CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDOGOGIK NIZOLAR HAQIDAGI
QARASHLARI
Nafisaxon Boymirzayeva
Andijon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 2-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada pedagogikada mavjud nizo va muammolar o'rganilib, sharq mutafakkirlarimizning fikrlari va g'oyalari ilgari surilgan. Nizo turlari, kelib chiqish sabablari ko'rib chiqilgan va ulardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda fikr va mulohazalar keltirilgan.
Tayanch so'zlar: axloq-odob, donishmandlik, ma'naviy-axloqiy sifatlar, qadriyat, ma'suliyatsizlik, faxriylar, mehnatsevar, adolatparvar, vatanparvarlik, intizomlilik.
EASTERN THINKERS 'VIEWS ON PEDAGOGICAL CONFLICTS
ABSTRACT
The article examines the existing conflicts and problems in pedagogy and puts forward the views and ideas of Eastern thinkers. Types of disputes, their causes are considered and opinions and comments are given on how to overcome the existing shortcomings in them.
Keywords: morality, wisdom, moral qualities, values, irresponsibility, veterans, hardworking, fair, patriotic, disciplined.
KIRISH
Insoniyat tabiatning eng oliy mahsuli qilib yaratilgan. U o'zining aql zakovati bilan, ongi bilan o'zini himoya qila oladigan mustaqil va erkin qilib yaratilgan. Tabiat hodisalaridan oqilona foydalanib sekin asta ma'naviy qadriyatlarini shakllantirib rivojlana boshlagan. Uy-ro'zg'or yuritish, o'zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshlagan va buning natijasida yoshlarning tarbiyasidagi bosh maqsad donishmandlik sifatlari shakllangan. Donishmandlik pedagogikasida yoshlarda mehnatsevarlik ma'naviy-axloqiy sifatlar bilan uyg'un rivojlantirilishi maqsadga muvofiq ekanligi ilgari surilgan.
Islom dinining muqaddas kitobi bo'lgan "Qur'oni Karim"da inson mohiyati to'la ochib berilgan bo'lib, komil inson tarbiyasi bosh maqsad qilib qo'yilgan. Komil inson bo'lish yo'lidagi ta'lim-tarbiyaga oid tushunchalar hazrat Al-Buxoriyning hadislarida keltirilgan. Jumladan (38-hadis) "Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-
77
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
odobini ham yaxshilangiz"; (626-hadis) "Har bir go'dak Islom tabiatida tug'iladi, so'ng ota-onasi uni yo yahudiy qiladi, yo ma'jusiy qiladi"; (136-hadis) "Hech bir ota o'z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi"
Bundan tashqari Qur'oni Karimda komillikka erishish uchun quyidagi beshta tamoyil talab etiladi:
1. Mehnatim muhabbatim
2. Ma'rifatim sarmoyam
3. Dinim aqlim
4. Ilmim qurolim
5. Sabru-qanoat libosim
Qadriyatlarni vujudga kelishida ta'lim tarbiyaga oid bir qancha g'oyalarni ilgari surgan vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad al-Farg'oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Farobiy (870-950), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va boshqalarning xizmatlari katta bo'lgan.
ASOSIY QISM
Pedogogikada mavjud bo'lgan bir qancha muammolarni mana shunday sharq mutafakkirlarimiz o'z qarashlari bilan ijobiy hal qilish yo'llarini tavsiya etishgan.
Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o'qituvchi va o'quvchi munosabatlari muhim o'rin egallaydi. O'qituvchi bu jarayonda yetakchi hisoblanib, o'quvchiga bilim berish bilan birga ularga halollik, mehr-oqibatlik, sofdillik, odob-axloq sifatlarini ham berib boradi. O'quvchining ko'ngliga yo'l topib, o'zlarining xushmuomalaliklari bilan hurmatga va obro'ga erishadilar. Afsuski hamma o'qituvchilar ham bunday emas. O'quvchiga qo'pollik qilib, ularni ko'nglini o'qishdan sovitib qo'yadilar. O'sib kelayotgan yoshlarni tarbiyasiga salbiy ta'sir o'tkazadilar va natijada o'qituvchi hamda o'quvchi o'rtasida nizolar vujudga keladi.
Pedagogikada ta'lim jarayoni, tarbiya jarayoni, odamlarning tabiati shu darajada murakkabki, o'qituvchi ba'zan istamasa ham o'zining qo'ygan talablarini bajarmagan o'quvchilarga qo'pollik qilib qo'yadi. U o'zining bu harakatini bolaga yaxshilik qilayapman, uni tog'ri yo'lga solayapman deb hisoblaydi va buning natijasida o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida nizo yuzaga keladi. Lekin shu narsani ham inobatga olish kerakki, bunday tarbiyasiz bolalar nosog'lom muhitda tug'iladilar va shu muhitda tarbiyalanadilar. Sa'diy Sheroziyning "Guliston" (Toshkent 1968) asarida keltirilgan "Tarbiya ta'siri bayoni" bobidagi hikoyatlari, Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asaridagi "Mudarrislar to'g'risida", "Maktabdorlar to'g'risida"gi maqolalarida bildirilgan fikrlar yuqoridagi fikrlarimiz dalili bo'la oladi.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Olimlar va soha mutaxassislari pedogogik nizolami o'rganish jarayonida ulami bir necha turlarga bo'lishgan va nizolarning asosiy manbalaridan biri o'qituvchi o'zi ekanligini isbotlashgan.
