Научная статья на тему 'IKKI BIRODAR XALQNING TARIXIY DO’STLIK KO’PRIGI'

IKKI BIRODAR XALQNING TARIXIY DO’STLIK KO’PRIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sanjar Shoyimov

Bugungi O'zbekiston hukumati va u olib borayotgan tashqi siyosatda millatlararo totuvlik va bag'rikenglik ruhida bo'lib, bu g'oya o'zbek-afg'on xalqlari o'rtasidagi aloqlarda ham seziladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IKKI BIRODAR XALQNING TARIXIY DO’STLIK KO’PRIGI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

IKKI BIRODAR XALQNING TARIXIY - DO'STLIK KO'PRIGI

Sanjar Shoyimov

TDIU "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi

Bugungi O'zbekiston hukumati va u olib borayotgan tashqi siyosatda millatlararo totuvlik va bag'rikenglik ruhida bo'lib, bu g'oya o'zbek-afg'on xalqlari o'rtasidagi aloqlarda ham seziladi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasining O'zbekiston - 2030 strategiyasida:

■ Barcha qo'shni davlatlar bilan yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar yo'nalishlardagi ikki va ko'p tomonlama muzokaralarni muntazam va samarali olib borish

■ Afg'oniston bilan ko'p qirrali va o'zaro foydali munosabatlarni rivojlantirish, uning iqtisodiy tiklanishiga yaqindan ko'maklashish, transport-tranzit salohiyatini ro'yobga chiqarishga hissa qo'shish.

■ Milliy manfaatlarni ilgari surish va himoya qilishda iqtisodiy diplomatiya samaradorligini oshirish va uni faollashtirish

■ Markaziy Osiyoda xalqaro huquq va mintaqadagi barcha davlatlar milliy manfaatlarini inobatga olgan holda keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish

■ Do'stlik jamiyatlari sonini 60 taga yetkazish hamda birodarlashgan shaharlar sonini 2 baravarga oshirish.

Ushbu yuqoridagi chora tadbirlar qo'shni afg'on xalqi bilan iqtisodiy-siyosiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishdan hukumatimiz manfaatdor ekanligidan dalolat beradi.

Biz ushbu maqolada tarixda va hozirgi kunda amalga oshirilayotgan aloqalarda o'zining beqiyos o'rni va qulayligini ko'rsatayotgan Termiz -Hayraton, Do'stlik ko'prigining bunyod etilishi tarixi va turli tarixiy jarayonlarda undan foydalanib kelinayotganligi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Termiz- Hayraton ko'prigining qurilishi bu - o'tgan asrning 70-yillarda sovet-afg'on urushi bilan bevosita bog'liq. Sovetlar Afg'onistonda X.Amin hokimiyatini ag'adarganidan so'ng, bu yerda Afg'oniston Demokratik Respublikasini tashkil etishdi hamda ushbu davlatni qo'llab-quvvatlash uchun iqtisodiy, gumanitar, harbiy yordam keltirilardi. Aynan mana shu yordam keltirishda Termizdan 75 km uzoqlikda joylashgan Xayraton shahrini bog'lovchi Termiz-Hayraton ko'prigi qurilishi zarur

17-aprel, 2024

405

Tashkent State University of Economics

edi. Shu sababli 1982-yilda, "Bo'ron-333" operatsiyasida Sovet istilosi ostiga tushganidan bir necha yil o'tgach, Afg'oniston Sovet Ittifoqiga Sovet 40-chi armiyasi va Afg'oniston milliy armiyasini qayta ta'minlash uchun vaqtinchalik ponton ko'prigining doimiy o'rnini qurishga ruxsat berishga rozi bo'ldi. U 1982-yil 12-mayda Afg'oniston Bosh kotibi Babrak Karmal va Sovet O'zbekistonining birinchi kotibi Sharof Rashidov ishtirokidagi marosimda rasman ochildi. Shuningdek, o'sha davrning markaziy gazetasi - Sovet O'zbekistonining 1982-yil 12-maydagi sonida ushbu ko'prikning ochilish marosimi haqida quyidagicha ma'lumot keltirilgan "(O'zTAG). Noyob inshoot Sovet Ittifoqi bilan Afg'onistonni yana ham yaqinlashtiradi. O'rta Osiyoning azim daryosi ustida qurilgan avtomobil-temiryo'l ko'prigi foydalanishga topshiriladigan tarixiy ularning iqtisodiy ham da madaniy hamkorligini yanada chuqurlashtirish va rivojlantirishga xizmat qiladi deb kata ishonch bildirilgan.

