Научная статья на тему 'MAQSUD SHAYXZODA SHE’RIYATIDA OZARBAYJON VA O‘ZBEKISTON MADHI'

MAQSUD SHAYXZODA SHE’RIYATIDA OZARBAYJON VA O‘ZBEKISTON MADHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
924
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vazn / poetik so‘z / poetik obraz / tashbih / talmeh / estetik ta’sirchanlik / mahorat. / weight / poetic word / poetic image / metaphor / aesthetic sensitivity / skill.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Iskandarova, O.R.

Ushbu maqolada ikki xalq farzandi Maqsud Shayxzodaning Ozarbayjon va O‘zbekistonga bag‘ishlangan she’rlari tahlil qilinadi. Shuningdek, she’rning hayotiyligini, ta’sirchanligini ta’minlagan badiiy san’atlar haqida fikr bildriladi. Badiiy adabiyotning umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etish, millatlarni, xalqlarni ezgulik yo‘lida birlashtirishdek bosh vazifasi haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRAISE OF AZERBAIJAN AND UZBEKISTAN IN MAKSUD SHAYKHZODA'S POETRY

This article analyzes the poems of Maksud Shaikhzoda, the son of two nations, dedicated to Azerbaijan and Uzbekistan. The art that gives poetry vitality and influence is also discussed. The main task of fiction is to glorify universal human values, to unite nations and peoples on the path of good.

Текст научной работы на тему «MAQSUD SHAYXZODA SHE’RIYATIDA OZARBAYJON VA O‘ZBEKISTON MADHI»

Scientific Journal Impact Factor

MAQSUD SHAYXZODA SHE'RIYATIDA OZARBAYJON VA O'ZBEKISTON MADHI

O.R. Iskandarova f.f.n. (TDTrU) ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ikki xalq farzandi Maqsud Shayxzodaning Ozarbayjon va O'zbekistonga bag'ishlangan she'rlari tahlil qilinadi. Shuningdek, she'rning hayotiyligini, ta'sirchanligini ta'minlagan badiiy san'atlar haqida fikr bildriladi. Badiiy adabiyotning umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etish, millatlarni, xalqlarni ezgulikyo 'lida birlashtirishdek bosh vazifasi haqida so Z yuritiladi.

Kalit so'zlar: vazn, poetik so'z, poetik obraz, tashbih, talmeh, estetik ta 'sirchanlik, mahorat.

В данной статье анализируются стихи сына двух народов - Максуда Шайхзаде, посвященные Азербайджану и Узбекистану. Также обсуждается искусство, придающее поэзии жизненную силу, трогательность и влияние. Главная задача художественной литературы - прославить общечеловеческие ценности, объединить нации и народы на пути добра.

Ключевые слова: вазн (ритм), поэтическое слово, поэтический образ, ташбих (сравнение), талмех (выражение своего мнения относительно какой-либо повести, события или произведения) эстетическая чувствительность, мастерство.

This article analyzes the poems of Maksud Shaikhzoda, the son of two nations, dedicated to Azerbaijan and Uzbekistan. The art that gives poetry vitality and influence is also discussed. The main task of fiction is to glorify universal human values, to unite nations and peoples on the path of good.

Keywords: weight, poetic word, poetic image, metaphor, aesthetic sensitivity,

skill.

Maqsud Shayxzoda XX asr o'zbek madaniyati rivojiga katta hissa qo'shgan shoir, dramaturg, olim, tarjimon va pedagogdir.

So'z san'atida Vatan onaga qiyos qilinadi. Shoir "Ozarbayjon" she'rida :

Ozarbayjon mening go'zal o'lkamdir, Ham otamdir, ham sut bergan onamdir.

683

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

deydi va bir satrda Vatanni ham onaga, ham otaga tashbih qilib poetik ma'noni kuchaytiradi. Maqsud Shayxzoda she'rlari poetik fikrning samimiyligi bilan ajralib turadi.

Shoir she'rlarida O'zbekiston madhi o'zbek xalqining fidoiy farzandlariga bag'ishlovlarday yangraydi. Shoirning "Yaxshilik" she'ri G'. G'ulomga, "Sahna qahramoni" Shukur Burxonovga, "Xiyobon" she'ri Mirtemirga bag'ishlangan. Maqsud Shayxzoda 1944-yili "Jaloliddin Manguberdi" dramasini, 1961-yilda "Mirzo Ulug'bek" fojiasini yaratadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shoir ijodining o'ziga xos xususiyatlaridan biri badiiy fikr ifodalashda tashbih va talmeh san'atidan mahorat bilan foydalanishidir. Tashbih - qiyoslash, o'xshatish san'ati bo'lsa, talmeh - mashhur zotlarga ishora qilib fikrda chaqmoq chaqilishidir.[1.397]. Shoir "Toshkentnoma" falsafiy dostonida: Yashadim 30 yil bunda chamasi Bu yerda tug'ilgan G'afur va Oybek, Umrimning boshlang'ich mavsumlarida Meni ardoqlashdi quchib og'adek, Inilik ko'rsatdim ta'zimlarimda... Biri - she'rimizning o'tli yuragi, Biri - nasr uyining baland tiragi Ochdilar uy bilan qalb eshiklarin, Ayamay o'git va mezbonliklarin. Yigitcha edim men havaskor, sodda, Bo'ldim oqibatda shoir Shayxzoda!.. deydi, shukronalik bilan.

