Научная статья на тему 'HUDUDNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMI'

HUDUDNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eksport salohiyati / tovar raqobatbardoshligi / sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish / tashqi bozor / ekzogen / endogen / tashqi savdo siyosati. / export potential / product competitiveness / after-sales service / foreign market / exogenous / endogenous / foreign trade policy.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xolmamatov D.H., Jiyamuratov R.N.

Hududning eksport salohiyati iqtisodiy salohiyatning ajralmas qismi bo‘lib, uning ishlab chiqarish, mehnat, tabiiy resurslar, infratuzilma, investitsiya, ilmiy-texnikaviy va innovatsion salohiyat bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi. Hududning eksport salohiyatini oshirishda institsional mexanizmning ham o’rni bor. Mazkur maqolada hududning eksport salohiyatini oshirishning institutsional mexanizmi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The export potential of the region is an integral part of the economic potential, which develops in interaction with its production, labor, natural resources, infrastructure, investment, scientific-technical and innovative competence. Institutional mechanism also plays a role in increasing the export potential of the region. This article describes the institutional mechanism of increasing the export potential of the region.

Текст научной работы на тему «HUDUDNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMI»

HUDUDNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMI

Xolmamatov D.H.

SamISI dotsenti Jiyamuratov R.N.

SamISI doktoranti

Annotatsiya: Hududning eksport salohiyati iqtisodiy salohiyatning ajralmas qismi bo'lib, uning ishlab chiqarish, mehnat, tabiiy resurslar, infratuzilma, investitsiya, ilmiy-texnikaviy va innovatsion salohiyat bilan o'zaro aloqadorlikda rivojlanadi. Hududning eksport salohiyatini oshirishda institsional mexanizmning ham o'rni bor. Mazkur maqolada hududning eksport salohiyatini oshirishning institutsional mexanizmi yoritilgan.

Kalit so'lar: eksport salohiyati, tovar raqobatbardoshligi, sotishdan keyingi xizmat ko'rsatish, tashqi bozor, ekzogen, endogen, tashqi savdo siyosati.

Abstract: The export potential of the region is an integral part of the economic potential, which develops in interaction with its production, labor, natural resources, infrastructure, investment, scientific-technical and innovative competence. Institutional mechanism also plays a role in increasing the export potential of the region. This article describes the institutional mechanism of increasing the export potential of the region.

Key words: export potential, product competitiveness, after-sales service, foreign market, exogenous, endogenous, foreign trade policy.

Kirish. Hududiy eksport salohiyati - bu murakkab iqtisodiy tizim sifatida muayyan hududning ichki va tashqi iqtisodiy faoliyatining barcha elementlarini o'z ichiga oladigan jarayondir. Hududning eksport faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun nafaqat ushbu faoliyatni yaxshilashga qaratilgan siyosatni ishlab chiqish, balki uni qo'llab-quvvatlash kerak. O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi va hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirishni qat'iy vertikal boshqarish amaliyotidan iqtisodiy munosabatlar subyektlarining operatsion va iqtisodiy mustaqilligiga o'tilishi natijasida ushbu yondashuvni amalga oshirish zarurati paydo bo'ldi. Shu bilan birga hududning eksport salohiyatini oshirishda institsional mexanizmning ham o'rni mavjud.

Mavzuning o'rganilganligi. Zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda "eksport salohiyati" tushunchasining turli talqinlari mavjud. B.A.Rayzberg, L.Sh.Lozovskiy, Ye.B.Starodubsevalar o'zlarining zamonaviy iqtisodiyot lug'atida "eksport salohiyati - bu raqobatbardosh tovarlarni zarur miqdorda ishlab chiqarish va eksport qilish imkoniyati" deb ta'riflashgan1. Mazkur ta'rifda eksport salohiyati tovar raqobatbardoshligi va ishlab chiqarish hajmi bilan bog'liq ekanligiga urg'u

1 Райзберг Б.А., Лозовский Л.Ш., Стародубцева Е.Б. Современный экономический словарь. М.: ИНФРА-М, 2012. 512 с.

berilmoqda. Haqiqatdan ham tovar raqobatbardoshligi eksport salohiyatini belgilab beruvchi muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Lekin eksport salohiyati faqat tovar raqobatbardoshligi bilan aniqlanadigan faoliyat emas.

A.A.Malsev, Yu.A.Savinov, V.A.Oreshkin, A.A.Lebedevlar "eksport salohiyat" tushunchasini mahsulot ishlab chiqarish, ularni tashqi bozorlarga chiqarish, sotish va sotishdan keyingi xizmat ko'rsatishni tavsiflovchi kompleks ko'rsatkich sifatida talqin qilishgan2. Bu yondashuvda eksport salohiyati mahsulotni tashqi bozorga yetkazib berish, sotish va sotuvdan keyingi xizmat ko'rsatish bilan bog'liqligiga e'tibor qaratilganligi sababli ham ahamiyatli hisoblanadi. Chunki, eksport salohiyati tashqi bozorda mahsulot sotish ko'rsatkichlari orqali ham aniqlanadi.

