Научная статья на тему 'IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA O‘QUVCHILARNI O‘RTOQLIK VA DO‘STLIK HISSIDA TARBIYALASH'

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA O‘QUVCHILARNI O‘RTOQLIK VA DO‘STLIK HISSIDA TARBIYALASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
62
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tahliliy / loyiha / integrallashuv / globallashuv / tadqiqot / ko‘nikma.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bovanova Umida Abduvahobovna, Sanayeva Sevinch

Ushbu maqolada hozirgi kunda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida kamayib borayotgan do‘stlik, yaqinlik hissi hamda o‘quvchi yoshlar tarbiyasiga oid ijobiy hislatlarni shakllantirishda taklif va tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA O‘QUVCHILARNI O‘RTOQLIK VA DO‘STLIK HISSIDA TARBIYALASH»

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA O'QUVCHILARNI O'RTOQLIK VA

DO'STLIK HISSIDA TARBIYALASH 1Bovanova Umida Abduvahobovna, 2Sanayeva Sevinch 1TAFU o'qituvchisi' 2TAFU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10678832

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda o'quvchi yoshlar o'rtasida kamayib borayotgan do'stlik, yaqinlik hissi hamda o'quvchi yoshlar tarbiyasiga oid ijobiy hislatlarni shakllantirishda taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Kalit szlar: Tahliliy, loyiha, integrallashuv, globallashuv, tadqiqot, ko'nikma.

Abstract. This article presents the role of educational work methodology in the formation of the feeling of friendship, closeness, and positive feelings about the education of young students,which is decreasing among young students today.

Keywords: Analytical, project, integration, globalization, research, skill.

KIRISH

Hozirgi kunda o'quvhi yoshlar o'rtasida do'stlik, o'rtoqlik munosabatlarini o'rnatish uni mustahkamlash bir qancha murakkablashib bormoqda desam mubolag'a bo'lmaydi.

Do'stlik va o'rtoqlik xalqimizning yuksak ma'naviy fazilatlaridan biri bo'lib, u kishilarning chuqur ichki hissiyotlari orqali belgilanadigan murakkab hodisalar natijasida tarkib topadi. Xalqimiz kishilar o'rtasidagi do'stlik va o'rtoqlik tuyg'ularini yuksak darajada baholagan. Bolalarning aqliy va axloqiy rivojlanishiga mos keladigan ya'ni asosan bolalar uchun yaratilgan ertaklarda do'stlik va o'rtoqlik mavzusi, unga amal qilinishi zarurligi targ'ib qilinib, amal qilishga undaladi.

Ayniqsa, ertak va hikoyalarda do'st tutinib, shu do'stlikning ahdu paymonini g'ayriy niyatlar uchun poymol qilinishi hatto vijdonsizlik, tubanlik kabi o'ta axloqsizlik qiluvchi g'azab va nafrat bilan tasvirlanadi, aynan bundan juda ko'p xulosa chiqarishi mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Avvalo o'qituvchi o'quv vaziyatlarini ayniqsa o'quvchilar o'rtasidagi hissiy munosabatlarni ijodiy yondashgan holda loyihalashtirar ekan, uning samaradorligini ta'minlash uchun yangi tajribalar, yondashuvlar va g'oyalarni o'zlashtirmog'i lozim. Bu o'z o'rnida o'quvchilar ongida ijobiy his tuyg'ularni mukammal rivojlanishiga sabab bo'ladi.

