Научная статья на тему 'IJTIMOIY JARAYONLARNING YOSHLAR SOTSIAL MOBILLIGIGA TA‟SIRI'

IJTIMOIY JARAYONLARNING YOSHLAR SOTSIAL MOBILLIGIGA TA‟SIRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sotsial mobillik / sotsial institutlar / yoshlar / jamiyat / ijtimoiy maqom / ijtimoiy jarayonlar / stratifikatsiya / sotsial lift / zamonaviy sotsial muhit / social mobility / social institutions / youth / society / social status / social processes / stratification / social elevator / modern social environment

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ch. M. Ochilboyeva

Mazkur maqolada ijtimoiy jarayonlarning yoshlar sotsial mobilligiga ta‘sirining sotsiologik mazmuni ochib berilgan. Yoshlarda sotsial mobillikning shakllari turkumlangan va mazmun mohiyati tahlil qilingan. Bugungi kunda yoshlar faolligi, mobilligi masalalari juda ham dolzarb masala ekanligini inobatga olgan holda, ularning jamiyatning faol qatlami sifatida shakillanishlarida sotsial mobillikning ahamiyati ochib berilgan. Jamiyat hayotida yoshlarning sotsial mobilligini oʻrganishda olimlarning fikrlariga tayanib, intellektual salohiyatli yoshlarni shakillantirish hamda jamiyat rivoji maqsadida maqolaning sotsial mobilligini oʻrganish asos boʻlib xizmat qiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFLUENCE OF SOCIAL PROCESSES ON YOUTH SOCIAL MOBILIT

This article reveals the sociological content of the impact of social processes on youth social mobility. In young people, the forms of social mobility are categorized and the essence of the content is analyzed. Taking into account the fact that today the issues of youth activism, mobility are a very urgent issue, the importance of social mobility is revealed in their formation as an active layer of society. In the study of social mobility of young people in the life of society, the study of social mobility of the article serves as the basis for the development of society in order to shape young people with intellectual potential, relying on the opinions of scientists

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY JARAYONLARNING YOSHLAR SOTSIAL MOBILLIGIGA TA‟SIRI»

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

IJTIMOIY JARAYONLARNING YOSHLAR SOTSIAL MOBILLIGIGA TA'SIRI

Ch. M. Ochilboyeva

Sotsiologiya 4-kurs talabasi, O'zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ijtimoiy jarayonlarning yoshlar sotsial mobilligiga ta'sirining sotsiologik mazmuni ochib berilgan. Yoshlarda sotsial mobillikning shakllari turkumlangan va mazmun mohiyati tahlil qilingan. Bugungi kunda yoshlar faolligi, mobilligi masalalari juda ham dolzarb masala ekanligini inobatga olgan holda, ularning jamiyatning faol qatlami sifatida shakillanishlarida sotsial mobillikning ahamiyati ochib berilgan. Jamiyat hayotida yoshlarning sotsial mobilligini o'rganishda olimlarning fikrlariga tayanib, intellektual salohiyatli yoshlarni shakillantirish hamda jamiyat rivoji maqsadida maqolaning sotsial mobilligini o'rganish asos bo'lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: sotsial mobillik, sotsial institutlar, yoshlar, jamiyat, ijtimoiy maqom, ijtimoiy jarayonlar, stratifikatsiya, sotsial lift, zamonaviy sotsial muhit

INFLUENCE OF SOCIAL PROCESSES ON YOUTH SOCIAL MOBILITY

Ch. M. Ochilboyeva

Sociology 4th year student, National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan

ABSTRACT

This article reveals the sociological content of the impact of social processes on youth social mobility. In young people, the forms of social mobility are categorized and the essence of the content is analyzed. Taking into account the fact that today the issues of youth activism, mobility are a very urgent issue, the importance of social mobility is revealed in their formation as an active layer of society. In the study of social mobility of young people in the life of society, the study of social mobility of the article serves as the basis for the development of society in order to shape young people with intellectual potential, relying on the opinions of scientists.

