Научная статья на тему 'IJTIMOIY BURCH TUSHUNCHASINING TA’LIMIY AHAMIYATI'

IJTIMOIY BURCH TUSHUNCHASINING TA’LIMIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

91
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Oybek Dusbekovich Sulaymanbekov

Sharqona pedagogikada qadim zamonlardan buyon ta‘lim va tarbiya masalasi birdek ahamiyatga ega bo‗lib kelgan. Zamonaviy pedagogikamizda ham ushbu muammo ta‘limning barcha bosqichlari: maktabgacha ta‘lim, umumiy o‗rta ta‘lim, oliy ta‘lim muassasalari diqqat markazida ekanligini sohaga doir qabul qilinayotgan ta‘limiy me‘yoriy hujjatlar tahlilidan ma‘lum bo‗ladi. Demakki, bizning o‗quvchitalabalarimiz yetuk bilimli mutaxassis bo‗lishlari bilan bir qatorda, jamiyatimizda hurmat-izzatga sazovor shaxs sifatida tarbiyalanishi maqsad qilinadi. Inson tarbiyasi, o‗z navbatida, ijtimoiy burch bilan chambarchas bog‗liqdir. Aynan maktab o‗quvchilarida ijtimoiy burch hissini uyg‗otish hozirgi globallashuv, ―ommaviy madaniyat‖, axborot xurujlari davrida pedagoglarimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan sanaladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY BURCH TUSHUNCHASINING TA’LIMIY AHAMIYATI»

Toshkent tibbiyot akademiyasi

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi

Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

ENINKA

QO

Toshkent tibbiyot akademiyasi

www.tma.uz

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi

www.ssv.uz

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

Mazkur to'plamda Toshkent tibbiyot akademiyasining "Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari kiritilgan.

To'plamga kiritilgan materiallarning mazmuni va sifatiga muallif(lar) javobgar hisoblanadi.

Toshkent - 2022

December 16

Shadmanov Alisher Kayumovich Bobomuratov Turdiqul Akramovich

Azizova Feruza Lyutpillaeva

Norqulov Suxrob Dosmurodovich Xudoyqulova Gulnora Karimovna Alimova Saboxat Gazievna

Umarova Farida Saidikramovna

Muyassarova Muxabbat Muxamaddievna

Abilov Ural Murodovich

Norkulov Do'smurod Toshpo'latovich Iskandarov Sherzod Abdug'aniyevich

Nurbayeva Xabiba Botirovna

hay'ati

Rektor, Tashkiliy qo 'mita raisi

Yoshlar masalalari va ma 'naviy-ma 'rifiy ishlar bo 'yicha prorektor

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor

Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri

Jamoat salomatligi kafedrasi mudiri

Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti

Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o 'qituvchisi

Jamoat salomatligi kafedrasi katta o 'qituvchisi

Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori

Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori

Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi xodimi

Alimova Saboxat Gazievna

Nurbayeva Xabiba Botirovna

Moderatorlar

Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi xodimi

3

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

IJTIMOIY BURCH TUSHUNCHASINING TA'LIMIY AHAMIYATI

Oybek Dusbekovich Sulaymanbekov

Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali tadqiqotchisi

Sharqona pedagogikada qadim zamonlardan buyon ta'lim va tarbiya masalasi birdek ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Zamonaviy pedagogikamizda ham ushbu muammo ta'limning barcha bosqichlari: maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, oliy ta'lim muassasalari diqqat markazida ekanligini sohaga doir qabul qilinayotgan ta'limiy me'yoriy hujjatlar tahlilidan ma'lum bo'ladi. Demakki, bizning o'quvchi-talabalarimiz yetuk bilimli mutaxassis bo'lishlari bilan bir qatorda, jamiyatimizda hurmat-izzatga sazovor shaxs sifatida tarbiyalanishi maqsad qilinadi. Inson tarbiyasi, o'z navbatida, ijtimoiy burch bilan chambarchas bog'liqdir. Aynan maktab o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini uyg'otish hozirgi globallashuv, "ommaviy madaniyat", axborot xurujlari davrida pedagoglarimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan sanaladi.

Ijtimoiy burch muammosi axloqiy tarbiyaning asosiy masalalaridan biridir. Burch hissini va bu yuksak hisga sadoqatli bo'lishni o'quvchilarda tarkib toptirish hamma vaqt jamiyatning kun tartibidagi masalalari sifatida qolaveradi. Ma'lumki, mustaqil davlat, demokratik jamiyat a'zosi axloq normalarining biri - ijtimoiy burchni yuqori darajada anglashi va jamoat tartibiga amal qilishi talab etiladi.

