Научная статья на тему 'IJODIY MANBADAN FOYDALANIB KOSTYUM DIZAYNI LOYIHASINI YARATISH TEXNOLOGIYASI'

IJODIY MANBADAN FOYDALANIB KOSTYUM DIZAYNI LOYIHASINI YARATISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
16
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Evristika / ijodiy manba / analogiya / girixlar. islimiy naqsh / bionika / antropotexnika / loyihalash / assotsiatsiya. / Heuristics / creative source / analogy / tricks. Islamic pattern / bionics / anthropotechnics / design / association.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Rаximоvа Kаmоlа G’аyrаtоvnа, Baynazarova Lobar Xamdam Qizi, Boltayeva Marjona Talib Kizi

Ushbu maqolada kostyum dizayni loyihasini yaratish usullari batafsil yoritilgan bo’lib ijodiy manbani o’rganish bilan bir qatorda undan samarali foydalanish va ijodiy izlanishlar olib borish to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Ijodiy manba namunalari –bu dizaynerlarning ijodiy ishlari keltirilishi va sharhlanishidir. O’zbek milliy naqshlari haqida qisqacha bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE TECHNOLOGY OF CREATING A COSTUME DESIGN PROJECT USING A CREATIVE RESOURCE

This article describes in detail the methods of creating a costume design project, as well as the study of the creative source, as well as information on its effective use and creative research. Creative resource samples are examples of designers' creative work being cited and commented on. Uzbek national patterns are briefly described.

Текст научной работы на тему «IJODIY MANBADAN FOYDALANIB KOSTYUM DIZAYNI LOYIHASINI YARATISH TEXNOLOGIYASI»

é

ш

ARTICLE

THE TECHNOLOGY OF CREATING A COSTUME DESIGN PROJECT USING A CREATIVE RESOURCE Rаkhimоvа Kаmоlа Gаyrаtоvnа

Boltayeva Marjona Talib kizi Baynazarova Lobar Xamdam qizi Tеrmiz Stаtе Univеrsity rаximоvаkаmоlа96@gmаil.соm https://doi.org/10.5281/zenodo.11545303

ABSTRACT

This article describes in detail the methods of creating a costume design project, as well as the study of the creative source, as well as information on its effective use and creative research. Creative resource samples are examples of designers' creative work being cited and commented on. Uzbek national patterns are briefly described.

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS

Heuristics, creative source, analogy, tricks. Islamic pattern, bionics,

anthropotechnics, design, association.

ТЕХНОЛОГИЯ СОЗДАНИЯ ДИЗАЙН-ПРОЕКТА КОСТЮМА С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ТВОРЧЕСКОГО РЕСУРСА Рахимова Камола Гайратовна Байназарова Лобара Хамдам кизи Болтаева Марджона Талиб кизи Термезский государственный университет

rаximоvаkаmоlа96@gmаil.соm https://doi.org/10.5281/zenodo.11545303

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS

Эвристика, творческий источник, аналогия, извилина. Исламский узор, бионика,

антропотехника, дизайн, ассоциация.

В данной статье подробно описаны методы создания дизайн-проекта костюма, а также исследование творческого источника, а также информация по его эффективному использованию и творческому исследованию. Образцы творческих ресурсов представляют собой примеры цитируемых и комментируемых творческих работ дизайнеров. Кратко описаны узбекские национальные узоры.

IJODIY MANBADAN FOYDALANIB KOSTYUM DIZAYNI LOYIHASINI

YARATISH TEXNOLOGIYASI

Rаximоvа Kаmоlа G'аyrаtоvnа Baynazarova Lobar Xamdam qizi Boltayeva Marjona Talib kizi

Tеrmiz dаvlаrt univеrsitеti

ARTICLE INFO

Rаximоvаkаmоlа96@gmаil.соm https://doi.org/10.5281/zenodo.11545303

ABSTRACT

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024

Ushbu maqolada kostyum dizayni loyihasiniyaratish usullari batafsil yoritilgan bo'lib ijodiy manbani o'rganish bilan bir qatorda undan samarali foydalanish va ijodiy izlanishlar olib borish to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Ijodiy manba namunalari - bu dizaynerlarning ijodiy ishlari keltirilishi va sharhlanishidir. O'zbek milliy naqshlari haqida qisqacha bayon etilgan.

