Научная статья на тему 'IJTIMOIY KORXONALAR FAOLIYATINI YURITISH UCHUN ENG QULAY MAMLAKATLAR RO’YXATIGA KIRISH ORQALI IJTIMOIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH'

IJTIMOIY KORXONALAR FAOLIYATINI YURITISH UCHUN ENG QULAY MAMLAKATLAR RO’YXATIGA KIRISH ORQALI IJTIMOIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
172
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
ijtimoiy tadbirkorlik / hukumatning qo'llashi / malakali kadrlar / aholining tushunchhasi / yashash darajasi / rivojlanish potensiali / social entrepreneurship / government support / qualified personnel / perception of the population / standard of living / development potential

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Elmurod Shuhrat O’g’li Narzullayev, Nosir Mahmudovich Mahmudov

Ushbu maqolada ijtimoiy tadbirkorlik sohasi haqida ma’lumot beruvchi dunyoning nufuzli reytinglarining talablarni bajarish hamda investorlarga qulay sharoit yaratish orqali ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING SOCIAL ENTREPRENEURSHIP BY JOINING TO THE LIST OF THE MOST FAVORABLE COUNTRIES FOR SOCIAL ENTERPRISES

This article discusses the development of social entrepreneurship by meeting the requirements of the world's leading rankings, which provide information about the field of social entrepreneurship, and creating a favorable environment for investors.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY KORXONALAR FAOLIYATINI YURITISH UCHUN ENG QULAY MAMLAKATLAR RO’YXATIGA KIRISH ORQALI IJTIMOIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH»

IJTIMOIY KORXONALAR FAOLIYATINI YURITISH UCHUN ENG QULAY MAMLAKATLAR RO'YXATIGA KIRISH ORQALI IJTIMOIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

Elmurod Shuhrat o'g'li Narzullayev

Namangan muhandislik-texnologiya instituti tayanch doktaranti Ilmiy rahbar: Nosir Mahmudovich Mahmudov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, iqtisod fanlari doktori, professor

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada ijtimoiy tadbirkorlik sohasi haqida ma'lumot beruvchi dunyoning nufuzli reytinglarining talablarni bajarish hamda investorlarga qulay sharoit yaratish orqali ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy tadbirkorlik; hukumatning qo'llashi; malakali kadrlar; aholining tushunchhasi; yashash darajasi; rivojlanish potensiali

DEVELOPING SOCIAL ENTREPRENEURSHIP BY JOINING TO THE LIST OF THE MOST FAVORABLE COUNTRIES FOR SOCIAL ENTERPRISES

ABSTRACT

This article discusses the development of social entrepreneurship by meeting the requirements of the world's leading rankings, which provide information about the field of social entrepreneurship, and creating a favorable environment for investors.

Keywords: social entrepreneurship; government support; qualified personnel; perception of the population; standard of living; development potential

Dunyo bo'ylab ko'plab mamlakatlarda ijtimoiy tadbirkorlar soni keskin oshmoqda va ular mavjud ijtimoiy muammolarga tadbirkorlik hamda biznes orqali yechim topishga urinmoqdalar. Ammo bu jadal rivojlanib kelayotgan sohadagi tadbirkorlar va investorlarda ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlaydigan va qo'shimcha imkoniyatlar yaratib beradigan mamlakatlar haqida yetarlicha ma'lumotlar mavjud emasligi katta muammo edi. Bu esa, korxonalar faoliyatini kengaytirishi mumkin bo'lgan potensial bozorning noma'lum muhiti tufayli riskni oshirib yubordi. Yuqoridagi mavjud bo'shliqni to'ldirish uchun 2016-yili Thomson Reuters Foundation hamda "Deutsche Bank" ning Korporativ Ijtimoiy Javobgarlik (CSR) bo'limi dunyoning eng nufuzli ekspertlari bilan hamkorlikda birinchi global ijtimoiy tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqishdi1. Bu dastur aynan ijtimoiy korxon va investorlarni mamlakatlardagi ijtimoiy sohalar holati, yaratilgan imkoniyatlar hamda tadbirkorlik

1 https://poll2019.trust.org/

Uzbekistan

faoliyatini boshlash potensiali haqida keng ko'lamli ma'lumotlar va tahlillardan boxabar qilishga mo'ljallangan.

