILAMCHI RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI'

IKKILAMCHI RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1571
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sanoat chiqindisi / xom-ashyo / plastmassa / asfalt / plastik yo`l / qulaylik / texnologiya / ekologiya. / Industrial waste / raw materials / plastics / asphalt / road plastics / convenience / technology / ecology

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Yo'Ldasheva

Mazkur maqolada, ikkilamchi resurslar asosida yangi va zamonaviy avtomobil yo`llarini ishlab chiqarish va chiqindi mahsulotlaridan samarali foydalanish haqida ma`lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS FOR THE EFFICIENT USE OF SECONDARY RESOURCES

This article provides information on the production of new and modern motorways based on secondary resources and the efficient use of waste products.

Текст научной работы на тему «IKKILAMCHI RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

IKKILAMCHI RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Yo'ldasheva M.A

Fargona politexnika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.7445315

Annotatsiya. Mazkur maqolada, ikkilamchi resurslar asosida yangi va zamonaviy avtomobil yo llarini ishlab chiqarish va chiqindi mahsulotlaridan samarali foydalanish haqida malumot berilgan.

Kalit so^zlar:Sanoat chiqindisi, xom-ashyo, plastmassa, asfalt, plastik yol, qulaylik, texnologiya, ekologiya.

ПЕРСПЕКТИВЫ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ВТОРИЧНЫХ

РЕСУРСОВ

Аннотация. В данной статье представлена информация о производстве новых и современных автомагистралей на основе вторичных ресурсов и эффективном использовании отходов жизнедеятельности.

Ключевые слова: Промышленные отходы, сырье, пластмассы, асфальт, пластик дороги, удобство, технологии, экология

PROSPECTS FOR THE EFFICIENT USE OF SECONDARY RESOURCES

Abstract. This article provides information on the production of new and modern motorways based on secondary resources and the efficient use of waste products.

Keywords: Industrial waste, raw materials, plastics, asphalt, road plastics, convenience, technology, ecology

Hozirgi kunda ekologik muhitni barqaror ushlab turish eng dolzarb masala hisoblanadi. Chunki aholi salomatligi uchun eng avvalo atrof-muhitning qanchalik tozaligi muhim hisoblanadi. Mana shu bir necha yillar mobaynida Respublikmizning barcha hududlarida, qurilish materiallari sanoatida iqtisodiy rivojlanishni yanada samarali olib borish maqsadida keng qamrovli ishlar olib borilib, muayyan natijalarga erishib kelinmoqda. Ikkilamchi resurslardan xomashyo bazasi sifatida foydalanish ham iqtisodiy, ham ekologik samaradorlikni keltirib chiqaradi.

Chiqindi vositalarini samarali bartaraf etish, butun dunyo bo'ylab bugungi kunning eng dolzarb muammosi bo lib kelmoqda. Chunki, chiqindi mahsulotlari ochiq muhitda turgan vaqtida havoni zaxarlash xususiyatiga ega bolib koplab odamlarning salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Chiqindining eng kop qismini plastmassa, plastik mahsulotlar tashkil etadi.

Ushbu chiqindi turi issiqlik natijasida eritilganida ham eklogiiyaga katta miqdorda salbiy tasir korsatadi. Yerga komish orqali ham muammoni bartaraf etish ancha murakkab masala hisoblanadi. Chunki, plastik chiqindilar chirish uchun yer ostida chirish hodisasi ancha vaqtni, ya'ni bir necha yuz yillikni oz ichiga oladi. Ushbu global muammoni bartaraf etish uchun koplab davlatlarning olim va yosh izlanuvchan yoshlari orqali izlanishlar olib borilmoqda.

Ushbu izlanishlar natijasida bazi davlatlar ozlarining tadqiqot va tajribalari orqali plastmassa chiqindilaridan yangi turdagi avtomobil yo'llarini ishlab chiqarishni amalga oshirilmoqda._Plastik yo'llarning asosiy xom-ashyosi plastik chiqindilar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

hisoblanadi. "Indoneziya dengiz plastik chiqindilarini ishlab chiqarish bo'yicha ikkinchi o'rinda turadi. Plastik chiqindilarni ishlatishning ushbu usuli plastik chiqindilar bilan kurashish uchun yechimlardan biri bo'lib, dengiz ifloslanishini kamaytirish va qayta ishlash iqtisodiyotini rivojlantirishga yordam beradi.

