Научная статья на тему 'MUNIS XORAZMIYNING "SAVODI TA'LIM" ASARINING DIDAKTIK AHAMIYATI'

MUNIS XORAZMIYNING "SAVODI TA'LIM" ASARINING DIDAKTIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3222
151
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Munis Xorazmiy / "Savodi ta'lim" asari / ma'rifatparvarlik / xalqparvarlik / adolat / axloqiy poklik / Husayn Voiz Koshifiy / "Axloqi Muhsiniy" asari / axloqiy kamolot / ta'lim-tarbiya.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Gulzoda Ahmedova

Biz ushbu maqolada Munis Xorazmiyning "Savodi ta'lim" asarining didaktik ahamiyati , uning ma'rifatparvarlik, xalqparvarlik , axloqiy poklik g'oyalari va uning pedagogik qarashlarining mohiyati hamda Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy kamolot, ta'lim-tarbiya haqidagi pedagogik fikrlarining ahamiyatini yoritib beramiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUNIS XORAZMIYNING "SAVODI TA'LIM" ASARINING DIDAKTIK AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MUNIS XORAZMIYNING "SAVODI TA'LIM" ASARINING DIDAKTIK

AHAMIYATI

Gulzoda Ahmedova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti 3-kurs

talabasi

ANNOTATSIYA

Biz ushbu maqolada Munis Xorazmiyning "Savodi ta'lim" asarining didaktik ahamiyati , uning ma'rifatparvarlik, xalqparvarlik , axloqiy poklik g'oyalari va uning pedagogik qarashlarining mohiyati hamda Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy kamolot, ta'lim-tarbiya haqidagi pedagogik fikrlarining ahamiyatini yoritib beramiz.

Kalit so'zlar. Munis Xorazmiy, "Savodi ta'lim" asari,ma'rifatparvarlik, xalqparvarlik, adolat, axloqiy poklik, Husayn Voiz Koshifiy, "Axloqi Muhsiniy" asari, axloqiy kamolot, ta'lim-tarbiya.

Munis Xorazmiy 1778-yilda Xiva tumanining Qiyot qishlog'ida mirob oilasida dunyoga keladi. Ibtidoiy ta'limni qishloqdagi maktabda oladi, keyin o'qishni madrasada davom ettiradi.

Munis Xorazmiy, Xisrav Dehlaviy, Hofiz Sheroziy, Jomiy, Navoiy, Bedil kabi buyuk allomalar asarlarini mukammal o'qib o'rganadi.

Uning ijtimoiy kamolotida o'z davrining ma'rifatparvarlaridan bo'lgan otasi Avazboy katta mavqega ega bo'ladi.

Munis o'z she'riy asarlarini to'plab , 1815-yilda "Munis ul-ushshoq" ( "Oshiqlar do'sti") nomida devon tuzadi. "Firdavs ul-iqbol" ("Baxt bog'i") asarini yozadi.XV asr tarixchisi Mirxondning "Ravzat us-safo" asarini o'zbek tilga tarjima qiladi.

Munis Xorazmiy 1829-yilda vabo kasali bilan vafot etadi.

Talantli shoir, tarixshunos, xattot va tarjimon Munis Xorazmiy o'z she'riy asarlarida ma'rifatparvarlik, xalqparvarlik, axloqiy poklik g'oyalarini ham olg'a surdi.

Uning "Savodi ta'lim "asarida ilm va ilm ahlining xizmati, jamiyat rivoji , el farovonligining asosiy omili sifatida ulug'lanadi.

Munis Xorazmiy:

Olam ishi intizomi andin,

Olam elining nizomi andin. -

deb olamda — jamiyatdagi ishlarning tartibli bo'lishi ham,el farovonligini ta'minlaydigan nizomlar ham ilmga asoslanishini aytadi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Munis Xorazmiy kishilik jamiyati rivojida elni mukarram etishda yozuv - xatning ahamiyati beqiyos ekanligini aytadi. Uning ta'kidlashicha, yozuv so'z va ma'no xazinasidir. Yozuv bo'lmasa, aytilgan so'z unutiladi. U deydi:

Har so'zki ko'ngildin o'ldi majud, Xat bo'lmasa bo'lmasa bo'lg'ay erdi nobud... Xat aylar o'z ahlini mukarram , Xatiga chekib ulusni har dam.

Munis Xorazmiy ilm va badiiy ijod ahlini so'z durdonalari xazinasini bunyod etib, elni mukarram etishga chorladi.

