UDC: 656.132(045)(575.1) EDN: https://elibrary.ru/vugqyo
HUDUDLARDA AHOLINING JAMOAT TRANSPORTI BILAN QAMROVI VA HARAKATCHANLIGI DARAJASINI BAHOLASH
Yo'ldoshev Davron Furqat o'g'li
texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), katta o'qituvchi
ORCID: 0000-0002-6042-2737 e-mail: [email protected]
Toshkent davlat transport
universiteti
Annotatsiya. Aholining transport bilan qamrov darajasini baholashni olimlar turli parametrlar bilan bog'lagan. Shuningdek, hisoblash usullarida ham aholi soni, hudud zichligi, yo'l va yo'nalish tarmoqlari, bandlik darajasi va tashilgan yo'lovchilar soni kabi ko'rsatkichlar hisobga olingan. Maqolada aholining transport bilan qamrovi va ta'minlanganlik darajasini aholi bandligi, shahar hududi va aholi soniga bog'liqlik bo'yicha aniqlash usullari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada hududlarda aholining jamoat transporti bilan qamrov darajasi va harakatchanligini belgilashdagi mavjud muammolar o'rganilgan bo'lib, O'zbekiston sharoiti uchun aholining hududlar miqyosida transport bilan qamrovi va ta'minlanganlik darajasini aniqlash usulini takomillashtirish bo'yicha tahlillar amalga oshirilgan. Transport bilan qamrov darajasini baholash aniqligini oshirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shaharlar va viloyatlar markazlarida aholining jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasi statistik ko'rsatkichlar yordamida baholangan va xulosalarda ta'minlanganlik ko'rsatkichlari past hududlar bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: transport bilan qamrov darajasi, ta'minlanganlik, aholi harakatchanligi, jamoat transporti, yo'lovchilar soni, me'yoriy sig'im, texnik imkoniyat.
ОЦЕНКА УРОВНЯ ОБЕСПЕЧЕННОСТИ ОБЩЕСТВЕННЫМ ТРАНСПОРТОМ И МОБИЛЬНОСТИ НАСЕЛЕНИЯ В РЕГИОНАХ
Йулдошев Даврон Фуркат угли
доктор философии по техническим наукам (PhD), старший преподаватель
Ташкентский государственный транспортный университет
Аннотация. Оценку уровня обеспеченности населения транспортом учёные связывают с различными параметрами. В методах расчёта учитывались такие показатели, как численность населения, плотность территории, дорожная и маршрутная сети, уровень занятости и количество перевезённых пассажиров. В статье проанализированы методы определения транспортной обеспеченности и мобильности населения в зависимости от занятости, территории города и численности населения. В статье также изучены существующие проблемы определения уровня обеспеченности и мобильности населения общественным транспортом в регионах, их анализ проведён в целях совершенствования метода определения уровня транспортной обеспеченности и мобильности населения в масштабах и условиях регионов Узбекистана. Разработаны рекомендации по повышению точности оценки уровня обеспеченности транспортом. Ключевые слова: уровень транспортной обеспеченности, мобильность населения, общественный транспорт, количество пассажиров, вместимость, техническая возможность.
ASSESSMENT OF PUBLIC TRANSPORTATION PROVISION AND POPULATION MOBILITY IN THE REGIONS
Doctor of Philosophy in Technical Sciences (PhD), Senior Lecturer
Tashkent State Transport University
Yuldoshev Davron Furqat ugli
Abstract. Scientists have linked the assessment of the level of supply of population with transport with various parameters, and such indicators as population, density of
HrçTHÔocnHK^HTHpoBaHHe/citation: Yuldoshev, D. F. u. (2024). Assessment of public transportation provision and population mobility in the regions. (In Uzbek). Science and Innovative Development, 7(4), 90-99.