Birinchi tur nizolar o'qituvchining o'z kasbini noto'g'ri tanlaganidan kelib chiqadi. Ya'ni kimlarningdir tavsiyasi bilan yoki oliy ma'lumotli bo'lish maqsadida shunchaki shu kasbni tanlaganliklari evaziga o'z kasbini sevmaydi va unga sitqidildan yondashmaydi. Natijada ish joyida turli nizolar vujudga keladi.
Ikkinchi tur nizolar esa hozirgi kunda ommalashib ketayotgan qo'shtirnoq ichidagi "qalamkash yozuvchi" o'qituvchilar jamoasida ham uchrab turadi. Bunday o'qituvchilar o'zlarining ma'naviy qashshoq ekanliklarini bilmagan holda jamoadagi ba'zi hollarda esa jamiyatdagi sog'lom muhitni buzadilar. Ular nafaqat hamkasblari bilan balki o'quvchilar va ularning ota-onalari bilan ham kelisha olmaydi. Faqat o'z manfaatlarini o'ylaganliklari bois har xil nizolarni avj oldirib yuradilar.
Uchinchi tur nizolar "dunyoni suv bossa o'rdakka ne g'am" maqolidagi "o'rdak" kabi ish tutadilar. Jamoaga qo'shilmaydi, hech kimga o'zining maslahatini ham bermaydi fikrini ham bo'lishmaydi. Hattoki o'zlarining haq huquqlari uchun ham kurashmaydi. Bu kabi o'qituvchilar pedagogik faoliyatda oz sonda uchraydi va tasodifiy hisoblanadi. Pedagogik nizolarning kelib chiqishida va gazak olishida pedagogik e'tiborsizlik ham sabab bo'ladi.
To'rtinchi tur nizolar jamoadagi faxriylar, nogironlar, himoyaga muhtojlar, homilador va nafaqadagi hodimlarga bepisandlik bilan qarash, ularga e'tiborsizlik qilib, haq huquqlari toptash natijasida kelib chiqadi.
Beshinchi turdagi nizolar aslida turga ham kiritib bo'lmaydi. Sababi o'z kasbini sevuvchi, mehnatsevar va adolatparvar insonlar bo'lib ular hech qanday haqsizlikka chiday olishmaydi va oshkora aytishadi. Lekin bu kabilar hammaga ham birdek yoqavermaydi, natijada turli nizolar kelib chiqishi mumkin. Afsuski bunday vaziyatlarda fidoiy insonlar aybsiz aybdor bo'lib qolishadi. Lekin shuni ham tan olish kerakki mana shunday haqgo'y insonlar har bir jamoada o'z obro'sini yo'qotmaydi.
Mana shunday nizolar bartaraf etilgandagina komillikka yo'l ochiladi. Xususan, komil inson bo'lishlikda sharq mutafakkirlarining izlanishlari yuqori bo'lgan. Ulardan Abu Nasr Forobiy komil insonni va fozil jamoa (yetuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yo'nalishi ekanligiga urg'u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson sa'yi-harakati bilan, mehnati bilan barpo etilishi mumkin. Shu bois Forobiyning fikriga ko'ra nafaqat mamlakatni balki kichik jamoani ham boshqaruvchi shaxs o'zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur. "Aql ma'nolari tog'risidagi" risolasida Abu Nasr Forobiy rahbar shaxs qiyofasida namoyon bo'lishi lozim bo'lgan o'n ikki fazilatni keltirib o'tadi. Bu fazilatlar o'z
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
ifodasini yo'qotmagan holda har Ыг zamonaviy shaxsda o'z aksini topa olishi kerak, zero, u^ inson hayotini mo'tadil kechishi hamda muayyan kasbiy faoliyatlami tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi, sababsiz nizolar kelib chiqishligini oldini oladi.
Abu Rayhon Beruniyning fikricha komillikning asosi ilmli bo'lishda va baгcha illatlarning asosiy sababi esa ilmsizlikdir. Alloma axloqiylik, to'g'rilik, odillik, tadbiгkoгlik, o'zini vazmin tutish, kamtaгlik, insof, ehtiyotkoriik, shuningdek, adolatli va vijdonli bo'lish kabi sifatlarni komil inson qiyofasini aks ettiruvchi eng asosiy sifatlar sirasiga kiritadi.
Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bo'lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo'lishi esa uning yanada yuksalishini ta'minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy xotigamli^ning muhim ko^satkichi ekanligini uqtiгadi.
Alisheг Navoiy asariarida komil inson muammosi ma^aziy o'гinni egallaydi va o'z oreusidagi komil inson shaxsini asaгlaгining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo'lishi borasidagi g'oya ilgaгi suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkoг, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saqovatli, sabr-qanoatli, adolatli, mumvvatli, sog'lom, jismonan baquvvat, mard va jasur.1
Shaгq mutafakkiriarining qarasЫaгini o'z fikrlaгi bilan boyitgan Abdulla Avloniy komil inson qiyofasida vatanparvarlik hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo'lishi kerak deb hisoblaydi. Shu bilan biïga milliy tilning taraqqiy etishi jamiyatning ma'naviy rivojini ta'minlovchi asosiy omil bo'la oladi deb baholaydi.
Sha^ mutafakkiгlaгi jamoaning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o'mi va religa alohida e'tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino bolalarni tarbiyalashda u mansub bo'lgan mikremuhit xususiyatini inobatga olishni ta'kidlaydi. Bolani yomon ta'sirlardan saqlash zaгuгligini uqtiradi. Yomon ta'siгlaг deganda u oiladagi, atrof-muhitdagi, maktabdagi va boshqa munosabatlardagi nizolarni nazarda tutadi.
Pedagog-shoir Hamza Hakimzoda Niyoziy esa "maktab yoshlarni ilmli, odobli qilib tartiyalashi va hunaгga o'гgatishi kerak", - deb ta'kidlagan ekan, yoshlar ma'naviy fazilatlarining shakllanishida mehnatning rolini yuqori baholaydi. She'rlarida bolalarni o'z ota-onalarining mehnatini qadrlashga undaydi. Uning bu g'oyani ilgari srn^ganidan shunday xulosaga kelinadiki, yoshlami hunaгga o'гgatish, ulami mehnat bilan band qilish natijasida turli nizolar kelib chiqishini oldini olish mumkin. Ota-onalarining mehnatini qadriga yetganda esa ula^a bo'lgan hrnmat va mehr ortib boradi. Hamza
1 Xoshimov K. Pedagogika tarixi Oliy o'quv yurtlari va universitetlar talabalari uchun o'quv qo'llanma. - Toshkent, O'qituvchi, 1996, - 191-bet
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Hakimzoda Niyoziy yoshlikda ilm olishning ahamiyati haqida gapirar ekan, "O'qi", "Kitob", "Qalam" kabi she'rlarida ilmni mehnatsiz egallab bo'lmasligi tog'risidagi g'oyani ilgari suradi. Shuning uchun ham u yoshlarga kelajakda o'z orzulariga yetishish, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan mehnat qilish zarurligini ta'kidlaydi. Zero "Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqsh kabidir"
Pedagogik nizolar sharq mutafakkirlarimiz tomonidan juda keng o'rganilgan bo'lib, ular turlicha nazariyalar, konsepsiyalar, yondashuvlar, pozitsiyalar va yo'nalishlarga asoslangan holda tadqiq qilingan. Shu bilan birga nizo turlari, kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish chora tadbirlari allomalarimiz tarafidan ko'rib chiqilgan va ularning xulosa va takliflari asosida hal etilgan.
ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Karimov I. A. "O'zbekiston buyuk kelajak sari" - T.: "O'zbekiston", 1998 - 686 bet.
2. Avliyoqulov N. X. "Pedogogik texnologiya" Darslik. - T.: "Tafakkur bo'stoni", 2012. - 208 bet.
3. Olimov Q. T. va boshqalar. "Pedagogik texnologiyalar" O'quv qo'llanma. T.: "Fan va texnologiyalar" - 2011. - 275 bet.
4. Hamidov A. "Yangi pedogogik texnologiyalar". O'quv qo'llanma. Toshkent - 2004.
5. Azizxo'jayev N. N. "Pedagogik texnologiya va pedogogik mahorat". T.: - Fan 2006.
6. Begimqulov U. SH. "Pedagogik ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti" - T.: 2007. - 305 - bet.
7. Jumayeva S. "Ijtimoiy va pedagogik nizolar: mohiyati va bartaraf etish yo'llari". Metodik qo'llanma. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2011. - 82 - bet.
8. Mahmudov N. M. "O'qituvchi nutq madaniyati". Darslik.
- T.: O'zbekiston milliy kutubxonasi. 2007. - 185 - bet.
9. Musurmonova O. "Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi".
- T.: O'qituvchi, 1996 - 192 - bet.
10. Mahkamov U., Tilabova N., Tilaboyeva SH. "Pedagogik mahorat". O'quv qo'llanma. - T.: 2003. - 168 - bet.
XULOSA