Научная статья на тему 'HOZIRGI ZAMON NEMIS TILIDA “NICHT” INKOR VOSITASINING STRUKTUR – SEMANTIK XUSUSIYATLARI'

HOZIRGI ZAMON NEMIS TILIDA “NICHT” INKOR VOSITASINING STRUKTUR – SEMANTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inkor hodisasi / inkor vositalari / so‘z tartibi / qat’iy qoidalar / gap mazmuni / gap mazmunining o‘zgarishi / umumiy inkor qilish / qisman inkor qilish / inkorning qo‘llanishi / an’anaviy grammatika / gap bo‘laklari / inkor yuklamasi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Adham Berdimurodov

Ushbu maqola nemis tilida inkor hodisasi, inkor vositalarining xususiyatlarini yoritib berishga bag‘ishlangan. Maqolada nemis olimlari V.Xartung, G.Xelbig, X.Rikken, T.Bratularning ushbu sohada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalariga tayanib, nemis tilida “nicht” inkor so‘zining struktur–semantik xususiyatlarini ochib berishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI ZAMON NEMIS TILIDA “NICHT” INKOR VOSITASINING STRUKTUR – SEMANTIK XUSUSIYATLARI»

HOZIRGI ZAMON NEMIS TILIDA "NICHT" INKOR VOSITASINING STRUKTUR -

SEMANTIK XUSUSIYATLARI Adham Berdimurodov

SamDCHTI doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10806528

Annotatsiya. Ushbu maqola nemis tilida inkor hodisasi, inkor vositalarining xususiyatlarini yoritib berishga bag'ishlangan.

Maqolada nemis olimlari V.Xartung, G.Xelbig, X.Rikken, T.Bratularning ushbu sohada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalariga tayanib, nemis tilida "nicht" inkor so'zining struktur-semantik xususiyatlarini ochib berishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: inkor hodisasi, inkor vositalari, so'z tartibi, qat'iy qoidalar, gap mazmuni, gap mazmunining o'zgarishi, umumiy inkor qilish, qisman inkor qilish, inkorning qo'llanishi, an'anaviy grammatika, gap bo'laklari, inkor yuklamasi.

Nemis tilshunosligida gap mavzusi sohasida olib borilgan lingvistik tadqiqotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, nemis tili gapda so'z tartibi qoidalariga qat'iy rioya qiluvchi tillar qatoriga kiradi. Aytish joizki, gapdan anglashiladigan mazmun-mohiyat va ma'no uzviyligi mazkur gapda so'z va so'z birikmalari hamda iboralarning ma'lum tartibda qat'iy joylashishi orqali ta'minlanadi.

Nemis tili grammatikasi bo'yicha yaratilgan ilmiy-nazariy va metodik adabiyotlarni o'rganish natijasida quyidagi fikr-mulohazalarni bildirish mumkin: ushbu ilmiy tadqiqot ishlarida nemis tilida gap tuzilishi qat'iy so'z tartibi asosida amalga oshiriladi, ana shu xususiyati bilan u boshqa tillardan farq qiladi. Demak, gapda ishtirok etadigan so'zlarning o'rni ko'p holarda qat'iy qoidalar asosida belgilangan bo'ladi. Biroq, shu o'rinda gap tarkibidagi bo'laklarning o'rni hech qachon o'zgarmaydi, degan xulosa chiqarmaslik lozim. Ta'kidlash kerakki, gapda so'z o'rnining o'zgarishi unda ifodalanayotgan ma'no va mazmunning ma'lum darajada o'zgarishiga olib keladi. Ayrim hollarda gap bo'laklarining o'rni almashib keladi, gapda ega va kesimning o'rin almashuvi so'z tartibini belgilaydi, lekin bunda gapning ma'no-mazmuni o'zgarmasdan qoladi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, hozirgi zamon nemis tilida gapni shakllantirish va uning mazmunini o'zgartirishga xizmat qiluvchi leksik-grammatik vositalar mavjud. Bunday vositalarning orasida inkor ma'nosini ifodalovchi so'zlar muhim ahamiyat kasb etadi, ularning gapdagi o'rnining o'zgarishi mazkur gapdagi bo'laklarning bir-biri bilan birikib kelishi jarayonida namoyon bo'ladi. Gapdagi bu o'zgarishlar uning mazmun-mohiyatining ham ma'lum darajada o'zgarishicha olib keladi.

Masalan: Wir lessen diese Bucher nicht. Wir lessen nicht diese Bucher.

