Научная статья на тему 'IBN MISKAVAYHNING SHARQ FALSAFIY TAFAKKURIDAGI O‘RNI'

IBN MISKAVAYHNING SHARQ FALSAFIY TAFAKKURIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Uchinchi muallim” / “alxoziyn” / ”Arastu” / “Forobiy” / “Tahzibul axloq” / “Tajoribul umam” / “Al-Favz al-asg‘ar” / “Nikomax axloqi”. / "Third Teacher" / "Alkhaziyn" / "Arastu" / "Farobi" / "Tahzibul Akhlaq" / "Tajaribul Umam" / "Al-Fawz al-Asghar" / "Nicomachean Ethics".

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Shakhnoza Nodirovna Sulaymonova

Maqola ibn Miskavayh va u qoldirgan ma’naviy merosning sharq falsafiy tafakkuridagi ahamiyatiga bag’ishlangan. Tadqiqotda ibn Miskavayh «Uchinchi muallim» deb e’tirof etilganligi, bu yuksak unvon uning arab musulmon falsafasiga qo‘shgan hissasi uchun berilgan bahoning yaqqol namunasi ekanligi haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF IBN MISKAWAYH IN EASTERN PHILOSOPHICAL THOUGHT

The article is devoted to the significance of Ibn Miskawayh and his spiritual legacy in Eastern philosophical thought. The study mentions that Ibn Miskawayh was recognized as the ";Third Teacher", this high title is a clear example of the appreciation given to him for his contribution to Arab Muslim philosophy.

Текст научной работы на тему «IBN MISKAVAYHNING SHARQ FALSAFIY TAFAKKURIDAGI O‘RNI»

IBN MISKAVAYHNING SHARQ FALSAFIY TAFAKKURIDAGI

O'RNI

Shahnoza Nodirovna Sulaymonova

Tayanch doktoranti Toshken t davlat sharqsh unosl ik un iversiteti E-mail: shahnozanodirovna@gmail. com

Annotatsiya. Maqola ibn Miskavayh va u qoldirgan ma 'naviy merosning sharq falsafiy tafakkuridagi ahamiyatiga bag'ishlangan. Tadqiqotda ibn Miskavayh «Uchinchi muallim» deb e'tirof etilganligi, bu yuksak unvon uning arab musulmon falsafasiga qo'shgan hissasi uchun berilgan bahoningyaqqol namunasi ekanligi haqida so 'z yuritiladi.

Kalitso'zlar: "Uchinchi muallim ", "alxoziyn ", "Arastu ", "Forobiy", "Tahzibul axloq ", "Tajoribul umam ", "Al-Favzal-asg'ar ", "Nikomax axloqi".

THE ROLE OF IBN MISKAWAYH IN EASTERN PHILOSOPHICAL

THOUGHT

Shakhnoza Nodirovna Sulaymonova

PhD student

Tashkent State University of Oreintal Studies E-mail: shahnozanodirovna@gmail. com

Annotation. The article is devoted to the significance of Ibn Miskawayh and his spiritual legacy in Eastern philosophical thought. The study mentions that Ibn Miskawayh was recognized as the "Third Teacher", this high title is a clear example of the appreciation given to him for his contribution to Arab Muslim philosophy.

Key words: "Third Teacher", "Alkhaziyn", "Arastu", "Farobi", "Tahzibul Akhlaq", "Tajaribul Umam", "Al-Fawz al-Asghar", "NicomacheanEthics".

РОЛЬ ИБН МИСКАВАЙХА В ВОСТОЧНОЙ ФИЛОСОФСКОЙ

МЫСЛИ

Шахноза Нодировна Сулайманова

Базовый докторант Ташкентский государственный университет востоковедения

E-mail: shahnozanodirovna@gmail. com

Аннотация. Статья посвящена значению Ибн Мискавайха и его духовного наследия в восточной философской мысли. В исследовании упоминается, что Ибн Мискавайхбыл признан «Третьимучителем», и этот высокий титул является ярким примером признательности, оказанной ему за его вклад в арабо-мусульманскую философию.