Shuningdek, Termiz aeroporti bayramlardagidek bezatilgan. Bu yerda shaharning ko'pdan ko'p vakillari ko'prikni foyda lanishga topshirish tantanali marosimida qatnashish uchun keladigan Afg'oniston partiya-hukumat delegatsiyasini kutib olmoqda. Aerovokzal. peshtoqiga Vladimir Ilich Lenin, KPSS Markaziy Komiteti Bosh sekretari, SSSR Oliy Soveti Prezidiumining Raisi Leonid Ilich Brejnev, Afg'oniston Xalq Demokra tik partiyasi Markaziy Ko miteti Bosh sekretari. ADR Revolyusion Kengashi Ransi Babrak Karmalning portretlari qo'yilgan. ADR-SSSR va O'zbekiston SSRning davlat bayroqlari hilpirab turibdi. Atrofdagi binolarda, kutib oluvchilardan ko'pchiligining qo'lida uch til: dariy, rus va o'zbek tillarida yozilgan tabrik transparantlari hamda plakatlar bor. Shchitlarda, qirmizi alvonlarda Sovet Afg'oniston do'stligi sharafiga, xalqlar o'rtasida tinchlik va do'stlik sharafiga tabrik so'zlari yozilgan.

Kobuldan kelgan samolyot lar birin-ketin yerga qo'nib, aerovokzal binosi yoniga ke lib to'xtaydi. Bu yerda ho zir bo'lgan kishilar AXDP Markaziy Komiteti Bosh sekretari, ADR Revol yusion Kengashining Raisi Babrak Karmal boshchiligi dagi Afg'oniston Demokra tik Respublikasi par tiya hukumat sini delegatsiya-qarsaklar. tab rik so'zlari bilan ku- tib oladilar. AXDP Mar- kaziy Komiteti Siyosiy byu rosining a'zosi, ADR Mn nistrlar Sovetining Ray- si Sulton Ali Keshtmand. AXDP Markaziy Komiteti Siyosiy byurosining a'zosi, ADR Davlat axborot xizma tining rahbari Najibullo, AXDP Markaziy Komiteti Siyosiy byurosi a'zoligiga kandidat, AXDP Markaziy Komiteti sekretari Maxmud Baryalay, AXDP Markaziy Komitetining sekretari Niyoz Muhammad Momand, ADR Revolyusion Kengashi

406

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

Prezidiumining sekretari Muhammad Anvar Farzam, ADRning SSSRdagi elchisi Habib Mangal, boshqa rasmiy kishilar Babrak Karmal bilan birga keldilar.

Termiz aeroportida Babrak Karmalni va delegatsiya ning boshqa a'zolarini KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy byurosi a'zoligiga kandidat, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Sh. R. Rashidov, O'zbekiston SSR Ministrlar Soveti ning Raisi N. J. Xudoyberdiev, SSSR transport qurilishi ministri I. D. Sosnov, SSSR tashqi iqtisodiy aloqalar davlat komitetining raisi S. A. Skachkov, SSSRning Afg'oniston Demokratik Respublikasida gi elchisi F. A. Tabeyev, Qizil Bayroq ordenli Turkis ton harbiy okrugi qo'shinlari qo'mondoni, general-polkovnik Yu. P. Maksimov, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosi a'zoligiga kandidat L. N. Melkumov, Surxondaryo oblast partiya komitetining birinchi sekretari A. Karimov, Surxondaryo oblast ij roiya komitetining ransi N. T. Turopov, boshqa rasmiy kishilar kutib oldilar.

