Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
YOSHLAR IJTIMOIY HULQ-ATVORIGA INTERNET MULOQOTI TA'SIRINING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Jamshid Turdaliyevich Mirzayev
Guliston davlat universiteti "Psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi mirzj amshid003 @gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolamiz "Yoshlar ijtimoiy hulq-atvoridagi intrnetga moyillikni psixologik jihatlarini o'rganish" mavzusidagi ilmiy ishimizning metodik tahliliga asoslanadi. Ilmiy tadqiqotimizga tanlangan muallif metodologiyasi bo'yicha anketa so'rovi, "Xulq-atvordagi kurashuvchanlik" so'rovnomasining (R. Lazarus) umumiy ilmiy tahliliga asoslanadi. Tadqiqotlar O'zbekiston respublikasi Guliston davlat universiteti kesimida olib borildi.
Kalit so'zlar: internetning ta'siri, aloqa, ijtimoiylashuv, zamonaviy yoshlar, Internet qaramlik, Xulq-atvordagi kurashuvchanlik metodikasi
АННОТАЦИЯ
Данная статья основана на методологическом анализе нашей научной работы по теме «Изучение психологических аспектов интернет-зависимости в социальном поведении молодежи». Методология выбранного автора для нашего научного исследования основана на общенаучном анализе опросника «Жизнеспособность в поведении» (Р. Лазарус). Исследование проводилось в Гулистанском государственном университете Республики Узбекистан.
Ключевые слова: влияние Интернета, коммуникация, социализация, современная молодежь, интернет-зависимость, методика поведенческой устойчивости.
ABSTRACT
This article is based on the methodological analysis of our scientific work on the topic "Studying the psychological aspects of Internet addiction in the social behavior of young people." The methodology of the chosen author for our scientific research is based on the general scientific analysis of the questionnaire "Resilience in behavior" (R. Lazarus). The study was conducted at the Gulistan State University of the Republic of Uzbekistan.
Keywords: influence of the Internet, communication, socialization, modern youth, Internet addiction, method of behavioral stability.
_May 6
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
Jahonda bugungi kunda ijtimoiy ta'sirlarning jadal ravishda rivojlanishi, fan va texnologiyalar taraqqiyoti, axborotlar oqimining ortib borishi, inson omili bilan bog'liq fanlar oldiga yangi vazifalar qo'ymoqda. Ayniqsa, jadal sur'atlar bilan rivojlangan davlatlarda yuzaga kelayotgan ijtimoiy-psixologik tanglik holatlari rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy-siyosiy va ma'naviy-madaniy hayotiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. XX asrning eng katta kashfiyotlaridan biri bu - xalqaro tarmoq, ya'ni internet bo'ldi. Bu tarmoq qisqa yillarda televideniye, radio, gazeta va jurnallarni orqada qoldirdi.
Jahon matbuot ma'lumotlariga ko'ra, internet kommunikatsiya texnologiyalari tarixida misli ko'rilmagan o'sish ro'y berdi. Agar 1990 yilda 1,5 million foydalanuvchi internet tizimiga ulangan bo'lsa, 1996 yilda - dunyoning 160 mamlakatida 60 million, keyin 2000 yilda - ularning soni 1 mlrd. Qayd etilishicha, internet foydalanuvchilari soni har yuz kunda ikki baravar ko'paymoqda. Taqqoslash uchun, AQSHga 50 million radio darajasiga erishish uchun 38 yil, 59 million televizor darajasiga erishish uchun 13 yil va 60 million internet foydalanuvchilari darajasiga erishish uchun atigi to'rt yil kerak bo'ldi. [1]
Mutahasislarning ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatimizda Internet tizimidan foydalanuvchilar soni 12,1 million ga yaqin, boshqacha aytganda, respublikamiz aholisining uchdan bir qismi aynan Internet tarmog'idan muntazam foydalanib kelmoqda. Bu, albatta, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotganidan, fuqarolarimizning axborot olish, saqlash, tarqatish kabi konstitutsion huquqlarini amalga oshirishda sifatli aloqa tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari mavjudligidan dalolat beradi. [2]
Odamlar tobora ko'proq turli xil media kanallaridan foydalanishmoqda va ularga ko'proq vaqt sarflashmoqda. GlobalWebindex so'roviga ko'ra, 16 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar turli media kanallarida o'tkazishi mumkin bo'lgan o'rtacha kunlik vaqtni tasavvur qiling:
1) Planshet, noutbuk yoki kompyuterda internetdan foydalanishning o'rtacha vaqti kuniga 4 soat 42 minut;
2) O'rtacha televizor ko'rish vaqti kuniga 2 soat 21 daqiqa;
3) Bir kunda turli qurilmalardan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning o'rtacha vaqti 1 soat 53 daqiqa;
4) Smartfonda internetdan foydalanishning o'rtacha vaqti kuniga 1 soat 24 daqiqa. [3]
Ushbu maqolamizda internet-muloqotning yoshlar xayotiga yurish turmishiga qanchalik ta'sir qilayotganini o'rganish va uni
_May 6
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
bir qancha metodikalar yordamida o'rganish va tasirini yoritib berishdir.