KEYWORDS

Evristika, ijodiy manba, analogiya, girixlar. islimiy naqsh, bionika,

antropotexnika, loyihalash, assotsiatsiya.

bionika,

KIRISH

Har bir dizayner o'zining ijodiy faoliyati uchun ko'p bilim sohalaridan ma'lumotlarga ega bo'lishi kerak. Yuqori natijalarga erishish uchun dizayner san'at sohasi va fan yo'nalishiga taalluqli bilimlarini o'zlashtirishi zarur. San'atni har bir turida g'oyaviy ijodiy asosi kompozitsiyadir. Aniqroq aytganda, kompozitsiya orqali dizaynerni qiziqtirgan g'oyani ifodalaydi. Ijodiy manbadan foydalanishni o'rganish kostyum loyihasi kompozitsiyasini tuzishda zaruriy qonuniyatlarga amal qilish lozim, ijodiy yondashuv va tasavvur qilish qobiliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodiy manba - kostyum dizayni loyihasini yaratishda birinchi g'oya qilib olingan va dizaynerni ilhomlantiradigan vosita hisoblanadi. Dizayner o'zining kostyum kolleksiyasini yaratishda ijodiy manba sifatida har qanday tabiiy hodisalar, buyumlar, muhitning turli elementlari, dunyoda sodir bo'layotgan voqealar, musiqa, rangtasvir, adabiyot, balet, teatr, sirk, kino, tomosha tadbirlari, etnik mavzular, me'morchilik, muhandislik inshoatlari, mashina detallari, turli mexanizmlar, maishiy buyumlar, amaliy san'at asarlari (shisha, tosh, yog'och, metall, keramika va b.), musiqa asboblari, yer fakturasi, yulduzli osmon, origami o'yini, ekologiya, tarixiy, xalq va klassik kostyumlar, eklektika usuli, parodiya usuli, stilizatsiyalash usuli va h.k. bo'lishi mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ijodiy jarayon - mazmun va shakl birligini qidirish degani. Ba'zan ijodiy vazifa yechilganda an'anaviy usullarni qo'llanishi qiziqarli yechimni bera olmaydi. Shuning uchun loyihalash jarayonida dizaynerning ijodiy faoliyatini intensivfikatsiyalashga yo'naltirish kerak. Butun jahon dizaynerlari dizaynni barcha sohalarida davrga munosib yangi mollarni yaratish uchun yangi g'oyalarni qidiradalar. Turli buyumlarni ishlab chiqaradigan korxona yoki firmalar dizaynerlardan qiziqarli bir g'oyani emas, balki g'aroyib, yangi cheksiz g'oyalarni talab qilishadi. Bu ijodiy fantaziyani jadallashtirish usullarini yoki oddiy qilib aytganda evristika usullarini qidirilishiga sabab bo'ladi.

Assotsiatsiya usuli - bu g'oyani vujudga kelish usullaridan biri. Dizaynerlarning ijodiy tasavvuri tashqi muhitga, turli g'oyalarga qaratilsa, bunday holda assotsiatsiya usuli yaxshi natija bera oladi. Dizaynerni assotsiatsiyativ fikrlashini rivojlanishi, uni ijodiykorlik qobilyatini yanada kuchaytirishdir, chunki bu zamonayiy dizaynerning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, zamonaviy dizaynda siymoli fikrlash loyihalashda

