Научная статья на тему 'IFODALI O’QISH SAN’ATINING SHAKLLANISHIDA XALQ OG’ZAKI IJODI VA BADIIY ADABIYOTNING RO’LI'

IFODALI O’QISH SAN’ATINING SHAKLLANISHIDA XALQ OG’ZAKI IJODI VA BADIIY ADABIYOTNING RO’LI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5400
147
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ifodali o’qish / xalq og’zaki ijodi / Demosfen / ifodali nutq / adabiy til. / expressive reading / folklore / Demosthenes / expressive speech / literary language.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — O. Ikromova

Ifodali o’qish asarning g’oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarni aniqlashda katta ahamiyatga ega. Badiiy asarlarni ifodali o’qish inson ongi va hissiyotiga ta’sir etib , axloqiy-estetik tuyg’ularini shakllantirishga , ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ORAL FOLK ART AND FICTION IN THE FORMATION OF THE ART OF EXPRESSIVE READING

Expressive reading is of great importance in a deep understanding of the ideological content of a work and in determining artistic features. Expressive reading of works of art affects the mind and emotions of a person, serves to form moral and aesthetic feelings and enrich the spiritual world.

Текст научной работы на тему «IFODALI O’QISH SAN’ATINING SHAKLLANISHIDA XALQ OG’ZAKI IJODI VA BADIIY ADABIYOTNING RO’LI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

IFODALI O'QISH SAN'ATINING SHAKLLANISHIDA XALQ OG'ZAKI IJODI VA

BADIIY ADABIYOTNING RO'LI Ikromova Ominaxon Elmurod qizi

Andijon davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6975809

Annotatsiya. Ifodali o'qish asarning g'oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarni aniqlashda katta ahamiyatga ega. Badiiy asarlarni ifodali o'qish inson ongi va hissiyotiga ta'sir etib , axloqiy-estetik tuyg'ularini shakllantirishga , ma'naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: ifodali o'qish, xalq og'zaki ijodi, Demosfen, ifodali nutq, adabiy til.

РОЛЬ УСТНОГО НАРОДНОГО ТВОРЧЕСТВА И ХУДОЖЕСТВЕННОЙ ЛИТЕРАТУРЫ В ФОРМИРОВАНИИ ИСКУССТВА ВЫРАЗИТЕЛЬНОГО

ЧТЕНИЯ

Аннотация. Выразительное чтение имеет большое значение в глубоком понимании идейного содержания произведения и в определении художественных особенностей. Выразительное чтение художественных произведений воздействует на разум и эмоции человека, служит формированию нравственно-эстетических чувств и обогащению духовного мира.

Ключевые слова: выразительное чтение, фольклор, Демосфен, выразительная речь, литературный язык.

THE ROLE OF ORAL FOLK ART AND FICTION IN THE FORMATION OF THE

ART OF EXPRESSIVE READING

Abstract. Expressive reading is of great importance in a deep understanding of the ideological content of a work and in determining artistic features. Expressive reading of works of art affects the mind and emotions of a person, serves to form moral and aesthetic feelings and enrich the spiritual world.

Keywords: expressive reading, folklore, Demosthenes, expressive speech, literary language.

KIRISH

Badiiy adabiyotning yuzaga kelish tarixi qanchalik qadimiy bo'lsa, ifodali o'qish tarixi ham shu qadar uzoq zamonlarga borib taqaladi. Mazmundor va ifodali nutq hamma davrlarda ham kishilarni o'ziga jalb etib ijtimoiy hayotda alohida o'rin egallab kelgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ifodali o'qish avvalo, xalq san'atidir. Chunki badiiy adabiyot dastavval xalq og'zaki ijodi shaklida paydo bo'lgan. Xalq yaratgan asarlarning keng tarqalishida esa xalq og'zaki ijrochilik san'ati muhim ahamiyat kasb etgan.

