Научная статья на тему 'IJODIY TARJIMA MUAMMOLARI'

IJODIY TARJIMA MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
57
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarjima nazariyasi / "Ma'mun akademiyasi" / turkiy adabiyot / yozuvchi / tarjimon / A. Navoiy. / theory of translation / "Mamun Academy" / Turkish literature / writer / translator / A. Navoi.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Shohsanam Dushatova, Zafarjon Djalolov

Til orqali shaxslar o'zaro, muloqotga kirishdi, fikr almashishdi, turli sohalardagi tajribalarini baham ko'rishdi. Bu narsa turli millat vakillarining bir-birining tilini tushunish ehtiyojini yuzaga chiqardi. Bu ehtiyoj, ayniqsa, ilm-fanda keng ko'zga tashlandi. Tarjimachilik faoliyati yuzaga chiqdi. Quyidagi maqola tarjimashunoslik va undagi muammolarga bag’ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Through language, people interacted, communicated, exchanged ideas, and shared their experiences in various fields. This made it necessary for representatives of different nationalities to understand each other's language. This need was especially evident in science. The translation activity has come to light. The following article is devoted to translation studies and its problems.

Текст научной работы на тему «IJODIY TARJIMA MUAMMOLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

IJODIY TARJIMA MUAMMOLARI

Shohsanam Dushatova Zafarjon Djalolov

FarDu, o'qituvchi FarDU 3-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Til orqali shaxslar o'zaro, muloqotga kirishdi, fikr almashishdi, turli sohalardagi tajribalarini baham ko'rishdi. Bu narsa turli millat vakillarining bir-birining tilini tushunish ehtiyojini yuzaga chiqardi. Bu ehtiyoj, ayniqsa, ilm-fanda keng ko'zga tashlandi. Tarjimachilik faoliyati yuzaga chiqdi. Quyidagi maqola tarjimashunoslik va undagi muammolarga bag'ishlanadi.

Kalit so'zlar: tarjima nazariyasi, "Ma'mun akademiyasi", turkiy adabiyot, yozuvchi, tarjimon, A. Navoiy.

ABSTRACT

Through language, people interacted, communicated, exchanged ideas, and shared their experiences in various fields. This made it necessary for representatives of different nationalities to understand each other's language. This need was especially evident in science. The translation activity has come to light. The following article is devoted to translation studies and its problems.

Key words: theory of translation, "Mamun Academy", Turkish literature, writer, translator, A. Navoi.

Insoniyat yaralgandan beri o'zaro muomala-munosabatga kirishar ekan, bu ijtimoiy aloqa uning tarixiy jarayondagi ijtimoiy-ma'naviy rivojlanishini taminladi. Zero, har qanday taraqqiyot tajriba olish va tajriba almashish kechimi hosilasidir. Shuningdek, jamiyatdagi kommunikatsiyani taminlovchi asosiy vosita bu - til. Til orqali insonlar bir-birining ilm-fani, madaniyati, dunyoqarashi, mentaliteti, o'y-fikrlari bilan tanishadi, ma'rifat xazinalarini baham ko'radi. Bu esa tarjimashunoslik san'atiga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi.

Aslida, tarjima nazariyasini yaratish harakati O'zbekistonda XX asrning o'ttizinchi yillarida boshlangan bo'lsa-da, Sharqda tarjimonchilikning faol amaliyotining eng gullagan davri VIII-IX asrlarda bo'ldi. Bu davrda Xalifa Ma'mun sa'y-harakati bilan "Ma'mun akademiyasi" tarjima markazi keng miqiyosda faoliyat olib bordi. Bu maktab qator qomusiy allomalarning yetishib chiqishiga sabab bo'ldi. Jumladan Aburayhon Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Al-Xorazimiy, Al-Buxoriy kabi dunoyo svilizatsiyasi katta ta'sir o'tkazdgan bobokalonlarimiz ana shu maktab vakillari edilar. Tom ma'noda tarjimachilik ilm-fanning, adabiyotning rivojlanishiga katta sabab bo'ldi. Arab, fors va

