INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© D.B. Gadoeva1H_
1Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada o'smirlik davridagi yoshlarni zamonaviy ijtimoiy pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish, tarbiyalash ularda liderlik kompetensiyalarini shakllantirish yo'llari yoritib o'tilgan.
MAQSAD: ijtimoiy pedagogik texnologiyalardan turlicha yo'nalishda foydalangan holda darslar tashkil etish ularda muloqot qobiliyati, jamoa boshqaruvi, mas'uliyat, tashabbuskorlik, liderlik kompetensiyalarini turli texnologiyalar asosida takomillashtirish lozim. O'smirlik davri eng murakkab va takrorlanmas o'zgacha davr ekanligi inobatga olinib o'ta e'tiborli yondashish zarurligi yuzasidan yondashish maqsadga muvofiq bo'ladi.
MATERIALLAR VA METODLAR: yoshlarda liderlik kompetensiyalarini takomillashtirishda ularning madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir fuqaro shaxsini inson sifatida hurmat qilish unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo'lish, ishga ijodiy yondashish talab qilinadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: o'rganilgan ilmiy qarashlarni umumlashtirish va tahliliy o'rganish natijasida liderlik komopetensiyalariga ta'limiy nuqtai nazardan quyidagi yondashuvni keltirish mumkin, ya'ni liderlik - bu inson o'zining boshqarov mahorati va samarali mehnat faoliyati, shaxsiy hamda kasbiy manfaatlari, o'z maqsadlariga erishishni ta'minlashga undaydigan, ehtiyojlarini uyg'otadigan va rag'batlantiradigan kuchlarning doimiy faolligi tushuniladi.
XULOSA: zamonaviy jamiyatda o'smirlarning liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish dolzarb masalalardan biridir. Jamiyatdagi o'zgarishlar, ijtimoiy munosabatlar va texnologik rivojlanish davrida o'smirlar jamiyatning faol a'zolari sifatida o'z rolini topishlari va shakllantirishlari kerak. Buning uchun ijtimoiy pedagogik texnologiyalar asosida ta'lim berish, o'smirlarning liderlik kompetensiyalarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: ijtimoiy pedagogik texnologiya, liderlik kompetensiyalari, muloqot qobiliyati, tashabuskorlik, jamoa boshqaruvi, loyiha texnologiyalari, o'yin texnologiyalari, maslahat texnologiyalari, treninglar.
Iqtibos uchun: Gadoeva D.B. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar asosida o'smirlarning liderlik kompetensiyalarini takomillashtirish. // Inter education & global study. 2024. №8. B.355-361.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ЛИДЕРСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ ПОДРОСТКОВ НА
ОСНОВЕ СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ_
© Д. Б. Гадоева1И
1Навоийский государственный педагогический институт, Навоий, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье освещаются пути формирования лидерских компетенций у подростков на основе современных социальных педагогических технологий.
ЦЕЛЬ: целесообразно организовывать уроки с использованием различных направлений социальных педагогических технологий, чтобы развивать у подростков коммуникативные навыки, управление командой, ответственность, инициативность и лидерские компетенции. Учитывая, что подростковый возраст является сложным и неповторимым, необходимо уделять этому периоду особое внимание.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе развития лидерских компетенций у подростков важно учитывать их культурный уровень, соблюдать педагогическую этику, уважать каждого человека как личность, не забывая о требовательности. Также необходимо обладать организационными навыками и творческим подходом к работе.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: обобщив и проанализировав изученные научные подходы, можно предложить следующий взгляд на образовательное развитие лидерских компетенций: лидерство — это постоянная активность сил, побуждающих человека совершенствовать свои управленческие навыки, стремиться к достижению личных и профессиональных целей.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: развитие лидерских компетенций у подростков является одной из актуальных задач современного общества. В условиях социальных изменений и технологического прогресса подростки должны находить и укреплять свою роль как активные члены общества. В этом процессе важную роль играют социальные педагогические технологии.
Ключевые слова: социальная педагогическая технология, лидерские компетенции, коммуникативные навыки, инициативность, управление командой, проектные технологии, игровые технологии, консультативные технологии, тренинги.
Для цитирования: Гадоева Д.Б. Совершенствование лидерских компетенций подростков на основе социально-педагогических технологий. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 355-361.
IMPROVEMENT OF LEADERSHIP COMPETENCIES OF TEENAGERS ON THE BASIS OF SOCIAL PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES_
© Dildora B. Gadoeva1®
1Navoiy State Pedagogical Institute, Navoiy, Uzbekistan_
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Annotation
INTRODUCTION: this article highlights the methods for developing leadership competencies in adolescents through modern social pedagogical technologies.