Kelib tushgan/Получено/ Received: 08.07.2024
Qabul qilingan/Принято/ Accepted: 01.08.2024
Nashr etilgan/
Опубликовано/Published:
26.08.2024
the area, road and route networks, levels of employment and numbers oftransported passengers have been considered in calculation methods. The article reviews methods for determining the level of transport coverage and supply of population, including reporting and statistical method, methods determining the correlation with employment status of citizens, city area and population size. Moreover, existing problems in determining the levels of coverage with - and mobility of the population by means of public transport in the regions have been investigated, and analyzes - made to improve methods for determining the coverage and supply of transport at the regional level in the context of Uzbekistan. Recommendations have been developed to increase accuracy of assessment of the level of transport supply. The level of provision of the public transport to population in city centers and regions was assessed using statistical indicators, and recommendations were made for the areas with low levels of supply.
Keywords: level of transport provision, population mobility, public transport, number of passengers, capacity, technical feasibility.
Kirish
Jahonda iqtisodiyot va aholining ishonchli transport xizmatiga bo'lgan ehtiyoji hamda talabini qondirish maqsadida shahar transport tizimini takomillashtirish, yo'lovchilarning jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish borasidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga katta kuch va mablag' sarflanmoqda. Hozirda rivojlangan AQSh, Germaniya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya kabi davlatlarda yo'nalishli avtobuslarda iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni belgilash, jamoat transportlari harakatini samarali tashkil etish orqali yo'lovchilarni ushbu turdagi transportga yo'naltirish, aholining jamoat transporti bilan qamrov darajasini oshirishga qaratilgan yangi, raqamlashtirilgan ilmiy-texnikaviy yechimlar ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratilmoqda (Ministry of Transport of the Republic of Uzbekistan, 2024).
Respublikamizda aholining jamoat transporti bilan qamrov darajasini oshirish yo'llarini ishlab chiqish va asoslash, shuningdek, ularni baholash uslublarini ishlab chiqish bilan bog'liq tadqiqotlar olib borish dolzarb vazifadir. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi "Aholiga transport xizmati ko'rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo'lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2724-son qarori, 2020-yil 30-noyabrdagi "Hududlarda jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi" selektor yig'ilishida qo'yilgan vazifalar, 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-111-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi "Toshkent shahar yo'lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 157-son qarorida aholiga jamoat transporti bilan ishonchli xizmat ko'rsatish choralari belgilangan. Ammo aholining jamoat transporti bilan qamrov darajasini aniq baholovchi mukammal usul mavjud emasligi qamrov darajasini baholashda turlicha yondashuvlarni keltirib chiqarmoqda (Abdullaev, 2024).
Statistik ma'lumotlar asosidagi hududlarda aholining jamoat transporti bilan qamrov darajasi va harakatchanligini belgilashda bir qancha muammolar mavjud. Jumladan:
- bugungi kunda aholining jamoat transporti bilan qamrov darajasi va harakatchanligini baholashni amalga oshirayotgan davlat tashkilotlarida barcha ko'rsatkichlarni inobatga oluvchi yagona metodika mavjud emas;
- hududlarda yo'lovchilar qamrovining texnik imkoniyatlari, mobil (harakatchan) aholi soni va umumfoydalanish transport vositalarining me'yoriy sig'imini doimiy ravishda baholab borish zarur;
- statistik tahlillar aholining mobil (harakatchan) qatlami emas, balki hududlardagi umumiy aholi soni bo'yicha inobatga olinmoqda. Bu esa, o'z navbatida, transportga talabi bo'lmagan aholi qatlami ham hisobga olinishini keltirib chiqarmoqda. Tahlillarni bunday usul bilan amalga oshirish olingan natijalar aniqligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin;
- hududlarda jamoat transportlarining yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish darajasi doimiy baholanmayapti. Natijada yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish tizimining mavjud imkoniyatlaridan to'laqonli foydalanish choralarini ko'rish yetarli darajada emas.
