Научная статья на тему 'IJTIMOIY TАRMOQLАRNING YOSHLАR ONGIGА TА’SIRI'

IJTIMOIY TАRMOQLАRNING YOSHLАR ONGIGА TА’SIRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

945
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijtimoiy tаrmoqlаr / sаlbiy tа’sir / o‘quvchilаr onggi / tаrbiyа / dunyoqаrаsh / аxborot texnologiyаlаri / virtuаl hаyot / социальные сети / негативное влияние / студенческое сознание / образование / мировоззрение / информационные технологии / виртуальная жизнь.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nigorа Dаvlаtаliyevnа Sаmаtovа, Sаbinаbonu Hаkimovа

Mаzkur mаqolаdа hozirgi zаmonning eng аsosiy muаmmolаridаn biri hаyotning virtuаllаshib borаyotgаni vа bu nаrsа аyniqsа, yoshlаr hаyotidа yаqqol ko‘zgа tаshlаnаyotgаni hаqidа fikrlаr tаhlil qilingаn. Ilm-fаn, texnologiyаlаrning rivojlаnishi vа ommаviy аxborot vositаlаrining shаkllаnishi hаyotimiz uchun ijobiy tа’sir ko‘rsаtsаdа, lekin o‘sib kelаyotgаn yoshlаrning tаrbiyаsigа nаfаqаt sаlbiy, bаlki xаvfli tа’sir ko‘rsаtishi mumkinligi hаqidа fikrlаr quyidаgi mаqolаdа yoritilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье анализируются мнения о том, что одной из главных проблем современности является то, что жизнь становится виртуальной, и особенно это проявляется в жизни молодежи. Хотя развитие науки, техники и становление средств массовой информации положительно влияют на нашу жизнь, они могут оказывать не только отрицательное, но и опасное влияние на воспитание подрастающей молодежи.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY TАRMOQLАRNING YOSHLАR ONGIGА TА’SIRI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

IJTIMOIY TАRMOQLАRNING YOSHLАR ONGIGА TА'SIRI

Nigorа DаvlаtаИyevnа Sаmаtoyа

O'zMU Jizzax filiali Oila psixologiyasi kafedrasi o'qituvchisi

[email protected]

Sаbinаbonu Hаkimoyа

O'zMU Jizzax filiali Oila psixologiyasi yo'nalishi 1-kurs talabasi

Mazkur maqolada hozirgi zamonning eng asosiy muammolaridan biri hayotning virtuallashib borayotgani va bu narsa ayniqsa, yoshlar hayotida yaqqol ko'zga tashlanayotgani haqida fikrlar tahlil qilingan. Ilm-fan, texnologiyalarning rivojlanishi va ommaviy axborot vositalarining shakllanishi hayotimiz uchun ijobiy ta'sir ko'rsatsada, lekin o'sib kelayotgan yoshlarning tarbiyasiga nafaqat salbiy, balki xavfli ta'sir ko'rsatishi mumkinligi haqida fikrlar quyidagi maqolada yoritilgan.

Kalit so'zlar: Ijtimoiy tarmoqlar, salbiy ta'sir,o'quvchilar onggi, tarbiya, dunyoqarash, axborot texnologiyalari, virtual hayot.

В данной статье анализируются мнения о том, что одной из главных проблем современности является то, что жизнь становится виртуальной, и особенно это проявляется в жизни молодежи. Хотя развитие науки, техники и становление средств массовой информации положительно влияют на нашу жизнь, они могут оказывать не только отрицательное, но и опасное влияние на воспитание подрастающей молодежи.

Ключевые слова: социальные сети, негативное влияние, студенческое сознание, образование, мировоззрение, информационные технологии, виртуальная жизнь.

This article analyzes opinions that one of the main problems of our time is that life is becoming virtual, and this is especially evident in the life of young people. Although the development of science, technology and formation of the media have a positive effect on our lives, t

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

can have not only a negative, but also a dangerous effect on the upbringing of the rising youth.

Keywords: social networks, negative impact, student consciousness, education, worldview, information technology, virtual.