Hozirgi kun umumta'lim maktablarida har bir o'quvchi shaxsiga alohida yondashilmoqdaki, unda ta'lim oluvchi (o'quvchi yoki talaba)larga o'zini namoyon etish, mustaqil o'qish va o'rganish, o'z qobiliyatlarini, ma'naviy yetuk kadr bo'lib yetishishi uchun eng maqbul shart-sharoitlar yaratilmoqda. Yangi O'zbekistonning zamonaviy maktablarida yosh avlodda yuksak ijtimoiy burch hissini tarbiyalash va bu burchni kundalik ehtiyojga aylantirish yuzasidan ko'plab ishlar qilinmoqda. Natijada, maktab o'quvchilari qo'lga kiritayotan xalqaro yutqlari hammamizga ma'lum. Xususan, aql matematikasi - shaxmat bo'yicha N.Abdusattorov, U.Omonova, aka-uka Sindirovlar kabi o'nlab jahon chempionlari, F.Sobirov, N.Normurodova kabi yuzlab xalqaro fan olimpiadalari sovrindoralari buning isbotidir. Mustaqil O'zbekistonimizda ta'lim olayotgan ana shu kabi yoshlarimiz hukumatimizning oqilona rahbarligi ostida yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarayotgani bizni quvontiradi.

December 16

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan ^^^^^^^^^^araqqiyotidagi^o'rn^

Biroq ta'lim-tarbiya sohasidagi ulkan yutuqlarimizga qaramay, o'quvchilarda yuksak axloqiy sifatlar, xususan, ijtimoiy burch hissini qaror toptirish masalalari to'la-to'kis hal qilingan, deya olmaymiz.

O'quvchilar ta'lim jarayonida yuksak axloqiy sifatlar, shu jumladan, ijtimoiy burchni anglash hamda unga sadoqatli bo'lish bilan bog'liq bo'lgan sifatlarni egallashlari uzoq vaqt va mehnatni talab etadi. Umumta'lim maktablarida ijtimoiy burchni anglash maktab ichki tartib-qoidalariga amal qilish, o'qituvchi-xodimlar talablarini bajarish hamda so'z bilan xatti-harakatning har doim monand bo'lishidan boshlanadi.

Ijtimoiy burch hissi va uni shakllantirish juda murakkab ijtimoiy masaladir. Bu masalaning murakkabligi ijtimoiy burch hissi tarkibining psixologik sifat tarzida juda murakkabligi bilan bog'liqdir. Shu bilan birga bu muhim muammoning murakkabligi ijtimoiy burch hissi tarkib toptirish jarayonidagi o'quvchi faoliyatining turli-tumanligi hamda bu og'ir tarbiyaviy ishning amalga oshirish metodlari, pedagogik, psixologik aspektlari yetarlicha tadqiq etilmaganligi bilan ham bog'liq.

Ijtimoiy burch hissini qaror toptirish alohida-alohida o'tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarni emas, balki aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan yagona tarbiya tizimini talab etadi. Demokratik davlat hisoblanadigan mamlakatimizda tarbiyaning umumiy maqsadi va vazifalari bilan bog'liq bo'lgan tizimi, avvalo, o'quvchilarning ijtimoiy burch hissi haqidagi bilimlari nimadan iborat ekanligi, ularning harakat motivlari hamda irodaviy sifatlari qanday ekanligini aniqlashni talab etadi. Bunday talab tarbiya jarayonida o'quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish jihatidan ham katta ahamiyatga egadir.

Dastlabki tahlillarimiz shuni ko'rsatadiki, sinf rahbarlarining tarbiyaviy ish rejalari ko'pincha bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lmagan qator tarbiyaviy tadbirlarni shunchaki sanab ko'rsatishdan iborat bo'ladi. Tarbiyaviy ish rejalarida ijtimoiy burch hissinining shakllanishiga yordam beruvchi faoliyatlarga hamda ijtimoiy ishlarga hamma o'quvchilarni ma'lum darajada jalb qilish ko'zda tutilmaydi.

Maxsus adabiyotlarda turli yoshdagi o'quvchilarda yuksak ahloqiy fazilatlar, irodaviy sifatlar va xulq-atvor motivlarining namoyon bo'lishi hamda tarkib topishiga bag'ishlangan qator tadqiqotlar mavjudligining guvohi bo'lamiz. Ammo ana shu sifatlarni alohida-alohida emas, balki bir butunlikda, ya'ni o'zaro uzviy bog'liqlikda tarkib topishini yoritib beruvchi tadqiqotlar uchramaydi.