Ushbu maqolaning maqsadi yuqoridagi muammolar yechimiga qaratilgan bo'lib, quyidagi vazifalarni qamrab oladi:
- aholining transport bilan qamrovi va harakatchanligini baholash usullarini tahlil qilish;
- aholining transport bilan qamrovi va harakatchanligini aniqlash usulini takomillashtirish bo'yicha taklif ishlab chiqish;
- hududlar kesimida aholi soni va umumfoydalanish transport vositalarining me'yoriy sig'imini tahlil qilish;
- shaharlar va viloyatlar markazlarida aholining jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasini baholash.
Aholining jamoat transporti bilan qamrov darajasini baholash jarayonining murakkabligi va unda ko'p sonli ko'rsatkichlarni tahlil qilish zaruriyati masalaga tizimli yondashishni talab qiladi (Khojaev, 2002).
Material va metodlar
Jamoat transportlarida yo'lovchilar qamrov darajasi aholining transportda harakatchanligi, aholi soni, hududning rivojlanishi, hududda joylashgan ta'lim muassasalari soni, ishlab chiqarish sanoati, texnik va texnologik jarayonlarning tashkil etilganlik ko'rsatkichi, transport infratuzilmasi kabi bir qancha omillarga bog'liq. Hozirgi kunda aholining transport bilan qamrovi va harakatchanligi darajasi ko'rsatkichlarini aniqlashning bir nechta usullari mavjud.
Aholining transport bilan qamrovi va harakatchanligini baholashda ko'pincha jamoat transportlarida yo'lovchilar harakatchanligi bo'yicha olib borilgan statistik tahlillarga tayanilmoqda. Ko'rsatkichlar sifatida, asosan, tashilgan yo'lovchilar va hududdagi aholi soni qabul qilinmoqda. Ya'ni (Mun, 1990; Ministry of Land, Infrastructure and Transport of Republic of Korea, 2024):
bu yerda: Nty - tashilgan yo'lovchilar soni;
Nah - shaharning umumiy aholisi soni.
Qamrov darajasi (harakatchanlik) ushbu usul orqali aniqlanganda, juda past ko'rsatkichga ega. Chunki bu usulda transport xizmatlariga talabi mavjud bo'lmagan (transportdan foydalanmaydigan) aholi qatlamining ulushi katta. Shuning uchun ham mazkur usul orqali hisoblanganda, aholining transport bilan ta'minlanganlik darajasi 25% ni tashkil etmoqda (Toshkent shahri misolida). 2023-2024-yillarda Toshkent shahri jamoat transport tizimiga zamonaviy 1 000 dan oshiq, umumiy sig'imi 80 000 dan ortiq bo'lgan avtobuslar ekspluatatsiyaga yo'naltirilgan. Ammo tahlillarga ko'ra, kun davomidagi avtobuslarning o'rtacha to'luvchanlik darajasi 3,5-4,5 ball oralig'ida o'zgarmoqda (maksimum to'luvchanlik 6,0 ball) (Samatov & Abdullaev, 2022). Ushbu tahlillar Toshkent shahrida yo'lovchilar qamrovida texnik imkoniyatlar yuqori ta'minlanganligi, lekin aholining transportdan foydalanishi yo'lovchilar tashishning texnik imkoniyatidan farq qilayotganini (kam ekanligini)
qamrov
un
(1)
ko'rsatadi. Mazkur holat jamoat transporti tizimining jozibadorligini oshirish masalalarida ham muammolar mavjudligidan dalolat beradi.
Transportda aholi harakatchanligi bir nechta usullar yordamida baholanishi mumkin:
- hisob statistik usuli;
- aholi bandligi bo'yicha aniqlash usuli;
- shahar hududiga bog'liqlik usuli;
- aholi soniga bog'liqlik bo'yicha aniqlash.