Munis Xorazmiy adolatlilikni yuksak insoniy fazilat hisoblaydi. Uning fikricha, adolat sharaf ko'rki, osoyishtalik, xushnudlikdir. Shu sababli ham u adolatlilikni ulug'lab:

Adolatdin o'ldi el osoyishi, El osoyishi - mulk osoyishi... Sharaf ko'rki shahdin adolat chog'i, Erur xalq xushnud,xolik dog'i.—

deydi va odamlarni , yoshlarni adolat sohibi bo'lishga da'vat etadi. Munis nafs haqida so'z yuritar ekan, nafsga erk berish kishining hurmatsizlanishiga, xorlikka duchor bo'lishiga sabab bo'lishini aytadi. Uning fikricha, nafs balosiga yo'liqqan kishining izzati tubanlashadi, ob'ro'- e'tibori yo'qoladi. Shoir yoshlarni bu balodan saqlanishga da'vat etib shunday deydi: Ey nafs, bo'lur izzat eshigi madrus( yopiq), Bo'lsang ne ajab mazallat( xorlik)ichra mahbus. Har dung'a(pastkashga) qilib nisor, izzat go'harin, Bisyor to'karsen obro'-yu nomus.

Munis Xorazmiy asarlarida bayon etilgan ma'rifatparvarlik, xalqparvarlik, adolat va axloqqa doir pedagogik fikr va maslahatlardan hozirgi mustaqillik davrida ham yosh avlod tarbiyasida foydalanilmoqda.

Kamoliddin Husayn ibn Ali Voiz Koshifiy XVasr mutafakkrilaridan biridir. U taxminan 1440-yillarda Xuroson viloyati Sabzavor viloyatining Bayhaq tumanida tavallud topadi.Hisayn boshlang'ich ma'lumotni Sabzavorda oladi, 1470-yillarda Abdurahmon Jomiyning tavsiyasi bilan Hirot shahriga keladi, bu yerda Alisher Navoiy bilan do'stona ijodiy hamkorlikda bo'ladi.Koshifiy falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, musiqashunoslik, dinshunoslikka doir asarlar yaratadi.U yaratgan "Lubbi lubobi Masnaviy", "Mahbub ul-zuhal", "Badoe ul - afkor fi sanoe- ul- ash'or", "Tafsiri Husayniy", "Javohirot tafsir" asarlari bunga yorqin misoldir. Koshifiy

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

pedagogikaga oid fikrlari "Axloqi Muhsiniy", "Anvoi Suhayliy", "Risolai Hotamiya" asarlarida ifodaladi. Uning arab, fors, urdu tillarida yozgan bu benazir merosi Sharq va G'arb mamlakatlarida ham sevib o'qiladi. Voiz Koshifiy notiq, olim, adib, mudarris, mohir xattot sifatida ham shuhrat qozondi. U 1505-yilda Hirot shahrida vafot etdi.

Koshifiy o'zining ta'lim- tarbiya haqidagi g'oyalarini asosan "Axloqi Muhsiniy "kitobida bayon qiladi.

Koshifiy o'z pedagogik qarashlarida adolat, insonparvarlik, axloqiy kamolot, vijdoniylik g'oyalarini olg'a suradi.Uning fikricha , adolat insonni baxt va saodatga muyassar etadi. Vijdon insonni nazorat qiluvchi tuyg'udir. Insonparvarlik insonning eng yaxshi fazilatidir.

Voiz Koshifiyning fikricha, yaxshi xulq inson umri mazmunini belgilovchi omildir. Yaxshilik jamiyat, xalq uchun qilingan ish bilan baholanadi . Inson hayoti ravon daryodek o'tib ketaveradi. Gap uni foydali, mazmunli, yaxshi ishlarga sarf qilishdadir. Inson dunyoda uchta yaxshilik qilishi shart. Birinchisi:odamlar uchun uy, ko'prik, yo'l qurishi; ikkinchisi: mevali daraxt o'tqazishi; uchinchisi: farzand qoldirishi kerak. Chunki bu yaxshiliklar olamda sobit qoladi. Voiz Koshifiy deydi:

Chunki qolmas bu jahon barqaror,

Yaxshi ish qilgilki , qolgay yodgor.

Demak, yaxshilik insondan qoladigan abadiy yodgorlikdir.

Koshifiy yaxshilik insonda faqat tarbiya, bilim va turmush tajribalari orqali tarkib topishini aytadi. Uning ta'kidlashicha, yaxshilikning barqaror bo'lishi uchun yomonlikni bartaraf qilish kerak.

