Научная статья на тему 'IKKI XALQ DILBANDI, ADIB VA SHOIR MAQSUD SHAYXZODANI XOTIRLAB'

IKKI XALQ DILBANDI, ADIB VA SHOIR MAQSUD SHAYXZODANI XOTIRLAB Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
145
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
Maqsud Shayxzoda / Ozarbayjon / Oqtosh / Ma’sumbek / dramma / Hamza / Romeo va Juletta / Hamlet / Maryamxonim.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Madinabonu Aziz Qizi Meliboyeva

Adib va shoir Maqsud Shayxzodaning hayot yo‘li hamda adabiyotga kirib kelishiga turtki bo‘lgan omillar. Maqsud Shayxzoda ijodining o‘ziga hos jihatlari va jilosi to‘g‘risidagi O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Alining hikoyasi. Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodidagi mashaqqatlar, ularni yengib o‘tishdagi adibning ibratli matonati haqida Maryam Yoqubova hikoyasi. Adib hayotining so‘nggi yillari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IKKI XALQ DILBANDI, ADIB VA SHOIR MAQSUD SHAYXZODANI XOTIRLAB»

IKKI XALQ DILBANDI, ADIB VA SHOIR MAQSUD SHAYXZODANI

XOTIRLAB

Madinabonu Aziz qizi Meliboyeva

Toshkent davlat transport universiteti ikkinchi bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Adib va shoir Maqsud Shayxzodaning hayot yo'li hamda adabiyotga kirib kelishiga turtki bo'lgan omillar. Maqsud Shayxzoda ijodining o'ziga hos jihatlari va jilosi to'g'risidagi O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Alining hikoyasi. Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodidagi mashaqqatlar, ularni yengib o'tishdagi adibning ibratli matonati haqida Maryam Yoqubova hikoyasi. Adib hayotining so'nggi yillari.

Kalit so'zlar: Maqsud Shayxzoda, Ozarbayjon, Oqtosh, Ma'sumbek, dramma, Hamza, Romeo va Juletta, Hamlet, Maryamxonim.

Aslida qondosh Ozarbayjon naslidan bo'lib, keyinchalik o'zbek xalqining chinakam sevimli shoiri, dramaturgi, yozuvchisi, zabardast olimi sifatida dong taratgan Ma'sumbek o'g'li Shayxzoda 1908-yili Ozarbayjon Respublikasining Oqtosh shahrida tug'ilgan.

Otasi Ma'sumbek elu-yurtda katta obro'ga ega, kasbi shifokor edi. San'at va adabiyotni yuksak qadrlagani bois, Oqtosh ziyolilari bilan turli masalalarda suhbatlashardi. Yosh Maqsud Nizomiy va Firdavsiy, Navoiy va Fuzuliy, Pushkin va Shekspir kabi buyuklar nomini ana shu davralarda suhbatlarda eshitdi va bu muhit unga adabiyotga bo'lgan qiziqishini uyg'otdi.

Hali alifboni tanimagan bo'lajak shoir chamasi besh yoshlik davrlarida sakkiz-o'n misrali masal yoza boshlagan. Shayxzoda Oqtoshdagi maktabda ta'lim oldi. Maqsud ziyrakligi, tirishqoqligi tufayli muallimlar e'tiborini qozondi va 1921-1925 yillar davomida Bokudagi Oliy pedagogika institutida sirtdan o'qidi. Shu yillari u she'rlarini qoralay boshlagan. Bo'ynoqdagi pedagogika bilim yurtida jamiyatshunoslik fanidan dars bergan Shayxzoda Ozarbayjonni Sho'rolar davlatidan ajratib olishga urinishda ayblanib, 1928-yilda Toshkentga surgun qilinadi. U Toshkentda hayotining har tomonlama yangi, bahor tarovatidek toza va beg'ubor davrini boshlashga ahd qiladi, ism-sharifiga jindek tahrir kiritib, Shayxzoda taxallusini qabul qiladi.

