Научная статья на тему 'HUQUQ PRINSIPLARI VA HUQUQNING SHAKLLANISH JARAYONI'

HUQUQ PRINSIPLARI VA HUQUQNING SHAKLLANISH JARAYONI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
27
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquq prinsiplari / huquq shakllanishi / huquqiy g‘oya / fuqarolik jamiyati institutlari. / principles of law / formation of law / legal idea / institutions of civil society.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Bekchanov, Yashnarbek Jumanazar Og‘Li

Ushbu maqolada huquq shakllanishi jarayonining mantiqiy asoslarini tashkil qiluvchi prinsiplar, huquq shakllanishi jarayonida subyektiv va obyektiv tomonlarlari tahlil filingan. Bundan tashqari huquq shakllanishining boshlang‘ich bosqichi, huquqiy g‘oyaning metodologik qimmati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPLES OF LAW AND PROCESS OF FORMATION OF LAW

This article analyzes the subjective and objective processes of law formation, the principles that form the logical basis of the process of law formation.

Текст научной работы на тему «HUQUQ PRINSIPLARI VA HUQUQNING SHAKLLANISH JARAYONI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

HUQUQ PRINSIPLARI VA HUQUQNING SHAKLLANISH JARAYONI

Bekchanov Yashnarbek Jumanazar o'g'li

Urganch davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada huquq shakllanishi jarayonining mantiqiy asoslarini tashkil qiluvchi prinsiplar, huquq shakllanishi jarayonida subyektiv va obyektiv tomonlarlari tahlil filingan. Bundan tashqari huquq shakllanishining boshlang'ich bosqichi, huquqiy g 'oyaning metodologik qimmati ochib berilgan.

Kalit so'zlar: huquq prinsiplari, huquq shakllanishi, huquqiy g'oya, fuqarolik jamiyati institutlari.

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируются субъективные и объективные процессы формирования права, принципы составлющие логическую основу процесса формирования права.

Ключевые слова: принципы права, формирование права, правовая идея, институты гражданского общества.

ABSTRACT

This article analyzes the subjective and objective processes of law formation, the principles that form the logical basis of the process of law formation.

Key words: principles of law, formation of law, legal idea, institutions of civil society.

KIRISH

Davlat va huquq nazariyasida, asosan, "huquq prinsiplari"ning vujudga kelishi masalasi: ularning paydo bo'lishiga nima zamin yoki manba bo'lib xizmat qilishi yoritiladi. Ushbu hollarda, "huquq prinsiplari" huquqning shakllanishi masalalariga qanday ta'sir ko'rsatishi, qanday hollarda ular huquqning yangi normalari paydo bo'lishiga olib kelishi masalalari esa, amalda umuman o'rganilmaydi.1.

Huquqning umummajburiy, umumiy, sohaviy, sohalararo prinsiplari o'zlariga tegishli predmet maydonida amal qiladi; huquqiy faoliyatning har qanday turi u yoki bu tarzda huquq prinsiplaridan foydalanishga bog'liqdir. Huquq ijodkorligida subyektlarning faoliyati "huquq prinsiplari" tizimiga - ilmiylik, qonuniylik, demokratizmlarga bo'ysundirilgan.

Bunda qonuniy bir savol tug'iladi: huquq shakllanishi jarayonining mantiqiy

1 Морозова Л.А. Являются ли принципы права источником права? // Принципы права: проблемы теории и практики: Материалы XI международной научно-практической конференции. В 2-х ч. Ч. 1. М.: РГУП, 2017. C. 84.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