Shuningdek, o'quvchi shaxsini rivojlantirish masalasi J.G'.Yo'ldoshev, R.Safarova, M.Maxmudov, B.Adizov, U.Nishonaliyev, E.G'oziyev, Z.Nishonova, U.Musayev,Yan Amos Komenskiy, P.F.Kapterevlarning tadqiqotlarida o'z ifodasini topgan. O'quvchilarga ta'lim berish va rivojlanishning o'zaro aloqadorligini o'rgana turib, L.S.Vigotskiy, P.YA.Galperin, V.V.Davidov, A,N.Leontev kabi mutaxassislarning yondashuvlariga tayangan holda to'g'ri tashkil etilgan ta'lim jarayonigina o'quvchilarning har tomonlama rivojlanishlarini ta'minlash mumkin ekanligiga ishonch hosil qildik. Tahliliy faoliyat turi ham o'quvchilarda o'zlari va tengdoshlarining imkoniyatlarini bilishga ularning ichki olamini anglashga bir-birlarining tashvishlarini tahlil qilishda muhim rol o'ynaydi va natijada ularda o'zlari va atrofdagilar haqida muayyan fikr hosil bo'ladi. Atrofdagilar ularni qanday qabul qilishini anglaydilar, o'zlarini fikran boshqalar o'rniga qo'ya olish ko'nikmasiga ega bo'ladilar. O'quvchilarda rivojlanadigan tahliliy fikrlash jarayoni o'zlari va sinfdoshlarining xatolarini aniqlash, ularni tuzatish va kelajakda takrorlamaslik ko'nikmasini egallaydilar. Bu o'z navbatida o'quvchilar orasidagi o'zaro munosabatlar va hamkorlikning rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.

Turli sinfdagi o'quvchilar orasidagi do'stlik va o'zaro hamkorlikning ko'rsatkichlari turlichadir. 1-2-sinf o'quvchilarida do'stona munosabatlariga asoslangan hamkorlikka kirishish munosabatlari yetarlicha barqarorlashmagan bo'ladi. Bunday munosabatlar tasodifiy bo'ladi. Buni o'quvchilarning do'stlari tez-tez o'zgarib turishlarida ko'rish mumkin. 1-2-sinf o'quvchilarning o'zlari o'rtoqlari uning uchun hech narsa qilmaganligi sabab u bilan do'stlashishdan voz kechganliklarini ta'kidlaydilar aynan mana shu o'rinda o'quvchilarga do'stlik munosabati mol-u davlati bor yo'qligi bilan tanlanmasligi, balki insoniy sifatlari , sodiqligiga qarab tanlanishi kerakligi haqida tushuntirish berish lozim. 3-4-sinf o'quvchilarida esa do'stlari bilan hamkorlikka kirishish tajribasi ancha katta bo'ladi ,shu asosda ularda har tomonlama chuqur, mustahkam do'stlik va hamkorlik munosabatlari namoyon bo'ladi. O'quvchi shunday o'yin faoliyatiga kirishadiki bu jarayonda u sinfdoshlari guruhdoshlari bilan do'stlashishi hamkorlikda hamkorlikda faoliyat ko'rsatishi bilan bir qatorda uzluksiz rivojlanish imkoniyatiga ham ega bo'ladi.

NATIJALAR

Bugungi kunda o'quvchilarda do'stlik munosabatini shakllantirish ularda insoniy sifatlarni rivojlantirishga katta e'tibor berilmoqda.

Darhaqiqat, hozirda aynan kichik sinf o'quvchilarida bu tuyg'u to'liq shakllanib bo'lmagan, lekin yuqori sinf o'quvchilari buni anglab yetgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Chet-el tajribalariga asoslangan holda bizning davlat ta'lim tizimida ham o'quvchilarda ijobiy hislatlarni paydo qilishda ularga ko'proq tahliliy fikrlash uslubi qo'llanilmoqda. Aynan bu uslub orqali ko'plab natijalarni ko'rish mumkin. Bir qancha kuzatuv tahlillarimiz shuni ko'rsatadiki, aynan bolalarda bunday atrofdagilarga bo'lgan munosabatlar salbiy tarafga o'zgarishiga avvalo ota-ona e'tibori asosiy sabab bo'lib kelmoqda, chunki ko'plab ota-onalar farzandalari ta'limi tarbiyasiga vaqt ajratmaydi ,ayrimlari nima bilan shug'ullanayotgani ,qay muhitda tarbiya olayotganiga afsuski be'etibor bo'lishgan. Oqibatda mana shunday yaqinlik atrofdagilarga ishonch bolada shakklanmaydi ular o'zlarini ijtimoiy tarmoqlar eng to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi, yaqin do'st deb bilishadilar.

