Научная статья на тему 'Ijtimoiy pedagogika fanining tamoyillari'

Ijtimoiy pedagogika fanining tamoyillari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
317
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
prinsip / bola tarbiyasi / buyuk didaktika asari / me’yordan chetga chiqish / jamiyat tarbiyasi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O’G’Iloy Tulebayeva, Soliha Saydullayeva, S.Xaydarov

Ushbu keltirilgan maqolada ijtimoiy pedagogika fanining kategoriya va tamoyillari to’g’risida fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Ijtimoiy pedagogika fanining tamoyillari»

Ijtimoiy pedagogika fanining tamoyillari

O'g'iloy Tulebayeva Soliha Saydullayeva Ilmiy rahbar: S.Xaydarov TMC institute

Annotatsiya: Ushbu keltirilgan maqolada ijtimoiy pedagogika fanining kategoriya va tamoyillari to'g'risida fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: prinsip, bola tarbiyasi, buyuk didaktika asari, me'yordan chetga chiqish, jamiyat tarbiyasi

Principles of social pedagogy

Ogiloy Tulebayeva Saliha Saidullayeva Scientific supervisor: S. Khaidarov

TMC Institute

Abstract: This article presents ideas about the categories and principles of the science of social pedagogy.

Keywords: principle, child education, great didactic work, deviation from the norm, social education

Ijtimoiy pedagogika fan sifatida pedagogikadan ajralib chiqdi. Ijtimoiy pedagogika o'rganilishi jarayoni va ko'rinishi pedagogika fani tomonidan o'rganadigan, lekin aniq bir sohani o'rganish jihatidan pedagogikadan farq qiladi.

Ijtimoiy pedagogika o'z nomiga ko'ra sotsium, ya'ni jamiyat bilan shug'ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi deyish ham mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda "Inson" tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi.

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun "fan" tushunchasining o'zi inson faoliyatining ob'ektiv bilimlarini tizimlashtirishva ishlab chiqishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta'kidlash lozim. Ta'lim tizimi fanda tushuncha va kategoriylarda o'z ifodasini topadi. Tushuncha ilmda birdaniga belgilanmaydi. Har qanday ilmda rivojlanish jarayonida tushuncha ilm kategoriyalarda birlashadi, mustahkamlanadi, o'zgaradi va keng ma'nodagi fundamental tushuncha sifatida hozirgi kunda fanda qo'llaniladi. Fanda tushunarli kategoriyali tizim undagi tushunchalarga kiruchi o'zaro borliqni va ta'sir

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182 487

qiluvchanlikni tasvirlash natijasida shakllanadi. Ijtimoiy pedagogikada uchta asosiya kategoriya bor:

1. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat.

2. Ijtimoiy ta'lim.

3. Ijtimoiy tarbiya.

Ijtimoiy-pedagogik faoliyat-bu bolani ijtimoiylashtirish jarayoniga yordam berishga qaratilgan, ijtimoiy madaniy tarbiyalarni hamda jamiyatdag o'z ishlarini amalga oshirish sharoitlarini yaratish yo'llarini o'zlashtirishga qaratilgan har xil professional faoliyat hisoblanadi.

Ijtimoiy ta'lim-bu umumiy o'rta maktablarda ya'ni boshqa bir o'quv yurtlarida bola ta'lim jarayonlarida akademik bilimlariga va ularni egallash uchun eng zarrur bo'lgan ko'nikma egallash va qo'llashni o'rgatadi. Shuningdek ular alohida tizimlashtirilgan ijtimoiy bilim, ko'nikma va tajribalarni ham egallaydi.

Ijtimoiy ta'lim deganda ijtimoiy sohada ishlash uchun maxsus kadrlarni tayyorlash bunda barcha mutaxassislik bo'yicha ta'lim turlarini kiritgan holda boshlang'ich,o'rta va yuqori o'quv yurtlarda shuningdek kurslar tayyorlash kadrlarni qayta tayyorlash kiritilgan.

Ijtimoiy tarbiya-bu ijtimoiy pedagogikada "tarbiya" kategoriyasiga kiruvchi shakli bo'lib pedagogika, sotsiologiya, psixologiya va boshqa fanlar bilan o'rganiladi. Inson shaxsining sifati uning xatti-harakatlarida, tarbiyasida, xulq-atvorida namoyon bo'ladi. Shuning natijasida insonning xulq-atvori shakllanadi. Agar insonda ijtioiybilim shakllanmagan bo'lsa, demak shaxsning ijtimoiylashuv sifati ham shakllanmaydi. Shu sababli ham o'qiuvchi pedagogik faoliyatida zaruriy sifatlarni bolalarda shakllantirish talab qilinadi va bu ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Demak ijtimoiy tarbiya deganda bir maqsadga qaratilgan bolalar shaxsiyatidagi ijtimoiy zaruriy sifatlar va uning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvini shakllantirish tushuniladi.

Ijtimoiy pedagogikada prinsiplar uch turga bo'linadi:

1. Tarbiyaning tabiatga uyg'un bo'lish prinsipi.

2. Tarbiyaning madaniyat bilan uyg'un bo'lish prinsipi.

3. Gumanizm prinsipi.

Tarbiyaning tabiatga uyg'un bo'lish prinsipi-ijtimoiy pedagogika prinsipi shunga ko'ra ijtimoiy pedagog o'z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanish omillarga tayanadi. Tarbiyaning tabiatga uyg'un bo'lishi prinsipi ilk bor slavyan pedagogi Yan Amos Kommenskiy (1592-1670) bilan uning - Buyuk didaktika degan asosiy, umumiy qonunlariga bo'ysunadi, deb hisoblanadi. Kommenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o'simliklar va hayvonlar olamida ham, shuningdek, insonga nisbatan ham o'z ta'sirini o'tkazib turadi. Tarbiyaning madaniyat bilan uyg'un bo'lish prinsipi-bu prinsp tarbiyaning tabiat bilan uyg'un

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 488 [M^^^Hl

bo'lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Madaniy uyg'un bo'lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (XIX asr) bilan ilgari surilgan. U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vaqt shart-sharoitlarini,ya'ni inson tug'ilgan vaqti va joyini,bir so'z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni e'tiborga olish lozim. Gumanizm prinsipi-lotincha humanus so'zidan kelib chiqib, insoniy degan ma'noni bildiradi. Gumanizm-inson qadriyatini shaxs deb, erkinlikka baxtga bo'lgan huquqini, qobiliyatlari rivojlanishi va namoyon bo'lishini tan oladigan qarashlar tizimi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.A AXMEDOV. IJTIOIY PEDAGOGIKA. "BUXORO DETERMINANT?' MCHJning Kamol nashriyoti, 2023-244 b.

2. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O'quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy fanlarni o'qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.

3. Khaydarov S,A. (2023). Using technologies in teaching social sciences. GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ), (pp. 305-309). 11(9).

4. Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda o'qituvchi o'zida kompetentlik sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема и решение, 1(1), 64-67. https://inlibrary.uz/index.php/digitalization-modern-education/article/view/24652

5. Гайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

6. Ne'matova Flora Baxtiyorovna, IJTIMOIY PEDAGOGIKA, O'quv qo'llanma, "FAN VA TA'LIM" nashriyoti, BUXORO-2022

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182

489

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.