O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Ali hikoyasi. Maqsud Shayxzoda o'zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri edi. U Oybek G'ofur G'ulom singari ijodkorlar bilan yonma yon ijod qildi. Domla Maqsud Shayxzoda alloma shoir edilar. Aytish mumkinki Maqsud Shayxzoda ijodda alloma, she'riyatda alloma, ilimda esa shoir edilar. Maqsud shayxzodaning ijodi juda ham falsafiy bir ruxda bunyod etilgan bir ijoddir. Tariximizni yaxshi biladigan ijodkor sifatida nom qozongan edi Maqsud aka.

Domlaning tarixga bag'ishlangan maqolalari, ayniqsa Alisher Navoiyning ijodlariga bag'ishlangan maqolalari e'lon qilingan vaqtida qo'lma-qo'l bo'lib o'qilgani esimda. Alisher Navoiyga bag'ishlangan maqolalari ustozning san'at xonasida degan nom bilan nashr qilinar edi. Bu maqolalarda Navoiy ijodining sirlarini, uning mahoratini juda ham ko'pchilik tushunadigan sodda bir tilda tushuntirib bergan edilar. Maqsud Shayxzoda tarixni yaxshi bilgan alloma ijodkorlarimizdan biri edi. Uning Mirzo Ulug'bekga bagishlangan asari, Jaloliddin Manguberdiga bag'ishlangan sahna asarlari, aytish mumkin-ki bu yo'lda hali uning oldiga tushadigan asar bizda yaratilmadi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida Shayxzoda iste'dodining yangicha qirralari namoyon bo'ldi. 1945 yilda Jaloliddin Manguberdi tarixiy drammasini yaratdi.

Maqsud Shayxzoda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab, umrining oxirigacha shu bilim maskanida yoshlarga saboq berib, ularni mumtoz adabiyotimizning nodir namunalari bilan tanishtirdi. Shaxsga sig'inish davrining qattol quyuni Shayxzodani yana chetlab o'tmadi va 50-yillar boshida bir necha adiblar qatori qamoqqa olindi. Uning fikricha "...inson ruhini tarbiyalash, odamda yaxshilik unsurlarini ko'paytirish, xalqda go'zallik va nafosat tuyg'usini yanada baland darajaga ko'tarish... san'atning muqaddas vazifasidir"

60-yillar ozod etilgan shoir ezgulikka, xaq so'zga, adolat tantanasiga ishonib yashadi va shu ishonch bilan ijod qildi.

1961-yili Shayxzoda o'rta asrning ulug' allomasi va davlat arbobi Mirzo Ulug'bek haqidagi mashxur fojiali drammasini yaratdi va bu she'riy drama ijodkorga misilsiz shuxrat keltirdi.

O'zbek adabiyotining adibi Oybek Maqsud Shayxzodani yaxshi ko'rardi. Yozuvchi ostonasida paydo bo'lgan ulug' shoirni keling domla deb qarshi olardi. Oybek hovlisidagi so'ridagi piyola, choynak va kuldon ikki ulug' insonning suxbatlari guvohi bo'lgan.

Maryam Yoqubova hikoyasi. Men Maqsud Shayxzodani 1937-yildan beri bilaman. Shayx aka o 'sha paytda bo 'ydoq bo 'lgani yo rafiqasi Ozarbayjondan hali kelmagani uchunmi, bizning uyimizga tez-tez kelib turar, ishdan keyingi bo 'sh soatlarda kitob o 'qir, turli mavzularda suhbat qilar edik. U bilan suhbatlashish, uning yozgan yangi she 'rlarini eshitish menga katta zavq bag 'ishlardi.

Shayxzoda o'sha paytda ham, keyin ham "Hamza" teatrida qo'yilgan deyarli har bir spektaklning premerasiga, albatta, kelardi. Ammo bunday paytlarda bu ajoyib inson bilan suhbatlashish imkoni bo'lmasdi.

1935-yili teatrimizda "Hamlet" spektakli zo'r muvaffaqiyat bilan qo'yildi va tomoshabinlar tomonidan yaxshi qabul qilindi. Shu voqea teatrimizning Shekspir asarlariga o'qtin-o'qtin murojaat etishiga sabab bo'ldi. 1951-yili, yanglishmasam, 25-iyulda "Romeo va Juletta" tragediyasi ilk bor Shayxzoda tarjimasida sahna yuzini ko'rdi.