Keywords: social mobility, social institutions, youth, society, social status, social processes, stratification, social elevator, modern social environment

Mobillik lotincha "mobilis" - "harakatchanlik" degan ma'noni anglatib, jamiyatni tashkil etuvchi sotsial guruhlar a'zolari, ijtimoiy jarayonlar ishtirokchilari,individlar, tabaqa vakillarining bir sotsial pozitsiyasidan boshqasiga o'tishlari sotsiologiyada sotsial mobillik deyiladi. Sotsial mobillik tushunchasini sotsiologik tadqiqotlar doirasiga P.Sorokin 1927-

April 20, 2024

437

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

yilda kiritgan edi [1]. Sotsial mobillik kishilarning muayyan ijtimoiy guruh va tabaqalardan boshqalariga o'tishlarini, shuningdek ayni bir sotsial tabaqa doirasida mashg'ulotlarning o'zaro almashtirilishini anglatadi. Sotsial mobillik tushunchasi guruhlar va bir butun jamiyatlar "ochiqligi" va "yopiqligini" tavsiflash uchun ishlatiladi [2]. O'zgarishlar yo'nalishiga qarab vertikal (ko'tarilish va pasayish) va gorizontal sotsial mobillik bo'yicha faqlanadi. Bu sotsial mobillikning emperik ko'rsatkichi bo'lib u o'zgaruvchanlik -mobillik, barqarorlik-stabillik indeksi sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari mobil(o'zgaruvchan) shaxslarning jinsi, ma'lumot darajasi, intellektual salohiyati, millati, irqi, turar joyiga qarab ham sotsial mobil shaxlarning miqdoriy ko'rsatkichlari o'rtasidagi mos keluvchi koeffitsientlari hisoblanishi mumkun. Sotsial mobillik darajasini aniqlash yordamida u yoki bu jamiyat "an'anaviy", "zamonaviy", "indisturial", "postindustrial" va hakozolarga bo'linadi. Yoshlar sotsial mobilligini tartibga solishning dinamik modeli tayyorgarlik bosqichini o'z ichiga oladi va tartibga solishning maqsadi va xarakteri bilan belgilanadi.

Yoshlarning o'sib boruvchi mobilligining omillari sifatida quyidagilar xizmat qiladi: siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, jamiyatdagi harakatchanlik doirasining kengligi, ota-onaning ta'lim darajasining yuqoriligi, moddiy farovonlik, shaharlik bo'lish, tijorat yoki xususiy tadbirkorlik sohasida band bo'lish, ma'lum shaxsiy xususiyatlarga ega bo'lish (tirishqoqlik, intiluvchanlik, muloqotga kirishish, egiluvchanlik, o'zgarishlarga tayyorlik). Pasayib boruvchi mobillikning omillari- jamiyat sotsial tuzulishining keskin o'zgarishi, siyosiy va iqtisodiy tanazzullar, ma'lum kasbdagi mutaxasislar tayyorlash hajmining mehnat bozori ehtiyojlariga mos kelmasligini keltirib o'tish mumkun. Ammo, jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar o'rtasidagi mutloq chegaralarning o'zi yo'q. Ba'zi qatlamlar vakillari boshqa qatlamlarga o'tishlari mumkin. Ko'pincha bunday xarakatlar sotsial institutlar orqali sodir bo'ladi. P.A.Sorokin dastlab bunday sotsial mobillik kanallarini armiya, cherkov va maktab kabi sotsial institutlar orqali ifodalagan [3].

Insonlarning sotsial jamoalar va sotsial jarayonlarda tutgan o'rni, ular o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish sotsiologiya fanining asosiy vazifasidir,shu bilan birga jamiyat va shaxsning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ma'naviy hayotidagi faoliyati va ijtimoiy mazmunini o'rganadigan fan hamdir. Jamiyat tuzilishini, uning elementlari va ularning yashash sharoitlarini va shu tuzumda sodir bo'layotgan ijtimoiy jarayonlarni ham o'rganish fanning asosiy bahs mavzuidir. T.Parsons ta'kidlagan ediki, sotsiologiya boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o'laroq butun jamiyatga, ijtimoiy tizimlarning birlashuviga taalluqli bo'lgan tizim va jarayonlarni o'rganadi [4]. Sotsiologiya shaxsni jamiyatda bajarayotgan faoliyati, o'zlashtirilgan maqomlarini ijtimoiy tizim jarayonlari bilan chambarchas bog'liqlikda o'rganadi. Kundalik hayotda ijtimoiy jarayonlarning barcha ko'rsatilgan shakllari parallel ravishda o'zgarishi, o'rin almashishi yoki oqimlarni vujudga keltirshi mumkin. Ijtimoiy jarayonlar bir-biridan toqozo qilishi, qarshi turish yoki joy almashishlari mumkin. Shu bilan

438

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti National University of Uzbekistan

y

Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

birga, odatda, ijtimoiy jarayonlar har qanday ijtimoiy o'zgarishlarning va hodisalarning asosi bo'lib, ular tizimni tiklash, saqlash va almashtirishga yordam berishi mumkin.