prinsipial yangi uslub deb hisoblandi. Dizaynerni assosiativ fikrlashi buyum, abstrakt va psixologik assosiatsiyalarni obyekt yechimini grafik qidiruvga o'zlashtirishdir. Ijodiy jarayonda assosiativ fikrlash juda muhim hisoblanadi. Bunday fikrlashga dizaynerning qobiliyat darajasi ijodining asosi hisoblanadi, negaki har qanday san'at asari xotirada sodir bo'layotgan real dunyoni va buyumlarni tasavvurlash natijasidir. Kostyum dizayneri real borliqni qandaydir transformatsiya usulini libosda qo'llashi mumkin va barcha narsalarni olishi ham mumkin: mavzuli fragment yoki butun manbani. Kostyumni loyihalashda ijodiy manba qilib tabiat, atrofdagi voqealar, buyumlar bo'lishi mumkin. Zamonaviy dizaynerlarni shakl, hajmlar birikmasi, har xil tuzilishlarning birikmalari doimo qiziqarli bo'lib kelgan. Assotsiatsiyalar har xil bo'lishi mumkin: buyumli, abstraktli, psixologik va noreal. Asfaltda ko'lmaklar, muzni yaltiraganligi, yo'lda yoki daladagi loyning fakturasi, yomg'ir tomchisi, derazada ayozning rasmlari va boshqalar - bular barchasi ixtiro qilish uchun ozuqa berishi mumkin. Darhaqiqat, dizaynerning fikri muayyan yo'nalishda bo'lishi uchun u doimiy professional darjadagi mashqlar bajarib urishi lozim. [3]

Evristika (grek. heurisiko - qidiraman, kashf etaman) - bu ma'sul ijodiy fikrlashni o'rganadigan fandir. Ijodiy jarayoni juda murakkab va xilma xildir. Ijodiy tasavvurni yanada boyitish, loyiha ijodiy vazifalarni noan'anaviy usullar bilan yechish, psixologik inersiyani yengish - bu evristik usullarning imkoniyatlaridir. Bugungi kunda zamonaviy dizaynerlar ko'pincha analogiya, assosiativ, kombinatsiyalash, inversiya usullari va bunga asoslangan oddiy evristik usullardan foydalanadilar. Loyihalovchi evristik usullardan foydalanishni bilishi kerak. Turli evristik usullari bilan qo'llanish natijasida dizaynerning ijodiy qobiliyatini va tashabussini professional yo'nalishda fikrlash mantiq doirasini rivojlanishiga imkon beradi. Bu holda ijodiy qidirishni tartibga solish va jadallashtirishga imkon paydo bo'ladi. Shu tarzda dizaynerni o'qitish eng muhim maqsadi - bu har bir talaba dizayn loyihalash faoliyati davomida o'zini qobiliyatlarini ochishga va o'z-o'zini baholashini rivojlanishiga imkon berish va loyihaga qo'yilgan vazifani yechish uchun individual usullarni ishlab chiqadi. Dizayner faoliyatida qo'llanish mumkin bo'lgan evristik usullarini ko'rib chiqaylik.

Bionik usuli - bu bionika konkret obyektlar tahlilidan iborat bo'ladi. Misol uchun, hasharotlar oyoqlarini tahlil qilish, yangi o'ralish shakllarni, yelk ava bel kiyimlarni qavatlarini, detallar transformatsiyasini yaratish mumkin. Ba'zi hasharotlarni o'zidan nur chiqaradi ularni loyihalash uchun ichiga yoritgichi bor oyoq kiyimlarni yaratish fikrini tug'diradi. Dizaynda bionik bu yondashish o'zgacha konstruktiv buyumlarni, yangi xususiyatli fakturalarni hosil qilishga imkon beradi. Undan tashqari, bu usul dizayner e'tiborini tabiat obyektlarini diqqat bilan o'rganishga; odatda qiziqarli g'oya, prinsip va usulni ko'rishga imkon beradi. [3]

Analogiya (o'xshash) usuli - bu qo'yilgan vazifani yechish usuli hisoblanadi. Bu usulda tarixiy, xalq va milliy kostyumdan, muhandislik yechimlaridan, me'moriy inshoatlardan olingan o'xshash yechimlarni yaratilishidir. Dizayner ijodiy manbani sharhlaydi va transformatsiya yordamida uni loyiha yechimiga aylantiradi. Bu usul keng va ko'p qo'llanadi, ayniqsa loyihalashda obyektning siymo yechimi qidirilganda yangi qiziqarli yechimlar ijodiy manbani ko'rinish alomatlaridagina emas, balki buyumni yaratish usulidan ham hosil bo'ladi: "bichilmagan va tikilmagan libos" usulini kostyum tarixidan o'zlashtirish mumkin

