Научная статья на тему 'MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJOD YO’LI'

MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJOD YO’LI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1330
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy / adabiy / dramaturg / shoir / adabiyotshunos / tarjimon / pedagog / publisistik / peziya / doston / ertak-doston / tarixiy fojia / tragediya / tarixiy drama. / fiction / literary / playwright / poet / literary critic / translator / educator / publicist / poetess / epic / fairy tale / historical tragedy / tragedy / historical drama.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Diyora Xatamqul Qizi Axmedova

Ushbu maqolada yurtimizda yashab ijod qilgan serqirra qalam sohibi bo’lgan Maqsud Shayxozdaning hayoti tasvirlangan. Shayxzodaning eriahgan unvonlari va u yozib qoldirgan asarlari nimani targ’ib qilganligi hamda biz kelajak avlodning hayotida bu asarlar qanchalik ahamiyatga ekga ekanligi keng yoritilib berilgan. Xalqimizda buyuk yozuvchi va ijodkorlarning mavqeini oshirish bo’yicha Birinchi Prezidentimizning so’zlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAXUD SHAYKHZODA'S LIFE AND CREATIVE WAY

This article describes the life of Maqsud Shaykhzoda, a multi-talented penman who lived and worked in our country. The titles of the prince and what he wrote promoted, and how important these works are to us in the lives of future generations. The words of our First President on raising the status of great writers and creators in our people are quoted.

Текст научной работы на тему «MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJOD YO’LI»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601

MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJOD YO'LI

Diyora Xatamqul qizi Axmedova

Toshkent davlat transport universiteti 1-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yurtimizda yashab ijod qilgan serqirra qalam sohibi bo'lgan Maqsud Shayxozdaning hayoti tasvirlangan. Shayxzodaning eriahgan unvonlari va u yozib qoldirgan asarlari nimani targ'ib qilganligi hamda biz kelajak avlodning hayotida bu asarlar qanchalik ahamiyatga ekga ekanligi keng yoritilib berilgan. Xalqimizda buyuk yozuvchi va ijodkorlarning mavqeini oshirish bo'yicha Birinchi Prezidentimizning so'zlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: badiiy, adabiy, dramaturg, shoir, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog, publisistik, peziya, doston, ertak-doston, tarixiy fojia, tragediya, tarixiy drama.

MAXUD SHAYKHZODA'S LIFE AND CREATIVE WAY

Diyora Khatamqul kizi Akhmedova

Tashkent State Transport University 1st year student

ABSTRACT

This article describes the life of Maqsud Shaykhzoda, a multi-talented penman who lived and worked in our country. The titles of the prince and what he wrote promoted, and how important these works are to us in the lives of future generations. The words of our First President on raising the status of great writers and creators in our people are quoted.

Keywords: fiction, literary, playwright, poet, literary critic, translator, educator, publicist, poetess, epic, fairy tale, historical tragedy, tragedy, historical drama.

KIRISH

Insonlarning ruhiy kamolotga va yuksak ma'naviyatga erishuvida badiiy adabiyot muhim vosita bo'lib, u ma'naviy haqiqatlarni aks ettiradi, insonlarga ko'ngil orqali olamni tanishga ko'maklashadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Xalqimiz juda ham boy ma'naviy merosga ega. Adabiy va badiiy meroslari dunyo tan oladigan darajada go'zaldir. Badiiy meroslarimizni yurtimiz bo'ylab sayohat qilib, ancha yillik tarixga ega ekanini ko'ramiz. Adabiy merosimizda esa chegarasi yo'q buyuk san'atni ajib milliylikni , musaffo osmon va serquyosh o'lkada unib-o'sib, ijod

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601

etgan shoir va yozuvchilarmizning mehnatlari yotganligini ko'rishimiz mumkin. Bu haqida Birinchi Prezidemtimiz I.A.Karimovning shunday so'zlarini eslaymiz-" Agar biz O'zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uningqadimiy tarixi va yorug' kelajagini ulug'lamoqchi , uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamochi bo'lsak, avvalombor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlami, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak" Nega shunday? Sababi shuki, ular bizning milliy urf-odatlarimizni, an'analarimizni, qadimdan bizga yodgorlik sifatida qolgan o'zbekchiligimizni o'z asar va dostonlarida namoyon qiladilar.