asoslarini tashkil qiluvchi prinsiplar mavjudmi? Qator olimlar - huquq nazariyachilari va sotsiologlari tomonidan tan olinadigan huquq shakllanishi jarayoniga yondashuvni modernizatsiya qilish huquq shakllanishi jarayonida subyektiv va obyektiv tomonlarni tan olishdan iborat.2. Obyektiv tomoni - bu asosan ijtimoiy xarakterga ega ekanligi, individlar, ularning manfaatlari, ijtimoiy ongda aks etgan kutishlari, ijtimoiy huquqiy xarakatlarni ifodalovchi muayyan xarakatlari va ishlarida namoyon bo'ladi. Subyektiv tomoni, eng avvalo, qonun chiqaruvchining qonunchilik jarayonidagi pozitsiyasini, uning huquqiy madaniyati, professionalligi darajasini, mafkuraviy, siyosiy, psixologik, ma'naviy qadriyatlari va maqsadlarini ifodalaydi.

Obyektiv va subyektiv komponentlarning o'zaro ta'siri mexanizmi huquq shakllanishining mazmunini belgilaydi va uning keyingi natijasi - tegishli huquqiy tartibni o'rnatish, ijtimoiy munosabatlarda barqarorlikka erishishdir. Ya'ni, huquq shakllanishi jarayoni turli davdat tuzilmalarining qonunchilik faoliyati bilan chegaralanmaydi, balki shartli ravishda uch bosqichga ajratilgan uzoq muddatli ijodiy jarayondan iborat, bular: ijtimoiy jarayonlarni huquqiy tartibga solishda obyektiv ehtiyojlarni izlash va topish, davlat tuzilmalari tomonidan huquq normalarining belgilanishi, ularga yuridik xarakter ato etish va huquqiy normalarni ijtimoiy ongga moslashuvini yakunlash, ularni amalga oshirish jarayoni.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Huquqni shakllantirish prinsiplarini ishlab chiqish manzarasi bo'yicha taqdim etilgan mulohazalar huquq prinsiplari nazariyasi g'oyalari, huquqni shakllantirishning sotsiologik konsepsiyasidan kelib chiqadi, shuningdeku huquqning ijtimoiy tabiati hamda huquqni shakllantirish manbai sifatida ijtimoiy o'zaro ta'sir amaliyoti va falsafiy bilimlar sohasiga taalluqli ijtimoiy maydoni nazariyasiga asoslanadi.

A.A.Sokolovaning ilmiy faraz sifatida ilgari suryotgan nuqtai nazari, ya'ni huquq shakllanishining barcha bosqichlari ilg'or huquqiy g'oyalarni va qaror topgan huquqni shakllantiruvchi ilg'or g'oyalarni ifodalaydigan, ijtimoiy-huquqiy voqelikni tashkil etuvchi mantiqiy asoslarga tayanishi kerak, degan fikriga qo'shilish kerak1. Zamonaviy qonunchilikning ijtimoiy ta'siri samaradorligi huquqni shakllantiruvchi omillarning birligi bilan belgilanadi. Jumladan, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: g'arb va sobiq sovet huquqiy madaniyatiga ega mamlakatlardagi huquqni shakllantirish jarayonini; Evropa Ittifoqi davlatlarida qonun loyihalarini tayyorlash

2 См. подробнее: Соколова А.А. Социальные аспекты правообразования. Минск, ЕГУ. 2003; Трофимов В.В. Правообразование в современном обществе: теоретико-методологический аспект / Под ред. Н. А. Придворова. Саратов, 2009.

1 Соколова А.А. Принципы правообразования: проблемы правовой институционализации // Принципы права:

проблемы теории и практики: Материалы XI международной научно-практической конференции. В 2х ч. Ч. 1. М.: РГУП, 2017. C. 102.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

bo'yicha o'rganilgan tajriba; bo'lajak huquqiy hujjatga oid konsepsiyani ishlab chiqish va sobiq sovet mamlakatlarida uning keyingi ijtimoiylashuvi bilan bog'liq munosabatlarni yagona tusda normativ tartibga solish.