(rimliklarning togasi, yopinchiqlar, hind ayollarning sarisi, indoneziya ayollarning sarong yubkasi va b.);

"to'qish" usuli - amaliy-dekorativ san'at buyumlari va xalq kostyumlarini g'oyasini beradi;

"hajmiy fakturani yaratish" usuli - o'simlik shakllar, gullar, barglar, ildizlar, po'stloqlardan va boshqa g'oyani olish mumkin;

"katta shakllarni qismlarga bo'lish" usulini o'rta asrlarda qurol yaroq-aslahalari va modul loyihalashdan g'oyani olish mumkin.

Analoglardan o'zlashtirilgan dastlabki g'oya amalga oshiriladi. Bunday loyihalash usuli funksional loyihalashga mansub bo'lib, mahsulotni loyihalashni emas, balki usullarni loyihalashni o'rgatadi. Misol uchun, loyihalash: choynakni emas, suvni qaynatadigan usulni; kovushni emas, suv o'tkazmaydigan poyabzalni. [1]

Antropotexnika usuli esa - bu odamni fizik imkoniyatlariga mos yangi mahsulotlarni loyihalash usulidir. Xattoki, romontik modellarida ham odam tana proporsiyalari, buyumning qulayligi inobatga olinishi kerak. Masalan, cho'ntaklarni joylanishi foydalanishga qulay bo'lishi lozim, sumkaning taqilmasi bir qo'l bilan ochilishi lozim.

O'yin usuli modada o'yin fursatini nazarda tutadi, o'yin esa har doimo innovatsionyaga bog'liq. O'yin moda namunalari va siymolarini o'zgarishiga olib boradi va qidirishni rag'batlantiradi. O'yin uchun jarayonni o'zi muhimdir, mahsulotni transformatsiya qilish va uni yakuniga yetkazmaslik asosiy masala qilib olinadi. Erkinlik, teatrallik, tavvakkalchilik va yangilikka intilish - bular barchasi zamonaviy dizayn elementlari. XXI asr libos kolleksiyalarida o'yin usuli ko'p qo'lanilgan: dekonstruksiya, eklektika va boshqalarda. [3]

Ijodiy manba tanlashda izlanish

Ijodkor g'oyalarni ilk uchqunlarini turli holatlardan va buyumlardan, ya'ni oilaviy, eslatik uchun, to'y marosimlarida, muzeyga borganda, va abstrakt holatlarda olishi mumkin. Ijodiy jarayon ketma-ketligi qog'ozlarda aks ettirilgan umumiy xulosani hosil qiladi. Agar ijodiy manba mavzusi qadimgi Misr bo'lganda, bunga ko'plab tarixiy qo'lyozmalar, manbalar va adabiyotlar, muzey eksponatlarida liboslar to'plam mavjud, ular haqidagi ma'lumotlar bazasini to'plash mumkin, ularni o'rganib chiqish, tahlil qilish zarur bo'ladi. Mavzuga oid filmlar ko'rilib, undagi tarixiy kostyumlar elementlarini kuzatib o'rganish, natijada yillar davomida moda san'atiga ta'sir etuvchi misr liboslari elementlarini tahlil etish, masalan, 1700 yillarda qadar bo'lgan vaqt oralig'idagi Yunon liboslari elementlarining o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Yuqoridagi tavsiyalar ijodiy jarayonda g'oyani mukammal ishlab chiqarishga turtki hisoblanadi. Izlanishlar hayratlanarli, natija esa aksincha bo'lishi ham mumkin. [3]

Loyihaning izlanish jarayoni juda muhim hisoblanib, unda g'oyaning yakuniy natijagacha bo'lgan yo'lni (yoki rivojlanishni) ko'rsatib beradi va qoidaga asosan rasmlar, chizmalar, eskizlar, sxemalar, miniatyuralar, rejalar konstruksiyalar, turli usul va jarayonlarni izlash, aralash faktura va materiallar ko'lami, ko'rgazma va galereyalar tashrif buyurilib, undan olingan eskizlar va annotatsiya qilingan broshyuralar suratlari, rasmlar orqali o'z aksini topgan ilk ma'lumotlar, rassomlar va modelyerlarning mos ishlarining olingan nusxalarini o'z ichiga oladi.