Hisob statistik usuli bo'yicha aholi harakatchanligi ko'rsatkichlarini tezkor ma'lumotlar olishda ishlatish mumkin. Bunda umumiy jamoat trans p ortlari da yil davo mida tasMlgan
yo'lovchilar sonining shaharda yashovchi aholi soniga nisbati olinadi. Ya'ni:
Q
PoiV (2)
bu yerda: Q - umumiy jamoat transportlarida yil davomida tashilgan yo'lovchilar soni;
N. - shaharda yashovchi aholi soni.
Ushbu usulda hisoblanganda, o'rtacha 15-20 % shaharga kirib keluvchilar ulushi ham inobatga olinishi lozim (shaharga kirib keluvchilar ulushi shahar toifasi va umumiy infratuzilmaga bog'liq). Hisob statistik usulining ahamiyatli jihati shundaki, aholi harakatchanligini baholashda dala tadqiqotlarini rejalashtirish, ishchi guruh tashkil etish va tadqiqot o'tkazish, shuningdek, olingan natijalar xatoliklarini murakkab usullar yordamida tekshirishni talab etmaydi. Bu usulda mavjud statistik ko'rsatkichlar yordamida kerakli tahlillar amalga oshirish imkoniyati borligi boshqa muqobil usullardan afzalligini ko'rsatadi.
Transportda harakatchanlik darajasini aholining bandlik darajasi bo'yicha quyidagicha aniqlash mumkin (2). Shahar aholisi bandlik darajasiga bog'liq ravishda guruhlarga bo'linadi va har bir guruh yil davomida mumki n bo'lga n qatn ovl ar s onini bslgilaydi (Mun, 1990):
n
o ^(Я^адО' (3)
(=i
bu yerda: H.. - har bi r ah oli guru hi dagi yash ovchilar son i (ishchilar,talabalar, ishsizlar); ц. - umumiy transpo rtdan foydalanuvchi aholini hisobgaoluvchi koeffitsiyent; Dnj - har bir guruh aholisining yil davomidagi qatnov kunlari (ishchilar - o'rtacha 250 kun, talabalar o'rtac ha 263 kun);
Pej - har bir guruh aho lisining kun dav omidagi qatnovlar soni (ishchilar, talabalar, o'quvchilar uchun 2-3 marta, madaniy va kundalik maqsadlarda 1-3 marta).
Jamoat transportlarida yo'lovchilar qamrovi (harakatchanligi) bo'yicha olib boriladigan statistik tahlillhrni ahohning mobil (harakatchan) qatlamiga ko'ra aniqlash maqsadga muvofiq. Ya'ni:
N
ty
-qamrov «л -l-M -I- N i i ivr
^ mobil ^kirib.kel ^vil.kirib.o'quv.tal ......т 14 n
* 100
o),
(4)
bu yerda: Nlar aholining aniq transportga talabi mavjud bo'lgan mobil (harakatchan) qatlamini tashkiletuvchilar qiymati;
Nmob¡¡ - shaharning umumiy mobil (harakatchan) aholisi soni (so'rovnoma natijasiga ko'ra "ta" yo'lovchi);
Nkjrjbkel - shaharga kirib keluvchi aholi soni (ta);
N.,,..t , ,, - viloyatdan kelib o'quvchi talabalar soni (viloyatdan kirib kelib, shahar
vil.kinb.oquv.tal J A v j
hududida qolib o'quvchi talabalar (ta) ;
Nn - mobil qatlamni tashkil etuvchi boshqa ko'rsatkichlar.
Ushbu usul orqali aholining transportga talabi mavjud bo'lgan mobil qatlamining transport bilan qamrov darajasini aniq baholashga erishish mumkin. Tadqiqot natijalari
Hududlarda aholining jamoat transporti bilan ta'minlanganligi yoki qamrovni aniqlash bo'yicha dunyo olimlari tomonidan turli i fod£ila:r ishlab ch i q i lg a n. M a s^lan, jamoat transporti bilan ta'minlanganlikning (/) hududdagi aholi soni va umumfoydalanish transport vositalari o'rtacha sig'imining yig'indisi ko'rsatiichlari bilan bog'liqlik formulasi quyidagicha:
, _ 1000 IX f5)
bu yerda: £ai - ishdagi umumfoydalanish transport vositalari me'^oriy sig'imi yig'indisi, yo'lovchi;
H - shahar aholisi soni, nafar.