Shoirning 1957-yilda yaratilgan "Toshkentnoma" dostoni o'zbek xalqi ko'rsatgan "og'alik" mehri uchun, bergan non-u tuzi uchun, shukronalik dostonidir: Hazrat Navoiyning o'pib qo'lini O'zbek vodiysida otimni surdim, Ijod karvonining uzoq yo'lini -Aziz yo'ldoshlar-la o'toldim, yurdim.

Maqsud Sheyxiyev 1928-yili hurfikrliligi, Ozarbayjonni mustaqil davlatga aylantirish yo'lidagi erkin fikrlari uchun ayblanib, 20 yoshida Toshkentga surgun qilingan. Shoirning dastlabki ijod namunalari 1929-yildan O'zbekistonda e'lon

qilingan.

Scientific Journal Impact Factor

30-yillarda "O'n she'r", "Undoshlarim","Uchinchi kitob", "Jumhuriyat" nomli to'plamlari dunyo yuzini ko'rdi.

40-yillarda "Kurash nechun", "Jang va qo'shiq", "Kapitan Gastello", "Ko'ngil deydiki" to'plamlari yaratildi.

50-yillarda "On besh yilning daftari", "Olqishlarim", "Zamon torlari", "Shu'la", "Chorak asr devoni", "Dunyo boqiy", "Xiyobon" she'riy to'plamlari yaratildi. O'zbekistonda shoir Shayxzoda bo'lib elga tanildi, e'zoz topdi.

Shoir 1958-yilda nashr qilingan "Chorak asr devoni"ga kirgan "Oqsoqol" dostonida "Oxunboboning o'g'li Yo'ldoshboy" portretiga , xalqning otaga bergan bahosini, hayotiy chizgilarga soladi: O'lkani bilar besh qo'li kabi: Nima xohlaydi dehqonning ta'bi? Necha so'm bo'ldi Xorazmda non? Shu ko'klam qalay ko'kning avzoyi? Payqaydi g'o'za poyasi shu dam Necha zarralab o'sib ortadi, Olma guliga necha qatra nam Chustda shabnamdan qo'nib yotadi.

Maqsud Shayxzoda "Badiiy adabiyot bizning go'zal do'stimiz" maqolasida: "...Poeziya kishida nozik, ajib tuyg'ular uyg'otadi. Kishi ruhini hamma holatlari -quvonch, umid, sevgi, do'stlik, sog'inish, kutish, ayriliq, hasrat, qayg'u, ishonch, baxt.juda ko'p marotaba shoirlar tomonidan kuylangan mavzulardir.She'r kishi ruhining serohang sozi!"- deb yozadi.[2.21]

Shoir she'rlarida O'zbekiston "Osiyo siynasida yashil bog'iston", "Ipakobod ataladi elda Marg'ilon", "Sharqning yorug' derazasi - ming ko'cha Toshkent", "Gilam kabi yoyilibdi Chimyon darasi" kabi qator tashbihlar bilan ziynatlangan.

Maqsud Shayxzoda har bir asarida yangi so'zlar yarata olgan ijodkordir: Ipakobod, dilxat, vafokorlik, qalbdosh, nurobod, ma'nidor, hamsaf, g'ayratmand, qaymoqdon, pahlavonvor, umrdosh....

Shoir she'rlaridagi bunday so'zlar poetik fikrga jilo bergan, badiiy so'zning ohanrabosini oshirgan.

"Ikki do'st va bir tarjimon" she'rida shoirning ozarbayjon va o'zbek xalqiga ayricha mehri tasvirlangan. She'rning hayotiyligi shundaki, o'zbek, ozarbayjon, uyg'ur, qoraqalpoq, turkman, gagauz, qrim-tatar,qorachay-bolqor, qo'miq, no'g'ay, tatar, boshqird, shor, xakas,tuva,yoqut, chuvash... 30 dan ortiq turkiy millatlarning ildizi bitta, ular bir-birlarini tarjimonsiz tushunadi. Turkiy millatlarni ildizi baquvvat,

Scientific Journal Impact Factor

ming yillik chinor daraxtiga qiyos qilsak, uning katta bir shoxi - o'zbek, bir katta shoxi - turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq, qirg'iz, qozoq, turk...

Ikki kishining ozarbayjoncha va o'zbekcha samimiy muloqoti, she'rga joziba bag'ishlagan.