é

Ws,

Kostyum dizaynida ijodiy yondashuvi. Hamma dizayner o'zning faoliyati davomida muayyan bosqichda tarixiy va xalq an'analari bilan ilhomlanib, ijodiy manbalarga murojaat qiladi.

Ekzotik mamlakatlarning madaniyati ko'p badiiy uslublarda g'oya o'zlashtirish moda tarixida doimo bo'lgan. XX asr modasi ko'pincha etnik va tarixiy manbalarga murojaat qilgan. Klassika va ekzotika xalqlardan o'zlashtirilgan bezakni bir-biriga qo'shib, modellarni barpo etadigan dizaynerlar avlodi paydo bo'ldi, misol uchun, J.P.Gotening "eskimos" kolleksiyasi.

1971-yillardan boshlab kostyum dizaynerlari kolleksiyalarida "milliylik ruhini" etnografik ma'noda namoyon etibgina qolmay, balki ularni qadr qiymatini oshirish bo'ldi, negaki modada "baynal-minal uslub" kontekstida, ya'ni qanday millat bo'lishidan qattiy nazar barcha insonlarga mos keladi. Misol uchun, Buyuk Britaniyadada tahsil olgan, Italiyada ishlayotgan turk dizayneri R. Ozbekni har qanday sharoitga mos keladigan kolleksiyalarida etnik ruhiyat ijodiy manbaasi bo'lgan. Yapon dizaynerlarining kolleksiyalarida bunday muvafaqiyat aynan libosga, shaklga, materialga va naqshlarga sharqona munosabatini bildirilgan va yevropa an'anasi, konstruksiyasi bilan birga organik qo'shilganda va shu asosda qo'llanilgan mutlaqo yangi kiyim yaratilganda namoyon bo'ldi.

O'zbekiston dizaynerlari o'z ijodida milliy matolarni (atlas, xonatlas, shoyi, adras, beqasam va boshqalarni), turli bezaklardan, aksessuarlardan va taqinchoqlardan keng foydalanilgan. Milliy kiyimlarga yangicha hayot berishadilar va milliy matolarimizdan zamonaviy liboslarda aks ettiradilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dizaynerlar faoliyatida ijodiy manba loyihalash jarayonida "topilma tasvirlar", gazetalar, anologlar, jurnallar, foto rasmlar jamlanmasi ijodiy manba bo'lib xizmat qiladi. Yevropa talabalarining ijodiy ishlaridan quyida namunalar keltirilgan:

Amerika Interkontenental universiteti talabasi Karen Fehr havorang va qizg'ish ranglar birikmasidan hosil bo'lgan faktura yuzalaridan ilhomlamib, to'plam loyihasini ishlab chiqdi.

Bunda loyihaning tajriba natijalari, matoga ishlov berish, gul bosish, jarayoni tasvirlangan. Faktura yuzalari va mato teksturasini uyg'unlashgan holatida matolarga ishlov berilgan. Mato va ushbu usuldan foydalanish libos to'plamini yaratishdagi elementar g'oyalarni paydo qilgan. [3]

Mavzuda faktura yuzalarini uyg'unligi boyitishda qo'l mehnatidan foydalanilgan Hindiston qog'ozidan foydalanib, siluet va hajm shakllanishi va strukturasi orqali yaratildi. Mato yuzasigatushurilgan naqshlar va tasvirlarning to'qilishidan ilhomlanib, qiytim bo'lakchalaridan xosil bo'lgan to'qima matoda to'qima iplardan foydalanilgan ifodani ko'rsata olgan.