Ma'lum hudud uchun qatnovda bo'lis0i oarur transport vositalari sonini (4) aniqlashda
quyidagi formuladan foydalanish mumMn (Samatov & Ab d rr 11 a err. 2 02 2) .
_ ^
A = 365^(^100' f6)
bu yerda: Py - yillik bajarilgan transport ishi;
R - mazkur sig'imli transport vositasi tashigan yo'lovchi ulushi, %;
n - yo'lovchilar oqimining mavsumiy o'zgaruvchanlik koeffitsiyenti, (S = 1,1);
Ve - yo'lovchi transportining ekspluatatsion harakat tezligi, km/soat (V = 15-17);
Tjsh - transport vositasining ish vaqti, soat (T = 14);
qn - transport vositasining sig'imi;
yt - o'rtacha sutkalik transport vositasining sig'imidan foydalanish koeffitsiyenti (Yst=0,33).
Tahlillarga ko'ra, hududlarda jamoat transportlari xizmatlari darajasini belgilovchi 6 ta asosiy ko'rsatkichlar mavjudligi aniqlandi:
1) shahar hududidagi tartibga solingan jamoat transporti ulushi;
2) jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasi;
3) jamoat transporti xizmatining qamrov darajasi;
4) yo'lovchilarning jamoat transportini o'rtacha kutish vaqti;
5) jamoat transportining qulaylik darajasi (komfortlilik);
6) jamoat transportining shahar ichi transporti tizimidagi ulushi.
Jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasi va jamoat transporti xizmatining qamrov darajalarini quyidagi mezonlar orqali baholash mumkin (SLBs for Urban Transport, 2024; CoE Urban Transport, 2024; Ministry of Road Transport and Highways of India, 2024).
1-jadval
Jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasi va jamoat transporti xizmatining qamrov
darajalarini aniqlash mezonlari
Xizmat darajasi Jamoat transporti bilan ta'minlanganlik Jamoat transporti xizmati qamrovi Jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasi ko'rsatkichlari
1 >0,6 >1 Jamoat transporti a'io darajada bo'lgan hududlar (1 000 kishiga to'g'ri keladigan o'rindiqlar soni 60 tadan yuqori)
2 0,4-0,6 0,7-1 Jamoat transporti yaxshi darajada bo'lgan hududlar (1 000 kishiga to'g'ri keladigan o'rindiqlar soni 40-60 ta)
3 0,2-0,4 0,3-0,7 Jamoat transporti qoniqarli darajada bo'lgan hududlar (1 000 kishiga to'g'ri keladigan o'rindiqlar soni 20-40 ta)
4 <0,2 <0,3 Jamoat transporti past darajada bo'lgan hududlar (1 000 kishiga to'g'ri keladigan o'rindiqlar soni 20 tadan kam)
Aholining jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasi va jamoat transporti xizmatining qamrov darajasini aniqlashning mahalliy me'yorlari mavjud emas. Shu sababli xorijiy tajribalarda bu masalalardagi amaliyotga tatbiq etilayotgan mezonlar orqali (1-jadval) aholining jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasini baholash tahlillari amalga oshirildi. Tadqiqotlar va statistik tahlillar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-59-son qarori ilovalarida keltirilgan, shahar va viloyatlar kesimida amalga oshirilgan. Olingan natijalar 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Shaharlar va viloyatlar markazlarida aholining jamoat transporti bilan ta'minlanganlik
ko'rsatkichlarining tahlil natijalari
Hududlar nomi (shahar, viloyat markazlari) Aholi soni (ming kishi) Umumfoydalanish transport vositalari me'yoriy sig'imi yig'indisi 1000 kishiga to'g'ri keladigan o'rindiqlar soni