Koshifiy o'z pedagogik qarashlarida adolatni ulug'laydi. Adolat barqaror bo'lgan davlatning fuqarosi baxtiyordir.

Adl nuridurki mulk andin munavvar bo'lg'usi,

Jumlai olam nasmidin muattar bo'lg'usi.

Adling besh ayla miskinlarning hojatin chiqor,

To saning ham jumla maqsuding muyassar bo'lg'usi, —

deydi Koshifiy.

Demak, mamlakatda adolat boqiy bo'lishi kerak. Adolat inson nomini mashhur qiladi. Adolat— insonni baxt va saodatga yetkazadi.

" Adolatning ma'nosi raiyat haqida barobarlik bo'lurkim, to raoyo topmagay , adal aybidurkim, mulkga oroyish berur va shu oroyishdurkim, aning nuri birla qarong'ulik yorur va haq subxonahu taolo bandalarini adl sifatida buyurur".

Husayn Voiz al- Koshifiy vijdonlilikni insonni nazorat qiluvchi tuyg'u hisoblaydi. Uning ta'kidlashicha, vijdonlilik ta'lim- tarbiya vositasida hosil qilinadi. Vijdonsizlik

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

tufayli qabihliklar yuzaga keladi. Vijdoni, nomusi, diyonati bo'lmagan kishi dunyoda bo'lgan hamma yomonlikni qilishga tayyordir.

Husayn Voiz al-Koshifiy kishilarni odil, halol bo'lishga , har bir ishni vijdonan amalga oshirishga , diyonatli bo'lishga da'vat qiladi.

Voiz Koshifiyning uqtirishicha, insonni ta'lim-tarbiya orqali qayta tarbiyalash , aqliy qobiliyatini o'stirish mumkin. Buning uchun bolaga yaxshi ta'lim-tarbiya berish, unda yaxshi sifatlarni o'stirish, uni nojo'ya xatti-harakatlardan qaytarish lozim.

Koshifiy o'z pedagogik qarashlarida bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o'stirish masalasiga alohida e'tibor beradi. Ota-onalar va muallimlardan bu masalaga alohida ahamiyat berishni talab etadi. Bu maslada oilaviy va tashqi muhit muhim o'rinda turadi. Koshifiyning fikricha, "Murabbiy (bolaga) nasihat va ta'lim berishda lutf va odob qoidalarida qat'iy turishi, ularga rioya qilishi darkor.Jamoatchilik joylarida unga pand berish yaramaydi, balki xilvat joyda bolaga gapirish zarur. Agar (murabbiy) nasihat berishning fursati kelganini bilsa , unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning zamonimizda muloyim va xushfe'l bo'lish maqsadga muvofiqdir".

Bola to'g'ri so'zli , va'daga vafodor , yaxshi xulqli qilib tarbiyalanishi darkor. "Har kishida muloyimlik, xushmuomalalik bor bo'lsa, fayz-kamol topishdan o'zga ehtimol yo'qdir. Har kishi badfe'l bo'lsa, vayron bo'lishdan chora yo'qdir.Xushfe'llik, muloyimlik hamma ne'matlarning yaxshirog'idir", — deydi Voiz Koshifiy.

Koshifiy til odobi haqida so'zlar ekan, yaxshi fikrni ifodalashni, yomon gapni aytmaslikni, yolg'on so'z so'zlamaslikni, g'iybat va bo'hton qilishdan saqlanishni maslahat beradi.

Koshifiy g'arazgo'ylik, hasadgo'ylik, baxillik, razillik, xudbinlik, xasislik kabi illatlarni qoralaydi, kishilarni bunday illatlardan saqlanishga da'vat etadi.

Koshifiyning ta'lim-tarbiya, adolat, diyonat haqidagi fikrlari o'z davridagi pedagogik fikr rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning g'oyalari pedagogika tarixida munosib hissa bo'lib qo'shildi, ularning hozirgi davr yoshlar tarbiyasiga ham xizmat qilishi shubhasizdir.

REFERENCES

1. A. 3yHHyHOB.negarorHKa Tapuxu. TomKeHT, 2004, 87-90 Ba 102-104-6.

2. fflepMyxaMMag MyHuc. TaHnaHraH acapnap.Y3gaB6agHHH aga6neT HarnpueTH.T. 1957, 394-6.

3. KornH^HH Axhok,h MyxcHHHH. 2011. 77-6eT.

4. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.