Hozirgi zamon "huquq prinsiplari" nazariyasida huquqni tushunishda yangi g'oyalar va huquq prinsiplari bo'yicha modernizatsiyalovchi qoidalar paydo bo'lmoqda. Bu borada V.V. Trofimov tomonidan "Huquqiy prinsiplar huquqiy tizimning asosi sifatida: shakllanish muammosi" nomli maqolasida o'tkazilgan tadqiqot diqqatga sazovor2. Maqola muallifi "huquq prinsiplari" tushunchasini, ularning sifatini, o'ziga xosligini sovet huquq nazariyotchilari merosiga tayangani holda va hozir davr olimlari bilan munozaralashgan holda tadqiq qiladi.

Muallifning, huquqning paydo bo'lish jarayoniga faqat sovet yuridik fanida o'rnatilgan va huquqning paydo bo'lish jarayoniga davlatning huquq ijodkorligi nuqtai nazaridan yondashishdan tashqari,boshqa usullar ham mavjud, degan fikri o'rinlidir. Xususan, huquq prinsiplarini shaklantirish ilg'or huquqiy g'oyalarni huquqiy prinsiplarga asta-sekin transformatsiya qilishdan iborat bo'lishi mumkin. Darhaqiqat, huquqiy g'oyalar, voqelikka duch kelganda o'zining noyob sifatlarini namoyon etadi, kundalik amaliyotda sinovdan o'tadi va ijobiy huquqda qayd qilinib, qonuniy xususiyatga ega bo'ladi. Institutsionallashtirish va qonuniylashtirish -huquqiy tan olishning davomli yo'li. Bu yo'lda salbiy tajribalar uchrashi, huquq prinsiplarining noyob xususiyatlarini ochib bermagan va salbiy oqibatlarga olib kelgan g'oyalardan voz kechish kabilarning sodir bo'lishi muqarrardir1.

Huquqni shakllantirish jarayonining boshlang'ich bosqchiga murojaat qilaylik. O'z ichiga quyidagi komponentlarni qamrab oluvchi: jamiyatning tartibga solishga bo'lgan ehtiyojini ifodalovchi ijtimoiy voqelik faktlarini aniqlash va tahlil qilish; huquqiy tartibga solinishga ehtiyoji bo'lgan ijtimoiy ongning normativ elementlari sifatida yangi huquqiy tartib obrazlari;ularning yangi qadriyatli maqsadlarga mosligini tahlil qilish; xatti-harakatlarning o'ziga xosligiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar tizimini aniqlash; muammoli holatga nisbatan shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini aniqlash va ular bo'yicha kelishishni qamrab oluvchi ilmiy konsepsiya uning xulosasi bo'lishi lozim. Huquq shakllanishiga oid boshlang'ich bosqichning mantiqiy asosi sifatida faktorli tahlil g'oyalari, huquqiy qarorni qabul qilishda manfaatalar bo'yicha kelishish va fuqarolik jamiyati aktorlarining ishtirok etishini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Huquq shakllanishining boshlang'ich bosqichi - huquqiy tartibga solishga

2 Трофимов В.В. Юридические принципы как основа правовой системы: проблема формирования // Правоведение. 2015. №1 (318). С. 18-34.

1 Соколова А.А. Принципы правообразования: проблемы правовой институционализации // Принципы права:

проблемы теории и практики: Материалы XI международной научно-практической конференции. В 2-х ч. Ч. 1. М.: РГУП, 2017. C. 104.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

bo'lgan ehtiyojni aniqlash jarayoni uchun ushbu huquqiy g'oyaning metodologik qimmati nimadan iborat? Vaziyatni tushuntirishga harakat qilamiz. Omilli tahlil amaliyotiga quyidagi tadqiqot harakatlari kiritilgan: mazkur muammoli vaziyatda o'zaro ta'sir ko'rsauvchi omillar birligi; ularning jamiyatning kichik tizimlariga mansubligini aniqlash; har bir omilning ta'siri baholash, eng ustuvorini aniqlash. Bunday tizimli tadqiqotning umumiy natijasi bo'lajak huquqiy me'yorning ijtimoiy asosi hisoblanadi. Ammo qonun chiqaruvchi har doim ham omilli tahlilning ilmiy tavsiyalarini hisobga olavermaydi, va bu normativ-huquqiy hujjatning ijtimoiy ta'minlanishi, va natijada, qabul qilingan huquqiy qarorning ijtimoiy samaradorligi darajasini kamaytirmaydi.