Bu turdagi so'rov va tahlilarni 2019-yildan Forbes takrorladi va ko'plab hayratlanarli natijalarga erishdi . Forbes jurnalida hukumat tomonidan ijtimoiy tadbirkorlik sohasiga e'tibor qaratayotgan dunyodagi top mamlakatlarining kuchli va zaif sohalarini ta'kidlanadi hamda oxirgi uch yil ichidagi o'zgarishlar bo'yicha ma'lumot va xulosasi beriladi. Tadqiqot va tahlillar orqali ijtimoiy tadbirkorlar, siyosatchilar va investorlarni yanada sohaga jalb qilish, bu orqali ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishning innovatsion usullarini o'rganish va amaliyotga tatbiq etish bosh maqsad qilib oligan. Shuningdek, tahlil jarayonida ayollar va yosh ijtimoiy tadbirkorlar, bundan tashqari, ijtimoiy ta'sir ko'rsatishga intilayotgan yangicha uslubdagi korxonalari mavjud mamlakatlarga alohida e'tibor qaratiladi.

Mamlakatlardagi ijtimoiy tadbirkorlarga bo'lgan e'tibor va investorlarni jalb qilish uchun yaratilgan imkoniyatlar quyidagi 6 ta asosiy yo'nalishlar bo'yicha

"5

aniqlanadi va baholanadi :

• Hukumatning qo'llab-quvvatlashi;

• Malakali xodimlarni o'ziga jalb qila olishi;

• Aholining sohani tushinishi;

• Yashash sharoitining yaratilganlik darajasi;

• Sohani tez rivojlantira olish potensiali;

• Investitsiya kiritishga ruhsatning mavjudligi;

Dunyodagi eng yirik yangiliklar va axborot provayderi Thomson Reuters jamg'armasi, ijtimoiy tadbirkorlar uchun qulay muhitni yaratish bo'yicha Jahon bankining reytingida eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan 45 mamlakatlar bo'yicha tadqiqotlar amalga oshirdi. Natijalarni ishonchli bo'lishini ta'minlash uchun har bir mamlakatdan ijtimoiy tadbirkorlik yo'nalishidagi akademiklar, tadbirkorlar, investorlar, sarmoyadorlar va qo'llab-quvvatlash tarmoqlari xodimlari kabi eng kamida 12 tadan mutaxassis bilan bog'langan holda tahlil qilindi4.

Ushbu usul statistik jihatdan ishonchli ma'lumotlarni taqdim etish uchun yetarli deb hisoblangan. Ikki mamlakatda, faqat Eron va Saudiya Arabistonida Thomson Reuters jamg'armasida kerakli ma'lumotlardan foydalanish imkoni mavjud emas edi, shuning uchun ikkala mamlakat ham ro'yxatdan tushirib qoldirilgan.

Mamlakatlardagi ijtimoiy tadbirkor va investorlarga yaratilgan muhitni baholash uchun quyidagi talablarga e'tibor qaratiladi5:

1. Ijtimoiy tadbirkorlar o'z bizneslarini boshlash va rivojlantirish uchun muhitning qulayligi;

2 https://www.forbes.com/

3 K. Tran "The Best Country to be a Social Entrepreneur" -2019

4 https://www.db.com/what-we-do/responsibility/society/made-for-good

5 K. Tran "The Best Country to be a Social Entrepreneur" -2019

2. Davlat siyosatining ijtimoiy tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash darajasi;

3. Ijtimoiy tadbirkorlar grant mablag'larini qo'lga kiritirishining oson yoki qiyinligi;

4. Ijtimoiy tadbirkorlar faoliyati davomida zaruriy moliyaviy, huquqiy va texnik maslahatlar, bozorlar va tarmoqlarga kirish uchun murabbiylik kurslari va treyninglarga qatnasha olish imkoniyatining mavjudligi;

5. Ijtimoiy korxonalarga investitsiya, qarz yoki qo'shimcha kapitallarni kirish tizimining soddaligi;

6. Davlat xaridlari tizimida ijtimoiy tadbirkorlarga ustuvorlik berish;

7. Ijtimoiy tadbirkorlar tovar va xizmatlarini boshqa tadbirkorlarga sota olish imkoniyati;

8. Ijtimoiy tadbirkorlar tovar va xizmatlarini jamoatchilikka sota olish imkoniyati;

9. Ijtimoiy korxonalarga zarur ko'nikma va tajribaga ega bo'lgan xodimlarni faoliyat yuritihga bo'lgan xohishining darajasi;