Toshkent sh. 3040,8 198776,8 65,4
Andijon sh. 480,8 23225,2 48,3
Buxoro sh. 294,5 6987,6 23,7
Farg'ona sh. 321,8 5275,0 16,3
Jizzax sh. 165,0 7468,4 45,2
Xorazm (Urganch sh.) 153,1 7956,6 51,9
Namangan sh. 696,5 6844,2 9,8
Navoiy sh. 161,3 3352,4 20,7
Qashqadaryo (Qarshi sh.) 286.2 5901,8 20,6
Qoraqalpog'iston (Nukus sh.) 339,2 15891,6 46,8
Samarqand sh. 585,2 14043,8 23,9
Sirdaryo (Guliston sh.) 100,0 2574,0 25,7
Surxondaryo (Termiz sh.) 201.6 4146,6 20,5
Toshkent vil. 2993,4 75524,1 25,2
1-rasm. Hududlar kesimida 1 000 kishiga to'g'ri keladigan jamoat transportlari
o'rindiqiari soni
3500000 3000000 z 2500000 ° 2000000 § 1500000 ^ 1000000 500000 0
Г ^ Г Г & ^ & & ^ & P >
V V V V yy- v •9' су ¿y x -
¿f <$>
^ S Ж €
2Г ^
£
сf
200 000,00
180 000,00 _
160 000,00 ^
140 000,00 b
120 000,00 Ел
100 000,00 £
80 000,00 g
60 000,00 >
40 000,00 "
20 000,00 ^
0,00 ^ Е-1
Hududlar nomi
I aholi soni
U.T.V.me'yoriy sig'imi
Izoh: U.T.V- umumfoydalanish transport vositalari. 2-rasm. Hududlar kesimida aholi soni va umumfoydalanish transport vositalarining me'yoriy
sig'imi tahlili
Shaharlar va viloyatlar markazlarida aholining jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasini baholash tahlillari xizmat darajasi ko'rsatkichlari yordamida tahlil qilindi (1-jadval) (Statistics Agency under the President of the Republic of Uzbekistan, 2024; Ministry of Road Transport and Highways of India, 2024).
3-jadval
Shaharlar va viloyatlar markazlarida aholining jamoat transporti bilan ta'minlanganlik
ko'rsatkichlari baholari
Hududlar nomi (shahar, viloyat markazlari) Xizmat darajasi ko'rsatkichlari Xizmat darajasi ko'rsatkichlari baholari
Toshkent sh. >0,6 a'lo
Andijon sh. 0,4-0,6 yaxshi
Buxoro sh. 0,2-0,4 qoniqarli
Farg'ona sh. <0,2 past daraja
Jizzax sh. 0,4-0,6 yaxshi
Xorazm (Urganch sh.) 0,4-0,6 yaxshi
Namangan sh. <0,2 past daraja
Navoiy sh. 0,2-0,4 qoniqarli
Qashqadaryo (Qarshi sh.) 0,2-0,4 qoniqarli
Qoraqalpog'iston (Nukus sh.) 0,2-0,4 qoniqarli
Samarqand sh. 0,2-0,4 qoniqarli
Sirdaryo (Guliston sh.) 0,2-0,4 qoniqarli
Surxondaryo (Termiz sh.) 0,2-0,4 qoniqarli
Toshkent vil. 0,2-0,4 qoniqarli
Tadqiqot natijalari tahlili
Dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida aholining transport bilan qamrovi yuqori darajada ta'minlanishiga katta e'tibor qaratiladi. Bunda ijobiy natijalarga erishish uchun hududning umumiy infratuzilmaviy holatidan kelib chiqqan holda masalaga yondashish talab etiladi. Shaharlar va viloyatlar markazlarida aholining transport bilan qamrab olinishi va ta'minlanganlik darajasiga ta'sir etuvchi omillar ham mavjud:
- texnik va texnologik jarayonlarning tashkil etilganligi (yo'nalishlar tarmog'i, zichligi, ekspluatatsiyaga yo'naltirilgan harakatlanuvchi tarkib soni, sig'imi, holati va h.k.);
- aholining turmush tarzi va iqtisodiy holati;
- hududning aglomeratsiyasi va rivojlanish darajasi (yo'l tarmoqlari, ish o'rinlari, korxona va tashkilotlar, oliy va o'rta ta'lim muassasalari soni);
- aholi bandligi darajasi;
- hududning turizm salohiyati (dam olish-davolanish maskanlari, diqqatga sazovor joylar, tarixiy maskanlar).