AIM: it is important to organize lessons using various approaches to social pedagogical technologies to improve communication skills, team management, responsibility, initiative, and leadership competencies in adolescents. Considering that adolescence is a complex and unique period, it requires a particularly attentive approach.
MATERIALS AND METHODS: in enhancing leadership competencies among adolescents, it is necessary to consider their cultural level, adhere to pedagogical ethics, respect each individual as a person without forgetting the importance of maintaining standards, possess organizational skills, and adopt a creative approach to work.
DISCUSSION AND RESULTS: by summarizing and analyzing the studied scientific views, the following educational approach to leadership competencies can be proposed: leadership is the continuous activation of forces that encourage a person to improve their management skills, pursue personal and professional goals, and maintain motivation.
CONCLUSION: developing leadership competencies in adolescents is one of the pressing issues in modern society. In the context of social changes and technological progress, adolescents must find and establish their role as active members of society. In this process, social pedagogical technologies play a crucial role.
Key words: social pedagogical technology, leadership competencies, communication skills, initiative, team management, project technologies, game technologies, advisory technologies, training sessions.
For citation: Dildora B. Gadoeva (2024) 'Improvement of leadership competencies of teenagers on the basis of social pedagogical technologies', Inter education & global study, (8), pp. 355-361. (In Uzbek).
O'tish davri yoki o'smirlik bu — bolaning katta insonga aylanishining uzoq va qiyin bosqichi. JSST o'smirlarni 10 yoshdan 19 yoshgacha bo'lgan bolalar va yoshlar deb belgilaydi. Aynan bu davrda psixologik, jismonan, biologik o'zgarishlar o'smirlarda jadallik bilan kechadi. O'smirlik davrida ijtimoiy muhit-ta'lim, jamiyat, do'stlar, oila yetakchilik bilan ularning to'g'ri yo'nalish bo'yicha shakllanishi, ravnaq topishiga, mana shu davrdan yengillik bilan o'ta olishiga ko'maklashishi zarur bo'ladi. Aynan bu davr yuksaklikka yetaklovchi, yashirin qirralarni namoyish etish uchun eng maqbul davr bo'lib, o'smirlaning jamiyatda faol o'ringa ega bo'lishi hamda liderlik, yetakchilik, faollik kompetensiyalarini yuzaga olib chiqa olishi va bunga ijtimoiy ko'mak zarurligi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar tushunchasi.
Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar — bu pedagogik jarayonda ijtimoiy muhitni va resurslarni samarali qo'llash orqali yoshlarning bilim olish, mahorat va kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan usullar va vositalarning majmuasi hisoblanadi. Bu texnologiyalar jamiyatdagi o'zgarishlar, o'smirlar bilan muloqot qilish va ularni ijtimoiy faoliyatga jalb etish
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 8
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
usullariga moslashtiriladi. Asosiy vazifa esa o'smirlarning individual imkoniyatlarini rivojlantirish va ularda mustaqil fikrlash, yetakchilik,liderlik qobiliyatlarini shakllantirishdir.
Liderlik kompetensiyalari nima? Liderlik kompetensiyalari bu o'smirlarning o'ziga xos qobiliyatlari bo'lib, ularga guruhda yetakchilik qilish, muammolarni hal qilish, qaror qabul qilish va jamiyatda o'z o'rnini topish imkonini beradi. Yetakchilik qobiliyatlari rivojlangan o'smirlar kelajakda ishbilarmonlik, tadbirkorlik yoki ijtimoiy faoliyatda muvaffaqiyat qozonishga katta imkoniyatga ega bo'ladi. Bu kompetensiyalar quyidagi komponentlarni o'z ichiga oladi:
Muloqot qobiliyati: samarali va to'g'ri muloqot qilish, o'z fikrini aniq yetkazish. Tashabbuskorlik: yangi g'oyalar va loyihalarni ilgari surish va ularni amalga oshirish qobiliyati. Jamoa boshqaruvi: guruh ishlarini tashkil etish va boshqarish, jamoani birlashtira olish. Mas'uliyat: qabul qilingan qarorlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olish. O'quvchilarda liderlik kompetensiyasining shakllanishi besh bosqichdan iborat bo'lib, ular quyidagilarni tashkil etadi:
-o'quvchining qobiliyatni aniqlash;
-o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish va ularni komil inson qilib shakllantirish; -chiniqtirish (harbiy mashqlar, IIB xodimlarni odob-axloq kodeksini bilish kompetensiyasi rivojlantirish)
-kichik va katta hajmdagi topshiriqlar berish; -ishonch (guruhda lider bo'lish imkoniyatini berish); Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar va liderlik kompetensiyalarining o'zaro aloqasi. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar o'smirlarning liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim vositalardan biri bo'lib xizmat qiladi. Ushbu texnologiyalar o'quv -tarbiyaviy jarayonda turli usullar va strategiyalarni qo'llashni o'z ichiga oladi. Quyidag i pedagogik texnologiyalar liderlik qobiliyatlarini rivojlantirishga ko'mak beradi:
1. Loyiha texnologiyalari: O'smirlarni loyihalar asosida ishlashga jalb qilish ularda tashabbuskorlik va ijodkorlikni rivojlantiradi. Loyihalarda yetakchi bo'lish, jamoani tashkil qilish va loyihaning bajarilishini nazorat qilish ularda mas'uliyatni oshiradi.