Ijtimoiy jarayonlar kishilarning ijtimoiy hayotda yakdil va ommaviy ishtiroki adolat, insof, sadoqat singari tushunchalarga ega bo'lgan umumiy qarashlarni tarkib toptiradi. Davlat tuzumi hamda jamiyatning barqarorligini saqlash uchun kishilarga mavjud ijtimoiy tuzumga nisbatan tug'ilishi mumkin bo'lgan siyosiy-axloqiy va iqtisodiy ma'naviy xavflar xususida ma'lumotlar berib borish hamda ularni ogoh qilib borish zarur.Shundagina ularda davlat va jamiyat mustahkamligiga doir mas'uliyat paydo bo'ladi va davlat va jamiyat rivoji uchun qayg'ura boshlaydilar. Ijtimoiy jarayonlar - bu jamiyatda sodir bo'layotgan jarayonlarning o'zgarishi demakdir. Ijtimoiy jarayonlar yo'naltirilgan, yo'naltirilmagan nostandart, qaytariladigan va qaytarilmaydigan, o'sib boruvchi va so'nib boruvchi, chiziqli,qadamli, davriy va spiralli turlarda namoyon bo'ladi. Yo'naltirilgan jarayonlar -o'zlarining aniq yo'nalishlari, harakat maqsadlari ahamiyatga ega bo'lgan jarayonlardir. Ularning natijalarini maksimal aniqlik bilan qabul qilish mumkin. Misol: nikoh jarayoni, ishlab chiqarishni isloh qilish jarayoni. Bunday jarayonning natijasiga qandaydir ta'sir etishi mumkin bo'lgan ko'plab tashqi omillar mavjud.Bunday ijtimoiy jarayon nikoh orqali vertikal sotsial mobillikni yuzaga keltiradi.

Yo'naltirilmagan nostandart jarayonlar - oldindan aytib bo'lmaydigan jarayonlar bo'lib, ularning natijasini aniqlash qiyin. Misol: oiladagi nizolar, ijtimoiy xarakatlarda safarbarlik. Bunday jarayonlar ko'p yoki kamroq hissiy jihatdan yuz beradi va qo'zg'alish natijasida mantiqiy va ongli harakatga o'z ta'sirini ko'rsatadi va sotsial mobillikda ko'pincha sotsial lift ko'rinishlarida namoyon bo'ladi. Qaytariladigan jarayon - bu tizim ba'zi omillar tufayli bir davlatdan ikkinchisiga o'tib, keyin avvalgi holatiga qaytganda o'zgarishlarni ko'rsatadi. Lekin bu tizimning asl holatiga qaytishini bildirmaydi. Tabiiyki, tizimning ba'zi strukturalari o'zgarishsiz qoladi, ammo tizimning asoslari o'zgaradi. Qaytariladigan jarayonlarda mehnat migratsiyasi orqali sotsial mobillik kanallariga tushgan kishilar o'z yurtlariga qaytganda yoki ozodlikdan mahrum bo'lgan shaxslarning ozodlikka chiqishlari natijasida sodir bo'ladigan sotsial mobillikka xos holatdir. Qaytarilmaydigan jarayonlar - bu to'xtatib turilishi yoki teskarisi bo'lmaydigan jarayonlardir. Masalan, yoshlikni to'xtatib turish yoki qarilikdan yoshlikka qaytish. Bu jarayon ko'pincha ijtimoiylashuvning so'ngi bosqichi bo'lmish mehnatdan keyingi davrida sodir bo'ladigan holat bo'lib, bu jarayonda kishilar jamiyatda adaptatsiya davrini boshidan kechiradi.