Ключевые слова: «Третий Учитель», «Алхазийн», «Арасту», «Фароби», «Тахзибул Ахлак», «Таджарибул Умам», «Аль-Фавз аль-Асгар», «Никомахова этика».

KIRISH.

X-XI asrning yirik mutafakkirlaridan biri, o'zining falsafiy qarashlari va ta'limoti bilan ilm-fan hamda islom falsafiy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirgan faylasuf Abu Ali Ahmad ibn Muhammad Yoqub ibn Miskavayh milodiy 932 yilda Eronning Ray shahrida tavallud topgan. Miskavayh mashhur faylasuf, tilshunos olim, shoir, tabib va tarixchi hicoblanadi.

«Faylasufning tug'ilgan yili haqida turli fikrlar mavjud, ba'zilar uni hijriy 320 (mil. 930 y.) yilda, ba'zilar esa hijriy 330 (mil. 940 y.) yilda tug'ilgan deydilar. Ammo vafot sanasi: aniq hijriy 421 yilda (milodiy 1031 y.) safar oyining 9 kunida vafot etgan»1. Demak, u 91 yoki 101 yil umr ko'rgan.

Shuningdek, Abu Ali Ahmad ibn Muhammad (Yaqub) ibn Miskavayh «al-Hazin», «Mashkuya Roziy», nomlari bilan ham tanilgan. Miskavayh islom falsafiy tafakkuri tarixida «Uchinchi muallim» («Muallimi salis»)2 nomi bilan mashhur bo'lib, musulmon faylasuflaridan axloq falsafasini birinchi bo'lib ilmiy nuqtayi nazardan o'rgangan olimdir.

METODLAR.

Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillardan foydalanildi.

NATIJALAR.

Ibn Miskavayh umrining ko'p qismini Rukniddavla, Aduddavla va Baqoiddavla kabi Buvayhiy (Daylamiy) shohlar va amirlar saroyida o'tkazgan. «U Rukniddavlaning dono vaziri Ibn al-Amidning yaqinlaridan bo'lib, shu vazir asos solgan ulkan kutubxonada ishlar edi. Shu bois uni «xoziyn» (xazinador) deb atar edilar»3.

Abdul Aziz Izzatning xabar berishicha, Miskavayh Buvayhiylar saroyida avval xazinador, so'ngra vazir bo'lib xizmat qilgan.

1 Tusiy Nosiruddin. Axloqi Nosiriy.Ali Rizo Haydariy, Xorazmiy nashriyoti, hijr.1371 y -B.35

2 Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y. - B. 7

3 Abadiy hikmat. A. Badaviy tahriri ostida. Tehron, universitet nashr. Hijr.1358 y.-B.20

Miskavayhning ismi arabcha «misk», ya'ni arab davlatlarida mo'tabar modda hisoblangan va islom dunyosidagi olimlarning oliyjanobligiga qiyoslangan misk so ' zidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin.

Shuningdek, Margolius va Birjishtris ham «Miskavayh» nomi uning o'zining laqabimi yoki bobosining laqabi bo'lganligi to'g'risida ixtiloflar mavjud. Shu ixtilofga oid yana bir muammo «uning ismi «Ibn Miskavayh» yoziladimi yoki faqat «Miskavayh»? Garchi Brokkelman Ibn Xalfanning Britaniya muzeyida saqlanayotgan qo'lyozmalaridan biriga tayangan holda, «Miskavayh» nomi aslida «Miskavayh», yani bobosining nomidan ham kelib chiqqan bo'lishini ehtimoldan holi emas degan fikrni ilgari surgan bo'lsada, ushbu laqab borasida Margolius4 va Bujishtrisda»5 uchraydigan ma'lumotlar to'g'riroqdir.

Chunki, u «Tajarib al-ummam» asarida o'zi haqida gapirib, shunday ta'riflaydi: «Ustoz Abu Ali Ahmad bin Muhammad Miskavayh ushbu kitobning muallifidir»6.

