Научная статья на тему 'HUSAYN VOIZ KOSHIFIY ASARLARIDA “SUHBAT, MUOMALA ODOBLARI VA NUTQ MADANIYATI” HAQIDA'

HUSAYN VOIZ KOSHIFIY ASARLARIDA “SUHBAT, MUOMALA ODOBLARI VA NUTQ MADANIYATI” HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xursandova M.J.

Inson uchun birinchi muloqot shakli bu til va soʻzdir. Muomala insonlarni birbiriga bogʻlovchi, yaqinlashtiruvchi katta-kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning goʻzal hayot kechirishida, jamiyat orasida oʻz oʻrnini topa olishida, boshqalarning hurmat-ehtiromiga erishishda muomalaning oʻrni kattadir. Insonning go‘zal xulqi, axloqi hamiydasi Allohga ham xush kеlishi Qur’onda va hadislarda qayta-qayta ta’kidlanadi. Insoniy pok fazilatlar va ularning tarbiyaviy ahamiyati to‘gʻrisida Saudiyalik olim Muxsin Ahmad Borum shunday yozadi: “Yaxshi axloq, ezgu sifatlar o‘z sohibi qadrini ko‘taradi, obro‘sini oshiradi, ulugʻvorlik baxsh etadi, uni Alloh oldida ham, insonlar oldida ham azizu mukarram qiladi. Qabih sifatlar esa kishi qadrini 147 tushiradi, mavgeini pasaytiradi, uni Alloh va odamlar oldida sharmanda qiladi”

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HUSAYN VOIZ KOSHIFIY ASARLARIDA “SUHBAT, MUOMALA ODOBLARI VA NUTQ MADANIYATI” HAQIDA»

HUSAYN VOIZ KOSHIFIY ASARLARIDA "SUHBAT, MUOMALA ODOBLARI VA NUTQ MADANIYATI" HAQIDA

Xursandova M.J.

talaba,

QDPI Milliy Hunarmandchilik tasviriy va amaliy san 'at fakulteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11167042

Inson uchun birinchi muloqot shakli bu til va so'zdir. Muomala insonlarni bir-biriga bog'lovchi, yaqinlashtiruvchi katta-kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning go'zal hayot kechirishida, jamiyat orasida o'z o'rnini topa olishida, boshqalarning hurmat-ehtiromiga erishishda muomalaning o'rni kattadir. Insonning go'zal xulqi, axloqi hamiydasi Allohga ham xush kelishi Qur'onda va hadislarda qayta-qayta ta'kidlanadi. Insoniy pok fazilatlar va ularning tarbiyaviy ahamiyati to'g'risida Saudiyalik olim Muxsin Ahmad Borum shunday yozadi: "Yaxshi axloq, ezgu sifatlar o'z sohibi qadrini ko'taradi, obro'sini oshiradi, ulug'vorlik baxsh etadi, uni Alloh oldida ham, insonlar oldida ham azizu mukarram qiladi. Qabih sifatlar esa kishi qadrini 147 tushiradi, mavgeini pasaytiradi, uni Alloh va odamlar oldida sharmanda qiladi".

Pedagogik tadqiqot metodlari sirasiga suhbat metodi kirar ekan, uning maqsadi pedagogik kuzatish chog'ida qo'lga kiritilgan ma'lumotlarni boyitish, vaziyatga to'g'ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beradigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlarining imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga xizmat qiladi. Inson uchun birinchi muloqot shakli bu til va so'zdir. Muomala insonlarni bir-biriga bog'lovchi, yaqinlashtiruvchi katta-kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning go'zal hayot kechirishida, jamiyat orasida o'z o'rnini topa olishida, boshqalarning hurmat-ehtiromiga erishishda muomalaning o'rni kattadir. Chunki muomala jarayonida so'z aqldan quvvat oladi. So'z, yuz va ko'z, tilning ko'rki hisoblanadi.

Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) bu borada o'z fikrini bildirib, "odamzodning sharafi nutqi bilan va nutqiga rioya qilmagan odam bu sharafdan bebahradir", deb aytadi. Notiqlik san'ati sarkardalik mahorati bilan barobar darajada ulug'lagan [3]. Mashhur notiq Sitseron: "Tarixda yo yaxshi harbiy sarkarda, yo yaxshi notiq bo 'lish kerak", degan ekan.