MUHOKAMA

Avvalo o'quvchilarda do'stlik, o'rtoqlik hissini rivojlantirishda maktablarda guruhiy ishlar tashkil etiladi; unda jamoani tashkil etgan barcha guruhlar bir xil topshiriqlarni bajaradilar; tabaqalashtirilgan guruhiy ishlar; unda guruhlar individual topshiriq oladilar.

Jamoani tashkil etganda o'quvchilar muhitida mavjud bo'lgan haqiqiy guruhlarni tutish,bir-biriga va o'zaro do'stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur. Pedagog o'qituvchi bu guruhlarni xususiyatlarini ularning yo'nalishi ,qiziqishlari,malakasini bilishlari hisobga olishi kerak.

Do'stlik va o'rtoqlik xalqimizning yuksak ma'naviy fazilatlaridan biri bo'lib, kishilarning chuqur ichki hissiyotlari orqali belgilanadigan murakkab hodisalar natijasida tarkib topadi.Aynan ta'lim-tarbiyada xalq ertaklaridan foydalanish o'quvchilarning ma'naviy dunyosini boyitadi,xulqini ijobiy yo'naltiradi.

XULOSA

Bugungi kunga kelib, uzluksiz ta'lim tizimi oldiga O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yuqori talablar qo'yilmoqda. Butun dunyoda ro'y berayotgan integrallashuv va globallashuv jarayoni bilan bog'liq holda ta'lim-tarbiyaning mazmun-mohiyati o'zgarmoqda. Agar o'quvchi o'qishga tayyor bo'lsa, uning zarurligini tushunib yetsa, u yaratish, fikrlash kattalar va tengdoshlari bilan birgalikda faoliyat ko'rsatish ko'nikmasiga ega bo'lib, shaxs sifatida shakllanishi insoniy sifatlar paydo bo'lishi natijasida amalga oshadi.

Xulosa qilib aytganda, o'quvchilarda o'zaro do'stona munosabatlarga asoslangan ijobiy tuyg'ularni yoshligidanoq shakllantirib borish lozim, bu do'stlik munosabatlarini qanchalik erta o'quvchi ongiga singdirilsa unda shunchalik atrofdagilarga bo'lgan munosabat hamda dunyoqarashini to'g'ri yo'lga qo'yadi. O'quvchilarning bir-biriga bo'lgan munosabatida o'qituvchi juda katta rol o'ynaydi.

Amalga oshirilgan izlanishlar va yuqorida keltirilgan xulosalardan kelin chiqqan holda quyidagilarni tavsiya qilishimiz mumkin;

l.O'qituvchi hamda tarbiyachilarni hamkorlik pedagogikasiga oid zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish.

2.O'qituvchilarda o'quvchilar tarbiyasi bo'yicha hamkorlik strategiyalari bilan qurollantirish maqsadida ishlanmalar tayyorlash.

3.O'qituvchilarni hamkorlikdagi pedagogik jarayonni loyihalash va tahlil etishga oid tavsiyalar bilan qurollantirish.

4.Hamkorlikdagi pedagogik vaziyatlarni tashkil etish, mazkur jarayonda qo'llaniladigan topshiriqlar ,savol-javoblar to'plamini yaratish.

5.O'quvchilar uchun hamkorlikda faoliyat ko'rsatish imkonini beradigan mashqlar va topshiriqlar to'plamini yaratish.

REFERENCES

1. Karimov I.A . O'zb.Konstitutsiyasi. Biz uchun demokratik taraqqiyot yo'lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir.-Toshkent O'zb, 2009.

2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat -Yengilmas kuch-T; Ma'naviyat,2008 60-61-betlar.

3. Berdiyev G.O'quvchilarda shaxslararo munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlari Xalq ta'limi.-T,1998 -B.61-65-betlar.

4. Ibragimov R. Boshlang'ich sinf o'quvchilari bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari; Ped.fan.dok dessertatsiyasi. Avtoreferati.-T,2005, 44-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.