Ifodali o'qish san'ati o'tmish zamonlarda og'zaki ijodda qanday ahamiyat kasb etgan bo'lsa, yozma adabiyotda ham shu qadar muhim o'rin tutadi. Zero, badiiy adabiyotning estetik ta'sir kuchi ifodali o'qish jarayonida yanada yorqinroq namoyon bo'ladi. G'oyaviy-badiiy jihatdan mukammal yaratilgan har qanday asar og'zaki ifodali nutqsiz, ovoz chiqarmasdan mustaqil o'qilganda ham o'zining axloqiy-estetik jihatdan ta'sir kuchini yo'qotmaydi , insonni tarbiyalash vazifasi kamayib qolmaydi. Lekin ifodali o'qish jarayonidagi maftunkor ohang,

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

xilma-xil ovoz tovlanishlari, jozibador intonatsiya kabi vositalar badiiy asarning emotsional ta'sir kuchini yanada oshiradi, eshituvchiga beqiyos zavq-shavq bag'ishlaydi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, so'z san'ati bilan shug'ullanuvchi kishilar, ayniqsa, inson ta'lim-tarbiyasi uchun mas'ul bo'lgan muallimlar notiqlik san'atini, ifodali nutq mahoratini puxta egallagan bo'lishlari zarur. Holbuki, o'qituvchining butun siymosi - xatti-harakatlaridan tortib, gapirish uslubigacha yosh va tajribasiz, taqlidchan o'quvchi uchun jonli namuna hisoblanadi. Shunday ekan, Respublikamiz Prezidenti ta'kidlaganidek, "O'z fikrini ravon, go'zal va lo'nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni avvalombor, rahbar kursida o'tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin". ".. .Kishining martabasini so'zi bila bilurlar, ammo so'zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining ahvoli o'z so'zining ostida pinhondur" -deydi unsurul mavloniy Kaykovus. Donishmandlar nazdida inson so'zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi. Binobarin, yosh avlodning shaxs sifatida kamol topishida muhim ro'l o'ynovchi muallimning ravon va ifodali nutqi, go'zal axloqi beqiyos ibrat namunasi bo'lib xizmat qiladi. Ajdodlarimiz so'z san'atining, ayniqsa, og'zaki ijrochilik san'atining inson ruhiga ko'rsatadigan ta'siriga qadim zamonlardan boshlab katta e'tibor bilan qaraganlar.

TADQIQOT NATIJALARI

Ifodali gapirish yoxud ifodali o'qish shunchaki o'z-o'zidan shakllanib qoladigan oson jarayon emas. Buning uchun, dastavval, insonning o'zida tug'ma iqtidor, qobiliyat bo'lishi lozim. Afsuski, hamma ham ifodali nutq so'zlash qobiliyatiga ega bo'lavermaydi. Lekin har bir kishi o'z nutqi ustida muntazam ishlashi, toxtovsiz mashqlar qilishi natijasida ifodali nutq qobiliyatini shakllantirishi mumkin. Bunga mashhur notiq Demosfenning ibratli hayot yo'li va faoliyati yorqin misol bo'la oladi. Hatto ba'zi tovushlarni to'g'ri talaffuz qilishga qiynaladigan, ko'pchilik oldida o'zini erkin tuta olmaydigan Demosfen keyinchalik, tinimsiz mehnat va mashaqqatlar orqali buyuk notiq bo'lib yetishgan.

Xo'sh, ifodali nutqni o'rganish uchun nimalarga e'tibor berish kerak? Ifodali o'qish o'zi nima? Sodda qilib aytganda, ''Ifodali o'qish adabiy asarni tushunarli va ta'sirchan o'qish demakdir. Bu o'qish san'ati yod olingan matnni ifodali o'qishni ham o'z ichiga oladi. Ifodali o'qishda fikrlarni yanada silliq, aniq, go'zal shaklda talqin etish uchun emotsional vositalardan unumli foydalaniladi. Ifodali o'qishning badiiy emotsional bo'lishi uchun o'quvchi-ijrochi asar mazmuni, g'oyaviy-badiiy jihatlari haqida tasavvurga ega bo'lishi lozim.

MUHOKAMA

Ifodali o'qishning o'ziga xos xususiyati shundaki, u insonda tug'u va kayfiyatlar hosil qiladi, aniqrog'i, voqelikning his-tuyg'uli qiyofasini yaratadi. Ifodali o'qish jarayonida asar voqealari "jonlanadi", qahramonlar "tilga kiradi". o'quvchi bir vaqtning o'zida ham muallif , ham qiyofa yaratuvchi , ham ijrochi sifatida namoyon bo'ladi.