Yoqut al-Hamaviyning taxmin qilishicha, dastlab Ibn Miskavayh ma'jusiy bo'lgan va keyinchalik islom dinini qabul qilgan. Agar bu fikrni to'g'ri deb qabul qilsak, uning nasabini qanday aniqlaymiz? Uning nomidan ham Muhammadning o'g'li ekanligi aniq. Balki, uning nasl-nasabi ham to'liq ma'jusiy emasdir. Lekin bu fikr ehtimoldan holi. Bu holatda uning otasi ma'jusiy bo'lib, keyinchalik islom dinini qabul qilgan. Biz uchun bu fikr xaqiqatga yaqinroqdir. Chunki, Ibn Miskavayhning islomga kirishi to'g'risidagi ma'lumot yoki fikr hech qaysi manbada kelmagan. Shundan kelib chiqib, uning asl musulmon bo'lganligi xaqiqatdir.

Va shuningdek, Ibn al-Maqfa va Ibn Robbana at-Tabariy va Ibn Xammor faoliyatlarida va umuman shu sohadagi ma'lumotlarga tayangan holda uning asli musulmon bo'lganligi to'g'riroqdir. Bu haqdagi fikrga umuman shubxa yo'q.

Yana boshqa bir manbalarga ko'ra, faylasufning diniy, ilmiy va axloqiy shaxsiyati haqida ham turli ma'lumotlar mavjud. «Yoqut al-Hamaviy faylasufning avval zardushtiy bo'lgan, keyin musulmon bo'lganligini da'vo qilgan. Ibn Miskavayh buvayhiylarga xizmat qilgani uchun ham shia diniga mansub, deb hisoblangan. Shuningdek, faylasufning adabiyot va antik ilmlar bo'yicha olim bo'lganligi, zukkoligi, go'zal she'rlar yozganligi, adabiyot va notiqlikdagi mahorati, go'zal uslubga ega ekanligi, aslida kimyo faniga mehr qo'ygani, lekin Buvayhiy hukmdorlariga xizmat qilganligi sababli ko'p vaqti bo'lmay, bu ilm bilan shug'ullana olmaganligi ta'kidlangan»7.

4 Margoliouth D.S. and Amedroz H.F. Chronicle of Miskaweyh under the title: The Eclipse of the Abbasid caliphate. - London:. 2010. Vol II. -P. 438.

5 Brockelmann C. Geschichte der Arabischen Literatur. - Charlston:. 2010. Bd. 3-Buch. -P. 546.

6 Abd al-Aziz Izzat. Ibn Miskaweyh. Al-Hikmat al-kholida. - Beirut. 1952. -P. 15.

7 Brockelmann C. Geschichte der Arabischen Literatur. - Charlston:. 2010. Bd. 3-Buch. -P. 546.

MUHOKAMA.

Miskavayhni «Uchinchi muallim» deb atashgan. Bu yuksak unvon uning musulmon arab falsafasiga qo'shgan hissasi uchun berilgan bahoning yaqqol namunasidir. Sharqda Arastu eng buyuk donimand, hamma olimlarning ustozi hisoblanib, unga «al-Muallim ul-avval» nomi berilgan. Ilmda qiziqish doirasi kengligi, ko'p qirraliligi, fozilligi, ko'p masalalarda yakdilligi jihatidan Forobiy yunon faylasuflariga yaqin turadi. Mutafakkirning «al-Muallim us-soniy», ya'ni «Ikkinchi Muallim» deb atalgani bejizga emas. Forobiyga berilgan bu nom olim Arastu asarlarining sharhlovchisi va ilmiy qiziqishlarining mutanosibligi, ijtimoiy-falsafiy tizimning umumiy ruhi va yo'nalishiga muvofiqdir. O'rta asrlarda arab -musulmon dunyosida axloq masalalari bilan shug'ullanish dolzarb ahamiyat ega bo'lgan.