O'sha vaqtda qabul qilingan taomilga ko'ra, har bir spektakl maxsus komissiya tomonidan qabul qilinardi. Bu komissiya tarkibida San'at ishlari boshqarmasi boshlig'i Muhsinov, shu boshqarma xodimi Sobir Muhamedov, dramaturglardan Yashin va Tuyg'un, yana kimlardir bor edi.

"Romeo va Juletta" spektaklini qabul qilish paytida Shayx aka qatnashmagan. U kishi mehnat ta'tilida yo safarda bo'lganmi, har qalay, ishtirok etmagan. Yashin aka ham nima uchundir yo'q edi. Muhsinov bilan Tuyg'un tarjimada arabcha-forscha so'zlar haddan ziyod darajada ko'p qo'llangan, degan ayb bilan spektaklga ruxsat berishmagan. Ularning fikrlariga ko'ra, tarjimadagi shu nuqsonni yo teatr, yoki G'afur G'ulom tuzatib berishi, shundan keyingina asarni tomoshabinlarga ko'rsatish mumkin edi. Shunday xulosadan keyin teatr G'afur G'ulomga murojaat etdi va G'afur G'ulom tahrir qilib berganidan so'nggina sahna yuzini ko'rdi.

Ana shu voqeadan keyin ko'p o'tmay, men Shayx akani Chorsu dahasida uchratib qoldim. Shayx aka teatrga rafiqasi bilan kelgan paytlarida men bilan salomlashar edi-ku, ammo bafurja gaplashish imkoni bo'lmasdi. O'sha kuni Chorsuda ko'rishib qolganimizda men "Romeo va Juletta"ning komissiya tomonidan qabul qilinishi paytida bo'lib o'tgan mojarolarni aytib berdim. "Agar spektaklning qabul qilinishi arafasida Toshkentda bo'lib, aktyorlar bilan birga ishlaganingizda komissiya bildirgan kamchiliklar bartaraf etilgan va shuncha gap-so'zga o'rin qolmagan bo'lardi", — dedim. Shayx aka bu so'zlarimni eshitib, shunday dedi:

— To'g'ri aytasiz, Maryamxonim. Afsuslar bo'lsinkim, spektakl ustida ish boshlangan paytda Toshkentda emasdim. Shuning uchun aktyorlar bilan ishlay olmadim... Men bu pyesani besh yil ilgari tarjima qilganman. Unda kamchilik va nuqsonlarning bo'lishi shubhasiz.

Shayxzoda shunday dedi-da, yana qo'shib qo'ydi: "Umuman... keyingi paytlarda omad mendan yuz o'girgan ko'rinadi"

Men Shayx aka tarjima qilgan "Romeo va Juletta"ni qabud qilish chog'ida bo'lib o'tgan mayda gaplarni so'zlab berganimda, u: "Hechqisi yo'q, Maryamxonim, odamlar orasida nafrat bilan hasad ham bo'ladi", — dedi. Men bu so'zlar bilan uning nima demochi bo'lganini anglay olmadim.

Maqsud Shayxzoda 1967-yil 19-fevralda og'ir xastalik natijasida olamdan o'tadi. Adibning ijodi va qilgan xizmatlari yuksak baholanib, 2001 -yil " Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, M.Shayhzoda ikki xalq she'riyati cho'qqisini egallagan shoirlardandir. O'zbek xalqi doimo shunday ulug' ijodkori borligidan faxrlanadi. O'ylaymanki, biz yosh avlod va keyingi avlodlar ham M.Shayxzoda she'riyati gulshanidagi gullaridan ifor, she'riyati va adabiyotidan esa muhabbatni his etib yashaydi.

REFERENCES

1. S.Matchonov, Sh. Sariyev, "Nafis Bezak" 2012y.

2. Xurshid Davron kutubxonasi. Adib asarlari, tarjimalari, hamda o'zbek va jahon adabiyotidan namunalar.https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/memuarlar/maqsud-shayxzoda-haqida-xotiralar.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.