Научная статья на тему 'ABU RAYXON BERUNIY ASARLARINING TIBBIY TA’LIMDAGI AHAMIYATI'

ABU RAYXON BERUNIY ASARLARINING TIBBIY TA’LIMDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

120
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYXON BERUNIY ASARLARINING TIBBIY TA’LIMDAGI AHAMIYATI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

ABU RAYXON BERUNIY ASARLARINING TIBBIY TA'LIMDAGI

AHAMIYATI

Z. N. Boboyeva

TTA, normal va patologik fiziologiya kafedrasi dotsenti

Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida barkamol avlodni tarbiyalash masalasi etakchi masala bo'lib, har bir davrda o'ziga xos yondashuvlar va tendensiyalar xukmron bo'lgan. Ajdodlarimiz tomonidan ilgari surilgan pedagogik qarashlar hozirgacha o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Ushbu ilmiy meros namunalarini o'rganish, ajdodlarimizning samarali va ilg'or g'oyalarini pedagogika sohasidagi ahamiyatini tahlil qilish har bir millat farzandining burchi hisoblanadi.

A. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhim ekanligini ta'kidlaydi. Bular -ma'rifat, ilm-fanni ham e'tirof kiluvchi - irsiyat, ijtimoiy muhit va to'g'ri ta'lim-tarbiyadir. Inson kamoloti shu uch holatning naqadar yuksak shakllanishida ekanligi va ko'p bilimga ega bo'lish bilan birga yuksak ahloqiylikni ham muhim jihat sifatida keltirib o'tadi. Shuningdek, olim o'z asarlarida har qanday bilimning tajriba bilan boyitilishi va amaliyot natijasida rivojlantirilishi lozimligini ta'kidlaydi. Ilm izlayotgan inson amaliyotga asoslanishi, to'xtovsiz mehnat qilishi, xatolarini qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har qanday uydirma va yuzakichilikka qarshi kurashish kerakligi haqidagi fikrlari ilm yo'lidagi har bir tadqiqotchi uchun dasturamal bo'la oladi.

Buyuk mutaffakir olim ilm-fanning turli sohalariga oid, astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmakologiya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi. Ayniqsa, tibbiyotda katta ahamiyatga ega "Foydali savollar va to'g'ri javoblar", "Ibn Sino bilan yozishmalar", "Kitab as-saydana fi-t-tib" shular jumlasidandir. Abu Rayxon Beruniy, 1047 - 1048 yillar davomida tibbiyot sohasiga oid, "Saydana" - "Kitob as-saydana fit-tib" ("Dorivor o'simliklar haqida kitob") deb nomlangan asarini yozgan.

"Saydana" farmokognozik asar bo'lib, tibbiyotning quroli sanalmish dori-darmon tayyorlanuvchi vositalar haqidagi ma'lumotlar yig'indisidir. Farmakognoziya grekcha "dori" va "bilim" ma'nolarini anglatuvchi so'zlardan iborat. "Saydana" o'sha vaqtlari mavjud bo'lgan dorishunoslik tarixi bo'yicha yozilgan eng qimmatbaho manba hisoblanadi. Olimning bu asari Ibn

Sinoning "Tib qonunlari"dan keskin farq qiladi. Ibn Sino dorivor

December 16

https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

vositalarning tarkibini, xususiyatlarini hamda kasallikka ta'sirini, dorivor vositalardan dorinoma bo'yicha malham, ichimlik, dori tayyorlashni aniq yozgan.

Abu Rayxon Beruniy o'z asarida nabotot, hayvonot, ma'dan va ulardan olinadigan taxminan 4500 ta dorivor vosita haqida ma'lumot berib, ularning arabcha, so'g'diycha, forscha, xorazmcha, turkcha tillardagi nomlarini keltirish bilan birga, o'sha davr dorishunoslik atamashunosligiga katta hissa qo'shgan. Olim goh u atamaga, goh bu atamaga izoh berish jarayonida tibbiyotga daxldor ko'p ma'lumotlarni ham berib o'tganki, bu asarning ko'pqirraligini ta'minlagan. Shuningdek, bu asarda dorivor o'simliklar, ular tarkibidagi moddalarning xususiyatlari, ularning kishi organizmiga etkazadigan foyda va zararlari o'rganilgan.

Tibbiy ta'limda fundamental fanlar talabalarning klinik fikrlashi uchun zamin yaratadi. Patologik fiziologiya fanida "Irsiyat va uning patologiyadagi roli", "Organizmning reaktivligi va rezistentligi", "Kasallik rivojlanishida ichki va tashqi omillarining ahamiyati" mavzulari bo'yicha dars o'tilganda bu asarda keltirilgan g'oyalar keng qo'llaniladi. Jumladan, insonning sog'lom bo'lib tug'ilishida tashqi muhitning ahamiyati, kasallikning rivojlanishida tashqi omillarning roli olim asarlarida qayd etilgan.

"Kitab as-saydana fi-t-tib" nomli asarida qayd etilgan ma'lumotlar organizmning kasallikka chalinishini oldini olish uchun qanday profilaktik ishlar olib borishqo'llash kerakligi "Organizmning reaktivligi va rezistentligi" mavzusida qo'llaniladi.

REFERENCES:

1. Muhiddinov A. Tibbiy madaniyat falsafasi. - Toshkent: Falsafa va huquq instituti nashriyoti, 2009. -B. 135-136.

2. Karimova V.Salomatlik psixologiyasi yoxud sog'lom bo'lish uchun ruhiyatni boshqarish sirlari. - Toshkent : Yangi asr avlodi, 2005.

3. Karimov Sh.I., Muhamadiyarova R.G. O'zbekistonda sog'liqni saqlash. Muammolar va istiqbollar. - Toshkent: Fan,1998.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.