Uzoq yillar mehnat qilib, so'ng pensiyaga chiqib ham mehnat jarayonini davom ettirishga intilayotgan jamiyat vakillari bunday jarayonlarning ishtirokchisi hisoblanadi. O'sib boruvchi jarayon - bu jarayon rivojlanish va taraqqiyot sari intilish jarayonidan ya'ni nol darajadan yuqoriga ko'tarilishdir. Albatta bunday jarayon yoshlar sotsial mobilligida mehnat karyerasi orqali lavozimi va ijtimoiy maqomining o'sib borishi jarayonidir. So'nib boruvchi jarayon - bu bor imkoniyatlarni yo'qotib taraqqiyotdan qoloqlik darajasiga olib

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti National University of Uzbekistan

y

Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

boruvchi jarayondir. Bu jarayonlar asosan jamiyat qabul qilgan normalardan og'ish oqibatida ijtimoiy xavfli xulk-atvoming shakllanishidir. Yoki gorizantal mobillikning aksil xarakatidir. Masalan, sobiq ittifoq imperiyasi tugagandan so'ng jamiyat transformatsiyalashuvi oqibatida partiya liderlarining obro'si va ahamiyati tushib uning o'rniga xususiy mulk egalari va tadbirkorlarning obro'si va ahamiyatini oshishi bunday jarayonlarni yuzaga keltirdi. Chiziqli jarayonlar - bu bir vaqtning o'zida taraqqiyotga hamda qoloqlikka qarab intilmoq demakdir. Masalan, jamiyatga joriy qilingan biror-bir jarayon milliy urf-odatlar, o'zlik, qadriyatlar va milliy madaniyatni unutishga xizmat qilishi.

Davriy jarayon - bu tizimning ba'zi bosqichlari muntazam ravishda takrorlanganda tizimning ba'zi qismlari o'zgaradi. Spiralli jarayon - bu tizimning boshlang'ich holatiga qaytganda, lekin yuqori sifat darajasida ko'tarilgan yoki kamayib boradigan o'zgarishdir. Masalan: talabani o'rganish jarayonida ta'lim jarayonidagi kamchiliklarni va tizimga ko'rsatayotgan salbiy holatlarni aniqlash. Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston yoshlar mamlakati. Yurtimizda istiqomad qiladigan jami aholining 64 foizini 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi. Bu raqamlar faqat yurtimiz aholisining son jihatdan o'sishinigina ko'rsatib qolmay, balki u navqiron millat sifatida ham katta intellektual imkoniyatlarga ega ekanini namoyon etadi. Hozirgi davrning keskin globallashuvi, voqealarning tezkorligi va biz yashayotgan zamonning sifat o'zgarishlari shubhasiz yoshlar hayotiga bevosita ta'sir etmoqda. Hozirgi davrdagi olib borilayotgan keng-ko'lamli isloxotlar o'z natijasini berishi, mamlakatda fuqarolik jamiyati qurish vazifalari yoshlarning ijtimoiy jarayonlarda nechog'lik ishtirok etayotganligiga bog'liqdir. Bu o'rinda ularni sotsiologik monitoring qilish samarali usul hisoblanadi [6].

Jamiyatning moddiy yoki ma'naviy ishlab chiqarish sohasidagi odamlarning o'ziga xos o'zaro ta'siri ijtimoiy jarayonning tarkibiy qismlarini aniqlaydi. Jarayonning strukturaviy va tashkiliy tartibga solinishi uning mexanizmi bo'lib, uning yordamida bir bosqichdan jarayonning boshqa bosqichiga o'tish va muayyan yaxlitlik sifatida amalga oshirilishi ta'minlanadi va bir bosqichdan ikkinchisiga o'tish tezligi yuqoriga yoki pastga yo'naltirilgan rivojlanish liniyasini ko'rsatuvchi vektor bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy munosabatlarni islox qilish ijtimoiy jarayonlarning omillariga, ularning oqimlari va yo'nalishlariga, rivojlanish jarayonlarini to'xtatadigan turg'un hodisalarni o'z vaqtida aniqlashga alohida e'tibor berishni talab qiladi. Jamiyat hayotining barcha sohalarini keng miqiyosli sotsial tadqiq qilish ijtimoiy jarayonlarning xarakterini, xususiyatlarini va maqbul sharoitlarini belgilovchi jamiyatdagi ijtimoiy tuzilmalarning holatini aniqlashning samarali vositasi hisoblanadi.