10. Umumiy jamoatchilikning ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati haqidagi tushunchasi;

11. Ijtimoiy tadbirkorlar mamlakatdagi faoliyatlaridan tirikchilik qila olishlari mumkinligi;

12. Ijtimoiy tadbirkorlik tobora rivojlanib borayotgani;

"Tomson Reuters" jamg'armasi tomonidan "Deutsche Bank" bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va umumiy reytingga asoslangan 12 ta savollar va tahlil natijalaridan foydallangan holda Khan Tran boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi 2019-yilda "Forbes" jurnali uchun yangi so'rov otkazdilar. Thomson Reuters Foundation so'rov natijalari har bir mamlakatda kamida 12 mutaxassisga asoslangan bo'lsa, "Forbes" yanada ishonchlilikni oshirish uchun ekspertlar sonini 20taga yetkazdi6. Yangi ro'yxatga har bir mamlakatdan Google qidiruvi va Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda eng faol bo'lgan taniqli ijtimoiy tadbirkorlar qo'shildi. Umuman olganda, 900 ga yaqin mutaxassislardan 664 tasining javobi bilan so'rov natijalari yakunlandi, bu esa 75% ga yaqinni tashkil etdi. Respondentlarning 44 foizini ayollar, 55 foizini erkaklar tashkil

n

etdi. Ulardan uchtasi jinsini aytmaslikni afzal ko'rgan .

2019-yilgi tadqiqot natijalari 12 ta o'lchov asosida eng chuqur statistik ma'lumotlarni o'rganib 43 ta eng yuqori ko'rsatkichga ega davlatlarning har birida ijtimoiy korxonalar holatini batafsil bayon qildi. Hisob-kitoblar har bir mamlakat uchun mustaqil ravishda amalha oshirildi. So'nggi natijalarni e'lon qilishda mamlakatning ijtimoiy, moliyaviy holati va davlat tomonidan tadbirkorlarini qo'llab-quvvatlashiga ham alohida e'tibor berildi.

6 https://www.forbes.com/

7 https://www.forbes.com/

Ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish va sohaga investitsiya kiritish uchun eng qulay mamlakatlar reytingi (1-jadval)s:

№ 2016-yil ("Tomson Reuters" reytingi) 2019-yil ("Forbes" reytingi)

1. AQSh Kanada

2. Kanada Avstraliya

3. Buyuk Britaniya Fransiya

4. Singapur Belgiya

5. Isroil Singapur

6. Chili Daniya

7. Janubiy Koreya Niderlandiya

8. Gang Kong Finlandiya

9. Malayziya Indoneziya

10. Fransiya Chili

Kanada deyarli har bir kategoriyani izchil takomillashtirish orqali 2019-yilgi ro'yxatda yetakchiga aylanib oldi. Kanada faqat bir pog'ona yuqoriga ko'tarilgan bo'lsada, AQSh ni quvib o'tish kichik yutuq hisoblanmaydi. 2016-yilda ham mamlakat grand mablag'lardan foydalanish, nomoddiy qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy tovar va xizmatlarni hukumatga sotish qulayligi kabi ko'rsatgichlardan boshqa deyarli barcha kategoriyalarda yuqori natijalarga ega edi9. Sohadagi ko'plab islohotlar natijasida malakali xodimlarni jalb qilish va ijtimoiy mahsulotlarni tadbirkorlarga sotishning qulayligidan boshqa har bir toifada eng yaxshi uch o'rindan birini egalladi. Yuqoridagi kamchiliklarga qaramay, Kanadada yashash darajasining yuqorili, shuningdek, investitsiya kiritish riskining pastligi hamda ijtimoiy korxonalarga investitsiyalarni jalb qilishning osonligi tufayli yuqori ko'rsarkichlarga erishdi.

Avstraliya 2-o'ringa ega bo'lish uchun so'nggi uch yilda 24 pog'ona ko'tarilib, barcha davrlarning eng tez yaxshilanish nomini oldi. Bundan tashqari, umumiy jamoatchilikning ijtimoiy tadbirkorlikni tushunishi bo'yicha mamlakat 41-o'rindan 5-o'ringa chiqa oldi. 2016-yildan beri hukumat va aholi birgalikda ijtimoiy tadbirkorlar uchun samarali muhitni yaratishga katta ahamiyat berdi10. Natijada, Avstraliya texnologiyaga asoslangan ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatini boshlash, ayniqsa investitsiya kiritish uchun eng optimal tanlovlardan biriga aylandi.

