DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-451-457
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O'QITISHNING O'ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Oynisa Muhammadieva
falsafa fanlarni nomzodi, O'zMU dotsenti
Asadbek Sayfullo o'g'li Zairov
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi 4-bosqich talabasi
Mazkur maqolada, ijtimoiy-gumanitar fanlarning boshqa fanlardan o'ziga xos jihatlari yoritib o'tilgan. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf qilish va sohani yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha bir qator takliflar berilgan.
Kalit so'zlar: ijtimoiy-gumanitar, ilm-fan, innovatsiya, jamiyat, gumanitar falokat, ma'rifatli kishi, ijtimoiy- ma'naviy manzara, g'arb, vayronkor g'oya, jadidlar.
В данной статье освещаются уникальные аспекты социальных и гуманитарных наук от других наук. Также был внесен ряд предложений по устранению существующих проблем и выводу отрасли на новый уровень.
Ключевые слова: социогуманитарная, наука, инновация, общество, гуманитарная катастрофа, просвещенный человек, социально-духовный ландшафт, Запад, деструктивная идея, современность.
This article highlights the unique aspects of social and humanitarian sciences from other sciences. Also, a number of proposals were made to eliminate existing problems and take the industry to a new level.
Keywords: socio-humanitarian, science, innovation, society, humanitarian disaster, enlightened person, socio-spiritual landscape, West, destructive idea, modernity.
Insoniyat hayotida har bir kishining o'z o'rnini topishi, tafakkurini shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning qo'shadigan hissasi va ta'sir darajasi nihoyatda yuqori hisoblanadi. Ijtimoiy-gumanitar sohaning
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
boshqa sohalardan asosiy farqi insonda insonga, jamiyatga,
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-451-457
davlatga bo'lgan munosabatini shakllantiradi hamda voqelikni idrok etishga oid mulohaza yuritishga chorlaydi. Mazmunan gumanistik ruh, asosi esa axloqiy tamoyillarni ifodalovchi qarashlarni o'zida namoyon qiladi. Tan olish kerakki, bugungi kunda jamiyatimizda mas'uliyat o'rnini loqaydlik hissi egallash ro'y berayotgan o'zgarishlarga nisbatan beparvo bo'lish illatlarini o'ziga kasb qilib olayotgan kishilarning ko'payishi har birimizni befarq qoldirmaydi. Bu holat ayniqsa, ijtimoiy- gumanitar soha vakillarini ko'proq tashvishga soladi. Chunki bu kabi holatlarning aholi ijtimoiy kayfiyati va ruhiyatiga ta'siri zararli bo'lib, ijtimoiy -ma'naviy muhit buzilishiga sabab bo'ladi. Jamiyatda ro'y berayotgan bir qator illatlar, jumladan, yolg'onchilik, firibgarlik, giyohvandlik, johillik kabilarning tobora ortib borayotganligi mazkur muammoning dolzarbligini o 'zida namoyon qilmoqda. Ushbu muammoni vujudga kelishi quyidagi holatlar bilan bevosita bog'liqdir:
Birinchidan, Ijtimoiy-gumanitar sohaga yetarlicha e'tibor qaratilmayotganligi hamda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishdagi ba'zi pedagoglarning mas'uliyatsiz yondoshuvlari;
Ikkinchidan, ijtimoiy-gumanitar sohaning zamonaviy ruhini ifodalovchi texnologiyalarni sohaga jalb qilish va ulardan foydalanish darajasining pastligi;
Uchinchidan, Ijtimoiy-gumanitar soha mutaxassislarini tayyorlash, ularni jamiyatning faol qatlamiga aylantirish jarayoni voqelikdan ortda qolmoqda;
To'rtinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish tizimida nazariya va amaliyot birligi didaktik qoidasiga yetarli e'tibor qaratilinmayotganligi.