Mazkur ishda murakkab psixologik sifat tarzidagi ijtimoiy burch hissi tarkib topishini o'quvchilarning o'quv faoliyatlariga nisbatan ochib berish va o'quvchilarning o'quv faoliyatlaridagi

226

majburiyatlarini analiz qilib, ijtimoiy burch hissini tarkib toptirishning ayrim samarali yo'l-yo'riqlarini aniqlash maqsad qilinadi. Ana shu jihatdan muallifning o'quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirish yuzasidan qo'llangan metodlari psixologlar, pedagoglar va o'quvchilar uchun muayyan ahamiyatga egadir.

O'quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishda yosh faktori muhim sanalishi sababli ushbu masalani muayyan sinflarga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiqdir.

Jamiyat a'zosidan yuksak ma'naviyatli, kreativ g'oyali, ongli, qiyinchiliklarni o'z bilim va mahorati bilan yenga oladigan, mustahkam irodali bo'lish kabi sifatlar talab qilinadi. Demoktarik jamiyat a'zosi bo'lmish yetuk mutaxassis-kadr ma'naviy qiyofasida ongli, intizomli, ijtimoiy burchni yuksak darajada tushungan, axloqiy pok insoniy sifatlar bo'lmog'i shart. Axloqiy va ijtimoiy burch o'zaro bog'liq: burch -axloqiy majburiyatdir. Lekin har qanday majburiyat ham burch bo'lavermaydi. Burch ongli, ixtiyoriy ravishda bajarilishi kerak. Burch ijtimoiy va iqtisodiy hayot talabiga muvofiq turli shaklda namoyon bo'ladi. Oila burchi, vatanparvarlik burchi, insonparvarlik burchi, mehnat burchi, ijtimoiy burch, ekologik burch, ahloqiy burch shular jumlasidandir.

Shaxsning ijtimoiy burchi haqida so'z borganda, uning mehnati, ona Vataniga, butun dunyoga bo'lgan munosabati emas, balki uning o'z atrofidagi hamkasblariga, do'stlariga va oilasiga munosabati ham nazarda tutiladi. Bunday jamiyatda fuqarolarning o'zaro munosabatlaridagi ana shu tomonlar g'oyat katta ijtimoiy ahamiyatga ega, bular ijtimoiy axloqning muhim tarkibiy qismlaridan sanaladi.

Burch so'zi juda keng ma'noga ega tushunchadir. Ijtimoiy burch faqat katta yoshli odamlargagina xos bo'lgan irodaviy sifat bo'lmay, balki turli yoshdagi bolalarga ham xos bo'lgan irodaviy sifatdir.

Bolalarga yoshligidanoq ularning vatanparvarlik burchlari, yaxshi o'qib, bilim egallashi, tartib-intizomli bo'lishlari tushuntirib va anglatib borilishi lozim. Shuningdek, har bir o'quvchining o'z o'qituvchisi, maktabi, ota-onasi oldida bajarishi lozim bo'lgan muqaddas burchlari bor. Bu o'rinda shuni ta'kidlab o'tish lozimki, maktab yoshidagi kichik bolalarda burchni anglash hali juda elementar holda bo'lib, ko'pincha burch hissi ijrochilik, ya'ni kattalar tomonidan buyurilgan topshiriqlarni darhol bajarish tarzida namoyon bo'ladi. Shuning uchun boshlagg'ich sinf o'quvchilarining burch hislari haqida gap borganda asosan ijrochilik ma'nosida tushunish kerak.

Pedagogikaga oid manbalarda boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy burch hissini tarbiyalash juda murakkab

227

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqivotidagi o'rni

'.qqvyotida^

ish ekanligi ta'kidlanadi. Zamonaviy maktablarda olib boriladigan tarbiya ishlarining eng muhimi - o'quvchilarni ma'naviy go'zal, yuksak axloqli qilib voyaga yetkazish, ularni so'zi bilan ishi o'rtasidagi birlikni to'la anglash ruhida tarbiyalashdir.

