Научная статья на тему 'IJTIMOIY, IQTISODIY VA SIYOSIY JARAYONLARDAN XOTIN-QIZLARNING TUTGAN O‘RNI'

IJTIMOIY, IQTISODIY VA SIYOSIY JARAYONLARDAN XOTIN-QIZLARNING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bir tomonlama mentalitet / oilaviy muvozanat / xotin-qizlar ta’lim tizimi / gender tenglik / Istiqbolli kadrlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xulkar Sherzodova, Zulfiya Hafizova

Ayol – bugungi kunda jamiyatimizda o‘z o‘rni, so‘zi va g‘oyasiga ega bo‘lgan shaxs sifatida gavdalanib bormoqda. Tan olinishi kerakki, bir muddat xotin-qizlar masalasiga yondashuv faoliyatlarining aksariyati qog‘ozlarda qolib ketdi. Ayrim holatlarda xotin-qizlar o‘z fikr g‘oyalarini namoyin eta olishlari uchun sharoitlar kamlik qildi. Umumiy qilib aytganda, xotin-qizlarga imtiyozlar yaratish bo‘yicha asosiy baza yaratilgan bo‘lsa-da, bularni ro‘yobga chiqarish uchun maxsus yo‘naltiruvchi ko‘rsatma to‘la shakillanmagan edi. Biroq bugun ayrim jabhalarda shijoatliligi va kuch-g‘ayrati, ongiy salohiyati bilan yuqori pog‘onalarni egallayotgan o‘zbek ayollarini bugunda butun jahon tanib ulgurdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY, IQTISODIY VA SIYOSIY JARAYONLARDAN XOTIN-QIZLARNING TUTGAN O‘RNI»

IJTIMOIY, IQTISODIY VA SIYOSIY JARAYONLARDAN XOTIN-QIZLARNING

TUTGAN O'RNI 1Xulkar Sherzodova, 2Zulfiya Hafizova

1O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi "O'quv - metodika va Harbiy-vatanparvarlik" bo'limi

yetakchi mutaxassisi

2"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy

tadqiqot universiteti xodimi 1+99890-119-11-97, 2+99890-901-36-76 1xulkarsherzodova@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10664483

Annotatsiya. Ayol - bugungi kunda jamiyatimizda o'z o'rni, so'zi va g'oyasiga ega bo'lgan shaxs sifatida gavdalanib bormoqda. Tan olinishi kerakki, bir muddat xotin-qizlar masalasigayondashuvfaoliyatlarining aksariyati qog'ozlarda qolib ketdi. Ayrim holatlarda xotin-qizlar o'z fikr g'oyalarini namoyin eta olishlari uchun sharoitlar kamlik qildi. Umumiy qilib aytganda, xotin-qizlarga imtiyozlar yaratish bo'yicha asosiy baza yaratilgan bo'lsa-da, bularni ro'yobga chiqarish uchun maxsus yo'naltiruvchi ko'rsatma to'la shakillanmagan edi.

Biroq bugun ayrim jabhalarda shijoatliligi va kuch-g'ayrati, ongiy salohiyati bilanyuqori pog'onalarni egallayotgan o'zbekayollarini bugunda butunjahon tanib ulgurdi.

Kalit so'zlar: Bir tomonlama mentalitet, oilaviy muvozanat, xotin-qizlar ta'lim tizimi, gender tenglik, Istiqbolli kadrlar.

Abstract. Today a woman becomes a person with her own place, word and idea in our society. It should be recognized that for some time most of the measures to resolve the women's issue remained on paper. In some cases, women lacked the conditions to express their ideas. In general, although the basic basis for creating benefits for women has been created, special areas for their implementation have not been fully formed. However, Uzbek women, who occupy high positions in some areas due to their courage, energy and intellectual potential, are today recognized throughout the world.

Аннотация. На сегодняшный день женщина становится человеком, имеющим свое место, слово и идею в нашем обществе. Следует признать, что какое-то время большая часть мероприятий по решению женского вопроса оставалась на бумаге. В некоторых случаях женщинам не хватало условий для выражения своих идей. В целом, хотя базовая основа создания льгот для женщин была создана, специальные направления их реализации сформированы не полностью.

Однако женщины узбекистана, занимающие высокие посты в некоторых сферах благодаря своему мужеству, энергии и интеллектуальному потенциалу, сегодня признаны во всем мире.

Har qanday millatning Mentaliteti - uning tarixi, yashab turgan shart-sharoiti, ijtimoiy faolligi va boshqa bir qator omollar bilan bog'langan bo'ladi. O'zbek millati Mentalitetining shakllanish jarayoni esa deyarli uch yarim ming yillik tarixga ega. Tub mohiyatan olib qaralganda mentalitet - jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixan tarkib topgan tafakkur darajasi, ma'naviy salohiyati, ularning hayot qonunini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakillangan aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati darajasini ko'rsatadi. Ma'lumki bir necha yillar davomida ushbu tushuncha bir tomonlama tarozining bir pallasini tutgan holda, taraqqiyot yo'lida xizmat qilish bayrog'i bir ma'romda erkaklar qo'lida hilpirab kelgan. Buning asosiy sabablaridan

biri esa jamiyatda ayol kishining tutgan o'rni qadimiy tushunchalarga asosan darvoza ichkarisida deb belgilanganligi bo'lgan.