Muammolar aniq, biroq ularga yechim ham, amaliy harakat mezoni ham aniq bo'lishi kerak. Zotan, boshqa fanlar misolida tahlil qiladigan bo'lsak, masalan: aniq fanlar o'z o'quvchi, talabalari va tadqiqotchilarini ko'zlangan maqsadlarga erishishida aniq formulalarga tayanib, muayyan masalaning yechimini yechishadi. Tabiiy fanlar esa tadqiqotchilik jarayonlarida aniqlangan va tasdiqdan o'tgan ma'lumotlar asosida tajribaga tayanib ish ko'radi. Ijtimoiy- gumanitar fanlarning boshqa fanlardan ajralib turuvchi jihatlari nimada? Mazkur savolga quyidagicha javob beramiz: ijtimoiy- gumanitar fanlar nafaqat o'z o'quvchi, talabalari va tadqiqotchilarida, balki jamiyatning barcha a'zolarida insoniylik, axloqiylik, halollik ezgulik kabi asl insoniy sifatlarni shakllantiradi va amalda namoyon qiladi. Ko'pchilikning nazarida ijtimoiy-gumanitar soha chegarasi yo'q, foydasiz, aniq bo'lmagan, murakkab tizim. Aslida esa, haqiqat shuki, g'oya sog'lom bo'lsa, o'z ob'yektiga to'g'ri yo'naltirilsa kutilgan natijasini bermasdan qolmaydi. Agar g 'oya vayronkor bo'lsa, undan g'araz niyatlarda
foydalanilsa u o'zining salbiy hodisalarini namoyon qiladi.
April, 2023
National University of Uzbekistan
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-451-457
Demak bizning nazarimizda ijtimoiy- gumanitar sohasining aniq formulasi mavjud. Bu: sog'lom g'oya + to'g'ri ijro + ob'yektning to'g'ri yo'naltirilganligi = Teng g'oyadan ko'zlangan maqsadning natijaga aylanishi. Bu yo'lda asosiy tamoyillar: xayrixohlik, hamjihatlik, hamkorlik, safarbarlik, bunyodkorlik va albatta natijadorlikdir.
Odamzod yaratilibdiki, ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi kurash muttasil davom etib kelmoqda. Garchand insoniyatning ibdiosidan boshlangan bu kurashda ezgulikning g'alaba qilishi, sog'lom tafakkur ustuvor bo'lishi targ'ib etilsada bunday mukofotni qo'lga kiritish hamma vaqt ham oson kechmagan.
Bundan xulosa shuki, ijtimoiy- gumanitar sohaning murakkabligi bu uning serqirraligi, shuningdek ushbu sohaning jamiyat hayotida tutgan o'rni va ta'siridadir. Alohida ta'kidlash kerakki, ijtimoiy- gumanitar soha bu shunchaki xohish istak emas, balki real zaruriyatdir. Ayniqsa, hozirgi davrda bu zaruriyatga talab kun sayin oshmoqda.Texnika asrida globallashuv ta'siri va raqamlashtirish jarayonlari faollashishi natijasida inson insondan uzilib qolayotganligi, o'z ehtiyojlarini elektron resurslar hisobiga qondirayotganligini guvohi bo'lyapmiz. To'g'ri, texnika-texnologiyalarning rivoji va ulardan foydalanish pirovardida taraqqiyotning yangi bosqichga ko'tarilish bu ijobiy hol. Lekin jamiyatni faqat texnika va taxnologiya sohasi bilangina chegaralab qo „yish insonni ijtimoiylashuviga to'sqinlik qiladi. Shu bilan birga gumanitar muammolarni keltirib chiqaradi. Igtimoiy-gumanitar soha va ushbu soha bilan bog'liq fanlar rivojiga yetarli darajada e'tibor berilib, sohada yuzaga kelayotgan muammolar o „z vaqtida bartaraf etilmasa, nafaqat insolar o „rtasidagi salbiy illatlarning ko „payishi, balki tabiat va jamiyat o „rtasidagi muvozanatga ham putr yetadi.