M.E.Seyfullaeva va V.M.Kapisinlar xomashyo-resurslar bazasi va iqtisodiyotning holati birgalikda hududning ilmiy-texnikaviy, texnologik va ijtimoiy rivojlanishini ta'minlaydi, bu esa eksport salohiyatini ham belgilaydi degan ilmiy qarashni ilgari suradi3. Ushbu yondashuv yanada kengroq bo'lib, eksport salohiyati ilmiy-texnikaviy, texnologik va ijtimoiy rivojlanish kabi ko'rsatkichlar orqali aniqlanishiga e'tibor qaratilgan.

Rossiyalik tadqiqotchi Yu.Tokarevning fikricha, "eksport salohiyati -korxonaning eksport uchun raqobatbardosh mahsulot yaratish va ishlab chiqarish, ularni tashqi bozorlarga olib chiqish, u yerda foydali mahsulotlarni sotish va kerakli darajada xizmat ko'rsatishni ta'minlashning umumiy qobiliyati" deb ta'riflashgan4.

Yu.A.Savinov va A.Yu.Migunovlar "eksport salohiyati" tushunchasiga kengroq va to'liqroq tavsif berishgan. Ularning ilmiy qarashlariga ko'ra eksport salohiyati, birinchidan, eksport faoliyati bilan shug'ullanuvchi barcha sub'ektlarning (butun milliy iqtisodiyot, uning tarmoqlari, sohalari, kompaniyalar, korxonalar) eksport ko'rsatkichlarini o'z ichiga oladi. Ikkinchidan, ularning qarashlari bo'yicha nafaqat raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, balki ularni tashqi bozorlarda sotish imkoniyati bilan ham bog'liq. Uchinchidan, mualliflar hududning eksport salohiyatini rivojlantirishga tashqi va ichki omillarning ta'sirini nazarda tutuvchi milliy raqobatdosh ustunliklarni hisobga olish lozimligini ta'kidlashadi5.

Hudud eksport salohiyati murakkab va kompleks tushuncha hisoblanadi. Hududning eksport salohiyati mazmunining nazariy masalalari bo'yicha mahalliy, MDH va xorijiy tadqiqotchilarning bir qator ilmiy ishlari mavjud. Ilmiy tadqiqot ishlarida "hududiy eksport salohiyati" hududiy korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati, hududiy iqtisodiy faoliyatni shakllantirish hamda hududlarning iqtisodiy o'sishi bilan bog'liqligiga asosiy e'tibor qaratilgan.

Hududning eksport salohiyatidan samarali foydalanish va rivojlantirishning dolzarbligi ortib borayotganligidan kelib chiqib, bu borada ilmiy tadqiqotlar ham jadal

2 Мальцев А.А. Государственное регулирование внешнеэкономической деятельности в Российской Федерации: курс лекций. Екатеринбург, 2006. 453 с.

3 Сейфуллаева М.Э. Капицын В.М. Экспортный потенциал российских регионов в условиях глобализации мировой экономики // Регион. 2006. № 3. С. 93 - 111

4 Токарев, Ю.В. Формирование и использование экспортного потенциала (на примере промышленных предприятий): автореф. дис. канд. экон. наук: 08.00.05; Казань, 1997. - 14с.

5 Савинов Ю.А., Мигунов А.Ю. Государственная финансовая поддержка экспорта в России // Российский внешнеэкономический рынок. 2008. № 5. С. 30 - 37.

sur'atlar bilan olib borilmoqda. Aksariyat olib borilgan ilmiy ishlarda hududning eksport salohiyati hududning mavjud ishlab chiqarish resurslari va mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlari sifatida o'rganilgan. L.M.Marchenkova, I.B.Ilyuxinalarning ilmiy tadqiqot ishlarida hududning eksport salohiyati "korxonalar, tarmoqlar va umuman hudud iqtisodiyotining bozor munosabatlari, iqtisodiy rivojlanishning mavjud darajasida tashqi bozorlarda raqobatbardosh tovar va xizmatlarni sotish imkoniyatlari hamda eksportni tashkiliy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash tizimi" kabi omillar bilan bog'liqligini ta'kidlab o'tishgan6.