Shunday atoqli ijodkorlarimizdan biri Maqsud Shayxzodadir. XX asrning ulkan namoyondalaridan biri hisoblanadigan , iste'dodli qalam sohibi Maqsud Shayxzoda Ma'sum (ba'zi manbalarda Maqsumbek) o'g'li Ozarbayjonning Ganja viloyatidagi Oqtosh( Agdash) shahrida shifokor oilasida dunyoga kelgan. Shayxzoda hali savodi chiqmasidan she'rlar mashq qila boshlagan. Bu haqida o'zi ham ta'kidlaydi.

Boshlang'ich va o'rta ma'lumotni o'zi tug'ilgan shaharda olib, Bokuda joylashgan Oliy pedagogika institutida sirtdan o'qiydi. O'qishini tamomlagach bir qancha joylarda ishlaydi. 1925-yildan Darbanddagi 1-bosqich ozorbayjon maktabida , Bo'ynoqdagi ta'lim va tarbiya texnikumida o'qituvchi bo'lib ishlagan. Shayxzoda o'zining ozodlikka bo'lgan harakati , intiluvchanligi , o'ziga bo'lgan kuchli ishonchi va hurfikrligi tufayli- Ozorbayjonni mustaqil davlatga aylantirish haqidagi fikr va harakatlari uchun ayblanib, 1927-yilda aybdor deyilib, qamoqqa olinadi va shu tarzda 1928-yilning fevral oyida Toshkentga surgun qilinadi.

Maqsud Shayxzoda Toshkentga kelgach, bu yerda ham o'z ijodini to'xtatmaydi. Aksincha uning hayotidagi asosiy va ko'p ijodi shu yerda o'tadi. Shayxzoda Toshkentga kelib she'riy, publisistik, ilmiy va dramatik asarlarini yaratadi.

MUHOKAMA

U o'zi haqida shunday deydi -" Men bizning o'zbek poeziyamizda "yoshi kattalar" deb atalgan shoirlar avlodiga mansubman" . Uning fikricha "... inson ruhini tarbiyalash, nafosat tuyg'uaini yanada baland darajaga ko'tarish... san'atning muqaddas vasifasidir" Yuqorida aytilganidek, avval o'qituvchi bo'lib ishlagan Shayxzoda keyinchalik turli gazeta va jurnallar tahririyatida muharrir, 1935-1938-yillarda O'zbekiston Fanlar qo'mitasi qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi. Shayxzoda 1938-yilda ilmiy xodim lavozimidan bo'shagach, shu yildan boshlab to umrining oxirigacha Nizomiy nomli TDPI ning o'zbek mimtoz adabiyoti kefedrasida dotsent vazifasida ishlaydi, u yerda adabiyotshunos va adabiy tanqidchi sifatida faoliyat olib bordi.

1950-yillarning boshlarida "xalq duahmani" sifatida 25 yilga qamalgan shoir Stalin vafot etgach oqlanadi. Maqsud Shayxzoda 1967-yil 19-fevralda og'ir xastalik natijasida olamdan o'tdi. Uning qabri Forobiy qabristonida joylashgan. Vafotidan so'ng

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

Shayxzodaning 6 jilddan iborat bo'lgan "ASARLAR"i nashr etilgan. Adibning qilgan ijodi va xizmatlari yuksak baholanib, 2001 -yilda " Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan.