O'zbekistonda ijodiy manba sifatida — milliy naqshlarimizni O'zbekiston dunyoda o'zining yuksakligi boy madaniy me'rosi bilan, ko'hna tarixi va go'zal me'morchilik namunalari bilan dunyoga tanilgan. Samarqand, Xorazm, Xiva, Qashqadaryo, Termiz, Toshkent, Qo'qon va boshqa shaharlardagi me'morchilik va xalq amaliy san'ati yodgorliklari o'tmishdagi bobokalonlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho san'at asarlarining namunalari hisoblanib, xalqimizning va shu bilan birga jahon madaniyatining durdonalaridan bo'lgan badiiy va madaniy me'rosini tashkil. etadi. Xalq amaliy bezak san'ati kishilaring ma'naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o'zbek xalq amaliy san'ati kishilarni badiiy, axloqiy, umuminsoniy qarashlarini tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda hamda madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi. O'tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo'qotmay kelmoqda. Ko'pchilik maqbaralarda boy va xilma-xilligi bilan farq qiladigan geometrik naqshlardan, ko'p hollarda shakl berilgan g'ishtlardan, loydan yasab naqsh o'yilgan, so'ng pechda pishirilgan terrakota plitalardan foydalanilgan. Binolarning tashqi qismiga esa quyma ganch ishlari bajarilgan. Movarounnahrda ganchkorlik san'ati, ayniqsa ravnaq topgan, me'morchilikning asosiy bezagi darajasiga ko'tarilgan. Ayniqsa, maqbaralarning peshtoqlari devor va ravoqlar ganch-naqshlar bilan juda nafis bezatilgan. Naqshlar murakkablashib bordi. Ularning yangi nusxalarida ramzlari, timsoliy tasvirlar, va hattotlik san'ati namunalari naqadar mo'lligini ko'ramiz mumkin. Har bir chizilgan naqshda o'ziga hos ma'no bo'lgan. O'simliksimon "islimiy" naqsh boylik va farovonlikni, novda va yaproqlar esa to'kinchilik va bahor chog'ida uyg'onishni bildiradi. O'zbekiston hududidagi arxeologik qazishmalar shuni ko'rsatadiki, naqshlar ichida geometrik naqsh ko'p ishlatilgan. Girihlar (Xandasiy naqsh)- forscha "chigal, tugun" degan ma'noni beradi. Girihlar -to'rtburchak, uchburchak va boshqa elementlardan tashkil topgan geometrik murakkab naqsh turi. Milliy naqshlarimiz g'oyatda boy mazmunga ega. Turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi. Bunday go'zal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan bo'lib, asrlar davomida bunyod topgan, rivojlangan, me'morchilik hamda tasviriy san'at rivoji bilan bog'langan holda takomillashib bordi. Ayollar liboslar to'plamini yaratishda ijodiy manbaa sifatida milliy me'morchilikdagi naqqoshlik elementlari namuna qilib olib kelinadi. XV asrda qurilgan Ulug'bek madrasasining peshtoqisiga marmardan o'yib ishlangan bezak manbaa sifatida qo'llaniladi. Milliy me'morlik amaliy bezak san'ati namunalari o'rganilib, ulardan naqsh elementlaridan olinib dizaynerlar tomonidan uslublashtirilgan holda yangi zamonaviy naqsh kompozitsiyalari, shakli yaratilib libos eskizlariga tadbiq etiladi. Milliy me'moriy binolardan olingan naqsh elementlari liboslarga transformatsiya yo'li bilan ko'chirilgan. [3]

XULOSA

Ijodiy manbadan foydalanishda dizaynerning fikrlashi ixtisos yo'nalishga oid rivojlansa va dizayner o'zi quyidagi xususiyatlarga ega bo'lsa, loyihalash shundagina foydali natija beradi:

• masalani aniq ko'rish va ifodalash qobiliyati bo'lishi lozim;

• qisqa vaqt davomida ko'p g'oyalarni tez ishlab chiqishi lozim;

• ajoyib yechimlarni topish;

é

ш

• berilgan muammoga oid juda zo'r yechimlarni tez o'ylab chiqish mahorati bo'lishi lozim.