So'nggi yillarda Toshkent shahri jamoat transport tizimiga zamonaviy 1000 dan oshiq, umumiy sig'imi 80 000 dan ortiq bo'lgan avtobuslarning ekspluatatsiyaga yo'naltirilishi shahar yo'nalishli avtobuslar tarmog'ining doimiy ravishda modernizatsiya qilib borilishi, metropoliten tizimi islohotlari, aholining transport bilan qamrab olinishi va ta'minlanganlik darajasiga ta'sir etuvchi asosiy texnik va texnologik jarayon omillarining ijobiy ta'sirini yaratdi. Natijada Toshkent shahrida tahlil etilayotgan ko'rsatkichlar a'lo darajaga yetdi. Hududlarda aholining transport bilan qamrab olinishi va ta'minlanganlik darajasiga ta'sir etuvchi omillarning har birini hudud infratuzilmasini inobatga olgan holda samaradorligini oshirish ijobiy natijalar beradi.
70
1 60
Œ 50 и
2 40 H
< 30 ai
О 20 Ьй
О 10 10
48,3
45,2
51,9
23,7
16,3
■
20,7 20,6
9,8
■
46,8
23 9 25,74 25,2
20,5 '
& §> J?
^ ^ J? ^ ^ >> ^
* Г у S <f <f / ß ^ f f / / J f
D * * * ^ >a / с/ / « *
£ s
N
X
of
У J?
HUDUDLAR NOMI
d?
3-rasm. Shaharlar va viloyatlar markazlarida aholining jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasi ko'rsatkichlari (1 000 kishiga to'g'ri keluvchi o'rindiqlar soni)
Shuningdek, shaharlar va viloyatlar markazlarida aniqlangan jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasini baholash tahlillari natijalariga ko'ra, Toshkent shahrida (65,4) a'lo darajada, Farg'ona (16,3) va Namangan shaharlarida (9,8) esa past darajada ta'minlangan (Ministry of Transport of the Republic of Uzbekistan, 2024).
Farg'ona va Namangan shaharlarida aholi sonining hudud maydoniga nisbatan zichligi, transport tarmoqlarining murakkabligi, aholi bandligi, yo'lovchilarga xizmat ko'rsatuvchi texnik tarkibning zamonaviy emasligi kabi omillar ushbu hududlarda past darajada ta'minlanganlik ko'rsatkichini keltirib chiqarmoqda.
Xulosalar
Hududlarda aholining jamoat transporti bilan qamrovi va harakatchanligini baholash natijalari shaharlar va viloyatlar markazlarida umumfoydalanish transport vositalari o'rtacha sig'imining yig'indi ko'rsatkichlari hamda ma'lum (i) hududdagi aholi soni yordamida aniqlandi.
Olingan natijalarga ko'ra, Toshkent shahrida yo'lovchilar qamrovining texnik imkoniyatlari yuqori, lekin aholining transportdan foydalanishi yo'lovchilarni tashishning texnik imkoniyatidan farq qilmoqda (kam ekanligi aniqlandi).
Bundan ko'rinadiki, past darajada ta'minlangan hududlar - Farg'ona va Namangan shaharlarining transport infratuzilmalariga alohida e'tibor berish, texnik va texnologik jarayonlarning tashkil etilishini doimiy nazorat qilib borish, harakat tarkibini yangilash, transport turlari bo'yicha xizmatlar xilma-xillgini oshirish lozim.
Aholining transportdan foydalanishi - Toshkent shahrida yo'lovchilarni tashishning mavjud texnik imkoniyatidan kam ekanligi, jamoat transporti tizimi jozibadorligini oshirish masalalarida Buxoro, Navoiy, Qarshi, Nukus, Guliston, Termiz shaharlari va Toshkent viloyatida muammolar mavjud ekanligi aniqlandi. Ushbu hududlarda texnik va texnologik jarayonlarning tashkil etilishi, aholining turmush tarzi hamda iqtisodiy holati yanada yaxshilanishi, hududning aglomeratsiyasi hamda uning rivojlanish darajasiga alohida e'tibor berish lozim.