Oila, turmush, ro'zg'or masalalari asosan ayollar faoliyati chegarasini belgilab kelgan. So'ngi tillarga kelib, Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog'lig'ini saqlash, kasbga o'qitish va bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, gender tenglikni ta'minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, yo'lga qo'yildi. Oilada xotin-qizlarning so'zlari tinglanishi, ularning qarorlarigada tayangan holda ish tutilishi jarayonlari amalga osha boshladi. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki bu oilalarda shakillanib borgan bu jarayonlar asta sekinlik bilan jamiyatda ham o'z kuchini ko'rsatib bordi. Xotin-qizlarga ta'lim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo'llab-quvvatlash g'oyalari ilgari surildi. Va bu faoliyat tizimli va davomli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularning tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o'rni va mavqeyini yanada mustahkamlash, zotin-qizlarning ta'lim olishi uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning rolini yanada oshirish, xotin-qizlar o'rtasida sportni ommalashtirish, madaniy hordiq chiqarishlari uchun qo'shimcha shart-sharoit yaratish kabi bir qator loyihalar bugungi kun ayollari uchun ayni muddao bo'lmoqda.

Xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha O'zbekistonda "2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar" doirasida ustuvor maqsadlardan biri sifatida "Gender tenglikni ta'minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish" belgilangan. Bu esa shak-shubhasiz biz xotin qizlarning kelgusi faoliyatimiz davomida o'z-oldimizga yanada ulkan maqsadlarni qo'ya olishimiz uchun kuch beradi. Ilm, fan, adabiyot, madaniyat, tibbiyot, sport kabi bir qator yo'nalishlarda xotin qizlarning tutayotgan o'rni kundan kunga kengayib borayotgani quvontiradi odamni.

Boshqaruvning noyob tizimi bo'lgan 9 ming 442 ta mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi joriy etilgani, ularga davlat xizmatchisi maqomi berilgani, vakolatlarining kengaytirilgani ayollar muammolari yechimida muhim qadam bo'ldi. Respublika mahallalaridagi xotin-qizlar faollari tomonidan belgilangan 7 ta yo'nalishda j ami 471 ming 115 ta muammo aniqlanib, shundan 454 ming 268 ta muammo bartaraf etildi. Jumladan, nizoli 37 ming 442 ta oila aniqlandi va 30 ming 964 tasi murosaga keltirildi. Ishlash istagi bo'lgan 125 ming 735 nafar xotin-qizlarning 118 ming 626 nafari bandligi ta'minlanishiga ko'maklashildi.

Kasb-hunarga o'qish va o'rganish istagi bo'lgan 35 ming 640 nafar xotinqiz kasb-hunarga yo'naltirildi. Ijtimoiy xizmat va ijtimoiy yordamga muhtoj 227 ming 606 ta oila aniqlangan bo'lib, shundan 225 ming 825 ta oilaga yordam ko'rsatildi. Profilaktik hisobda turgan 2 ming 548 nafar xotin-qizlarning 2 ming 256 nafari muammosi hal etildi, 265 nafari profilaktik hisobdan chiqarildi. Migratsiyadagi 6 ming 964 nafar xotin-qizlarning 6 ming 763 nafariga yordam ko'rsatildi. 2 ming 391 nafar xotin-qizlar migratsiyadan qaytarildi. Xonadon gigiyenasi, sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yish bo'yicha 34 ming 680 ta muammo aniqlangan bo'lib, shundan 34 ming 30 ta muammo bartaraf etildi.

Amalga oshirilayotgan har bir g'oya samaradorligini oshirish maqsadida taklif o'rnida "Yagona xotin-qizlar portali" yo'lga qo'yilishi kerakligi tarafdorimiz. Bu bilan biz bugungi kunda o'larini namoyon eta olgan, balki, chetki hududlarda faoliyat yuritayotgan va yoki o'zlarining shaxsiy namoyonligini yo'lga qo'yishda muammolarga duch kelayotgan xotin-qizlarimiz bilan ham bevosida bir ma'romda faoliyat yurita olish imkoniga ega bo'lishimiz mumkin bo'ladi. Shu bilan birga yuqorida keltirilgan jarayonlar yuzasidan Yosh xotin-qizlardan davlat xizmatchilari zaxirasini shakllantirishga qaratilgan "Istiqbolli kadrlar" maxsus dasturi ishlab chiqilib, yoshlar, ayniqsa yosh xotin-qizlar orasida barcha darajalardagi davlat fuqarolik xizmati nufuzini oshirish, xotin-qizlarni qoilab-quvvatlash ularni, bilim va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish, rahbarlik lavozimlariga tayyorlash jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Davlat fuqarolik xizmatiga kirishda yosh xotin-qizlarning teng imkoniyatlardan foydalanishini hamda davlat fuqarolik xizmatida professional sifatlar asosida ko'tarilib borishni ta'minlaydigan nomzodlarni saralab olishning shaffof mexanizmlari, yosh xotin-qizlardan iborat davlat xizmatchilarining ish samaradorligi va kompetensiyasini baholovchi mezonlami, ulaming malakasini oshirishga boigan talablami belgilovchi tizim, yosh xotin-qizlarning kasb mahoratini va faoliyat samaradorligini oshirish uchun rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlashning yangi samarali tizimini joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan bu islohotlar bugunda o'sib kelayotgan yosh kadrlarga yanada ilgarilash imkoniyatini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.