Indoneziya Prezidenti Zoeko Gamburgdagi G20 sammitida 2025 yilga kelib dengiz plastik axlatini 70 foizga kamaytirishga va'da berdi." Mazkur ol qurilish taklifini bugung kunda Indoneziya, Gollandiya va bir necha davlatlar olg'a surishmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, Indoneziya Bandung texnologiya insitituti, plastmassa xushbo'y sanoat sanoati uyushmasi INAPLAS, va Indoneziya plastmassani qayta ishlash uyushmasi ADUPI shuningdek, Indoneziylik plstmassa xom ashyosi polipropilen ishlab chiqruvchisi PT Polytama Propindo va Dow kimyoviy kompaniyalari bilan hamkorliklari natijasida ulkan loyihaga qo'l urildi.

Ushbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, bu juda katta va eng samarali g'oya bo'lib amalga tadbiq qilinsa, dunyo davlatlari aholisi hayot tarzini ancha yaxshilanishiga sabab boladi. "Bundan tashqari, chiqindi plastmassa va asfalt aralashmalari odatiy bitumga qaraganda ko'proq yopishqoq bo'lib, barqarorlikni 40 foizga oshiradi va chidamliligini oshiradi." "Qayta ishlangan plstikdan yo'l yotqazish goyasi 2015 yilda paydo bo'lgan. O'shanda Niderlandiya kompaniyasi AQSHdagi asfalt yo'llarni plastikdan ishlanganiga almashtirish taklif qilingan."

Plastik yo'llarning chidamlilik va musthkamlik darajasi oddiy asfalt yo'llarga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi. Lekin, ko'plab qulayliklarga ega bo'lgan ushbu yo'llarning ham ayrim kamchiliklari mavjud. Jumladan, tan naxining qimmatligi va yomg'ir yoqqan yoki yo'lning yuzasi suv bilan qoplangan vaqtda yuzaga keluvchi noqulaylik ya'ni, yo'lnning sirpanchiq holatga kelishi ko'ngilsiz holatlarning yuzaga kelishiga sabab bolishi, ushbu yo'llarning keng miqyosda qo'llanilishiga to'siq bo'lib kelmoqda. Yuzaga kelivchi salbiy omillar bartaraf etilishi hayot tarzimizga ulkan o'zgarish olib kirishi aniq. Shuningdek, "Yo'llar ozaro bog'langan ichi bo'sh uchastkalardan iborat bo'ladi.

Korroziyaga va atmosfera sharoitlariga chidamli qayta ishlangan plastmassa minus 40 dan plyus 80 daraja Selsiygacha bo'lgan haroratga bardosh bera oladi. Bunday qoplamaning xizmat qilish muddati asfaltga qaraganda taxminan uch baravar ko'p bo'lishi mumkin. Doimiy ta'mirlsh zarurati yo'qligi tirbandliklar sonini kamaytiradi." Agar yuzaga kelishi aytib o'tilgan noqulayliklar samarali bartaraf etilsa, yer yuzidagi plastmassa chiqindilari keraksiz chiqindi uyumi emas, qimmatli xom-ashyo bazasi bola oladi va atrof-muhit ham tozalanadi. Ekologik barqarorlikka erishiladi.

REFERENCES

1. http://srcyrl.honortestequipment.com/combustion-flame-retardancy-tester/

2. http://srcyrl.honortestequipment.com/combustion-flame-retardancy-tester/

3. https://m.kun.uz/uz/news/2016/11/05/niderlandiada-2017-jilda-plastmassadan-tajerlangan-jullar-pajdo-buladi.

4. https://hiddenshell.ru/uz/plastikovye-dorogi-v-gollandii-planiruyut-stroit-plastikovye-dorogi/

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

5. Karimova, M. I. Q., & Mahmudov, N. O. (2021). Tffi IMPORTANŒ OF ЕLЕMЕNTS OF RЕSIDЕNTIAL BUILDINGS BASЕD ON UZBЕK TRADITIONS. Scientific progress

6. www.standart.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.