Jamiyatning maxsus guruhi sifatida yoshlarga ilmiy yondashish, yoshlarning turmush tarzi va madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, gumanitar fanlar bo'yicha ko'plab mahalliy olimlarning asarlarida o'z aksini topgan. Hozirgi prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" asarida yoshlarni ma'naviy yetuk inson etib tarbiyalash, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotish ehtiyojga aylanishi, yoshlar bilimi, saviyasini oshirish uchun ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyat kerakligi ilgari surilgan.
[4]
Empirik tadqiqot ikkita asosiy bosqichni o'z ichiga oladi:
- mualliflik metodologiyamiz bo'yicha anketa so'rovi orqali sinaluvchilarimizni natijalarini (guruhni emas) 2-guruhga ajratib olish (internetdan faol foydalanuvchi va internetdan faol bo'lmagan foydalanuvchi).
- Internetga moyilligi yuqori darajalarni ko'rsatgan yoshlarimiz natijalarini aloxida sinchikovlik bilan o'rganish yani shaxs xususiyatlarini o'rganuvchi R.Lazaruskiyning "Xulq-atvordagi kurashuvchanlik" so'rovnomasi (R. Lazarus) orqali ularni xulq-atvoridagi o'zgarishlarni o'rganish.
Lazaruskiye tomonidan "Xulq-atvordagi kurashuvchanlik" aniqlash so'rovnomasi yordamida olingan natijalar internet-muloqot foydalanuvchilarining yengish strategiyalarining quyidagi o'ziga xos xususiyatlarini ajratib ko'rsatishga imkon beradi bu yerda r<0,05 o'zgaruvchilar o'rtasidagi muhim munosabatlarning ko'rsatkichidir.
Engish strategiyalari 1-guruh (o'rtacha daraja) 2-guruh (o'rtacha daraja) R
Qarama-qarshilik bilan kurashish 48 47 >0,05
masofa 49 41 >0,05
O'zini-o'zi nazorat qilish 65 55 >0,05
Ijtimoiy qo'lab-quvatlashni so'rash 68 45 <0,01
Mas'uliyatni qabul qilish 39 56 <0,05
Masuliyatdan qochish 48 31 <0,01
Muammoni hal qilishni rejalashtirish 62 69 >0,05
Ijobiy qayta baholash 69 41 <0,05
Onlayin guruhlarda faol ishtirokchilarning xatti-harakatlarini tahlil qilsak, ular uchun eng jozibador strategiya "ijtimoiy qo'lab-quvatlashni so'rash" ekanligini ko'rishimiz mumkin; kamdan-kam hollarda "Qarama-qarshilik bilan kurashish" va "masofa" ishlatiladi.
