Научная статья на тему 'YOSHLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOLARINING INDEKATORI'

YOSHLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOLARINING INDEKATORI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
deviant xulq-atvor / xattiharakat / ijtimoiy me‘yorlar / tarbiya / anomiya / suitsid / ijtimoiy struktura / jinoyatchilik / alkogolizm. / deviant behavior / behavior / social norms / discipline / anomie / suicidal tendencies / social structure / crime / alcoholism.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — U. U. Ilxomov

Ushbu maqolada hozirgi kunda jamiyatimizda yoshlar oʻrtasida keng tus olayotgan deviant xulq-atvornig sodir boʻlishi, deviantlikning turlari, kelib chiqish sabablari va unga qarshi choralar haqida soʻz yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INDICATOR OF DEVIANT BEHAVIORAL PROBLEMS IN YOUTH

This article discusses the common deviant behavior among young people in modern society, the types of deviantism, the causes of its occurrence and the measures taken againstit.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOLARINING INDEKATORI»

YOSHLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOLARINING INDEKATORI

U. U. Ilxomov

Stajyor o'qituvchi, O'zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hozirgi kunda jamiyatimizda yoshlar o'rtasida keng tus olayotgan deviant xulq-atvornig sodir bo'lishi, deviantlikning turlari, kelib chiqish sabablari va unga qarshi choralar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: deviant xulq-atvor, xatti- harakat, ijtimoiy me'yorlar,tarbiya, anomiya, suitsid, ijtimoiy struktura, jinoyatchilik, alkogolizm.

INDICATOR OF DEVIANT BEHAVIORAL PROBLEMS IN YOUTH

U. U. Ilhomov

Trainee teacher, National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan

ABSTRACT

This article discusses the common deviant behavior among young people in modern society, the types of deviantism, the causes of its occurrence and the measures taken againstit.

Keywords: deviant behavior, behavior, social norms, discipline, anomie, suicidal tendencies, social structure, crime, alcoholism.

So'nggi yillarda jamiyatimizda sodir bo'layotgan jinoyatlarning katta qismi yoshlar va o'smirlar tomonidan sodir etilayotgani sababli insonlar orasida deviant xulq-atvor muammosiga qiziqish obyektiv ravishda oshdi. Bu esa bunday xulq-atvor shakllanishining turli xil sabablarini o'rganishni taqozo etdi. Zamonaviy dunyoda internet, virtual dunyo, axborot oqimi tahlili, uning sotsiologik jihatlarini va yoshlar muammolarini o'rganish shuni ko'rsatmoqdaki, globallashuv jarayonida ma'naviy hayotimizni izdan chiqaruvchi jiddiy xavflarni inobatga olgan holda ularning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish zarur. Deviantlik bu - har qanday xulq-atvor va odob-axloq normalaridan chetga chiqish hisoblanadi. Deviantlik ko'pincha o'smirlar va o'spirinlarda kuzatiladi. Xulq-atvordagi bunday og'ishlarning asosiy sababi psixologik siljish hisoblanadi. Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z-o'zini o'ldirish (suidsid) bilan ijtmoiy illatlarning yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlarga ko'ra o'ziga xos jihatlarga ega. Uzoq davom etadigan turli xil zararli odatlar, doimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila va atrof muhitdan qoniqmaslik, uydagi turli-tuman tushunmovchiliklar, bularning barchasi

April 20, 2024

263

o'smirning ruhiyatiga shikast yetkazadi. Buning natijasida o'smir mavjud noxush vaziyatlarni yaxshi tomonga o'zgartirishga harakat qiladi. Bu jihatdan, kamchiliklar, jumladan nizolar rivojlanishga o'zining salbiy ta'sirini o'tkazadi [1].

Bunday psixologik og'ishlar tanqidlar, janjallar, asabiy buzilishlar, huquqbuzarlik kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Deviant xulq-atvor ostida quyidagilar tushuniladi: Jamiyatda yuzaga kelgan yoki rasman o'rnatilgan "ruhiy salomatlik, huquq, madaniyat yoki axloq normalari"ga mos kelmaydigan insonning xatti-harakatlari.

Jamiyatda yuzaga kelgan yoki rasman o'rnatilgan normalarga (standartlarga, andozalarga) mos kelmaydigan, inson faoliyatining ommaviy shakllarida aks etgan ijtimoiy hodisa.