Yuqorida keltirib o „tilgan bir qator salbiy muammolar bilan ijtimoiy-gumanitar fan vakillarining shug'ullanishi bu sohaning boshqa sohalardan ajralib turuvchi jihatlari va afzalligini ko'rsatadi. Chunki ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish orqali insonda daxldorlik, mehnatsevarlik, bunyodkorlik kabi fazilatlar qaror topadi. Bunday fazilatlar insonlarni nafaqat insonga balki tabiat va jamiyatga ham munosabatlarini ijobiy tomonga o „zgarishiga olib kejadi. Aniq fanlar, tabiiy fanlar va boshqa fanlar o'z ixtisosligi bo'yicha mas'ul va javobgar bo'lsa, ijtimoiy gumanitar fanlar butun jamiyatga mas'ul va javobgar pozitsiyani egallaganligi bilan alohida mavqega ega hisoblanadi. Biroq bugungi kunda ijtimoiy-gumanitar fanlarning mavqe o'z darajasida emas. O'z davrida asosan tehnika va tabiiy sohalar orqali rivojlanishga intilib, ma'naviyat va ma'rifatdan uzoqlashgan g'arbda quyidagi holat kuzatilgan: Hamma narsani
April, 2023
453
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-451-457
moddiy boylik, manfaat bilan o'lchash falsafasi. Bunday qarash G'arb xalqlari madaniyati va ma'naviyatida ko'plab buzilishlarga sabab bo'ldi. Mazkur salbiy jarayon uch yuz yil davomida ijtimoiy, ilmiy-texnik taraqqiyotni ko'zlab qonunlashtirilgan erkinliklar, kuch-qudrat va har qanday moddiy boylikni, hatto tana go'zalligini ham odob-axloq va ma'naviy go'zallikdan ko'ra ustun qo'yishni fazilat sifatida namoyish qilish oqibatida kelib chiqadi. Shu tariqa jismoniy va aqliy kuch, tashqi sifat barcha muammolarni hal etish vositasiga aylanib bordi. Lekin odob-axloq, ma'naviyat kabi inson ruhiyatiga tegishli xususiyatlar erkinliklarni qonunlashtirish jarayonida borgan sari o'z o'rnini yo'qotib bordi.
Bu esa avvalo g'arbda keyinchalik, butun jahonda keng yoyilgan ma'naviy tahdidning kuchayishiga, hatto ayrim mamlakatlarda gumanitar falokat ro'y berishiga sabab bo'ldi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy- gumanitar soha inqirozi insoniyat hayotida fojiali oqibatlarni keltirib chiqaradi. 3 ming yillik tarixga ega ko'xna Turon zaminida azaldan ijtimoiy-gumanitar yo'nalishlarga e'tibor ustuvor bo'lib kelgan, bunga yaqqol misol sifatida IX-XII asrlardagi renessans davrini birinchi ma'rifiy uyg'onish nomi bilan atalishi ham bejiz emas. XIX asrning 2-yarmidan qaramlikka, ma'naviy tanazzulga uchragan xalqimiz bu botqoqlikdan o'zlikni anglash, milliy uyg'onish harakati bilan chiqishni anglagan edi. Bu yo'lda jonini fido qilgan ma'rifatparvar jadidlarimiz millatning ma'naviy kamoloti uchun ilm va ma'rifatni qurol qilib olishdi. Ulardan biri bu Abdurauf Fitrat shuday degan edi: "Inson ma'naviy-ma'rifiy kamolotida oila, jamoa muhim o'rin egallashini ko'rsatish bilan birga, axloqiy poklik, donishmandlik, shijoatlik, adolatlilik, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi ma'naviy fazilatlarni ulug'ladi".
Ushbu fikr orqali nafaqat Fitrat, balki jadidchilik harakatining yorqin namoyondalaridan bo'lgan Behbudiy, Avloniy, Qodiriy, Cho'lpon, Ibrat kabi birqancha ma'rifatparvar ajdodlarimiz hurriyat uchun va albatta, yuksak ma'naviyatga erishish uchun o'zlarining ulkan hissalarini qo'shganltfini bilishimiz mumkin.