May 6
814
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 j TMA Conference j 2023
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
O'rtacha faollikdan foydalanuvchilar guruhi ko'pincha "ijobiy qayta baholash" strategiyasiga, kamdan-kam hollarda - "qarama-qarshilik bilan kurashish" ga murojaat qilishadi. Ular vaziyatga xolisona yondashish tufayli muammo bilan bog'liq salbiy tajribalarni yengib o'tishni afzal ko'radilar va buni shaxsiy o'sish uchun rag'bat deb bilishadi. Ular muammoli vaziyatni falsafiy tushunishga, bu holatni shaxsning o'zini o'zi rivojlantirish deb qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Onlayn muloqotni kamdan-kam ishlatadigan ishtirokchilar "muammolarni hal qilishni rejalashtirish" strategiyasini afzal ko'radilar, ular kamdan-kam hollarda "masuliyatdan qochish" va "qarama-qarshilik bilan kurashish" dan foydalanadilar. Ular muammolardan qochmaydilar, balki vaziyatni maqsadli tahlil qilish va xatti-harakatlarning mumkin bo'lgan variantlarini ishlab chiqish, o'z nuqtai nazaridan eng yaxshisini tanlash, muammolarni hal qilish strategiyasi, ob'yektiv sharoitlarni hisobga olgan holda o'z harakatlarini o'z vaqtida rejalashtirish orqali ularni yengishadi.
Xulosa
Internet kommunikatsiyalariga bog'langan yoshlar xatti-harakatlarining tashqi belgilari, ularning real ijtimoiy xulq-atvorida namoyon bo'ladi. Faol foydalanuvchilarning ba'zi tipik belgilarini aniqlash mumkin: kosmetologiya yordamida tashqi ko'rinishini o'zgartirish, o'z imidji bilan tajriba o'tkazish, ekstremal selfilar, flesh-moblarda, xayriya va ijtimoiy dasturlarda, so'rovlarda ovoz berishda, forumlarda, ko'ngilli valantyorlikda, sog'lom ovqatlanishni namoyish qilish, sport tadbirlarida qatnashish, mashhur, qimmat va g'ayrioddiy joylarga tez-tez tashrif buyurish, fotosessiyalarda ishtirok etish, yangi moda qoidalariga rioya qilish va boshqalar.
REFERENCES
1. Mirzayev Jamshid Turdaliyevich. Yoshlar ijtimoiy hulq-atvoriga internet muloqoti ta'sirining psixologik jihatlari mavzusida, Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) olish uchun yozilgan disertatsiyasi. 2023 y. 4-bet.
2. Мирзаев Джамшид Турдалиевич. «Психологические аспекты влияния интернет-общения на социальное поведение молодеже». «International Journal of Medicine and Psychology / Международный журнал медицины и психологии» включен в список ВАК с 04.02.2020г., РИНЦ (Elibrary.ru) и в Международную базу данных Agris., 2022 г. 127-133 ст.
3. Мирзиёев Ш.М. Миллий тикланишдан - миллий юксалиш сари. 4 жилд. - Тошкент: «Узбекистон», 2020. - 453 б.
May 6
S15
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
4. Bekmirov, T. (2022). Ёшларни ватанпарварлик рухида тарбиялашнинг ижтимоий-психологик хусусиятлари (Doctoral dissertation, Yangi O 'zbekiston taraqqiyotida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari).
5. Бекмиров, Т. Р. (2021). Формирование эмоциональная устойчивость личности. Интернаука, (1-2), 26-27.
6. Бекмиров, Т. Р. (2022). УСМИРЛАРДАГИ ИЩИРОЗ ДАВРИ ВА НЕВРОЗ Х,ОЛАТЛАРНИНГ ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(3), 120-126.
7. Karimovna, N. Y. (2022). YOSHLARDA INTERNETGA TOBELIK MUAMMOLARI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(12), 96-99.
8. Ахмедова, M., & Нарметова, Ю. (2022). Neyropedagogika va neyropsixologiya rivojlanib kelayotgan yangi fan sohasi sifatida. Общество и инновации, 3(2/S), 103109.
9. Tursunaliyevna, A. M., & Karimovna, N. Y. (2022). Maktabgacha tarbiya muassasalarida madaniy-gigiyenik malakalarni tarbiyalash-bolalar organizmining jismoniy rivojlanishida muhim vosita. Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal, 3(1), 98-103.
10. Мелибаева, Р. (2018). ТАЛАБАЛАР ТАФАККУРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК МЕХАНИЗМЛАРИ.
11. Narmetova, Y., Melibayeva, R., Akhmedova, M., Askarova, N., & Nurmatov, A. (2022). PSYCHODIAGNOSTICS ATTITUDE OF THE PSYCHOSOMATIC PATIENTS'DISEASE.