Shu tarzda, qonunchilik sotsiologiyasi darajasida huquqiy g'oyaning ilmiy jihatdan mustahkamlanishi bilan qonun ijodkorligi/me'yor ijodkorligi faoliyati amaliyoti o'rtasida tafovut kuzatilmoqda. Bizningcha, bu vaziyatda qonunchilik ixtiyori ijtimoiy omillarni tizimli tahlil qilishning huquqiy tamoyilining imperativ ta'siriga o'zgartirilishi kerak. Huquq nazariyasida tan olingan va huquqni qo'llash amaliyotida sinovdan o'tgan progressiv huquqiy g'oya qonunchilik siyosatining umumiy yo'nalishi, vektori bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Ammo bu yetarli emas: huquqiy g'oyaga qat'iy rioya qilish talabi professional huquqiy ongdan qonun chiqaruvchining, normativ qaror qabul qiladigan har qanday shaxsning kasbiy madaniyatiga «o'tishi» va buning uchun u normativ tarzda mustahkamlanishi kerak.

Huquqning huquq yaratuvchi tamoyillari tizimida o'z o'rnini egallashga da'vo qiluvchi yana ikkita huquqiy g'oya - manfaatlarni muvofiqlashtirish mexanizmidamurosaga erishishva huquqiy qarorlar qabul qilishda fuqarolik jamiyati aktorlarining ishtirok etishi. Ushbu huquqiy g'oyalarning tabiati ommaviy makon nazariyasi bilan bog'liq. Dastlabki nazariy qarashga ko'ra, huquqni shakllantirish jarayoni ommaviy makonda amalga oshirilishi kerak. Dastlabki nazariy qarashga ko'ra, huquqning shakllanishi jarayoni ommaviy huquq makonida shakllanishi kerak. Ushbu qarash huquqning ijtimoiy tabiati konsepsiyasiga mos keladi.

Ommaviy makon faktorlariga davlat va fuqarolik jamiyati institutlari kiradi, ular teng huquqli, ularning pozitsiyalari va tashabbuslari huquqiy siyosatda o'zaro tan olingan, raqobatlashuvchi. Demokratik oqilona tashabbuslar qarama qarshi va bir-biri bilan nizolashuvchi manfaatlar holatida uning asosida - tomonlar o'rtasidagi o'zaro kelishilgan huquqni tashkil qiluvchi element, jumladan, tomonlarning har birining pozitsiyalari o'rtasidagi murosaga asoslangan huquqiy echimni shakllantira oladi, va ular birgalikda shakllantirilgan qarorni, o'ziga xos "umumiy" ishni bajarishga mas'ul. SHubhasiz, ushbu siyosiy muloqot tomonlarining roli teng emas, davlat institutlari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

qonun ijodkorligi sohasida etakchilik qiladi, huquqiy g'oyalarni yuridik me'yorlarga aylantiradi.

Ammo «...ommaviylik davlat institutlari faoliyati ustidan nazorat funksiyasini bajaradi. Aynan nazorat ommaviylikni qonunlarning yagona qonuniy manbaiga aylantiradi» 1. Mazkur tadqiqot mavzui nuqtai nazaridan, o'z g'oyasiga muvofiq, istisnosiz barcha fuqarolar uchun tushunarli bo'lgan fikrlar, nuqtai nazardan ommaviylik, qarama qarshi manfaatlarni kelishish sohasi sifatida amal qiladi.