2. O'yin texnologiyalari: Rol o'ynash va turli o'yinlar orqali o'smirlar turli ijtimoiy vaziyatlarni o'rganadi,rollarda yashirin qobiliyatlar yuzaga chiqishi mumkinligi e'tiborga olinib ungga ko'ra yondashiladi. Muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi va rahbarlik qobiliyatlarini oshiradi. Bu usul ularning ijtimoiy tajribasini boyitadi.
3. Treninglar va mahorat darslari: Treninglar orqali o'smirlarning muloqot, jamoa boshqaruvi, muammolarni hal qilish qobiliyatlari takomillashadi. Liderlikka oid maxsus treninglar ularni liderlik qobiliyatlarini amalda qo'llashga tayyorlaydi.
4. Maslahat texnologiyalari: O'smirlar bilan individual yoki guruhiy maslahatlar o'tkazish orqali ularning o'ziga ishonchini oshirish, muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish mumkin. Ushbu texnologiya o'smirlarning qiyinchiliklarni yengishga o'rgatadi va ular yetakchilik qobiliyatlarini kuchaytiradi.
O'smirlar liderligini rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyati.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
O'smirlarning liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish nafaqat individual darajada, balki jamiyatda ham katta ahamiyatga ega. Yetakchi bo'lishga intilgan va bu qobiliyatlarni egallagan o'smirlar jamiyatda faol fuqarolar sifatida o'z o'rinlarini topadilar, ijtimoiy va iqtisodiy hayotda faol ishtirok etadilar. Shuningdek, yetakchilik kompetensiyalari rivojlangan yoshlar kelajakda rahbarlik vazifalarini bajarishda ham muhim rol o'ynaydilar.O'qituvchi tomonidan quyidagi qoidalar amalga oshirilsa o'quvchilarda lider qobiliyat shakllanadi:
-o'quvchi nafaqat o'quv mashg'ulotining maqsadini, balki uning yakunida taxminan qanday o'quv natijalarga erishish mumkinligini ham bilishi zarur;
-o'quv natijalariga erishish yo'llari ko'rsatilganda - berilgan ishga ma'lum bo'lgan usul yoki texnikani o'rganish va qo'llashni yoki ishlar tartibi bo'yicha batafsil yo'riqnoma yoki ko'rsatmani mustaqil aytib berish zarur;
-o'quvchi nazoratning shakli va turi: yozma-esse, hisobot, referat va boshqalar, og'zaki-taqdimot, savollarga javob berish va boshqalar, shuningdek har bir o'quv topshirig'ini baholashni sifat va miqdoriy mezonlari bilan tanishtirilgan bo'lishi zarur;
-o'zini o'z tekshirish uchun har bir o'quv mashg'ulotiga tavsiya etilayotgan topshiriq (test, savol, vazifa va mashqlar) joriy pedagogik nazoratni va talaba tomonidan ko'zlanayotgan ta'limiy maqsadlarga erishish darajasini doimiy o'zi baholashni ta'minlaydi;
-"O'quv fani bo'yicha o'quvchini o'quv natijalarining yutuqlar varag'i" ishlab chiqish. U o'quvchi tomonidan reyting ballarning to'planishi to'g'risida tezkor ma'lumotlarni olishning vositasi hisoblanadi.