Birinchi mazmunda deviant xulq-atvor asosan umumiy va yoshga oid psixologiyaning, pedagogikaning, psixatriyaning predmeti hisoblanadi. Ikkinchi mazmunda esa sotsiologiyaning va ijtimoiy psixologiyaning predmeti hisoblanadi.Sotsiologiya jamiyatni bir butun tizim sifatida hamda kishilar o'rtasidagi sotsial munosabatlar va shaxs xulq-atvorini aniq shart-sharoit bilan bog'liqlikda o'rganuvchi yagona fan bo'lganligi uchun uning tarkibiy bir qismi bo'lgan deviant xulq-atvor sotsiologiyasi shaxs xulq-atvoriga ta'sir etuvchi obyektiv va subyektiv omillarni ilmiy asosda tahlil qiladi.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida sotsiologlarning tadqiqotlari deviant xulq-atvor insonlar mavjudligining ijtimoiy shartlari bilan bog'liqligini aniqlaganlar. E.Dyurkgeym "anomiya" tushunchasini fanga kiritgan bo'lib, bu tushuncha ostida u hayotda maqsadning yo'qligi, ajralib qolganlik va yolg'izlik hissi sababli yuzaga kelgan insonning og'ishadigan xulq-atvorini tushungan, bular avvalgi normalar, qadriyatlar real munosabatlar bilan mos kelmagan yangilari hali tasdiqlanmagan paytda jamiyatning tashkil etilmaganligi, unda insonlar xulq-atvorining aniq axloqiy tartibi yo'qligi bilan bog'liq. Anomiya- bu jamiyat normalari va qadriyatlarining buzilishi natijasida paydo bo'ladigan ijtimoiy holat. E.Dyurkgeym tezkor ijtimoiy iqtisodiy o'zgarishlar jamiyat tuzilmasida tartibni buzgan paytda anomiya rivojlanadi deb hisoblagan. Orientirni topolmagach, ba'zi odamlar mavjud bo'lishdan charchaydilar, ularning urunishlari foydasiz bo'lib qoladi; hayot o'z qiymatini yo'qotadi, buning natijasida o'zini ajratadigan holat anomiya bo'lishi mumkin. "Anomiya" tushunchasini E.Dyurkgeym asarida qo'llagan va o'z joniga suiqasd, ya'ni suitsid bilan bog'lagan, bu anomiya o'z negizida begonalik, jamiyatning individga yetarlicha yaqin bo'lmaganligi bilan ta'riflanadi. Strukturaviy funksionalizm yo'nalishi namoyondasi amerikalik Robert Merton E. Dyurkgeymning "anomiya" tushunchasini rivojlantiradi va "ijtimoiy anomiya" nazariyasini ishlab chiqadi. Deviant xulq-atvor bilan ijtimoiy struktura o'rtasidagi chambarchas bog'liqlikka urg'u bergan holda R. R. Merton ijtimoiy strukturalar jamiyatning alohida a'zolariga nisbatan bosim o'tkazadilar va ularni yaxshi qoidalardan og'ishish yo'liga o'tishga undaydilar deb hisoblaydi [2].

264

April 20, 2024

International Scientific and Practical Conference

"Anomiya", "madaniyat" va "ijtimoiy struktura" o'rtasidagi normal qonuniy vositalar va ehtiyojlarning qondirishning yangi (noqonuniy) usullarini izlash o'rtasidagi nizo yoki kelishmovchilik nazariyasini namoyon etadi. R.Merton fikricha, anomiya "madaniyat me'yorlari va maqsadlari hamda guruh a'zolarining ijtimoiy shakllangan ular bilan muvofiq ravishda harakat qilish layoqatlari o'rtasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjud bo'lganda" yuzaga keladi. Ya'ni, o'zining jamiyat ijtimoiy tuzilmadagi o'rni tufayli ba'zi odamlar me'yoriy qadriyatlarga muvofiq harakat qilish layoqatiga ega emaslar. Madaniyat ijtimoiy tuzilma to'sqinlik qiladigan ma'lum xulq-atvor turini talab etadi. Masalan, amerikacha jamiyatda madaniyat moddiy yutuqqa katta ahamiyat beradi. Biroq ijtimoiy tuzilmadagi mavqei tufayli ko'plar bunday yutuqqa erishish imkoniyatiga ega emaslar. Agarda inson tug'ilganidan past ijtimoiy- iqtisodiy tabaqaga mansub bo'lsa, buning oqibatiga ko'ra eng yaxshi holatda oliy o'quv yurti bitiruvchisi darajasini olishi mumkin bo'lsa, uning rasm bo'lib qolgan usullar bilan iqtisodiy yutuqlarga erishish imkoni juda kam bo'ladi yoki umuman bo'lmaydi. Bunday holatlar natijasida deviant xulq an'anasi bo'lgan anomiya mavjudligi haqida gapirish mumkin. Ushbu kontekstda deviant xulq ko'pincha iqtisodiy yutuqqa erishishning muqobil, jamiyatda qabul qilinmagan va ba'zan noqonuniy vositalari shaklini oladi. Shunday qilib, iqtisodiy yutuq uchun narkotik savdosi yoki fohishalik bilan shug'ullanish madaniy qadriyatlar va ularga erishishning ijtimoiy - strukturaviy usullari o'rtasidagi disbalans (muvozanatsizlik) natijasida yuzaga keladigan deviant xulqqa misol bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bu strukturaviy funksionalizm nuqtai nazaridan jinoyatchilik va deviant xulqni tushuntirish usullaridan biridir. Shunday qilib, mazkur misolda R R. Merton ijtimoiy tuzilmalarni ko'rib chiqadi, lekin uni bu tuzilmalarning vazifalari unchalik kuchli qiziqtirmaydi. R. R. Merton anomiyani deviant xulq bilan bog'laydi va buning yordamida madaniyat va tuzilma o'rtasidagi kelishmovchiliklar disfunksional oqibatlarga ega ekanligini, xususan jamiyatdagi deviant xulqqa olib kelishini ta'kidlaydi. R. R. Mertonning anomiyaga bag'ishlangan ijodida ijtimoiy startifikatsiyaga bo'lgan tanqidiy munosabatni nazarda tutadi. Shunday qilib, agar Devis va Mur startifikatsiyalangan jamiyat to'g'risida ma'qul yo'l sifatida yozgan bo'lsalar, R. R. Mertonning ijodi strukturaviy funksionalchilar ijtimoiy startifikatsiyaga tanqidiy munosabatda bo'lishlari mumkinligini ko'rsatadi.

Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy me'yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me'yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo'lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me'yorning bir necha turlari mavjud bo'lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me'yorlar shular jumlasidandir. Ijtimoiy me'yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan me'yorlarga moslashtirib borilgan shaxslar ko'pchilik tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshhalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari o'rnatilgan me'yorlar ham eskirib boradi va yangi

April 20, 2024

265

me'yorlar o'matiladi. Yangi me'yorlarni o'matish jarayoni jamiyatda o'rnatilgan mavjud me'yorlar doirasini kengaytirish va o'zgartishdan iboratdir. Jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to'siq bo'luvchi me'yordan og'ish holatlari ham mavjud bo'lib, sosiologiyada bu narsa «deviantlik holatlari», undan tug'iluvchi xulq-atvorni «deviant xulq-atvon> deb nomlanadi.

Deviant xulq-atvor - jamiyatda o'rnatilgan axloq me'yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy qodisa bo'lib, yolg'onchilik, dangasalik, o'g'irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z joniga qasd qilish va boshqa ko'plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Deviant xulq deganda, quyidagilar nazarda tutiladi: a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o'rnatilgan qonun va me'yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi. b) ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud: 1) Alkogolni har-har zamonda iste'mol qilish. 2) Alkogolni ko'p iste'mol qilish - spirtli ichimliklarni muntazam, ya'ni haftada bir martadan bir necha martagacha yoki, birvarakayiga o'rtada tanaffus bilan ko'p miqdorda (200 ml. dan oshiq). Bu ko'pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Alkogolizm - spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o'rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik. v) Giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy ruju qo'yish va tibbiy ko'rsatmalarsiz iste'mol qilish. g) Fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikkita turga bo'lib o'rganiladi. Bulardan tashhari, xalqimizda mahalliychilik, urug'-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham me'yordan chekinishning asosiy ko'rinishlaridan hisoblanadi. Deviant xulq-atvor bir shaxsning salbiy xulq-atvordan iborat faoliyatini, shuningdek, muayyan guruhning og'ma xulq-atvorlarini ham ifodalovchi tushunchadir.

Deviant harakatlarning namoyon bo'lishga yordam beradigan turtki nima ekanligini tushinish kerak. Ota-onalar va bolalar ortasidagi munosabatlardagi muommolar deviant xatti-harakatlarining sababiga aylanadi. Shunga o'qshash belgilar to'liq bo'lmagan oilalarda tarbiyalangan bolalarga xosdir. Bazida bitta ota-onaning g'amxo'rligi va nazorati yetarli emas. Ota-onalardan birining o'limi ajralishlar kattalar uchun bolalarning ruhiy holati haqida o'ylash uchun imkonyat. Har xil moammalar deviant hatti-harakatining sababiga aylanadi.

Deviant xulqning sabablari o'ziga xos va qiziqarli mavzudir. Bu, insonlarning odatlari va xulqi xususiyatlari bilan bog'liqdir. Sotsiologlar uchta asosiy manbani ajratib ko'rsatishadi:

1. Genetika va biologiya: Ba'zi insonlar genetik jihatdan boshqa insonlardan farqli xulq va odatlarga ega bo'lishadi. Bu ularning farzandlarilari va xulq-atvorlari orqali aks etadi.