Bugungi kunda mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, voqea - hodisalar, yangiliklar to'g'risidagi malu'motlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etmoqda. Bu yangiliklardan xabardor bo'lishda esa internet tizimi, mobil telefonlar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, o'zaro muloqot almashish yoki biror voqeaga munosabat bildirish, o'z fikrini bayon etish yoki o'zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir. Bunday tarmoqlar ilk bor odamlar o'rtasidagi muloqot vositasi sifatida ijtimoiy tarmoqning elektron pochta ko'rinishida paydo bo'ldi. Bu kompyuter tarmoqlari orqali bog'lanishning ilk ko'rinishi edi.

"Ijtimoiy tarmoq" tushunchasi 1954-yilda paydo bo'lganini va albatta, internetga hech qanday aloqasi yo'qligini hamma ham bilmaydi va ular bu hodisani o'tgan asrning 30-yillarida o'rganishni boshladilar. Konsepsiyani sotsiolog Jeyms Barns kiritgan: "ijtimoiy tarmoq" - bu ijtimoiy obyektlar (odamlar va tashkilotlar) va ular o'rtasidagi aloqalar (ijtimoiy munosabatlar) bo'lgan tugunlar guruhidan iborat ijtimoiy tuzilmadir - deb ta'kidlaydi" va shu tariqa ijtimoiy tarmoq tushunchasi paydo bo'ladi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar haqida ilk bora o'z tasavvurlarini bayon qilgan olimlar R.Solomonoff va Rapoport o'tgan asr o'rtalarida muloqotning virtual ko'rinishi haqida o'z fikrlarini bayon qilishgan. Vengriyalik mutaxassislar P.Erdos va A.Renilar ijtimoiy tarmoqlarni shakllantirish borasidagi tasavvurlarini aytib o'tishgan. Internet tarmog'ida insonlar o'rtasidagi muloqotning avj olishi, rivojlanib ketishini olimlar ijtimoiy tarmoqlarning tezkor faoliyati bilan bog'lashadi. Kun sayin jadal rivojlanib borayotgan axborot asrida zamonaviy texnika vositalaridan foydalanmaslikning yoki ularga murojaat etmaslikning iloji yo'q. Chunki, inson dunyoqarashining shakllanishida, ma'naviy olamining yanada kengayishida, ayniqsa kompyuter texnologiyasi asosiy vosita rolini o'ynaydi. Hozirgi kun nuqtai nazari bilan qaraydigan bo'lsak, allaqachon global tarmoqqa aylanib ulgurgan internet o'zining tezkorligi chegara bilmasligi bilan ommaviy axborot vositalari orasida eng muhim sohaga aylanib ulgurdi. Shuningdek, yosh avlod dunyoqarashini kengaytirish va bilimini oshirishda mazkur axborot manbalari mu ahamiyatga ega. Zamonaviy dunyoda o'z hayotimizni internet

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

foydalanmasdan tasavvur qilish qiyin. Internet yordamida biz juda ko'p foydali ma'lumotlarni olishimiz, qiziqarli va ko'ngilochar narsalarni topishimiz, sevimli yok i o'tkazib yuborilgan filmlarni, dasturlarni tomosha qilishimiz va biz uchun kerakli bo'lgan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishimiz, turli xil ta'lim o'yinlarini topishimiz mumkin. Shu bilan birga internet uzoq masofada aloqa qilish imkoniyatini berdi. Bugun biz istalgan joyimizga kunning istalgan vaqtida qo'ng'iroq qilishimiz va hatto suhbatdoshimizni ko'rishimiz mumkin. Qisqa qilib aytganda, dunyoning istalgan nuqtasida odamlar bilan aloqa o'rnatishga imkon berdi. Bundan tashqari, biz kutubxonalarga borishimiz, u yerda bo'lmasligi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni qidirishimiz yoki kimdir undan foydalanishini kutishimiz shart emas, shunchaki biz internet orqali istalgan ma'lumotni topishimiz mumkin.