Bo'lajak normativ-huquqiy hujjatning ilmiy konsepsiyasiga uning komponenti sifatida shaxs, ijtimoiy guruhlar, jamiyat va davlat manfaatlarini aniqlash va kelishish natijasi kiritiladi. Hozirgi zamon jamiyatidagi ijtimoiy tanglikning asosiy sabablaridan biri - manfaatlardagi farqlar, ularning qarama qarshi qo'yilishi, raqobat, nizo, shaxsiy manfaatlar va ehtiyojlar uchun kurash hisoblanadi. Huquq nizolashayotgan manfaatlarni kelishtirish yo'li bilan ijtimoiy birlik va tartibni ta'minlaydi.

To'qnashayotgan yoki raqobatlashayotgan manfaatlarning mulohazali echimini izlash, huquqni shakllantiruvchi manfaatni shakllantirish - turli ijtimoiy manfaatlarni keltirish natijasi sifatida - huquqni shakllantirish bosqichining tadqiqot masalasidir. Huquqni shakllantirish jarayonida manfaatlarni kelishtirish mexanizmining nazariy asosi sifatida amerikalik sotsiolog va huquqshunos R.Panundning manfaatlar nazariyasi qo'llanilishi mumkin. Ommaviylik nazariyasi g'oyalariga muvofiq, manfaatlar bo'yicha kelishuv tadqiqot jarayoniga nafaqat ilmiy jamoalar, ijtimoiy xizmatlar, balki fuqarolik jamiyati institutlari (jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, saylrvchilar, aholining ma'lum toifalari, yuzaga kelgan vaziyatning normativ yo'l bilan hal qilinishi ularning manfaatiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan fuqarolar) ham kiritilishi zarur.

Ushbu huquqiy g'oyani qo'llab-quvvatlovchi nazariy dalillarga quyidagilarni kiritish mumkin:huquqning mohiyatini ijtimoiy nuqtai nazardan raqobatlashuvchi subyektlar manfaatlarini ro'yobga chiqarish uchun teng darajada erkinlikni ta'minlovchi manfaatlar murosasi deb hisoblash; J. Gurvichning huquqiy plyuralizm nazariyasi, unga ko'ra, davlatdan tashqari, zamonaviy jamiyatda turli huquqni yaratuvchi markazlar: xalqaro tashkilotlar, korporatsiyalar, kasaba uyushmalari, kooperativlar mavjud. Ushbu huquqiy g'oyalarning qiymatini va ularning huquqni tashkil qiluvchi prinsiplar sifatida kelgusi institutsializatsiyasini anglash uchun ongli tafakkur aqidalarini (huquq, davlat tuzilmalari faoliyatining natijasi sifatida), huquqning o'zgacha shaklini qaror toptirish orqali mavjud huquqiy qarash, uning

1 Шларага О.Н. Пробуждение политической жизни: Эссе о философии публичности. Вильнюс: ЕГУ, 2010. С. 108.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

manbalari va yaratilishi modellari deformatsiyasiniengib o'tishga to'g'ri keladi.

Shunday qilib, huquqni shakllantirish jarayoniga zamin yaratadigan huquqiy g'oyalarning huquqiy institutsionalizatsiyasi muammosi bo'yicha keltirigan mulohazalarni umumlashtirar ekanmiz, qator xulosalarni ifodalashimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Морозова Л.А. Являются ли принципы права источником права? // Принципы права: проблемы теории и практики: Материалы XI международной научно-практической конференции. В 2-х ч. Ч. 1. М.: РГУП, 2017. C. 84.

2. Соколова А.А. Социальные аспекты правообразования. Минск, ЕГУ. 2003; Трофимов В.В. Правообразование в современном обществе: теоретико-методологический аспект / Под ред. Н. А. Придворова. Саратов, 2009.

3. Шпарага О.Н. Пробуждение политической жизни: Эссе о философии публичности. Вильнюс: ЕГУ, 2010. С. 108.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.