So'zi bilan ishi o'rtasidagi birlikni tarbiyalash va uni faollik bilan amalga oshirishda maqsad yosh avlodni o'z ishiga nisbatan talabchan bo'lishga, qat'iyatlilikka o'rgatish va bu oliyjanob fazilatni ularning ma'naviy ehtiyojiga aylantirishda namoyon bo'ladi. Binobarin, bu oliyjanob fazilat egasi bo'lgan odam jamoatchilik oldidagi o'z burchlarini bajarmasdan yashay olmaydi. Bunday holatni ulug' ajdodlarimiz, yurtboshimiz hayotlarida yaqqol ko'rishimiz mumkin. Shu ma'noda, ijtimoiy burch hissini qaror toptirish eng dolzarb masalalardan hisoblanib, o'quvchilarni barcha fanlar yuzasidan beriladigan topshiriqlarni mustaqil bajarishga odatlantirishda, ularning o'quvchilik burchini anglashga erishishida katta ahamiyatga egadir.

Aynan maktabda - o'qish jarayonida o'quvchilarda ijtimoiy burch hissini tarkib topish borasida qator izlanishlar olib borilganligini sohaga oid adabiyotlar tahlilidan ko'rishimiz mumkin bo'ladi. O'qish (dars) jarayonida o'quvchilardan muayyan qoidalarga amal qilishni, dars mashg'ulotlariga kechikmay o'z vaqtida yetib kelishni, darsda o'qituvchilarning tushuntirayotgan materiallarini tinglab o'qib olishni, topshiriqlarni o'z vaqtida bajarishni, shu bilan birga, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishni, atrof-muhitni, tabiiy resurslarni, maktab jihozlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishni, o'qituvchi va kattalar tomonidan berilgan ko'rsatmalarga rioya etishni, darsda va darsdan tashqari vaqtlarda o'zini qanday tutishi kerakligini bilish talab etiladi. Ayni mana shu talablar o'quvchida ijtimoiy burch hissining shakllanishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Weigand G. Schule der Person. Zur anthropologischen Grundlegung einer Theorie der Schule. - Würzburg: Ergon Verlag. 2004.

2. Леонтев А.А. Язык и речевая деятелност в общей и педагогической психологии. — М.: Воронеж. 2001. — С. 122.

3. Werteschulischer Begabtenförderung. Begabung und Leistung.- Frankfurt, M.: Karg-Stifttung 2012, S. 6-13.

4. Höffe O. Lexikon der Ethik. - München: Beck. 1986. -R. 379.

December 16

Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022

The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan

CONTENTS MUNDARIJA

58. Алимова, C. Г. (2022). РАЗВИТИЕ ЭКОНОМИЧЕСКОГО МИРОВОЗЗРЕНИЯ В ТРУДАХ АЛЬБЕРУНИ. The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science, 3(1), 216-218.

59. ^иёсов, Ш. У. (2022). НАУЧНЫЙ ВКЛАД АЛЬ-БЕРУНИ В РАЗВИТИЕ МИРОВОЙ НАУКИ. The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science, 3(1), 219-221.

60. Abdullayev, T. B. (2022). BILISH FALSAFASI TARAQQIYOTIDA AL-BERUNIYNING O'RNI. The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science, 3(1), 222-224.

61. Sulaymanbekov, O. D. (2022). IJTIMOIY BURCH TUSHUNCHASINING TA'LIMIY AHAMIYATI. The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science, 3(1), 225-228.

62. Jumanova, D. (2022). BADIIY USLUBNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI. The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science, 3(1), 229-233.

63. Daminova, S. F. (2022). KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING BADIIY ADABIYOTGA BO'LGAN QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISHDA OILA VA MAHALLANING O'RNI. The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science , 3(1), 234-236.

64. Jabborova, G. T. (2022). TOSHKENT VILOYATI O'LKASHUNOSLIK MUZEYLARI FAOLIYATINING O'RGANILISHI (CHIRCHIQ O'LKASHUNOSLIK MUZEYI MISOLIDA). The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science , 3(1), 237-240.

65. Iskandarova, N. X. (2022). ABU RAYHON BERUNIY QARASHLARIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MEHNATGA O'RGATISHNING MOHIYATI. The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science, 3(1), 241-242.

66. Kushbakova, D. A. (2022). MUHАMMАD YUSUF SHE'RIYАTI TILI VА USLUBINING O'RGАNILISH MАSАLАLАRI. The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science , 3(1), 243-246.

67. Narmatova, M. T., & Jo'raev, J. J. (2022). ZАMONАVIY, YUKSАK INTELLEKTUАL SАLOHIYATGА EGА KАDRLАR JАMIYAT BАRQАROR RIVOJLАNISHINING KАFOLАTI. The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science, 3(1), 247-250.

68. Ko'baev, Q., & Mavlonov, B. (2022). AFSONALARNING BADIIY TALQINI. The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science, 3(1), 251-255.

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

445

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.