Amerika Qo'shma Shtatlari har doim ijtimoiy tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashda yetakchi hisoblangan. Shu sababli 2016-yilgi so'rovlarda u deyarli har bir kategoriyalaming eng yaxshisi bo'ldi. Bu yil Qo'shma Shtatlar 1-dan 32-gacha pasayib, ko'pchilik toifalarda boshqalardan ortda qolib ketdi. Mamlakat 2016-yilda "Barcha

8 K. Tran "The Best Country to be a Social Entrepreneur" -2019

9 Thomson Reuters Foundation "Canada Tops Global Poll as Best Country for Social Entrepreneurs While Britain and U.S. Slump" -2019

10 http://www.tbd.community.com

sharoitlar ijtimoiy tadbirkorlarga o'z faoliyatlarini boshlash va rivojlantirish uchun qulaydir" dasturi tufayli yetakchi edi, ammo, investitsiya olib kirishning qiyinlashuvi, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning pasayishi va sohadagi eng muhim ayollar aktivligining keskin psyishi tufayli AQSh eng kutilmagan pasayishni ko'rsatdi.

Ijtimoiy tadbirkorlik sohasida eng samarali tadqiqotlarni amalga oshirgan uchta mamlakatdan biri bo'lish Pokistonni 2016-yilgi 32-o'rindan 14-ga olib chiqdi. U.S News xabariga ko'ra, Pokiston hayot kechirish sifatiga bo'yicha yashash uchun yomon joylardan biri edi. Biroq, muammoni bartaraf etish uchun hukumat Kanada, Avstraliya va Finlyandiya bilan yashash uchun eng yaxshi mamlakatlar hamkorlik qilishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari, ijtimoiy tadbirkorlikni hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlash va nomoddiy yordamdan foydalana olish imkoniyatini yaratib berish ham zaif taraflaridan bo'lib kelmoqda. Investitsiyakiritishning qulayligi hamda sohadagi ayollarning faolligi Pokistonning eng kuchli taraflari hisobladi. Ayol ijtimoiy tadbirkorlarning yetakchi pozitsiyalari va sohadagi ishtiroki bo'yicha reytingi eng yuqori o'n davlatdan faqat Kanada, Avstraliya va Belgiya ayol rahbarlari uchun ideal manzil ekanligi isbotlay oldilar xolos. Ushbu ro'yxatda kutilmaganda Rossiya, Malayziya va Birlashgan Arab Amirliklari joy egalladilar.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, mamlakatimiz O'zbekistonda ham ijtimoiy tadbirkorlik sohasiga 2019-yildan e'tibor qaratila boshlandi va shu yilning o'zida "yashil iqtisodiyot"ga o'tish strategiyasini qabul qildi11. Bundan tashqari, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institute tomonidan "Ijtimoiy tadbirkorlik to'g'risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Lekin, bu faqat sohaga kirishdagi ilk qadamlar xolos. Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish, jahondagi eng nomdor ijtimoiy tadbirkor va investorlarni mamlakatimiz hududiga jalb qila olish uchun eng avvalo ishonchni qozonish muhim. Bu yo'lda, yuqorida tahlil etilgan, har uch yilda bir o'tkaziladigan so'rovlarning 2022-yilgisiga har bir bo'lim bo'yicha tayyorgarlik ko'rish eng omtimal yechimdir. Hattoki, ijtimoiy sohadagi yetakchi davlatlar ham ko'plab muhim toifalar bo'yicha, masalan, davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, yashash darajasini oshirish va capital va investorlarni jalb qilish kabi kategoriyalarda izchil izlanishlar olib borib, rivojlanishda davom etmoqdalar.

REFERENCES

1. K. Tran "The Best Country to be a Social Entrepreneur" -2019.

2. J. Gregory Dees. The Meaning of Social Entrepreneurship. - 2016.

3. Martin, R. L., & Osberg, S. Social entrepreneurship: The case for definition. Stanford social innovation Review. - 2007.

4. J. Elkington and P. Xartigan The Power of Unreasonable People: How Social Entrepreneurs Create Markets That Change the World. - 2008.

11 N.Oblomurodov saylov oldi dasturidan

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

5. D. Bornstein. How to Change the World: Social Entrepreneurs and the Power of New Ideas - 2005. - B. 88-89

6. Enterprising Ideas. What is a Social Entrepreneur? PBS Foundation. -2018.

7. Company Overview of Omidyar Network. Bloomberg. -2017.

8. N.Oblomurodov saylov oldi dasturi- 2021.

9. Company Overview of Omidyar Network. Bloomberg. -2017.

10. Thomson Reuters Foundation "Canada Tops Global Poll as Best Country For Social Entrepreneurs While Britain and U.S. Slump" -2019.

11. http://www.tbd.community.com

12. https://poll2019.trust.org/

13. https://www.forbes.com/

14. http://www.reuters.org

15. http://schwabfound.org - world economic forum

16. https://www.db.com/what-we-do/responsibility/society/made-for-good

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.