Misol tariqasida keltirilgan ushbu gaplarda gap bo'laklarining bir xil miqdorda bo'lishiga qaramasdan, bu gaplarni mazmun jihatdan bir xil deb bo'lmaydi. Bu gaplarni tahlil qilish natijasida ma'lum bo'ladiki, birinchi gapda "o'qish" bilan bog'liq bo'lgan harakat umuman inkor etilgan (...lesen... nicht), ikkinchi gapda esa ushbu holat qisman inkor etilgan (... nicht diese Bucher). Shunday qilib, ushbu misollarning tahlili orqali hozirgi zamon nemis tilida "nicht" inkor so'zining gapdagi o'rnini ko'rsatib o'tish mumkin.

Inkor hodisasi turli tillar materialida ma'lum darajada tadqiq qilingan til hodisalaridan biri bo'lib, ushbu hodisa nemis tilshunoslari tomonidan ham o'rganilgan. Bu sohada ko'plab nemis tilshunos-olimlari ilmiy-nazariy tadqiqot ishlarini olib borganlar. Nemis tilida inkor hodisasi muammosini tadqiq qilgan tilshunoslar qatoriga N. Bulach, W. Hartung [3], W.Schmidt [7], G. Helbig, H. Ricken [4], W. Fleischer [2], R. Klappenbach, W. Steinitz [6] kabi olimlarni kiritish

mumkin. Ushbu olimlarning mazkur muammoga bag'ishlangan ilmiy-nazariy asarlarida nemis adabiy tilida inkor vositalari, ularning paydo bo'lishi, qo'llanishi masalalari chuqur tadqiq etilgan. Ular orasida N. Bulach, W. Hartung, G. Helbig kabi nazariyotchi - olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarini alohida ta'kidlab o'tish lozim. N. Bulachning "Nemis adabiy tilida inkor" [8] G. Helbigning "Inkor", W. Hartungning "Hozirgi nemis tilida inkor muammosi" [3] kabi ilmiy risolalari shular jumlasidandir. Bu sohada muhim ahamiyat kasb etgan bu asarlarda nemis tilida inkorni ifodalovchi vositalar, ularning qo'llanish qoidalari, ma'no va mazmun xususiyatlari keng yoritib berilgan.

Shu o'rinda taniqli nemis tilshunos olimlari Gerxard Helbig va Helga Rikenlar tomonidan 1973 yilda Germaniyaning Leypsig shahrida chop etilgan "Die Negation" deb nomlangan ilmiy monografiya haqida batafsilroq ma'lumot berishni lozim topdik. Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu tadqiqot ishida boshqa shunga o'xshash nazariy adabiyotlarga qaraganda to'liqroq ma'lumotlar berilib, inkor vositalar, ularning funksiyalari, gapda tutgan o'rni bo'yicha chuqur ilmiy tahlillar amalga oshirilgan [4].

Shuningdek, ushbu monografik asrada nemis tilidagi "nicht" inkor so'zining gapda qo'llanish holatlari, ularning ma'no xususiyatlari ham ochib berilgan.

Biz tomonimizdan inkor hodisasi masalalarini yoritib berishga bag'ishlangan ko'plab darslik, o'quv qo'llanma va risolalarning chuqur o'rganilishi va tahlili amalga oshirildi. Buning natijasida ushbu adabiyotlarning tahlili bo'yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

- bu adabiyotlarda inkor hodisasi atroflicha tadqiq etilmagan;

- inkor hodisasi ushbu darslik va qo'llanmalarda maxsus tadqiqot obyekti sifatida ko'rilmagan;

- inkor vositalar va so'zlar masalasi yetarlicha tadqiq etilmagan.

Yuqorida sanab o'tilgan masalalar bo'yicha to'liqroq va batafsilroq yechimlar hamda ma'lumotlar G.Helbig, Helga Rikenlarning "Die Negation" nomli ilmiy risolasida keltirilgan. Bu monografik asarda tilda mavjud bo'lgan inkor vositalar va tasdiqni anglatuvchi so'zlar o'rtasidagi munosabat aniqlangan. Mualliflarning fikr-mulohazalariga ko'ra, nemis tilidagi inkor so'zlarning ko'pchiligi inkor elementlarining o'ziga xos ijobiy so'zlar bilan qorishib ketishi natijasida paydo bo'lgan [4] ularning ta'kidlashicha, tilda mavjud bo'lgan vaqtni anglatuvchi so'zlar odatda "nicht" inkor so'zidan oldin keladi, o'rinni bildiruvchi, modallikni ifodalovchi, predlog orqali ifodalangan obyektni va sonlarni ifodalovchi so'zlar esa "nicht" inkor so'zidan keyin turadi. Paytni ifodalab keladigan so'zlar bundan istisno, bunday so'zlar guruhiga gleich, spat, zeitig so'zlari kiradi. Shuningdek, bunday so'zlar qatoriga heute so'zini ham kiritish mumkin. Masalan:

Walter kommt heute nicht.

Walter kommt nicht heute.