Yu.V.Gaponenko ilmiy izlanishlarida hududning eksport salohiyati tashqi bozorga mo'ljallangan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish imkoniyati bilan aniqlanishini inkor etmasdan, hududning eksport salohiyatini tahlil qilishda uning ierarxik tuzilishini hisobga olish kerakligini ta'kidlaydi. Yu.V.Gaponenko hududning eksport salohiyatini uch darajada aniqlashni taklif etgan:

- birinchi darajada eksport qilinadigan mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona va uning ishlab chiqarish salohiyati;

- ikkinchi bosqichda mahsulotni sotish va sotishdan keyingi xizmat ko'rsatish tizimi;

- uchinchi bosqichda hududning tashqi iqtisodiy faoliyati kompleksi7. I.N.Vasyutchenko ilmiy tadqiqotlarida hududning eksport salohiyati uchta

komponent, ya'ni birinchi komponent - iqtisodiy tizim resurslarining yig'indisi, ikkinchisi - iqtisodiy tizimning jahon bozorida talab qilinadigan tovarlarni ishlab chiqarish imkoniyati, uchinchisi - eksport infratuzilmasini rivojlanish darajasi orqali aniqlanishini tadqiq qilgan8. I.N.Vasyutchenko o'zining tadqiqotlaridan kelib chiqib, hududning eksport salohiyatining tarkibiy qismlari sifatida tashkiliy-boshqaruv, kadrlar, tabiiy resurs, bioiqlim, innovatsion, ishlab chiqarish va investitsiya salohiyati bilan bog'liqligini tadqiq etgan.

R.M.Pritkov, G.I.Nemirovalar o'zlarining ilmiy ishlarida hududning eksport salohiyati resurs va xom ashyo, ishlab chiqarish, mehnat, moliyaviy, iste'molchi, infratuzilma, innovatsion va institutsional omillar asosida oshirish mumkinligini o'rganishgan9. G.S.Svetkova, I.G.Svetkova ilmiy ishlarida hududning eksport salohiyati hududning aholisi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning umumiy natijasini aks ettiruvchi inson taraqqiyoti indeksiga ham (HRI) bog'liq ekanligini tadqiq etishgan10.

M.A.Nikolaev, M.Yu.Maxotaeva o'z tadqiqotlarida hududning eksport salohiyatini ikki komponentga ajratadi. Birinchi komponent - eksport tovarlarini ishlab

6Марченкова Л. М., Илюхина И. Б. Развитие экспортного потенциала российских регионов // Экономическая среда, 2013, № 4 (6). С. 133-138.

[Электронный ресурс]: URL: http://unctad.org/en/PublicationsLibrary/wir2013 en.pdf

7 Гапоненко Ю.В. Уровень развития экспортного потенциала региона и методические аспекты его оценки // Вестник Волгоградского государственного университета. Сер. 10, Иннов. деят. 2013. № 2 (9) С. 16-20.

8Васютченко И.Н. Система показателей оценки экспортного потенциала региона // Региональная экономика: теория и практика. 2010. № 21 (156). С. 40-46.

9 Прытков Р.М., Немирова Г.И. Формирование и развитие экспортного потенциала региона // Вестник ОГУ № 13 (132) /декабрь 2011. С. 387-393.

10 Цветкова Г. С., Цветкова И. Г. Республика Марий Эл в зеркале международных показателей // Вестник Марийского государственного университета. 2016. Т. 2. № 3 92 (7). С. 90-95.

chiqarish uchun ishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligi, ikkinchi komponent -mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalangan holda eksport tovarlarini ishlab chiqarish bilan aniqlanishini o'rganishgan11. Mazkur tadqiqotda ilmiy izlanuvchilar eksport salohiyatini tovarlarni ishlab chiqarish quvvatlari va ishlab chiqiarish quvvatlaridan foydalanishga asosiy e'tiborni qaratishgan. Bu qarash ham to'g'ri hisoblanadi.

Asosiy qism. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra "eksport salohiyati" tushunchasi murakkab va ko'p omilli tushuncha bo'lib, "resurslar-zaxiralar-imkoniyatlar" zanjirida hududning ishlab chiqarish va tashqi bozorga mahsulot sotish imkoniyatlarining amaliy qo'llanilishi bilan bog'liq degan fikrga kelishimizga asos bo'ldi.

Hududning eksport salohiyati iqtisodiy salohiyatning ajralmas qismi bo'lib, uning ishlab chiqarish, mehnat, tabiiy resurslar, infratuzilma, investitsiya, ilmiy-texnikaviy va innovatsion salohiyat bilan o'zaro aloqadorlikda rivojlanadi.

Eksport salohiyatini oshirish muammosini hal qilish nuqtai-nazaridan hududning institutsional tuzilishini bir necha jihatlarda ko'rsatish mumkin. Ushbu tadqiqot institutlarni rasmiy va norasmiy, ekzogen va endogen, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy qismlarga bo'lishga asoslangan hududning institutsional tuzilmasi elementlarini guruhlashning an'anaviy yondashuvlaridan chetga chiqadi. Ye.V.Sapir va A.G.Shmuratkinalar hududning eksport faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish nuqtai nazaridan hududning eksport salohiyatini oshirishning institutsional mexanizmini taklif qilgan (1-rasm).