Ifodali nutq san'atini o'rganishning muhim vositalaridan biri badiiy asarlarni ko'proq mutolaa qilishdir. Asarning mazmun-mohiyati, qahramonlar xarakter xususiyati , maqsad va intilishlari chuqur o'rganilgandagina og'zaki talqinda asar ruhiga mos ohang va intonatsiya paydo bo'ladi. Badiiy asarlarni mutolaa qilish o'quvchining dunyoqarashini kengaytirish barobarida adabiy tilni puxta o'zlashtirishga, ifodali o'qish san'atini egallashga yaqindan yordam beradi.

San'at, xususan, adabiyot insonni ziddiyatlar asosiga qurilgan, hayot atalmish mo'jizaning nima ekanligini anglashga o'rgatadi, yovuzlikka nafrat, ezgulikka muhabbat tuyg'ularini uyg'otadi va shu tariqa, inson ma'naviy olamini go'zallashtiradi. Mana shu

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

vazifalarni ado etishda ifodali o'qish san'ati asrlar davomida yonma-yon yashab, insonning ma'naviy hamrohi bo'lib kelgan. XULOSA

Binobarin, badiiy adabiyot va ifodali o'qish san'ati chambarchas bog'liq holda insonni axloqiy-estetik jihatdan tarbiyalashda eng ta'sirchan vosita hisoblanadi. Zero, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlarning markazida ham yosh avlodni ma'naviy barkamollik ruhida tarbiyalash vazifasi ustuvor masalalardan biri bo'lib turibdi.

REFERENCES

1. N.Mahmudov. O'qituvchi nutqi madaniyati. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.

2. S.Inomxo'jayev , A.Zunnunov. Ifodali o'qish asoslari. Toshkent: O'qituvchi:1978.

3. I.A.Karimov. Barkamol avlod-O'zbekiston tarqqiyot poydevori. Toshkent: 1997.

4. Kaykovus. Qobusnoma. Toshkent: O'qituvchi,1986.

5. Нажмиддинов, Р. Ю., Меликузиева, Г. Зокиров, М., & Юсупов, И. (2022). МАРКАЗИЙ ^ИЗИЩУМ ФОСФОРИТЛАРИДАН ТАРКИБИДА КАЛЬЦИЙ ВА МАГНИЙ БУЛГАН КОНЦЕНТРЛАНГАН ФОСФОРЛИ ОДДИЙ УЕИТЛАР ОЛИШ. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(6), 56-61.

6. Кодирова, Г. К., Шамшидинов, И. Т., Тураев, З., & Нажмиддинов, Р. Ю. У. (2020). ИССЛЕДОВАНИЕ ПРОЦЕССА ПОЛУЧЕНИЯ ВЫСОКОКАЧЕСТВЕННЫХ ФОСФАТОВ АММОНИЯ ИЗ ЭКСТРАКТНОЙ ФОСФАТНОЙ КИСЛОТЫ НА ОСНОВЕ ФОСФОРИТОВ ЦЕНТРАЛЬНОГО КЫЗЫЛКУМА. Universum: технические науки, (12-3 (81)), 71-75.

7. Shamshidinov, I., et al. "ЭКСТРАКЦИОН ФОСФАТ КИСЛОТАНИ ОХДКТОШ ХОМАШЁСИ БИЛАН НЕЙТРАЛЛАШ АСОСИДА КАЛЬЦИЙ ВА МАГНИЙ ФОСФАТЛИ УЕИТЛАР ОЛИШ." Science and innovation 1.A4 (2022): 161-169.

8. Najmiddinov, R., Shamshidinov, I., Qodirova, G., Nishonov, A., & Sayfiddinov, O. (2022). МАРКАЗИЙ ^ИЗИЩУМ ФОСФОРИТЛАРИ АСОСИДАГИ ЭКСТРАКЦИОН ФОСФАТ КИСЛОТАДАН Ю^ОРИ СИФАТЛИ АММОНИЙ ФОСФАТЛАРИ ОЛИШ. Science and innovation, 1(A4), 150-160.

9. Мамуров, Б. А., Шамшидинов, И. Т., Усманов, И. И., & Кодирова, Г. К. (2019). Исследование процесса нейтрализации экстракционной фосфорной кислоты мелом. Universum: химия и биология, (2 (56)), 21-26.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.