Termizning dongdor kishi lari aziz mehmonlarga rizq- nasiba tutdilar. Bolalar ularga guldastalar taqdim etdilar.

Afg'oniston delegatsiyasi mototsiklchilarning faxriy eskorti hamkorligida o'zi ga ajratilgan rezi- densiya tomon yo'l oldi. Af gonistondan kelgan mehmon lar o'tib borgan butun yo'l- da Surxondaryoning minglab mehnatkashlari ularni samimiy tabriklab turdilar1.

Xususan, ko'pik quruvchilari SSSR Transport qurilishi ministrligiga qarashli Toshkent 7-«Mostostroy» tresti 32-otryadining injenerlari, masterlari va ishchilari; Sovet do'stlari bilan yonma-yon, yelkama-yelka ishlagan afg'on mehnatchilari shu voqeaning qahramonlaridir. Ular dunyodagi eng o'jar daryolar- dan biri ustidagi juda murakkab ko'prik qurilishi muddatlarini normadagiga nisbatan qariyb ikki baravar qisqartirishga muvaffaq bo'ldilar. Ular jazirama joyda ko'prik qurilishining sibircha tezkorlik tajribasini joriy eta oldilar, yuksak mahorat, sof vijdonlik, zarbdor mehnat namunalarini ko'rsatdilar. Moskvadagi «Gidrotrans most institutining mutaxassislari erishilgan g'alaba uchun quruvchilar bilan birgalikda faxrlanishga haqlidirlar. Ana shu mutaxassislarning dadil yechimlari va aniq hisob-kitoblari ish- lashga asos qilib olindi, ko'prikning nihoyatda puxtaligini ta'minladi. Sinovlar vaqtida ko'prikning mustahkamligi tasdiqlandi .

(ADR hukumati rahbari Babrak Karmal va Sh.R.Rashidov o'rtoqlarning nutqlari gazetaning bugungi soni da e'lon qilinmoqda. Ularning nutqlari zo'r e'tibor bilan tinglandi va qarsaklar bilan qayta-qayta bo'linib turdi).

^,ycT^HrHMH3 a6agHn! TepMH3ga TaHTaHam Kyra6 ojHm // CoBeT Y36eKHCTOHH ra3eTacu. 1982- hh^ 12-Man 111-

COH.

2

TepMH3-XanpaTOH Kynpuru onuggu // CoBeT Y36eKHCTOHH ra3eTacu. 1982- hh^ 12-Man 1 11-COH. https://tsue.uz/

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Afg'onistondagi Hayratom portining bosh mexanigi Muhammad Zohir yangi hayot barpo etishda Afg'onistonga har tomonlama yordam berayotganligi uchun sovet xalqiga chuqur minnatdorchilik izhor etdi.

Sovet - Afg'oniston hamkorligining g'oyat muhim obektlaridan biri -Amudaryo ustida qurilgan temir yo'l va avtomobil transporti uchun mo'ljallangan ko'prik muddatidan ilgari foydalanishga topshirilmoqda. O'rtoq Rashidov haqli ravishda qayd etib o'tganidek, bu ko'pгik haqi- qatan ham do'stligimizning. yaqinligimizning, o'гtoqlik va qardoshligimizning ramzi bo'lib qoladi.