Ammo shiddat bilan yuksalib borayotgan fan-texnika asrida, internet va ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda uning yoshlar ma'naviyatiga, ularning yangiliklarga chanqoq ongiga salbiy ta'sirining ham guvohi bo'lyapmiz. Masalan, internet kafelariga serqatnov yoshlar, ayniqsa, o'smirlar u yerga borishib, har xil buzg'unchi g'oyalar ruhidagi kompyuter o'yinlarini tomosha qilayotganligini, tuturuqsiz narsalar bilan vaqtlarini besamar o'tkazayotganligiga guvoh bo'lyapmiz. Bunday yoshlarni biz internet imkoniyatlaridan to'laqonli, faqat bilim olish bilan mashg'ul deya olmaymiz. Eng achinarlisi, ayrim befarq ota-onalar bunday holatlarga e'tibor berishmaydi.

Yaqinda yana bir atama tilimizda ishlatila boshlandi. Bu igromaniya tushunchasidir. Bu atamaga qisqacha ta'rif beradigan bo'lsak, "Igromaniya"-bu kompyuterdan o'rin olgan turli xil o'yinlarga mukkasidan ketishdir. Ruhshunoslarning ma'lumotlariga qaraganda, yoshlar buzg'unchi, destruktiv g'oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hali to'la shakllanmagani uchun o'qigan yoki ko'rgan ma'lumotlariga tez ishonishadi. Bunday hollarda yoshlarning ma'naviyatiga, ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan igromaniyani hech bir jihatdan oqlab bo'lmaydi. Kundalik hayotimizda har bir narsaning salbiy va ijobiy tomoni bor. Bundan tashqari, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda ham me'yorga amal qilishimiz lozim.

Hozirgi globallashuv jarayonida butun jamiyat hayotida o'z ta'sirini o'tkazib kelayotgan axborot texnologiyalarining yana biri ijtimoiy tarmoqlardir. Ayniqsa, yosh avlod ijtimoiy tarmoqlarni juda ham yaxshi ko'radi. Bu yaxshimi yoki aksinchami? Albatta, ko'pchilik bu tarmoqlarni ma'qullaydi ~ unga ijobiy baho beradi. Chunki, hozir ijtimoiy tarmoqlar bc

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

vaqtni o'tkazishning eng yaxshi vositasi hisoblanadi. Endi ijtimoiy tarmoqlarning bizning hayotimizga, dunyoqarashimizga, ongimizga, aql-u shuurimizga va sog'lig'imizga salbiy ta'sirini ham unutmasligimiz kerak. Ammo ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy tomonlari ham bor.

Biz kundalik hayotda odamlar bilan jonli muloqotda bo'lamiz, jonli fikr almashishamiz va o'zimizga kerakli bo'lgan xulosalarni chiqaramiz.Virtual hayot esa insonni tamomila dunyoqarashi va ongini o'zgartirib yuborishi mumkin. Undan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar g'arazgo'y odamlarning yovuz maqsadlariga xizmat qilishi mumkin. Masalan, tarmoqqa qo'yilgan axborot va xabarlar boshqalar tomonidan o'g'irlanishi, buzilishi va boshqa tarmoq a'zolariga yuborilishi mumkin. Yoki firibgarlar qalbaki rasmlar va yolg'on ma'lumotlar bilan o'z maqsadlariga erishishlari mumkin. Hatto ijtimoiy tarmoqlar butun boshli qotilliklar, urushlarga ham sabab bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, yoshlar bo'sh vaqtini faqat ijtimoiy tarmoqlarda o'tirish bilan o'tkazishlari noto'g'ri. Chunki jonli, haqiqiy va real muloqot o'rnini hech narsa bosa olmaydi. Yoshlar ko'proq kitob o'qishlari, o'z ustilarida ishlashlari hamda ijtimoiy faollikni oshirishlari lozim. Tarmoqdagi faollik hech narsani belgilamaydi va inson to'g'risida haqqoniy bo'lmagan ma'lumotlarni saqlashi mumkin. Biz ijtimoiy tarmoqlarning hayotimizga bo'lgan ta'sirini rad etolmaymiz. Biz ongli ravishda ijtimoiy tarmoq a'zosi bo'la turib, real hayot va virtual hayotni farqlay olishimiz lozim.