Abdul Aziz Izzat ta'kidlab o'tganidek, musulmon arab faylasuflari, asosan, al-Kindiyga o'xshab fizika bilan, Forobiyga o'xshab mantiq, metafizika va falsafa bilan, Yahyo ibn Adi kabi tarjima bilan shug'ullanganlar. Bu olimlarning barchasi axloqshunoslikka ijobiy munosabatda bo'lishgan. O'rta asrlar arab -musulmon falsafasi vakillari ichida axloq sohasidagi eng yorqin vakillardan Ibn al-Muqaffa, G'azzoliy, Nosiriddin Tusiy kabilar tan olingan. Mashhur turk qomusshunosi Hoji Xalfa yoki Mustafo ibn Abdulahadning fikricha, «haqiqiy axloq falsafasi yunon falsafiy an'analari bilan bog'liq bo'lgan ilmdir. Axloqni o'rganish peripatetizm axloqshunosligining xuddi o'zginasidir»8. Shu ma'noda Miskavayh musulmon arab axloqshunosligining diniy, huquqiy yoki tarixiy-adabiy jihatdan emas, balki ilmiy darajadagi asoschisidir. Arastuning «Metafizika» asarining axloq haqidagi bo'limiga to'liq sharhni Miskavayh yozgan.

Miskavayh o'z asarlarini arab va fors tillarida yozgan. Abdul Aziz Izzat faylasufning qo'lyozmalari, nashrlari va yo'qolgan asarlari ro'yxatini beradi. U Miskavayhning 43 ta asar yozganligini tasdiqlaydi9. "Uchinchi muallim"ning arab tilida axloqshunoslikka oid quyidagi asarlarini qayd etish mumkin: «Al-Favz al-asg'ar» («Kichik g'alaba») - ibn Miskavayhning metafizika va ilohiyotga oid bugungi kungacha yetib kelgan eng muhim asarlaridan biridir. U uch qismdan iborat bo'lib, birinchi qism Allohning borligini isbotlash, ikkinchi qism ruh va uning xususiyatlariga, uchinchi qism esa payg'ambarlik masalalariga bag'ishlangan. Har uchala masalaga o'ntadan bo'lim ajratilgan bo'lib, ushbu masalalar jami o'ttizta kichik sarlavha ostida ko'rib chiqiladi.

Ibn Miskavayh bu kitobni bir amirning iltimosiga ko'ra barcha ilmlar va barcha hikmatlarni o'z ichiga olgan uch masala haqida gapirib berishni yozgan. Ibn Miskavayh fikricha, Yaratguvchi, Nafs va Nabiylikdan iborat bu uch masala barcha

8 Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y.-B.14

9 Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y.-B.127-142

ilm va hikmatlarni o'z ichiga oladi. Chunki mana shu uch masala ilm va hikmatning mohiyati, xulosasi, mevasi va natijasidir. Ana shu masalalarga payg'ambarlar yuborilgan bo'lib, faylasuflar esa o'zlarining aqliy izlanishlari bilan yetib kelishgan. Mana shu masalalar doirasida Ibn Miskavayh koinotning yaratuvchiga ega bo'lishi zarurligini, hamda ushbu ijodkorning aqliy va falsafiy dalillarini tushuntirib beradi. Baxtning ta'rifi va unga erishish yo'llari, aqlning ma'nosi va ahamiyati, insonning aqli bilan boshqa mavjudotlardan qanchalik ustun ekanligi, payg'ambarlik; vahiy va payg'ambarlar, folbinlar va soxta payg'ambarlar o'rtasidagi farqlar kabi ko'plab mantiqiy va falsafiy dalillarga tayanib mavzularni tadqiq qilgan. Ibn Miskavayhdek buyuk faylasufning tafakkur olami mohiyatini ochib berish nuqtayi nazaridan asar juda qimmatli va qiziqarlidir.

«Al-Favz al-asg'ar»ning arabcha qo'lyozmalari XIX asrda Yevpona ynivepcitetlapida mavjud edi. «Bu acap Chaplz Darvin tomonidan o'rganilib, darvinizm nazariyasining paydo bo'lishiga sezilarli ta'sir ko'rsatgani manbalarda ta'kidlangan»10.

Ba'zi manbalarda qayd etilishicha, faylasufning «Al-Favz al-kabir»» («Katta g'alaba») nomli asari ham bo'lgan, ammo afsuski bizgacha yetib kelmagan.