Mualliflar fikricha hududiy eksportni rivojlantirishga ma'muriy, tashkiliy va iqtisodiy to'siqlar mavjud. Bu muammolarning barchasini hal etish hududning eksport salohiyatini oshirish bo'yicha taklif etilayotgan institutsional mexanizmning asosiy vazifalaridan biri sifatida ko'rsatilmoqda. Institutsional mexanizm - bu hududiy darajada yaratilgan, strategik va taktik vazifalarni amalga oshirishga hamda tezkor muammolarni hal qilishga qaratilgan ochiq, moslashuvchan tizim sifatida ishlab chiqilgan.

11 Николаев М.А., Махотаева М.Ю. Формирование экспортного потенциала региона. «Экономика, право и управление». 6/2017 3-11 с.

TASHQI ELEMENTLAR

1-rasm. Hududning eksport salohiyatini oshirishning institutsional

•12

mexanizmi12

Xulosa. Hududiy eksportni oshirishning institutsional mexanizmini ishlashi uchun quyidagi institutlar rivojlangan bo'lishi kerak:

1. Davlat instituti (tashqi savdo siyosati, eksport faoliyatini rag'batlantirish, eksportga yo'naltirilgan korxonalarni rivojlantirish institutlari va qo'llab-quvvatlovchi tuzilmalarni yaratish va boshqalar).

2. Huquq instituti (eksport faoliyatini huquqiy tartibga solish, eksport faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, soliq imtiyozlari, subsidiyalar va boshqalar).

3. Fan instituti (jahon bozorida talabga ega va raqobatbardosh mahsulotlar yaratish maqsadida innovatsiyalar yaratish, texnoparklar va ilmiy markazlar tizimini yaratish va rivojlantirish va boshqalar).

4. Ta'lim instituti (innovatsion iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash, eksport faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini o'qitish va boshqalar).

5. Biznes instituti (eksportga yo'naltirilganlik, raqobatbardosh mahsulotlarga talab va boshqalar).

12 Сапир Е.В., Шмураткина А.Г. Институциональный механизм повышения экспортного потенциала региона. Проблемы экономики. 2019, 169-176

Yuqoridagi barcha institutlar, albatta, davlat darajasida ham, hududiy darajada ham rivojlanish uchun maxsus hukumat qarorlari, strategiyalar, dasturlar ishlab chiqish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Васютченко И.Н. Система показателей оценки экспортного потенциала региона // Региональная экономика: теория и практика. 2010. № 21 (156). С. 4046.

2. Гапоненко Ю.В. Уровень развития экспортного потенциала региона и методические аспекты его оценки // Вестник Волгоградского государственного университета. Сер. 10, Иннов. деят. 2013. № 2 (9) С. 16-20.

3.Мальцев А.А. Государственное регулирование внешнеэкономической деятельности в Российской Федерации: курс лекций. Екатеринбург, 2006. 453 с.

4. Марченкова Л. М., Илюхина И. Б. Развитие экспортного потенциала российских регионов // Экономическая среда, 2013, № 4 (6). С. 133-138. [Электронный ресурс]: URL: http://unctad.org/en/PublicationsLibrary/wir2013 en.pdf

5. Николаев М.А., Махотаева М.Ю. Формирование экспортного потенциала региона. «Экономика, право и управление». 6/2017 3-11 с.

6. Прытков Р.М., Немирова Г.И. Формирование и развитие экспортного потенциала региона // Вестник ОГУ № 13 (132) /декабрь 2011. С. 387-393.

7. Савинов Ю.А., Мигунов А.Ю. Государственная финансовая поддержка экспорта в России // Российский внешнеэкономический рынок. 2008. № 5. С. 30 - 37.

8. Сапир Е.В., Шмураткина А.Г. Институциональный механизм повышения экспортного потенциала региона. Проблемы экономики. 2019, 169176

9. Сейфуллаева М.Э. Капицын В.М. Экспортный потенциал российских регионов в условиях глобализации мировой экономики // Регион. 2006. № 3. С. 93 - 111

10. Райзберг Б.А., Лозовский Л.Ш., Стародубцева Е.Б. Современный экономический словарь. М.: ИНФРА-М, 2012. 512 с.

11. Токарев, Ю.В. Формирование и использование экспортного потенциала (на примере промышленных предприятий): автореф. дис. канд. экон. наук: 08.00.05; Казань, 1997. - 14с.

12. Цветкова Г. С., Цветкова И. Г. Республика Марий Эл в зеркале международных показателей // Вестник Марийского государственного университета. 2016. Т. 2. № 3 92 (7). С. 90-95.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.