Ikki kishi turgandi Xazar bo'yida, Krasnovodsk portida, aprel oyida. Bittasining boshida Chustning do'ppisi, U birining boshida ozariy popoq... Biri so'rar: "Ay gardosh horolisan san? Birinchining javobi - Man Gubadanam. Samur bosar tarafda bir o'bodanam". Ikkinchining javobi: - men Quvadanman, Farg'ona tarafida bir uvadanman. Biri so'rar: "Ay gardosh, odini so'yla!" Ikkinchi der: - Hay qardosh, otingni so'yla! Bittasining javobi: - "Odim Pirmurod" Ikkinchining javobi: - "Otim Ermurod" Biri so'rar: "Ay gardosh san na ishdasan?" Ikkinchi der: Hay qardosh, nima ishdasan? Birinchining javobi:-"Kasbim bog'bonlig'!" Ikkinchining javobi: -Kasbim bog'bonlik!"... Ikki do'stni begona ajratolmaydi: Bu turganning qay biri ozarbayjonlik? Suhbatdoshning qay biri o'zbekistonlik? Dastavval quloq solib ularga sekin, Gaplarin tushuntiray degandim.. .Lekin -Qarasam til topishgan do'stlar begumon. Ularga nima kerak tag'in tarjimon?!

Maqsud Shayxzoda "Bir-biriga shogird, bir-biriga ustoz" maqolasida haqli ravishda yozganlaridek: "O'zbeklarning va ozarbayjonlarning qardoshligi va azaliy do'stligi o'rtadagi masofaning uzoq bo'lishiga qaramasdan ajoyib va oliyjanob ittifoqning ko'p ibratli namunasini yaratdi.

Bu do'stlik va chin rag'bat ikki xalqning ruhiy olamini, badiiy xazinasini boyitishga xizmat qilgan.

Alisher Navoiy o'z "Xamsa" sining har bir dostoniga debocha qilib kirgizgan qismlarida Nizomiyga alohida bob bag'ishlaydi va uni o'ziga haqiqiy ustoz deb

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ta'riflaydi. Shuningdek, ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliy o'z "Layli va Majnun" dostonida Navoiyni katta hurmat bilan tilga oladi." [3.30]

Shoirning "Chorak asr devoni" to'plamida "Qardoshlik ruboiylari" deb nomlangan fasl bor. Shu faslga kirgan ruboiylaridan birida bu ikki xalq birday ishlatadigan doyi so'zi qo'llangan. Doyi - ozarbayjoncha va Xorazm shevasida tog'a demakdir:

Bokuda bir cholga dedimki: - doyi, Ko'ngling ko'p donolik, hikmatlar joyi, "Qardosh deganingning nedur ma'nosi Dedi - Shayx Nizomiy, hamda Navoiy".

Ko'rkam adabiyotning bosh vazifalaridan biri ezgu so'z orqali millatlarni, xalqlarni, davlatlarni tinchlik, mehrparvarlik, oqibatdoshlik yo'lida birlashtirishdir. Xo'p tingladik oq ko'ngilli qora Robsonning Dushmanlarga larza solgan dovul - na'rasin, Va angladik tarjimasiz mard Aragonning Baytlarida ma'nolarning asl-sarasin... Sulh istadik koinotning chiroyi uchun, Sulh istadik saodatning saroyi uchun, Xalqlararo salom-alik odat bo'lsin deb, Tuproqlarning tomiriga quvvat to'lsin deb.

Tinchlik, dedik!

Tinchlik, deymiz!

Va degusimiz!

Tinchlik deysan!

Tinchlik deyman!

Tinchlik deymiz biz! L.N.Tolstoyning shunday hikmatli gapi bor: "So'z - buyuk narsa. Shuning uchun ham buyukki, so'z bilan odamlarni birlashtirish, so'z orqali ularni bir-birlari bilan yuzko'rmas qilib yuborish mumkin, so'z bilan mehr qozonish, so'z bilan nafrat va adovatga yo'liqish mumkin. Odamlarni bir-biridan ajratadigan so'zni aytishdan saqlan"[4. 166]

XULOSA

Ozarbayjon va o'zbek xalqining farzandi Maqsud Shayxzoda asarlari bilan ezgu so'zini ayta olgan, Pushkinning "Motsart va Salyeri", Shota Rustavelining "Yo'lbars terisini yopingan pahlavon", Shekspirning "Hamlet", "Romeo va Julyetta", Bayron,

Lermontov, Nozim Hikmat, Samad Vurg'un kabi jahon adabiyoti namoyandalari

687

Scientific Journal Impact Factor

ijodidan tarjimalari bilan xalqlar o'rtasida do'stlik-dildoshlik badiiy ko'prigini yarata olgan ijodkordir.

REFERENCES

1. Boboyev T. "Adabiyotshunoslik asoslari". Toshkent. 2002. 558 b.

2. Maqsud Shayxzoda. Tanlangan asarlar.6-jild. Toshkent. 1974. 234 b.

3. Maqsud Shayxzoda. Tanlangan asarlar. 6-jild. Toshkent. 1974. 234 b.

4. "Tafakkur gulshani". Toshkent. 1989. 459 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.