Научная статья на тему 'KELAJAK AVLODNI TARBIYALASHNING PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI'

KELAJAK AVLODNI TARBIYALASHNING PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

867
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KELAJAK AVLODNI TARBIYALASHNING PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI»

KELAJAK AVLODNI TARBIYALASHNING PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

T. Yo'ldoshev

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti "Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim" kafedrasi o'qituvchisi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek, "Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham g'oyat muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo'lib kelgan" Kelajagimizning qanday bo'lishi hozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog'liq. Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va manaviy sog'lom o'sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo'lgan, uyg'un rivojlangan inson bo'lib, XXI asr talablariga to'liq javob beradigan barkamol avlod bo'lib voyaga etish uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratilishini o'z oldimizga maqsad qilib qoyganmiz.

Pedagogikada "shaxs" tushunchasi "inson" tushunchasidan farqli o'laroq, insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar bilan muomalada bo'lishi, munosabat o'rnatish natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ruhiy (olam) xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va hokazo), hayotda o'z o'rnini topa olishi, uning Vatan, xalqning ravnaqi yo'lida og'ishsmay, e'tiqod bilan xizmat qilish, imonli bo'lishi, insonni shaxs darajasiga ko'taradi.

O'zbekiston Respublikasida huquqiy, demokratik jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda uzluksiz ta'lim tizimi oldida barkamol, har tomonlama rivojlangan, erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi. Mazkur vazifa ta'lim va tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo'lish orqali ijobiy hal etiladi. Bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo'lish ularning taqdiri haqida qayg'urish, uning qobiliyatini ko'ra olish, unga ishonish, shuningdek, bolaning xatoga yo'l qo'yish, shaxsiy nuqtai nazarga ega bo'lish huquqini qadrlashni nazarda tutadi.

Ta'lim ijtimoiy hodisa bo'lib, uning tarixi juda uzoqdir. Ta'lim insoniyat jamiyati rivojining dastlabki paytlaridayoq katta rol oynagan. U to'plangan tajribalarni, dunyo haqidagi axborotlarni berish jarayonini ta'minlagan, insoniyatning faqat ijtimoiy rivojlanishiga emas, balki qiyin sharoitlarda yashay olishiga ham yordam bergan.

Uzluksiz rivojlangan jamiyatda ta'limning mukammal jamoa shakli, ya'ni dars ming yillar mobaynida vujudga kelgan.

Bugungi kunda pedagoglarning oldida tarbiyaning maqsadi nima? Uning maqsadini kim va nima belgilab beradi? degan haqli savol turadi. Tarbiya bilan shug'ullanuvchi har bir pedagog o'z faoliyatini va unda ko'zda tutilgan maqsadini aniq tasavvur etishi va bu maqsadni muhimligini tushunishi lozim. Demak, qanday odamni tarbiya qilish zarur, tarbiya natijasida inson qanday bo'lishi kerak degan savollarni tasavvur etish lozim. Bu maqsad jamiyatning komil insonni tarbiyalashdek maqsadiga mos kelishi kerak.

Tarbiyaning vazifalari keng va ko'p qirralidir. Tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy o'zining "Turkiy Guliston yohud axloq" asarida inson kamolotida tarbiyaning o'rnini alohida ta'kidlab, shunday degan edi: "Janobi Haq insonlarning asl hilqatda iste'dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkazmoq tarbiya vositasida bo'ladi. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go'zal xulqlarga odatlanib katta bo'lsa, baxtiyor bir inson bo'lib chiqadi. Agar tarbiyasiz axloqi buzilib o'ssa, nasihatni qulog'iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil, rasvoi odam bo'lib chiqadi"1.

Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, psixologik xarakteri, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir.

Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo'lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g'oyasi turlicha ifodalangan bo'lsada, ammo yo'naltiruvchanlik xususiyati hamda ob'ektiga ko'ra yakdillikni ifoda etadi. Bu borada oilaviy tarbiyaning o'rni beqiyos. Oilaviy tarbiya deganda ota-onalarning o'z hayotlari, turmush tarzlari asosida bola shaxsida dunyoqarash asoslari, siyosiy, ahloqiy, estetik va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida muntazam izchil, g'oyaviy va ma'naviy ta'sir ko'rsatish jarayoni tushuniladi. Biroq bunda jamiyatimiz taraqqiyoti munosabati bilan oila uning barcha hayotiy bosqichlari jiddiy o'zgarishlarga uchrayotganliklarini hamesdan chiqarmaslik kerak.

Maktab o'z tarbiyalanuvchilari orasida madaniy qadriyat va dunyoqarashning tarqalib ketishini tezlashtiradi; olingan bilimlar esa ayrim bitiruvchilarning imkoniyatlarini chegaralasa,

1 Abdulla Avloniy, "Turkiy guliston yoxud axloq". -Toshkent, O'qituvchi. 1992

ayrimlarining o'sishiga yordam beradi. Bolalar o'zlarini ko'p vaqtlarini maktabda o'tkazadilar. Illichning ta'kidlashicha, ular darsda o'rgatilgandan ko'proq narsani maktabdagi muhitdan o'rganadilar. Bolalar birinchi marta mehnat dunyosi nima ekanligini bilib oladilar. Ular kattalar qo'ygan vazifalarni bajarishga kirishib o'ta intizomlilik, tirishqoqlikni o'zlashtiradilar2.

Millatlarning tarixiy, milliy va regional xususiyatlarini hisobga olgan holda o'zbek oilalari taraqqiyotini umumiy va xususiy taraqqiyotlar asosida oilaviy tarbiyani maqsadga muvofiq yaxshilash lozim. Bu davlatimizning oilada yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish jarayoniga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalardan biridir.

Keksalar ko'pincha "Bug'doy eksang bo'g'doy olasan, arpa eksang - arpa olasan" deyishadi. Shuning uchun ham kelajagimizning qanday bo'lishi bu qanday hayot kechirayotganimizga, bolalarimizga qanday tarbiya berayotganimizga, ular qalbini qanday tuyg'ular, qanday orzular bilan to'ldirayotganimizga bog'liq. Hayotning achchiq-chuchugini ko'rgan, sinovlariga bardosh bergan keksa avlodchalik bolalar tarbiyasiga katta mas'uliyat bilan qaraydigan kishi bo'lmasa kerak. Ular o'zlari bilganni sidqidildan farzandlarga o'rgatadilar, ayni paytda donishmandlik bilan yoshlarni yomon xatolardan asrashga harakat qiladilar. Ular insoniyat abadiy zanjirida o'tmishda erishilgan boy ma'naviy qadriyatlarni kelajk avlodga yetkazuvchi bebaho xalqdir.

REFERENCES:

1. Mirziyoyev Sh. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo'lida yanada hamjihat bo'lib, qat'iyat bilan harakat qilaylik. - Т.: O'zbekiston, 2017- B

2. Karimov I. "Asosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish". Marifat. №5. 05.02.2010.

3. Sotsiologiya. Anthoni Giddens T-2002

4. Абдуллаева, Г. А., & Раджаббоева, Р. А. (2020). "OILA, MAKTAB VA MAHALLA HAMKORLIGI" O'QUVCHI-YOSHLARNI TARBIYALASH SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI SIFATIDA. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, (SI-2№ 7).

5. Abdulla Avloniy, "Turkiy guliston yoxud axloq".Toshkent, O'qituvchi. 1992

6. Хдйдарова, X,. Р. (2018). Шахс жинсий идентификацияси психологик феномен сифатида. ЗАДИРИДДИН МУДАММАД БОБУР НОМИДАГИ АНДИЖОН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ, 108.

2 Sotsiologiya. Anthoni Giddens T-2002

7. XaögapoBa, X. P. (2021). OTa-OHanapHHHr BHpTyan negarorHK MagaHHATHHH pHBO^naHTHpnmHHHr aMannfi Macananapn. Academic research in educational sciences, 2(3).

8. G'aybullayeva. N.R. "Oila pedagogikasi". - T.: Fan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.