Axloq falsafasi haqida gap ketganda yodga keladigan birinchi asarlardan biri Miskavayhning «Tahzibul axloq» (Axloq takomili)idir. Asar «Tahzibul axloq va Tathirul a'roq» (Axloq takomili va Ildizlar pokligi), «Kitab at-Tahara» (Poklanish) va «Tahara an-Nafs» (Nafsni tozalash) nomlari bilan ham mashhurdir. Mutafakkirning mazkur asari uning ilmu axloq va hikmatga doir asarlari ichida asosiy o'rin egallaydi. Shuningdek, Islom olamida yozilgan ko'plab axloqiy asarlar uchun namuna hisoblanadi. Nosiriddin Tusiydan G'azzoliygacha ko'plab mutafakkirlar axloq maydoniga Miskavayh chirog'i bilan kirib kelganlar. G'azzoliy mantiqni islom ilm olamining ajralmas qismiga aylantirganidek, Ibn Miskavayh ham falsafiy axloq sohasida ham xuddi shunday deyishimiz mumkin. Ushbu asar axloq masalasiga bag'ishlangan bo'lib, axloq mavzusidagi ko'zga ko'ringan asar hisoblanadi. Miskavayh axloqiy tarbiya, axloq qismlarini maxsus tadqiq etgan.

Qisqacha kirish bilan boshlanadigan «Tahzibul axloq» yetti qismdan (maqoladan) iborat bo'lib, ayrim nashrlar va tarjimalarda oxirgi ikki bob birlashtirilgan.

Miskavayhning o'zi «Axloq takomili» asari muqaddimasida kitobining mavzusi va bayon usuli haqida bunday deydi:

«Bu kitobda qo'ygan maqsadimiz shuki, o'z ruhimizga shunday sifatlarni berdikki, uning yordamida qiyinchiliklarsiz yengil va go'zal harakatlar qilsak,

10 Khwaja Abdul Hamid. Ibn Miskaweyh: a study of his al-fauz al-asghar.-Punjob:Sheikh Muhammad Ashraf, 1946.-P.42

bunday sifatlarni egallash, o'zlashtirilgan mahorat va layoqat, tartib -qoida asosida vujudga keladi.

Bizning yo'limiz - bu ruhimizning borliq tizimidagi mohiyati, sifatlari va paydo bo'lish sabablarini bilishga intilishidan iborat. Ya'ni ushbu paydo bo'lishning maqsadini bilish va bizga berilgan quvvat va qobiliyatlar javxarini anglashdir. Zero, biz ana shu quvvat va qobiliyatdan kerakli o'rinda foydalansakkina yuksalamiz.

Va bu maqsad yo'lida bizga halaqit beradigan narsalarni bilish ham bizning vazifamizga kiradi. Shuningdek, iymon saodatini egallashga yordam beradigan sabablarni aniqlash bilan ruhimizni oziqlantiradiganlarni ham bilib olishni xohlaymiz»11.

Miskavayhning axloq asoslari to'g'risida aytgan fikrlari - bu axloqiy-falsafiy tahlil, demak, qo'lga kiradigan natijani ham falsafiy natija deyish mumkin. Va shu yerning o'zida u o'z yo'lini axloq masalasida jon kuydiruvchi tasavvuf va irfon ahli hamda Qur'on va sunnatga amal qiladigan, ammo shariatni zohiriy anglaydigan kishilar yo'lidan ajratib ko'rsatadi.

«Tahzibul axloq» to'g'risida Xoja Nosiriddin Tusiyning fikrini keltiramiz, u o'zining mashhur asari «Axloqi Nosiriy»da quyidagilarni yozadi:

«Men Qo'histonda bo'lgan chog'imda u yerning hukmdori Nosiriddin Abdurahim ibn Ali Mansur qabulida olimu ulamo, donishmand hakim Abu Ali Yoqub Mansur xozini Roziyning «at-Tahora» («Poklanish») kitobi haqida gap bordi. Bu axloqni takomillashtirish haqida kitob b o'lib, bolig' va jolib bir uslubda yozilgan»12.

Xoja Nosiruddin qo'shib qo'yadiki, Qo'histon amiri unga kitobni tarjima qilishni taklif etgan. Biroq u taklifni rad etgan, chunki «hashamdor libosdagi bu fikrlar durni parchalab tashlab, noo'xshov ifodalar bilan tarjima qilishga» ko'zi qiymagan.