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

boshqa tillardagi asarlar turkiy tillarga tarjima qilindi. Chunonchi, davrning global masalasini ko'tarib chiqan har qanday asarga, har qanday davrda katta ehtiyoj sezilgan. Buni biz Navoiy davridagi ilm-fan, adabiyotning umumiy manzarasiga bir nazar solish bilan ham bilishimiz mumkin. Navoiy davriga kelib turkiy adabiyot sustlashib qoldi. Turkiy til adabiyot maydonidan siqib chiqarila boshlandi. Chunki bu tilda "ko'p va xo'p" ijod qiladigan sifatli ijodkorlar juda kam qolgandi. Umuman olgan, har bir davrda adabiyot, ilm-fan yangilanishga muhtoj bo'ladi. Yangi davrning dunyoqarashi, tendensiyasi anglangan va anglanmagan holda modernizatsiyalashtirishga ehtiyoj sezadi. Navoiy dahosi esa adabiyotdan chetlashayotgan turkiy tilga tirgak bo'ldi. Nafaqat o'z mavqeyini saqlab qoldi, balki, tilning o'z qurbatini namoyon qilishga harakat qildi. Turkiy adabiyotni oyoqqa turg'izish jarayonida Navoiy o'zining ijodi mahsuli bilan chegaralanib qolmadi. Boshqa tildagi eng mashhur, global, umuminsoniy masalalarni o'zida mujassam etgan, fors va arab adabiyotining durdona asarlari ham turk tilda o'qilishini istadi. Bu bilan turkiygo'y xalqlarning ma'naviy ehtiyojini qondirish kabi xayrli orzusini ham amalga oshirdi. Navoiyning tarjima asarlarini "tarjima" deyishimiz ham bir qadar izohtalab. Chunonchi, Navoiy tarjima qilgan asarlarida matnning asliyatini to'liq saqlab qolmaydi. Unga ijodiy yondashadi. Ba'zi o'rinlarda, davr talabiga javob bermaydigan muammoli o'rinlarini olib tashlaydi. Kemtiklarini to'ldirib boradi. Mavjud asarga o'zining qarashlarni, tendensiyasini singdirib yuboradi. Mavjud asarni adekvat (asliga muvofiq) tarjima qilish ham anchayin salohiyat, tajriba, qobilyat talab qiladi. Zero "Tarjima mehnatini hech qachon ikkinchi darajali deb tushunmaslik kerak. Uning mehnati yozuvchi mehnati bilan barobar."1

Navoiy Abdurahmon Jomiyning "Nafohat ul-uns" asarini 1495-yilda "Nasiyim ul-muhabbat" nomi bilan tarjima qiladi. Biroq Navoiy ustozi Jomiyga bu asarini kamtarlik bilan "tarjima" deb taqdim qiladi. Vaholanki "Nasoyim ul-muhabbat" asari "Nafohat ul-uns"ning ijodiy qayta ishlangan, ijodiy yondashgan, to'ldirilgan shaklidir. Misol uchun Jomiyning asarida 618 ta shayx haqida ma'lumot keltirilgan bo'lsa, Navoiy buni 770 taga yetkizadi. Chunki Jomiy o'ziga zamondosh bo'lgan shayxlarni, tasavvuf ahllarini kiritmagan edi. "Jomiyning asariga tanqidiy qaragan Navoiy "burung'i zamondag'i mashoyixdin barchasining zikrini qilmaydurlar va o'z muosirlarining ko'pini, o'zlarin ham bitmaydurlar" der ekan, asarda Jomiy, Lutfiy, Ashraf Muflisi, Shayx San'on, Nosir Xisrav, Hasimiy, va shular qatori Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy kabi turk mashoyixlari haqida ma'lumot beradi." Navoiy bu asarni ustoziga javon sifatida yozgan. Zero ular orasida ijodiy hamkorlik va ustoz-shogirdlik munosabati mustahakam edi. Qolaversa, bu asarni yozishni shoirga Jomiyning o'zi taklif qilgan. Ustozining taklifi bilan "Nasoyim ul-shabob"ni yozar ekan, o'zining kalomi bilan aytganda,

1 "Tarjima nazariyasi". I. G'afurov, O. Mo'minov, N. Qambarov. Toshkent - 2012.

2 UzME. Birinchi jild. Toshkent - 2000-yil.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

"ravshan va ochuq" qilib yozdi. Jomiyning "Nafohat ul-uns" asarida ilmiylik kuchli edi. Navoiy esa turkiygo'y xalqlar uchun sodda va ravon, tushunarli qilib yozdi. Shu nuqtayi nazardan, bu tarjima emas, balki qayta ijod qilish bo'ldi. Lekin shoir asarni ustoziga tarjima deb taqdim qiladi.

"Navoiy tarjima deganda buyuk kamtarlik ko'rsatib, ustozlarga payravlik qilganini aytadi. Bu payrav asarlarda u tamomila o'z orginal fikrini olg'a so'radi, o'zi ochgan

"5

orginal badiiy shakllarni istifoda etadi"