NATIJA

Adibning ijod yo'liga alohida to'xtaladigan bo'lsak, uning dastlabki asarlari 1929-yildan boshlab, e'lon qilingan. Maqsud Shayxzoda ilmiy izlansihlar va tarjimonlik bilan ham shug'ullangan. U Sh. Rustaveli, V.Shekspir, M. Lermentov, Fuzuliy, A.S.Pushkin , Nizomiy, Ezop, Gyote, Mirza Fatali Oxundov, Esxil, Bayron, Nekrasov, Mayakovskiy, Nozim Hikmat, Shevchenko kabi bir qator adiblar ijodidan tarjima ishlarini olib borgan. Muqimiy, Furqat, Bobur, G'.G'ulom, H.Olimjon, Nizomiy, Oybek, Fozil shoir, Sh.Rustaveli, Pushkin, Ostrovskiy, Chexov, Nekrasov, Shevchenko kabi adiblar hayotiga bag'ishlangan asarlar yozgan, olim sifatida esa Alisher Navoiy she'riyati haqida chuqur izlanish qilib, ilmiy tadqiqotlar yaratgan.

Shoirning bir qancha she'rlari, she'riy to'plamlari, liro-epik asarlari, ertak-dostonlari, tarixiy dramasi, tragediya asarlari mavjud. U "Yillarning salomin yillarga eltib..." (1961), Ayriliq" (1962-yil) ," Qo'llar" (1964) , "She'r chin go'zallik singlisi ekan" (1963), " Omonlik" , " Uch do'st", " Qo'l va fikr", " G'afurga xat", " O'rtoq Navoiy" kabi bir qator she'rlarning muallifi hisoblanadi va shubilan birga o'nlab she'riy to'plamlari ham mavjud.

"O'n she'r" (1932-yil) nomli she'riy to'plami uning qalamiga mansub birinchi she'riy to'plamidir. Shu tarzda uning she'riy to'plamlarining nomlari: " Undoshlarim" (1933-yil), " Uchinchi kitob" ( 1934), " Jumhuriyat" (1935-yil) va shu qatorda birin-ketin yana "Loyiq soqchi", " O'n ikki", " Yangi devon", " Saylov qo'shiqlari", " Kurash nechun" (1941-yil), " Kapitan Gastello" (1941), " Jang va qo'shiq" (1942), " Ko'ngil deydiki" , " O'n besh yilning daftari" , " Olqishlarim", " Zamon torlari", " Shu'la", " Chorak asr devoni ", "Dunyo boqiy", "Xiyobon" kabi.

Shayxzoda she'rlaribilan birga dostonlari (liro-epik asarlari) ham bor. Bular : " O'rtoq mulk", " Tuproq va haq", " Chirog'", " O'rtoq", " Meros", " O'rtoq", " O'n birlar", " Ovchi qissasi", " Iskandar Zulqarnay", " Jenya", " Oqsoqol", " Ahmadjonning hikmatlari","Nurmat otaning tushi", " Uchinchi o'g'il", " Toshkentnoma"(1957) va boshqalar. " Iskandar Zulqarnay" dostoni ertak-doston hisoblanadi.

XULOSA

Shayxzodaning 1944-yilda yozilgan " Jaloliddin Manguberdi" deb nomlangan tarixiy dramasi 5 pardali bo'lib, unda muallif o'z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo'g'ul bosqinchilariga qarshi kurashgan Xorazm shohininh jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. Asar 1945-yilda sahnaga qo'yilgan. Drama ilk bora 1988-yilga kelibgina to'lig'icha o'zbek tilida chop etilgan.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

Uning " Mirzo Ulug'bek" nomli tragediyasi ham mavjud bo'lib, 1960 - yilda yozilgan.

Tarjima asarlari to'g'risida so'z yuritsak, Pushkinning " Motsart va Salyeri" she'riy dramasi, Shota Rustavelining " Yo'lbars terisini yopingan pahlavon" asarini ( Mirtemir bilan birgalikda) , Shekspirning " Hamlet", " Romeo va Julyetta" tragediyalarini o'zbek tiliga tarjima qilishda katta roll o'ynaydi.

REFERENCES

1. Adabiyoyt. Sharafjon Sariyev; Toshkent-2016

2. Adabiyot (5-sinf darsligi). Axmedov S.; Qosimov B.; Qo'chqorov R.; Rizayev Sh.

3. Adabiyotga e'tibor- ma'naviyatga , kelajakka e'tibor. I.A.Karimov ; O'zbekiston-2009

4. Adabiyot (8-sinf darsligi). Sultonmurod Olim; Ahmedov S.; Qo'chqorov R.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.