1982-yil 13-may (O'zTAG maxsus muxbirlari) Do'st Afg'onistondan kelgan meh monlar Surxon vodiysini gullab yashnayotgan mehmon do'st o'lka, tinch, ilhombaxsh mehnat sururi bilan yashayot gan diyor deb atadilar. Amudaryo ustida qurilgan avtomobil-temir yo'l ko'prigi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan o'tkazil gan tantanalarda ishtirok etgan ADR partiya hukumatdelegatsiyasi butun Surxon daryo oblasti bo'ylab safar qildiTermiz rayonidagi «Oktyabr 40 yilligi» kolxozi da aziz mehmonlarni non tuz, gullar, karnay va surnaylarning sho'x sado lari bilan kutib oldilar. Afg'oniston delegatsiyasining boshlig'i AXDP Markaziy Komiteti Bosh sekretari, ADR Revolyusion Kengashi ning Raisi Babrak Karmal, Afg'onistondan kelgan boshqa mehmonlar dehqonlarning turmushi, kolxoz ishlab chiqarishi bilan tanishdilar. Ular kolxoz maktabida bo'ldila^ bosh plan asosida qurilgan yangi posyolkani ko'zdan kechirdilar. O'rtoq B. Karmal kolxozchi Mustan Merganovning barcha qulay liklari, tomorqa uchastkasi bo'lgan ikki qavatli tipovoy uyida bo'ldi. U Merganovlarning ko'p bolali oilasiga, kolxozning barcha mehnatchilariga baxt-saodat va omon-esonlik, jamoat ishlab chiqarishini rivojlan tirishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Butunittifoq g'o'za selek siyasi va umg'chiligi ilmiy tadqiqot institutining taj riba xo'jaligi Ja^o^- gon rayonidagi «Surxon» sovxozida ham samimiy uch rashuv bo'lib o'tdi. Ko'pgina ingichka tolali navlar shu yerdan dalalarga «yo'llanma» olgan. Afg'on mehmon dar sovxoz ishchilarining mehnat, turmush va dam olish sharoitlari bilan, bu oblastdagi ma'muriyat, par- tiya va jamoat tashkilotla- rining faoliyati bilan qi ziqdilar. Ular «Surxon» sovxozining markaziy ko^- gonida barpo etilgan yangi bolalar shaharchasida bo'ldilar Mehmonlar o'tib borgan Yo'llaTda ularni Surxon daryo shaharlari va qishloqlarining minglab aholisi samimiy kutib oldi. Oblast bo'ylab safarda Afg'onistondan kelgan meh monlarga KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy byurosi a'zoligiga kandidat, O'zbe kiston Kompartiyasi Marka ziy

408

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

Komitetining birinchi sekretari Sh. R. Rashidov, Sovet partiya hukumat dele

"5

gatsiyasining boshqa a'zolari hamroh bo'ldilar .

Shu kuni (O'zTAG maxsus muxbirlari). Afgo niston Xalq Demokratik partiyasi Markaziy Komite ti Bosh sekretari, ADR Revolyusion Kengashining Raisi Babrak Karmal bosh chiligidagi Afgoniston De mokratik Respublikasining partiya hukumat delegatsiyasi bugun vataniga jo'nab ketishdi.4.

Urush yillarida Britaniya Maxfiy razvedka xizmati tomonidan berilgan magnit chuqurlik zaryadlari yordamida bir necha bor hujumga uchragan, afg'on mujohidlari ham Sovet O'zbekistonida qo'poruvchilik operatsiyalarini amalga oshirish uchun ko'prikdan o'tgan. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Pokiston Xizmatlararo razvedka ham jangarilarni suv ostidan buzish orqali ko'prikni yo'q qilishga o'rgatishni rejalashtirgan, biroq Pokiston prezidenti Muhammad Ziyo-ul-Haq Afg'oniston bilan chegara yaqinidagi Pokiston jamoalariga Sovet qo'shinlarining repressiyalaridan qochish g'oyasini rad etdi. Aynan Do'stlik ko'prigi orqali 1989-yil 15-fevralda sovet qo'shinlarining Afg'onistondan olib chiqilishi yakunlandi5