Misol sifatida keltirilgan gaplarning birinchisida inkor qilish gapning kesimiga tegishli bo'lganligi sababli gapni umumiy inkor etish sodir bo'ladi, buni umumiy inkor deb ataymiz, ya'ni "Satznegation". Ikkinchi gapda paytni ifodalovchi "heute" so'zi inkor qilinayotganligi uchun gap bo'lagi yoki alohida so'zni inkor qilish amalga oshiriladi, ya'ni "Wortnegation" - so'zni inkor qilish.

Nemis tilida inkor hodisasi, uning bilan bog'liq ilmiy-nazariy masalalarni yoritishda nemis olimi T. Bratu tomonidan chop etilgan "Yangi yuqori nemis tilida "nicht" inkor so'zining o'rni" (Die Stellung der Negation "nicht" im Neuhochdeutschen) nomli ilmiy maqolasi muhim ahamiyat kasb etadi [1]. Ushbu maqolaning nemis tili an'anaviy grammatikasida hozirga qadar o'rni va

ahamiyati katta bo'lib, unda amalga oshirilgan ilmiy grammatik tahlillar hozirgi kungacha o'z ahamiyatini yo'qotmagan.

Taniqli nemis olimi o'z maqolasida gapni inkor qilishning mazmun va ma'no jihatdan turlarini, ularning bir-biridan farqli tomonlarini ko'rsatib bergan. U o'z tadqiqotida "Mein Freund hat das Buch heute fruh auf dem Tisch gefunden" gapi olib, uning ma'nosiga qarab beshta guruhga ajratadi va inkor qilishning an'anaviy farqlarini ko'rsatib o'tadi. Shu tariqa nemis tilida "nicht" inkor so'zini gapda qo'llash holatlarini namoyish etadi:

Nicht mein Freund hat das Buch heute fruh auf dem Tisch gefunden. Mein Freund hat nicht das Buch heute fruh auf dem Tisch gefunden. Mein Freund hat das Buch nicht heute fruh auf dem Tisch gefunden. Mein Freund hat das Buch heute fruh nicht auf dem Tisch gefunden. Mein Freund hat das Buch heute fruh auf dem Tisch nicht gefunden. Yuqorida keltirilgan gaplarni kuzatarekanmiz, besh xil strukturali gaplarning turli ma'nolarni anglatib kelishiga guvoh bo'lamiz. Bu yerda keltirilgan 1-4 gaplarda gap bo'laklaridan biri inkor etilayotganligini ko'rishimiz mumkin, bunda qisman inkor qilish sodir bo'ladi. Oxirgi 5 - gapda "nicht" inkor so'zi kesimdan oldin turganligini ko'ramiz, bu yerda ish - harakat umuman inkor etilayotganligini ko'rishimiz mumkin. Demak, "nicht" inkor so'zi gapda turli o'rinlarda keladi, shu bilan birga struktura jihatdan joylashish ma'no o'zgarishga ham olib keladi.

Shunday qilib, nemis tilshunos olimlari W. Hartung, G. Helbig, W. Schmidt, W. Fleischer, R. Klappenbach, W. Stenitz kabilar yangi yuqori nemis adabiy tilida va hozirgi zamon nemis tilida "nicht" inkor so'zining qo'llanish holatlari, turli o'rinlarda kelishi, ma'no o'zgarishlarini yuzaga keltirish haqidagi fikr-mulohazalarini ta'kidlab o'tdik. Ular "nicht" inkor yuklamasini gapda umumiy inkor etishda qo'llanadigan asosiy grammatik vosita sifatida e'tirof etishadi, "nicht" inkor so'zi boshqa inkor vositalariga nisbatan chuqurroq tadqiq qilingan.

REFERENCES

1. Bratu T. Die Stellung der negation "nicht" im Neuhochdeutschen. Zeitschrift fur deutsche Philology, 65. Bd., 1940, S. 110.

2. Fleischer W., Hartung W. Deutsche Sprache Kleine Enzyklopadie. Leipzig: VEB Bibliographisches Institut, 1983. - 724 s.

3. Hartung W. Negation in der deutschen Gegenwartssprache, - in Probeme der Sprachwissenschaft. - Leipzig: VEB Enzyklopadie, 1971. - 241-252 s.

4. Helbig G., Busha J. Deutsche Grammatik. Ein handbuch fur den Auslander - unterricht. -Munchen: Leidenscheidt, - 2005. - 554-559 s.

5. Helbig G., Ricken H. Die Negation. Leipzig 1973. - 347 s.

6. Klappenbach R., Steinitz W. Worterbuch der deutschen Gegegnwartssprache, Bd. 1. Berlin: Akdemie - verlag 1967. - 800 s.

7. Schmidt W. Deutsche Sprachkunde. Berlin: Vork und Wissen volkseigener Verlag, 1968. -356 s.

8. Bulax N.A. Sredstva otreshaniya v nemetskom literaturnom yazike. Yaroslavl, 1962. - 334 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.