Har qanday jamiyatda ijtimoiy zinapoya deb ataladigan narsa borligi hech kimga sir emas. Bu aholining alohida qatlamlari joylashgan ma'lum bir ierarxiyadir. Ba'zi ijtimoiy guruhlar bu zinapoyada yuqoriroq, ba'zilari esa pastroq. Ba'zi odamlar butun hayoti davomida o'zlarining ijtimoiy qatlamlari chegaralarini tark etmaydilar. Ular zinapoyaning

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

^ationalUniversityofUzbekista^^^^^ranfimSiiSno

bir zinapoyasida. Boshqalar esa yuqoriga yoki pastga tushishadi biroq, harakat juda sekin amalga oshadi. Bunda harakatlanishiga imkon beruvchi muayyan shart-sharoitlar mavjud. Ideal holda, bu harakat yuqoriga yo'naltirilgan. Pastroq darajaga keskin harakatlanish holatlari mavjud bo'lsa-da.Bu ijtimoiy yuksalish. Ushbu kontseptsiyaning ta'rifi Pitirim Sorokin tomonidan berilgan. Bu rus-amerikalik sotsiolog XX asr boshlarida turli maqomdagi ijtimoiy guruhlar harakatini tahlil qildi. Shu bilan birga, Sorokin qaysi hollarda bu harakatlar insonning bu hayotda o'sishiga imkon berishini hisoblab chiqdi. Sorokinning ta'kidlashicha, inson o'sishi uchun o'z kanalini (lift) izlashi kerak. Bu sizga mavjud holatni tezda o'zgartirish imkonini beradi.Sorokin nazariyasiga ko'ra, ijtimoiy liftlar har bir kishi uchun butunlay boshqacha bo'lishi mumkin. Aholining harakatchanligi kanallarining turlari o'z ro'yxatiga quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi: ta'lim (maktab), biznes (mulk). Zamonaviy dunyoda mobillik kanallarini o'zgartirmoqchi bo'lgan har bir kishi o'zining ijtimoiy liftini topishi kerak. Bu ko'tarilishning butun mexanizmini ishga tushiradi va harakatni boshlaydi. Albatta, lift o'rniga zinapoyadan foydalanishingiz mumkin. Biroq, bu juda uzoq davom etadi va juda zerikarli jarayonga aylanadi.

REFERENCES:

8. Сорокин П. Социальная мобильность, её формы и флуктуация. // Человек, цивилизация, общество. Общ. ред., сост. и предисл. А.Ю. Согомонов - Москва: Полит-издат. 1992. - С. 370-373.

9. Социальная мобильность в усложняющемся обществе: объективные и субъективные аспекты: Монография / В.В.Семёнова. - Москва: ФНИСЦ РАН, 2019. - С. 512.

10. Сорокин П. Социальная мобильность, её формы и флуктуация. // Человек, цивилизация, общество. Общ. ред., сост. и предисл. А.Ю. Согомонов - Москва: Полит-издат. 1992. - С. 373-374.

11. Парсонс Т. Система современных обществ. - Москва: Аспект Пресс, 1998. - С. 17.

12. Zaitov E. K. Theoretical and methodological approaches to social work with deviant youth prone to harmful habits //Theoretical & applied science Учредители: Теоретическая и прикладная наука. - 2021. - №2. 12. - С. 1067-1069.

13. Сабирова У. Sotsiologik monitoring yaratishning nazariy-uslubiy asoslari //журнал социальных исследований. - 2024. - №2. SI-1.

14. Kholbekov A.J. "Jamiyat ijtimoiy sohasi" tushunchasiga doir. // "Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari tuplami (Toshkent sh., 25-may 2023.). -Toshkent : UzMU. - B/ 53-56.

441

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

15. Gulnoz J., Bunyod N. Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish-ustuvor vazifa //Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi. - 2024. - T. 1. - №. 1.

16. Alikarieva Alokxon. Sociological survey in the implementation of the educational quality management system// International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers. Volume-11| Issue-5| 2023 Published: |22-05-2023| https://doi.org/10.5281/zenodo.8003531

17. Ahmedova F.M, Ta'limni rivojlantirishdagi ustuvor vazifalar//Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallar to'plami. - Toshkent, .2023

18. Ernazarov B. Avlodlar almashinuvidagi yosh klasifikatsiyasining sosiologiyadagi ahamiyati //News of UzMU journal. - 2024. - T. 1. - №. 1.2. 1. - S. 261-265.

19. Isropilov M.B. The role of pr technologies in ensuring the sustainable development of society//Open Access Repository. - 2023. - T. 4. - №. 2. - S. 729735.

442

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.