Tabiriy joyiz bo'lsa, tarjima qilgan asarlarining asl matni Navoiy uchun material vazifasini o'tagan, xolos. Bu tayyor maydonga o'zining binosini qurar ekan turkiy adabiyotga yangi nafas, yangi mazmun-mohiyat va shaxsiy tajribalari, xulosalaridan kelib chiqqan o'zining dunyo qarashi, badiiy idroki, tom ma'noda yuqori poetik qimmatga ega adabiyotini olib kiradi. Ayniqsa, Farididdin Attorning majoziy-falsafiy, axloqiy dostoni "Mantiq ut-tayr"ni turkiyda yozishni shoir uzoq yillar oldin ko'ngliga tugib qo'ygan bo'lsa-da, buni tezda amalga oshiravermadi. Umrining oxirgi damlarida bu mas'ulyatli va mashaqqatli ishga qo'l urdi. "Asar debochasida u dostonni "Mantiq ut-tayr"ga tarjima rasmi bilan yozishga jazm etganligini, payrov asar bino etishga kirishganligini ta'kidlab o'tadi. Navoiyning bu asari sof tarjima emas. O'z tili bilan aytganda, "tarjuma rasmi bilan" yozilgan asar. Tarjima asarning Navoiy yaratgan yana bir shakli. Ikkinchi tomondan, u "javob usuli"da yozilgan muqobil asar. Unda tarjima elementida ko'ra orginallik elementlari ko'proq"4

Navoiy "Mantuq ut-tayr" dostonidan shunday qattiq ta'sirlanganki, hali bola bo'lishiga qaramay to'liq yod olgan. Uning mazmun-mohiyati bo'lajak shoirni rom etgan. Asar ruhiyati, holi unga shunday singib ketganki, shoir o'sib-ulg'ayib ilm-u marifat yig'ib borgani sari bu ruh unda takomillashib Navoiy tanosuxida qaytda paydo bo'ldi. Chunonchi, dostonni shoir umrining oxirlarida yozdi. "Lison ut-tayir"da Qaqnus qush haqida fikr ketar ekan, bu qush umr bo'yi xas-xashakllarni yig'ib o'ziga joy tayorlar ekan. Keyin uning ustiga chiqib shunday dard bilan sayrar ekanki, xashaklarga o't tushib, Qaqnus u bilan yonib kulga aylanar ekan. Kulidan yangi qaqnus qushi tug'ilar ekan. Navoiy yonib ketgan qushni Attor, o'zini yangi tug'ilgan Qaqnus polaponi deb aytadi. Bu shuni bildiradiki, tarjimachilikda asarni tushunib yetish va uni asliga muvofiq o'girish muhim ahamiyatga egadir. Lekin Navoiy dostonni nafaqat tushunib yetadi, uni o'ziga singdiradi, uning joni, ruhi bilan yashaydi. Shu nuqtayi nazardan "Lison ut-tayr" shunchaki trasnformativ asar emas, balki Attor kulidan qayta tug'ilgan va turkiy tilda "sayragan" Qaqnusdir.

Zamonaviy tarjima nazariyasi o'zining bir qadar konsepsiya, qonun-qoida, yo'nalish, metod, predmet, me'zoniga ega. Bu, albatta, sohaning yillar davomida

3 "Tarjima nazariyasi". I. G'afurov, O. Mo'minov, N. Qambarov. Toshkent - 2012.

4 "Tarjima nazariyasi". I. G'afurov, O. Mo'minov, N. Qambarov. Toshkent - 2012.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

rivojlanib, takomillashib borishi; o'zining yangi-yangi nazariyalarni ilgari surishi bilan bog'liqdir. Davr o'tishi bilan bu sohada qator ilmiy ishlar qilindi, kitoblar chiqarildi. Tarjimachilik millatlararo madaniy kommunikatsiyani hosil qilganligi natijasi o'laroq katta soha sifatida shakllandi. Va bunda asarning asliyatini saqlab qolish, asliyatiga muvofiq o'girish faoldir.

Abdurahmon Jomiy qirqda sahih hadislarni nazmga solib, "Chil hadis" asarini yozadi. Bundan ta'sirlangan Navoiy ustozining ruxsati bilan asarni turkiy tilga "Arbain" deb tarjima qiladi. Qizig'i shundaki, Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiy haqidagi "Xamsat ul-mutahayyirin" asarida:

"Ul vaqtdakim alar (Abdurahmoniy Jomiy) "Arbain hadis"ni forsiy nazm bila tarjima qilib erdilar va ma'hud odat bila borcha ashobdin burunroq faqirg'a iltifot qilib , musavvadasin berdilar, chun mutolaasiga mashg' bo'ldim..." deb yozadi. Navoiy Ustozi hadislarni nazmga solgan "Chil hadis"ni ham tarjima deb ataydi. Vaholanki hadislar nasrda bo'lgan. Uni nazmga solish qayta ijod qilishni talab qiladi. Uning mazmuni ijodiy material vazifasini o'taydi, xolos. Misol uchun, "Al-ilmu lo yubxalu minhu", ya'ni: "ilm tuhfa qilishda (ya'ni o'rgatishda) baxillik qilma", degan hadisni Jomiy shunday nazmga soladi:

Ey, garonmoya mardi donishmand, ki turo ilmi din buvad ma'lum. Musta'idro az on mashav mone', Mustahiqro az on makun mahrum.