1996-yilda O'zbekiston hukumati ko'prikda harakatni bir tomonlama yopib qo'ydi, bu xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan va Afg'onistonda reaksion Tolibon harakatining hokimiyat tepasiga kelishi bilan bog'liq edi. Xususan, O'zbekiston tomoni islomiy jangarilar tomonidan O'zbekiston Islomiy Harakatiga O'zbekiston prezidenti Islom Karimovni ag'darishda yordam berish uchun foydalanishi mumkinligidan tashvishda edi6 AQSh Afg'onistonga bostirib kirishi paytida Mozori Sharif qulaganidan keyin Qo'shma Shtatlar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti O'zbekistonga xalqaro yordam ko'rsatishi uchun ko'prikni qayta ochish uchun bosim o'tkaza boshladi. Ko'prikda 2001-yil 9-dekabrda O'zbekiston temir yo'llari tomonidan 1000 pud don va bug'doy olib o'tildi . 2002-yil fevral oyidan boshlab O'zbekiston Hayraton ko'prigi bo'ylab faqat oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa gumanitar yuklarni tashish uchun ( BMT orqali, O'zbekiston hukumati va BMT o'rtasida yetkazib berishni osonlashtirish to'g'risidagi kelishuvga muvofiq) harakatni to'liq qayta ochdi.

2010-yil yanvar oyida Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida temir yo'lni Mozori Sharifgacha uzaytirish bo'yicha ishlar

3 Сурхондарё мехмонларни табрикламокда // Совет Узбекистони газетаси. 1982- йил 14-май 113-сон.

4 Афгонистонлик мехмонлар жунаб кетишди // Совет Узбекистони газетаси. 1982- йил 14-май 113-сон.

5 Coll, Steve. Ghost wars : the secret history of the CIA, Afghanistan, and bin Laden, from the Soviet invasion to

6

September 10, 2001. New York: Penguin Press, 2004.

CNN.com - Key Uzbek bridge to reopen to Afghanistan - December 8, 2001". edition.cnn.com. Qaraldi: 2021-yil 29-iyun

7 „Breakthrough in Afghan aid effort". BBC News (2001-yil 9-dekabr)

17-aprel, 2024

409

Tashkent State University of Economics

boshlangan bo'lib, u 2010-yilning noyabr oyida Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

2019-yilda Afg'oniston tinchlik muzokaralari chog'ida O'zbekiston, Afg'oniston va Tolibon O'zbekistonga ko'prik va Mozori Sharif o'rtasidagi temir yo'l aloqasini saqlab qolishga ruxsat berishga kelishib olgan edi. 2021-yilda AQSh Qurolli kuchlari Afg'onistondan olib chiqib ketilganidan va 2021-yilda Tolibon hujumidan so'ng afg'on harbiy bo'linmalari ko'prik orqali O'zbekistonga chekindi. Biroq O'zbekiston hukumati Afg'oniston hukumati amaldorlariga boshpana uchun ko'prikdan o'tishga ruxsat bermadi.

Xullas, bugungi kunda ushbu ko'prik ikki xalq o'rtasida iqtisodiy hamda gumanitar yuklarni afg'on xalqiga yetkazib berishda juda muhim qulay obyekt bo'lib xizmat qilmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston - 2030 strategiyasi. 2023-yil 11-sentabr. PF-158-son.

2. Дустлигимиз абадий! Термизда тантанали кутиб олиш // Совет Узбекистони газетаси. 1982- йил 12-май 111-сон.

3. Термиз-Хайратон куприги очилди // Совет Узбекистони газетаси. 1982- йил 12-май 111-сон.

4. Сурхондарё мехмонларни табрикламокда // Совет Узбекистони газетаси. 1982- йил 14-май 113-сон.

5. Сурхондарё мехмонларни табрикламокда // Совет Узбекистони газетаси. 1982- йил 14-май 113-сон.

6. Coll, Steve. Ghost wars : the secret history of the CIA, Afghanistan, and bin Laden, from the Soviet invasion to September 10, 2001. New York: Penguin Press, 2004.

7. CNN.com - Key Uzbek bridge to reopen to Afghanistan - December 8, 2001". edition.cnn.com. Qaraldi: 2021-yil 29-iyun

8. „Breakthrough in Afghan aid effort". BBC News (2001-yil 9-dekabr)

410

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.