Ammo yana bir muhim jihat borki bu ham bo'lsa o'smirlardagi ma'naviy bo'shliqdir. Ba'zi lisey o'quvchilarining ongidagi ma'naviy bo'shliqning ijtimoiy kelib chiqishi sababalarini aniqlash, ularni hal qilish mexanizmini yaratish kabi yangi muammolarning yechimini topish uchun pedagogik va sotsiologik tushunchalarning tutashligiga asoslangan yangi metodologiya talab etmoqda. Inson shaxsini shakllantirishda undagi tabiiy (irsiy) va ijtimoiy xususiyatlarini, uning oliy nerv faoliyati imkoniyatlarini hisobga olib yondashmoq lozim. Inson organizmining biologik va sub'ektiv (shaxsiy tomonlari) asosida o'z-o'zini tarbiyaga olish, sharoitga moslashish, ma'lum ob'ektga yo'naltirish qonunlarini bilish asosida uning tarbiyasini tashkil etish lozim. Shaxs shakllanishi jarayonida ichki va tashqi ta'sir imkoniyatlari o'zaro omuxta qilish, tarbiya jarayonini yoshlar faoliyatining xususiyatlari, qizishini anglash kabi muhim xususiyatlari asosida shaxsning erkinligi va g'ururini paymol qilmasdan, demokratik, insonparvarlik va milliy tamoyillarga tayanib, ularda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish davr talabidir.
Yoshlarimiz, farzandlarimiz ongi, tafakkurini yot va zararli ta'sirlardan himoyalash, ichki dunyosini komillik sari yo'naltirish orqali bo'shliqlarni to'ldirish bugunning dolzarb masalalaridan biridir. Nega deganda, biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o'tgan, yuksak ma'naviyat xazinasi bo'lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz.Qaysi mamlakatda iste'dodli, fidoyi hamda ijodkor yoshlar qanchalik
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ko'p bo'lsa, o'sha е^ ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot ko'zga tashlanadi. Kdajagini o'ylagan davlat ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ijodiy faoliyatga kеng yo'l ochib bеradi. "O^^ston yoshlari - 2030" konsеpsiyasi loyihasida "kadrlarning turli xil salbiy vaziyatlarga chidamlilik va mojarolarni boshqarish kabi qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida psixologik va sotsiologik tеstlar o'tkazish hamda ularni tеgishli rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish tizimini ishlab chiqish" vazifasi bеlgilanganligi y osh rahbarlarning ijtimoiy-psixologik kompеtеntligini yuksaltirishni talab etadi. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar asosida o'smirlarning liderlik kompetensiyalarini takomillashtirish ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim asos bo'lib xizmat qiladi. Ushbu texnologiyalar orqali o'smirlar mustaqil, mas'uliyatli va tashabbuskor shaxslar sifatida jamiyatda o'z o'rnini topadi. Shunday qilib, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish ta'lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri bo'lishi lozim.O'smirlar yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish kelajakda jamiyatda faol va muvaffaqiyatli shaxslar sifatida o'z o'rinlarini topishlariga yordam beradi.
-ijtimoiy pedagogik texnologiyalar asosida mashg'ulot darslari tashkil etish va buning doimiy tashkil etilishiga erishish;(haftada 2 yoki 3 kunga mo'ljallanishi) -ijtimoiy institutlar faoliyatini o'rgatish; -sayohatlar tashkil etish, ijtimoiy turizmni takomillashtirish; -maslahat treninglari va o'rnak qilib ko'rsata oladigan boshqaruvchi, lider rahbarlar uchrashuvini tez-tez uyushtirish;
-o'smirlarining o'z ishtiroklari yordamida turli so'rovnomlar tashkil etish va bu so'rovnomalarga o'zlarini mas'ul qilib qo'yish.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. G'aniyev A.G "10-11-sinf va akademik litsey o'quvchilarida "to'la fikrlash" ko'nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish" Monografiya.Qarshi "Fan va ta'lim nashriyoti 2021 y.
2. Amonov, B. (2021). Pedagogik texnologiyalar va ularning o'smirlarni tarbiyalashdagi o'rni. Toshkent: O'zbekiston Milliy Entsiklopediyasi.
3. Asqarov, O. (2020). Liderlik qobiliyatlarini shakllantirishda innovatsion pedagogik yondashuvlar. Samarqand davlat universiteti nashri
4. Rahimova, D. (2019). O'smirlarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari. Pedagogik Innovatsiyalar Jurnali, 3(1), 45-50.
5. Karimova, N. (2022). O'quv jarayonida loyihaviy faoliyatni tashkil etish va uning ta'limiy samaradorligi. Toshkent: Fan va Texnologiya nashriyoti.
6. Vygotsky, L.S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Takliflar:
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
^Gadoeva Dildora Baxtiyorovna, mustaqil tadqiqotchi, [Гадоева Дильдора Бахтиёровна, независимый исследователь], [Dildora B. Gadoeva, independent researcher]; manzil: O'zbekiston, Navoiy sh., Ibn Sino ko'chasi, 45-uy [адрес: Узбекистан, ул. Ибн Сина, 45, г. Навоий], [address: Uzbekistan, 45, Ibn Sina st., Navoiy city]