O'zi ham ko'p bilimli, donishmand olim bo'lgan Nosiruddin Tusiyning bu so'zlaridan Miskavayh falsafasining ahamiyati va uning fandagi o'rni haqida xulosa chiqarish mumkin.

XULOSA

Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelamizki, ko'pgina faylasuflar qatori ibn Miskavayh ham o'z davri muammolariga yechim topishga harakat qilgan va o'zi juda muhim sohalarda asarlar yozgan. Bu sohalarning eng muhimi bu sohaga bo'lgan qiziqishi va qoldirgan asarlari tufayli islom falsafasida birinchi axloq faylasufi sifatida tanildi va islom axloqshunosligining asoschisiga aylandi.

«Tahzibul axloq» Miskavayhning mashhur asari bo'lib, islom tafakkuri tarixida axloqning asosiy masalalari o'rin olgan va muhokama qilingan birinchi

11 Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y. -B.317

12 Tusiy Nosiruddin. Axloqi Nosiriy. Ali Rizo Haydariy, Xorazmiy nashriyoti, hijr. 1371 y.-B.36

tizimli tadqiqot deyish mumkin. Muallif yunon axloqiy madaniyatidan, xususan, Arastuning «Nikomax axloqi» asaridan keng foydalangan. Ammo «Uchinchi muallim»ning mazkur asarida din va axloq munosabatlari, bola tarbiyasi, inson tabiati, axloqning eng muhim jihatlari alohida e'tiborga olingan.

Shunday qilib, Ibn Miskavayh o'zining ko'p tarmoqli mahsuldor ijodi tabiatshunoslikka oid fikrlari, tabiiy-ilmiy, axloqiy va ijtimoiy, falsafiy qarashlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga juda katta hissa qo'shdi.

REFERENCES

1. Tusiy Nosiruddin. Axloqi Nosiriy.Ali Rizo Haydariy, Xorazmiy nashriyoti, hijr.1371 y -B.35

2. Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y. - B.7

3. Abadiy hikmat. A. Badaviy tahriri ostida. Tehron, universitet nashr. Hijr.1358 y.-B.20

4. Margoliouth D.S. and Amedroz H.F. Chronicle of Miskaweyh under the title: The Eclipse of the Abbasid caliphate. - London:. 2010. Vol II. -Р. 438.

5. Brockelmann C. Geschichte der Arabischen Literatur. - Charlston:. 2010. Bd. 3-Buch. -Р. 546.

6. Abd al-Aziz Izzat. Ibn Miskaweyh. Al-Hikmat al-kholida. - Beirut. 1952. -Р. 15.

7. Brockelmann C. Geschichte der Arabischen Literatur. - Charlston:. 2010. Bd. 3-Buch. -Р. 546.

8. Ibn Miskaweyh «Tahdib ul-akhlaq». Beirut. 2012. -R. 163p.

9. Ibn Miskaweyh.Al-Khikmat al-holida. - Beirut. 1952. -R. 15-45.

10. ivn ._a .jli^VI jjâll .Jia jjI ajj^^x.// Miskavayh, Abu Ali. Al-favzul asg'ar. -Bayrut.

11. Khwaja Abdul Hamid. Ibn Miskaweyh: a study of his al-fauz al-asghar.-Punjob:Sheikh Muhammad Ashraf, 1946.-P.42

12. Sulaymonova, S. N. (2022). IBN MISKAVAYHNING "TARTIBUS-SAODAT" VA "MANAZILUL ULUM" ASARI HAQIDA. Academic research in educational sciences, 3(12), 684-688.

13. Sulaymonova, S. N. (2023). IX-XI ASRLARDA MUSULMON SHARQIDA MADANIY-MA'NAVIY TARAQQIYOT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(6), 1064-1076.

14. Сулаймонова, Ш. Н. (2023). КОНФУЦИЙ ВА ИБН МИСКАВАЙД АХЛОКИЙ КАРАШЛАРИДАГИ УЙГУНЛИК. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(21), 732-738.

15. Sulaymonova, S. N. (2024). "TAHZIBUL AXLOQ" ASARIDAGI AXLOQIYLIK MEZONLARINING HOZIRGI DAVRDAGI KOMIL

INSON G 'OYALARI BILAN HAMOHANGLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(21), 668-672.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.