Homaki eskizlardan kelib chiqqan holda, bir to'xtamga kelingan tanlangan eskizni yaratiladi. G'oyani qog'ozga ko'chirish jarayonida, avval bir qancha qoralama eskizlar ishlab chiqiladi. Eskiz ishlash jarayonida dizayner o'z g'oyasini yanada takomillashtirishga va g'oyani tub ma'nosi va mohiyatini chuqurroq ko'rsatib berishga ega bo'ladi.

Loyihalanayotgan kompozitsiyani topish uchun dizaynerni ijodiy jarayonida reja mavjud bo'lishi lozim:

g'oyani paydo bo'lishi va masalani qo'yish; ma'lumotni yig'ish va to'plash, ijodiy manbani tanlash;

kuchni konsentrasiyalash, intensiv ishlash, har xil evristik va loyihalash usullaridan oydalanish;

tanaffus etish, diqqatni chetga tortish va bir necha vaqt o'tgandan so'ng yana yechimga qaytish, yangi nuqtai nazar bilan uni baholash;

fikrning ravshanlashuvi - yakuniy optimal yechimni hosil qilish. [3]

References:

1. X.X. Kamilova, N.A. Isahojayeva, K.R. Fuzailova, "Kostyum kreativ grafikasi" (5150900 Dizayn (kostyum) va 5320900 Yengil sanoati buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari) yo"nalishlarida tahsil oluvchi bakalavr talabalari uchun darslik), 2017

2. X.X. Komilova, U.A. Vohidova. "Loyihalash", 2017

3. Firdavsxon Qodiriy "Kostyum dizayni loyihasini yaratishda ijodiy manbadan foydalanish" Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-950-958

4. Г.К. Хасанбоева, "Костюм дизайни" (5150900 Дизайн("Либос дизайни") йуналиши, 5150901 Дизайн ("Либос дизайни") ва 5А320902 "Тикув бумлар технологияси ва конструкциясини ишлаш" мутахассислар талабалари учун мулжалланган дарслик), 2013

5. Урозов, М. К., Тошбеков, О. А., Рахимова, К., & Бобомуродов, Э. (2022). Жун толаси диаметри нотекислиги аницлаш. Евразийский журнал академических исследований, 2(13), 789-791.

6. Урозов М.К., Тошбеков О.А., Рахимова К. Жунни цалинлигини синовдан утказиш усуллари. Еurаsiаn Jоurnаl Of Асаdеmiс Rеsеаrсh. 2022. Vоl 2, № 13. Р. 784-788; [01.00.00, №51].

7. Xasanbayeva G.K. Spetsifika dizayna molodyojnoy odejdi: -Toshkent: 2008 yil. 40-43 betlar.

8. Rаkhimоvа K.G. "ТакЬак^а imkоniyаti сhеklаngаn ЬоЫЫг kiyimlаrini tikish usullаrini о'rgаtish tеxnikаsi" Eurasian journal of academic research page 142-148 https://doi.org/10.5281/zenodo.11263298

9. M.K. Urozov, K.G. Rakhimova, M.A. Fayziyeva, A.Z. Mustanova "Creation of new assortimens of sewing items from fabrics of mixed fiber structure" page 227-231 DOI:

é

Ws,

https://doi.org/10.55640/eijmrms-02-11-51 https://eipublication.com/index.php/eijmrms Volume: 02 Issue: 11 November 2022 Published Date: - 23-11-2022

10. M.K. Urozov, K.G. Rakhimova, M.A. Fayziyeva, A.Z. Mustanova "RATIONAL USE OF FABRICS WHEN SEWING WOMEN'S OUTERWEAR IN THE NEW STRUCTURE" page 28-31 DOI: https://doi.org/10.55640/eijmrms-02-11-08 https://eipublication.com/index.php/eijmrms Volume: 02 Issue: 11 November 2022 Published Date: - 09-11-2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.