Markaziy Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati yuqori mavqega ega bo'lib, notiqlik, voizlik, va'zxonlik "Qur'onni" targ'ib qilish bilan mushtarak holda so'zning ahamiyati ma'nosi va undan o'rinli foydalanish borasida "Nutq odobi",

"Muomala madaniyati", "Nutq madaniyati" tushunchalari bilan izohlangan. Bu borada Koshifiyning fikrlari tahsinga loyiq. Masalan, u so'z haqida fikr yuritib, so'z hamma vaqt savob uchun ishlatilishi, to'g'ri va haqqoniy bo'lishi kerakligi va bunday bo'lmasa jim turgan ma'qulroq ekanini ta'kidlaydi.

Koshifiy insondagi chiroyli xulq va muloyimlik to'g'risida "xulqdan murod xushxulqlik va xushfe'llikdir va muloyimlikdan maqsad yumshoqlik va toza qalblikdir", deydi. Yana biridan murod lutfli va ko'ngil ovlovchi bo'lishdir, boshqa biridan maqsad murosali bo'lmoqdir, deb aytadi. Koshifiy har bir kishi so'zlayotganda albatta "sidqu sadoqat tili" bilan gapirishi kerakligini, eshituvchi esa uni "qabul qulog'i" bilan tinglashi kerakligini ta'kidlaydi.

Koshifiy fikrini davom ettirib, umuman yaxshi insonlar suhbatiga qiziqish kerak va yomon kishilar bilan munosabatda bo'lishdan parhez qilish ham lozim, chunki har bir toifa suhbati odamga o'z ta'sirini o'tkazadi. Yaxshilar bilan hamsuhbat bo'lish davlat va saodat natijasini beradi va yomonlar birga o'tirish xorlik va pushaymonlik hosilini ko'rsatadi.

Koshifiy o'zigacha bo'lgan xalq udumlari va turmush tarzini juda yaxshi anglagan mohir faylasufdir. Uning ana o'sha faylasufona qarashlari uni nutq odobi, nutq madaniyati, til madaniyati, nutq madaniyati va notiqlik kabi masalalarni sharqona san'at darajasida tasvirlab yozish imkonini berdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki tarixdan ma'lumki, xalqning tili, didi xususida yozishdan avval o'sha xalqning fe'lini puxta o'rganmoq zarur. Chunki inson fe'li til orqali yo yaxshi yoki yomon tomonga o'zgaradi.

"Ahloqi muhsiniy" Koshifiyning ahloqshunoslikka bag'ishlangan eng mashhur asari hisoblanadi. Husayn Bayqaroning o'g'li, Marv hokimi shahzoda Muhsin Mirzoga bag'ishlangan, ushbu kitobida Koshifiy ahloqshunoslikning juda ko'p tushunchalariga sharh beradi,ularni jonli hayotiy misollar,shuningdek, qadimgi hikoyalar asosida talqin etadi. U yaxshilik va yomonlik haqida fikr yuritar ekan,yaxshilikni asosan ezgulik ma'nosida tushunadi. Ezgulikning ibtidosini Koshifiy xushxulqlikda ko'radi. Insoniy fazilatlarni u tarbiya, bilim, tajriba orqali tarkib topadi deb hisoblaydi.

Kimki yaxshi insonlar bilan ko'proq hamsuhbat bo'lsa, u inson hamisha niyatiga yetadi. Amallar yaxshi bo'lsa "yaxshi xulq" deb yomon bo'lsa, "yomon xulq" deb ataladi. Bu haqda Koshifiy "Yaxshilar bilan hamsuhbat va donolar bilan hamnishin bo 'lish saodati abadiy kimyosi va doimiy davlat rahnamosidir" ["Ahloqi muhsiniy" 205-bet] - deya ta'rif bergan.

Bu ayni haqiqat yaxshilaming suhbati chinakam saodatga eltuvchidir. Yomonlaming aralashuvi esa baxtsizlikka boshlovchidir. Bunga shak-shubha yo'q. Yaxshilaming suhbati insonga ko'p va xo'b foyda beradi. Donishmandlardan biri: "Do'sting kim ekanligini menga aytsang, men sening kim ekanligingni aytib beraman" degan ekan. Barcha insonlar ham suhbatlashish va do'st bo'lishga munosib bo'lavermaydi. Shunday ekan inson hamisha do'st va hamsuhbat tanlashda adashmasligi lozim.

Adabiyotlar:

1. Husayn Voiz Koshifiy. "Ahloqi muhsiniy". Toshkent. "0'zbekiston"2019.

2. Qung'urov R., Begmatov E, Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, Toshkent, O'qituvchi. 1992.

3. R. Rasulov, A.Shofqorov, Q.Mo'ydinov. O'qituvchi nutqi madaniyati va notiqlik san'ati.(O'quv qo'llanma) Toshkent. Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi. 2022.

4. Mahmudov N. O'qituvchi nutqi madaniyati. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. B.188

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.