Ijtimoiy-gumanitar sohaning mazmunan boyishi va rivojlanishi uchun jadid bobolarimiz shunchaki mehnat qilishmagan, aksincha, jonlarini o'rtaga qo'yib fidoiylik ko'rsatishgan. Bugungi kunda ana shunday fidokorlik, natijadorlik kabi amaliy harakatlarning yetishmasligi tufayli ham soha rivojida, ham o'qitish tizimida katta muammolarni tug'dirmoqda. Aholi, ayniqsa, ma'nan shakllanmagan yoshlarimizning turli yot g'oyalarga ergashib, aldanib qolayotganligi ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida kamchiliklar
yaqqol ko'rinib qolayotganligidan dalolat beradi. Hozirgi kunda
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-451-457
mamlakatimizda ilgari surilayotgan "Yangi O'zbekiston ma'rifatli jamiyat konsepsiyasi", "Yangi O'zbekiston yangicha dunyoqarash" shiori va "Inson qadri uchun" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish va tushunarli bo'lishida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish masalasi real voqelikka mos amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Sharqona qarashlarda axloqiylik ezgu qadriyat sifatida shakllanib, xalqlar hayotining ajralmas qismiga aylangan. Biroq bugungi kunda dilni xira qiluvchi axloqiy buzg'unchilik, turli nomaqbulgarchiliklarga taqlidan o'zligini unutish holatlari kuzatilayotganligi haqiqatdir. Bu muammolarni oldini olishda hamjihatlik, birgalikdagi safarbarlik nihoyatda muhim va zarur. Ayni shu o'rinda ijtimoiy - gumanitar fanlarning integrativ xarakteri boshqa fanlarni o'z ortidan ergashtira olish salohiyatiga ega ekanligini ko'rsatadi. Qarashlar qarama-qarshiligi, ziddiyatli jarayonlarning avj olishi, nafaqat gumanitar fanlarning rivojlanishiga, balki bu fanlarning destruktiv kuchlar hamlalaridan himoya qila olish xususiyatiga ega ekanligi ayni soha orqali milliylikni saqlab qolish, hatto yangi uyg'onish davriga o'tish imkoniyatlarini beradi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta'kidlaganidek, "Hozirgi paytda dunyo miqyosida raqobat qanday keskin tus olib borayotganini hammamiz ko'rib turibmiz.Bu shiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan, yuqori texnologiyalar va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish orqali munosib javob bera olamiz".
Ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida jahon tajribasida loyihaviy faoliyat olib borish o'z samaradorligini ko'rsatayotganini inobatga olib, dasturiy maqsadli yondashuvni qo'llash hamda yangi boshqaruv vositalarini joriy etish va ulardan foydalanishni yo'lga qo'yilish lozim. Davlat siyosati darajasida rivojlanishni ilm-fan orqali ta'minlash, innovatsion texnologiyalar bilan mustahkamlashga e'tibor qaratilayotganligi va ilg'or tajribalardan foydalanish masalasiga alohida to'xtalayotganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy-gumanitar soha vakillari sifatida biz mazmunan ilm-fanning asosini, ta'biri joiz bo'lsa uning yuragini ijtimoiy-gumanitar soha o'zida aks ettirishini ta'kidlab o „tishimiz zarur. Mavjud muammolarni bartaraf qilish, o'qitish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun quyidagilarni taklif qilamiz:
Birinchidan, Ijtimoiy-gumanitar sohada qilinayotgan ishlarni tartibga solish va ko'zlangan maqsadga erishish bo'yicha ilg'or tajribani o'zida ifodalaydigan va amaliy xarakterga ega bo'lgan konsepsiyasini
ishlab chiqish lozim. Yaratilgan ijyimoiy-gumanitar soha
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-451-457
konsepsiyasi orqali jamiyatimiz ziyolilarining bunyodkor qarashlarini yagona dasturda jamlagan soha olimlari, mutaxassislari, tadqiqotchilari va talabalarini yagona nuqtada birlashtirish platformasi yaratiladi;
Ikkinchidan, Ijtimoiy-gumanitar fanlar tarkibini mazmunan yangilash maqsadida inson uchun ma'nan oziqlanadigan, zamon ruhini o'zida mujassam etgan adabiyotlarni yaratish va mutolaa qilish jarayonlarini ommalashtirish zarur. Bu esa birmuncha eskirib qolgan ijtimoiy-gumanitar fanlar bazasidagi adabiyotlarni yangilash orqali jamiyatning har bir a'zosiga zarur zamonaviy materiallarni yetkazish va asl manbalardan foydalanish imkoniyatini beraladi. Eng muhimi esa har bir insonda ijtimoiy-gumanitar fanlarni majburiy o'qish hissi o'rnini doimiy ma'naviy oziqlanishga intilishi yuqori darajaga aylanadi;
Uchinchidan, Oliygohlarda ijtimoiy - gumanitar fanlarni o'qitishda talabalarning olayotgan nazariy bilimlarini jamiyat hayotida qo'llay olish malakasini shakllantirish maqsadida nazariya va amaliyot uyg'unligini ta'minlanish kerak.