Bundan tashqari, internetning ham inson hayotida zarari yo'q emas. Ayniqsa, bu yoshlar o'rtasida ko'p uchramoqda. Internetning inson ruhiyatiga birinchi salbiy ta'siri barqaror qaramlikdir. Yoshlar qanday qilib kompyuterda soatlab o'tirganini va u o'tayotgan hayotni sezmayotgani insoniyat uchun muammo hisoblanadi. Buning oqibatida esa, bolada internetga bo'lgan qiziqish ko'rsatkichi yuqori bo'ladi, u oila va do'stlar bilan vaqt o'tkazishni, maktabga borishni, uy vazifalarini bajarishni istamasligiga olib keladi, o'z vaqtini boshqarishni yo'qotadi. Buning oldini olish uchun esa, ota-onalar bolalariga e'tibor berishlari, ular uchun vaqt ajratishlari, ularning ilm egallash, kasb tanlash, hunar o'rganishga bo'lgan istaklari bilan qiziqishlari lozim.

Yoshlarni internetdan foydalanmasligini cheklashni imkoni yo'q, shu sababli, ota-onalar bolalariga ijtimoiy tarmoqlardan to'g'ri foydalanishni o'rgatishlari kerak. Masalan, farzandlari ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoc1 ' bo'lganida uni nazoratdan chetda qoldirmaslik, farzandla

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

internetda faqatgina "yaxshi" emas, balki "yomon" axborotlarni ham uchratishi mumkinligini tushuntirish, ularning internetdan foydalanishiga ba'zi hollarda cheklovlarni o'rnatish kerakligini unutmasliklari lozim.

REFERENCES

1.Yahyo Muhammad Amin. Internetdagi tahdidlardan himoya T.: "Movaraunnahr", 2016. -B.5.

2.Rajabov H.I "Globallashuv sharoitida axborot tahdidlariga qarshi kurashishning zamonaviy texnologiyalarini yaratish muammolari" mavzusidagi xalqaro ilmiyamaliy konferentsiya materiallari T:. "Fan va texnologiya" 2020 yil, B-207 3.Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. - Toshkent, 2004-y.

4.Zakirovich, Djumanov Sherali. "TALABALARDA KOMMUNIKATIV QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2022): 543-545.

7. Davlataliyevna, S. N. (2022). OILADAGI SALBIY MULOQOTNING FARZAND PSIXOLOGIYASIGA TA'SIRI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 475-478.

8.PaKCMawoHKro^ Н. (2023). PSIXOLOGIKYETUKLIKNINGIJTIMOIY-PSIXOLOGIKOMILLARI. Научный импульс, 7(6), 436-438.

9. Davlataliyevna, S. N. (2022). PSYCHOLOGY AND ITS PRINCIPLES. Scientific Impulse, 1(5), 823-826.

10. Davlataliyevna, S. N. (2022). UMUMIY PSIXOLOGOYA VA TURLI XIL PSIXOLOGIK AMALIYOTLAR. Scientific Impulse, 1(5), 820-822.

11. Boysoatovna, R. R. (2023). TALIM DARAJASI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBALARDAN FOYDALANISH. Новости 06pa30BaH^: исследовaние в XXI веке, 1(6), 490-496.

12. Rixsiyeva, M., & Samatova, N. (2020). HUMAN PSYCHOLOGY AND ITS ROLE IN ETHNIC SOCIETY. www. conferencepublication. com, 12.

13. Бекмиров, Т. Р. (2021). Формировaние эмоционaльнaя устойчивость личности. Интернаука, (1-2), 26-27.

14. Bekmirov, T. R. (2020). Psychological features of adaptation and integration of children with developmental disabilities. Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research, 125-129.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

15. Рашидович , Б. Т. . (2022). ПОНЯТИЯ НЕВРОЗА В ПСИХОЛОГИИ И ИХ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(3), 90-93.

16. Karimovna, N. Y. (2022). YOSHLARDA INTERNETGA TOBELIK MUAMMOLARI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(12), 96-99.

17. Ахмедова, M., & Нарметова, Ю. (2022). Neyropedagogika va neyropsixologiya rivojlanib kelayotgan yangi fan sohasi sifatida. Общество и инновации, 3(2/S), 103109.

18. Мелибаева, Р. (2018). ТАЛАБАЛАР ТАФАККУРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК МЕХАНИЗМЛАРИ.

19. Мелибаева, Р., & Абдиназарова, И. (2020). Тиббий психодиагностика: муаммо, мулохдза ва ечимлар.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.