Aholining jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasi va jamoat transporti xizmatining qamrov darajalarini aniqlashning mahalliy me'yorlari, xizmat ko'rsatish
darajalari ko'rsatkichlarini ishlab chiqish va bu orqali hududlarning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga oluvchi takomillashtirilgan uslubiyot yaratish zarur.
Aholining transport bilan qamrovi va harakatchanligini aniqlash usuli, aholining transportga talabi mavjud bo'lgan mobil (harakatchan) qatlamini hisobga olish evaziga takomillashtirish va baholash mezonlarini ishlab chiqish darkor.
Keyingi tadqiqotlar aholi mobil qatlamining transport bilan qamrov darajasini baholash aniqligini oshirishga erishish maqsadida transportga talabi mavjud bo'lgan mobil (harakatchan) qatlamni tashkil etuvchilarning muhimlik darajasi bo'yicha guruhlash va og'irlik koeffitsiyentlari qiymatlarini aniqlashga yo'naltiriladi.
REFERENCES
1. Abdullaev, B. I. (2024). Determination of service quality parameters and their weight in passenger transport. (In Uzbek). Bulletin of Transport, 1(1).
2. Abdullaev, B., Yuldoshev, D., Muminov, T., & Ahmedov, D. (2021). Improving the method of assessing road safety at intersections of single-level highways. E3S Web of Conferences 264, 05027 (2021). CONMECHYDRO - 2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126405027
3. Belyaev, S. A., et al. (2016). Theory and practice of application of correlation and regression analysis in research. (In Russian). Kursk: Delovaya polygraphiya Publ.
4. CoE Urban Transport. Service Level Benchmarks in "Urban Transport". CEPT University, Ahmedabad, MUN (p. 88).
5. Gudkov, V. A., Mirotin, L. B., Velmojin, A. V., & Shiryaev, S. A. (2006). Passenger Automobile Transportation. V.A. Gudkov (Ed.). Moscow: Goryachaya Liniya Publ.
6. Khojaev, V. A. (2002). Basics of cargo and passenger transportation in cars. (In Uzbek). Tashkent: Uzbekistan.
7. Ministry of Land, Infrastructure and Transport of Republic of Korea. (2024). Official web page. https://www.molit.go.kr/english/intro.do
8. Ministry of Road Transport and Highways of India. (2024). Official web page. https://morth.nic.
in/
9. Ministry of Transport of the Republic of Uzbekistan. (2024). Official web page. https://www. mintrans.uz/
10. Mun, V. S. (1990). Passenger car transportation (p. 206). Tashkent.
11. Samatov, G. A., & Abdullaev, B. I. (2022). Organization and management of public transport (p. 174). (In Uzbek). Tashkent.
12. Sdoukopoulos, E., Kose, P., Gal-Tzur, A., Mezghani, M., Boile, M., Sheety, E., & Mitropoulos, L. (2016). Assessment of Urban Mobility Needs, Gaps and Priorities in Mediterranean Partner Countries. Transportation Research Procedia, 14, 1211-1220. https://doi.org/10.1016Zj.trpro.2016.05.192
13. SLBs for Urban Transport. (2024). MoUD. Government of India. Service Level Benchmarks for Urban Transport at a Glance (p. 45).
14. Spirin, I. V. (2010). Organization and management of passenger road transportation (p. 400). (In Russian). Moscow: Academy.
15. Statistics Agency under the President of the Republic of Uzbekistan. (2024). Official web page. https://stat.uz/en/
16. Zyryanov, V. V., Semchugova, E., & Litvina, A. A. (2013). Improving the efficiency of urban passenger transport management in Rostov-on-Don. Bulletin of Saratov State Technical University, 2(71), 347-351.