Bunda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Ma'rifat targ'ibotchilari jamiyati, Yosh targ'ibotchilar harakati, Yuksalish umumilliy harakati hamda Oliy ta'lim, Fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi o'quvchi-talabalar, Ma'naviy yuksalishga ko'maklashish markazi va boshqa tuzilmalar ayni ijtimoiy- gumanitar yo'nalish talabalarini o'z loyihalariga jalb qilinishini alohida taklif qilib o'tamiz.
To'rtinchidan ma'naviyat va ma'rifatga oid o'qilishi lozim b'lgan eng sara adabiyotlar ro 'yxatini tuzish ularni ommaviy axborot vositalari orqali r'lon qilib borish ham o'z samarasini beradi.
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy-gumanitar fnlarning o 'qitilishi va shu sohaga jiddiy e'tibor qaratish jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy manzarasiga ta'sir qiluvchi salbiy illatlarni oldini olishga xizmat qiladi. Va shu bilan birga, inson va jamiyat, inson va tabiat, tabiat ba jamiyat o'rtasidagi muvozanatbi saqlashga xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, ma'rifatparvar kishilarning ko'payishi, ularni jamiyatning ilg'or qatlamiga aylanishida ayni ijtimoiy-gumanitar soha sotsial ko'prik vazifasini o'tab beradi.
REFERENCES
1. Nazarov Q. G'oyalar falsafasi. .-T: Akademiya, 2011,-111b.
2. Muhammadieva Oynisa. Sobirova Marhabo. Sharq va G'arb ma'naviyati: o'quv qo'llanma., - Toshkent, Bookmany print, 2022,- 318b.
3. Shavkat Mirziyoev. Yangi O'zbekiston strategiyasi -Toshkent.
O'zbekiston", 2021. -B.237
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-451-457
4. Asadbek Zairov. Yangilanayotgan O„zbekistonda jamiyat - islohotlar tashabbuskori. «Scientific progress» scientific journal VOLUME #2, ISSUE #7, NOVEMBER 2021. - B.212
5. Asadbek Sayfullo o'g'li Zairov. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. Scientific progress» scientific journal Issn: 2181-1601 VOLUME #2, ISSUE #3, JULY 2021. -B. 960
6. Muhammadieva, O. M., & Zairov, A. S. (2022). Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishishning bugungi kundagi ahamayati. Current Issues of Social Sciences and Humanities, 3(2), https://doi.org/10.24412/2181-1385-2022-2-829-833 . Aprill,2022. - B. 831.
7. MUXAMEDJANOVA, L. (2018). PROFESSIONAL ETIKA VA ETIKET darslik. https://scienceweb.uz/publication/4491
8. 6.Solihovna, D. (2021). Aesthetics of Images and Symbols. International Journal on Integrated Education, 4(10), 143-146.
9. Агзамова, Н. Ш. АНТИВАКСЕРЫ: МОРАЛЬНАЯ ДИЛЕММА. Научный журнал" Академический вестник ЭЛПИТ, 5.
April, 2023