Tarjimasi: Ey, agar biron donishmand er senga din ilmidan o'rgatgan bo'lsa, sendan o'rganuvchini mahrum etma. Sendan naf oluvchiga to'sqinlik qilma.

Ko'rinib turibdiki, Jomiy hadisni aynan she'rga solmaydi, balki unga ijodiy yondashadi, kengaytiradi. Hattoki, bunda shunday bir nozik ma'noga ishora qilib ketadiki, o'rganuvchi kim bo'lishi kerakligiga ham oydinlik kiritadi. Zero ilmni hammaga ham o'rgatib bo'lmaydi. Ilm talabgorigagina berish mumkin. Bunday kishilar esa ilmdan naf oluvchilardir. Shu jihatdan Jomiy "sendan naf oluvchiga to'sqinlik qilma" deb hadisni ham badiiy, ham mazmuniy jihatdan boyitadi. Demak, Navoiy "tarjuma" deb atayotgan ijodiy mahsul o'z badiiy qimmatini shunday ko'rsatar ekan, biz uni "tarjima" deyishga ko'nmagan bo'lar edik. Shuningdek, Navoiy "tarjuma" asarlarida ham shu hol namoyon bo'lar ekan, shoirning o'zi "tarjuma" deb atashiga qaramay, bunga nisbiy yondashish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Navoiy fenomeni mavjud asarni shunchaki so'zma-so'z yoki adekvat tarjima qilishga imkon bermaydi. Ta'biri joyiz bo'lsa, Navoiy garchi qattiq ta'sirlangan bo'lsa ham, tarjima qilgan asarlariga "men bo'lganimda mana bunday yozar edim" qabilidagi ijodiy "menlik"ning ideal bir nuqtasini ko'rsatish moyilligi bilan yondashgan deyishimiz mumkin.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Allomalar, buyuk siymolar, 1-4 kitob. Toshkent, 1995.

2. G'afurov, O. Mo'minov, N. Qambarov. Tarjima nazariyasi. Toshkent - 2012.

3. Kornilov N. Tarjimachiligimiz an'analari. «Shar? yulduzi" jumali. 1968, 8-son.

4. UzME. Birinchi jild. Toshkent - 2000-yil.

5. Dushatova, S., & Azamov, M. (2022, November). SO'Z TURKUMLARI TASNIFI.

In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 1, No. 6, pp. 89-95).

6. Dushatova, S. (2022). LINGUISTIC AND SOCIAL ORIGINATION OF TABOOS. Science and innovation, 1(B6), 318-321.

7. Dushatova, S., & qizi Norinboyeva, D. J. (2022). CHET TILIDA NUTQNI TINGLAB TUSHUNISH VA UNDA FRAZEOLOGIZMLARNING O'RNI. YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS, 7(7), 66-71.

8. Zafar, J. (2022). Linguistic and Cultural Problems in Translation. American Journal of Social and Humanitarian Research, 3(12), 55-57.

9. qizi Dushatova, S. B., & qizi Qodiraliyeva, N. I. (2022). EFFECTIVE METHODS OF LEARNING FOREIGN LANGUAGES. International Academic Research Journal Impact Factor 7.4, 1(5), 63-67.

10. Shofiyev, O. (2017). Erkin Azam'in Edebi Ki§iligi Uzerine. ANADOLU KULTUREL ARA§TIRMALAR DERGiSi, 1(2), 97-105.

11. Shofiyev, O. B. (2019). The image of the child and the motivation of childhood in Erkin Azam's works. ISJ Theoretical & Applied Science, 12 (80), 607-611.

12. Ismoilova, M., Maqsudova, G., Sharipova, S., & Yuldasheva, D. (2022). COMPARATIVE TYPOLOGY: TYPES, SUBJECT MATTER, TASKS, APPROACHES AND CLASSIFICATION. Science and innovation, 1(B7), 1544-1546.

13. Bazarova, D. (2022). VARIABILITY OF PHRASEOLOGICAL UNITS. Science and innovation, 1(B7), 483-486.

14. Bozorova, D. B. (2015). SOME NOTES OF VARIABILITY IN THE UZBEK LINGUISTICS. Theoretical & Applied Science, (4), 135-138.

15. Kenjayev, S. (2022). Sardor Kenjayev ХИТОЙ САРИ ЮРИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЖАРАЁНЛАРИ ЁХУД АМИР ТЕМУР ХАЁТИНИНГ СУНГГИ КУНЛАРИ. Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti jurnali, 2(2).

16. Артыкбаева, З. А. (2015). Методика обучения решению геометрических задач. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (2-2), 59-63.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.