2. Tarbiya va muhit: O'spirimning ijtimoiy xulq-atvori odobi, uning tarbiyasi va muhitining ta'siri bilan shakllanadi. O'z-o'zini o'rganish, yaqinlar bilan muloqot qilish, o'z-o'zini ifodalash va boshqa odobiy xususiyatlarni o'rganish bu jarayonni ta'minlaydi.

April 20, 2024

266

y

3. Madaniyat va ijtimoiy tajriba: O'spirimning ijtimoiy tajribasi, madaniyati va o'zining o'ziga xos hayoti uning xulq-atvorini shakllantiradi. Bu, uning o'z-o'zini ifodalash, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, ijtimoiy norma va qoidalar bilan tanishish va boshqa madaniy tajribalardan kelib chiqadi. O'spirimning ijtimoiy xulq-atvori odobi, insonning jamiyatda qanday o'z-o'zini ifodalashini, boshqa insonlar bilan qanday muloqot qilishini va qanday odobiy qoidalar bilan amal qilishini ta'minlaydi. Bu insonlarning o'ziga xos shaxsiyliklarini ko'rsatadi va ularga nom beradi.

Xulosa o'rnida takidlash joizki, mamlakatimizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Shu taraftan deviant xulq-atvorni o'rganishda muammoli vaziyat muhim ahamiyat kasib etedi. Uning yechimi ijtimoiy meyorlarni qollash qiyinroq bo'ladi. Eng avvola har bir insonda tarbiyali jihatlar bilan birga huquqiy savodxonlik, o'zida individual fikiri bolishi va jamiyatdagi tasirlarni tog'ri o'zlashtirib, guruhni va o'z o'rnini tog'ri tanlashi kerak. Agar inson o'zidagi maommalarni tog'ri yechim topib chiqib keta olsa u atrofdagi yomon illatlardan yiroq bo'ladi. Yoshlar orasida bizga tegishli bo'lmagan ziyonli tasirlarga qarshi mustahkam imnunitetini shakillantirish va vatanimiz taqdiri uchun javobgarlik tuyg'usini mustahkamlash bo'yicha aniq choralarni ko'rishimiz shart [6].

REFERENCES:

1. Giddens. E. Sotsiologiya. - Toshkent: Sharq, 2002. - B. 32.

2. Merton R. Socioalnaya struktura i anomiya. 1992. №°3к -S. 52.

3. Садыкова Шахида Мархабаевна. Актуальные вопросы социальной защиты пожилых людей в Узбекистане // НАУ. 2015. №4-6 (9). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/aktualnye-voprosy-sotsialnoy-zaschLty-pozhilyh-lyudey-v-uzbekistane (дата обращения: 18.04.2024).

4. Хайринисо Тайировна Хусанова. Ащлини ижтимоий хдмоялаш - инсон капиталини ривожлантириш омили сифатида // Academic research in educational sciences. 2022. №NUU Conference 2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/a-olini-izhtimoiy-imoyalash-inson-kapitalini-rivozhlantirish-omili-sifatida

5. Kholmamatovich Z. E. The essence and significance of the neighborhood in the development of the national mentality //European Journal of Interdisciplinary Research and Development. - 2023. - Т. 21. - С. 271-277.

6. Sherbutayevna J. G. et al. Yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish-davlat siyosatining ustuvor vazifasi //Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi. - 2024. - Т. 1. - №. 1.

7. Сабирова У. Ф. и др. Использование потенциала молодёжи в модернизации общества //Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi. - 2024. - Т. 1. - №2. 1.

April 20, 2024

y

8. Alikariyev N., Alikariyeva A. Complex factors of increasing the efficiency of human labor//Neuro Quantology. November 2022. Volume 20. Issue 18. Page 102107. doi:10.14704 /nq.2022.20.18.NQ880012. www.neuroquantology.com. eISSN-1303-5150.

9. Kholbekov A.J. "Jamiyat ijtimoiy sohasi" tushunchasiga doir. // "Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari tuplami (Toshkent sh., 25-may 2023.). -Toshkent : UzMU. - B/ 53-56.

10. Ernazarov B. Avlodlar almashinuvidagi yosh klasifikatsiyasining sosiologiyadagi ahamiyati //News of UzMU journal. - 2024. - T. 1. - №. 1.2. 1. - C. 261-265.

11. Isropilov M.B. The role of pr technologies in ensuring the sustainable development of society//Open Access Repository. - 2023. - T. 4. - №. 2. - C. 729-

735.

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.