Научная статья на тему 'HOZIRGI ZAMON EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING INSONIYATGA TA’SIRI HAQIDA'

HOZIRGI ZAMON EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING INSONIYATGA TA’SIRI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
21209
558
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sistemalar / populyatsiyalar / biotsenozlar / biogeotsenozlar (ekosistemalar) / systems / populations / biocenoses / biogeocenoses (ecosystems)

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ergashev, Hojiakbar

Ushbu maqolada atrof-muhitning tanazzulga uchrashi natijasida tabiatga katta zarar yetkazilishi, atrof-muhit muvozanatini saqlash bo‘yicha ko‘plab xalqaro konsepsiyalar va Prezident qarorlari ishlab chiqilishi haqida muhim ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT MODERN ECOLOGICAL PROBLEMS AND THEIR IMPACT ON HUMANITY

This article provides important information about the great damage caused to nature by environmental degradation, the development of many international concepts and presidential decrees to maintain the environment in balance.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI ZAMON EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING INSONIYATGA TA’SIRI HAQIDA»

HOZIRGI ZAMON EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING INSONIYATGA

TA'SIRI HAQIDA

d

https://doi.org/10.5281/zenodo.7352198

ERGASHEV Hojiakbar

Ilmiy maslahatchi: f.f.d.(DSc) Hashimova S.A.

/ \

This article provides important information about the great damage caused to nature by environmental degradation, the development of many international concepts and presidential decrees to maintain the environment in balance.

V_J

Ekologiya (yun. — uy, turar joy va ...logiya) — organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar, populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni o'rganadigan biologik fanlari majmui. Ekologiyani organizmlar va ular bilan atrof- muhit o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi. Ekologiyaga o'rganadigan ob'yektlariga ko'ra, umumiy va xususiy ekologiyaga ajratiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2018 yil 3 oktyabrdagi PQ-3956-son Qaroriga muvofiq: Davlat ekologiya qo'mitasi tarkibidagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi va chiqindilarning hosil bo'lishi, to'planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko'milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspektsiyasi negizida yuridik shaxs tashkil etmagan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo'yicha inspektsiyasi tashkil etildi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qulay ekologik vaziyatni barqaror ta'minlash, hududiy birliklarning samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasining rivojlanishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasining maqsadlariga muvofiqlashtirish hamda davlat boshqaruvida ma'muriy islohotlar kontseptsiyasi doirasida davlat boshqaruvining samaradorligini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasida quyidagilar tuzilgan:

- biologik xilma-xillik va qo'riqlanadigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi va yuridik shaxsni tashkil qilmasdan chiqindilarni yig'ish, saqlash, tashish, yo'qotish, qayta ishlash, ko'mib tashlash va yo'q qilish nazorati inspektsiyasi bazasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorati inspektsiyasi;

- Respublika ixtisoslashtirilgan sanitariya tozalash korxonalari assotsiatsiyasi;

- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi va billing tizimi asosida davlat unitar korxonasi shaklida ekologik axborot markazi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va multimediyani joriy etish.

Davlat ekologiya qo'mitasi qoshida O'zbekiston ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ilmiy-tekshirish instituti, O'zbekiston ekologik qo'mitasi, «Eko-Energiya» Ilmiyinnovatsion markazi, Ilmiy-Axborotlar markazi kabi bo'limlar faoliyat ko'rsatmoqda.

O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati mamlakat ekologik xavfsizligini va atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning atrof

muhitga zararli ta'sirini oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, chiqindilarni yig'ish, saqlash, tashish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishga yo'naltirilgan.

O'zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida bir qator xalqaro konventsiyalar va tegishli rivojlanish protokollari ratifikatsiyalariga qo'shildi: Ozon qatlamini himoya qilish bo'yicha Vena konventsiyasi (18/05/1993 y.); Ozon qatlamini buzadigan moddalar bo'yicha Monreal protokoli (18/05/1993 y.); London Ozon qatlamini buzadigan moddalar bo'yicha Monreal protokoliga o'zgartirishlar kiritish (01/05/1998 y.); Ozon qatlamini buzadigan moddalar bo'yicha Monreal protokoliga Kopengagen o'zgartirish (01/05/1998 y.); Transchegaraviy suv oqimlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo'yicha BMTning YTK konventsiyasi; Tabiiy muhitga ta'sir etuvchi harbiy yoki boshqa dushmanona maqsadlardagi vositalaridan foydalanilishini taqiqlanishiga oid Konventsiya (05/26/1993 y.); Iqlim o'zgarishi bo'yicha Asosiy konventsiya (20/06/1993) (Kyoto protokoli, 1999 y.); Jiddiy qurg'oqchilik va yoki cho'llanishga uchragan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada, cho'llanishga qarshi kurash konventsiyasi (31/08/1995 y.); Xavfli chiqindilarning transchegaraviy harakatlarini nazorat qilish va ularni yo'q qilish bo'yicha Bazel konventsiyasi (12/22/1995 y.); Biologik xilma-xillik to'g'risidagi konventsiya (06/05/1995 y.); Butunjahon madaniy va tabiiy merosini himoya qilish konventsiyasi (22.12.1995 y.); Yo'qolib borish xavfidagi yovvoyi fauna va floraning xalqaro savdosi bo'yicha konventsiyalar (25/04/1997 y.); Ko'chmanchi yovvoyi hayvonot turlarini saqlash konventsiyasi O'zbekiston Respublikasi BMTning «Ozon qatlamini muhofaza qilish to'g'risida»gi Vena Konventsiyasining tarafi hisoblanadi. Vena Konventsiyasini imzolash orqali O'zbekiston Respublikasi quyidagi majburiyatlarni qabul qildi: - ozon qatlamining holatini tizimli muntazam kuzatish vaboshqa tegishli parametrlar; - ozon qatlamining holatini o'zgartirish yoki o'zgartirish imkoniyatini yaratib, ushbu faoliyat salbiy ta'sirga ega ekanligi aniqlansa, o'z yurisdiktsiyasiga kiradigan inson faoliyatini nazorat qilish, cheklash, kamaytirish yoki oldini olish uchun tegishli qonuniy yoki ma'muriy choralar ko'rish; - ushbu Konventsiya protokol va ilovalarni amalga oshirish uchun kelishilgan chora tadbirlar, protseduralar va standartlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilish; -ushbu Konventsiya va protokollarni samarali bajarish maqsadida vakolatli xalqaro organlar bilan hamkorlik qilish. «Ozon qatlamini himoya qilish to'g'risida»gi Vena Konventsiyasi ko'p tomonlama ekologik kelishuvdir. 1985 yilda Vena konferentsiyasida kelishib olindi va 1988 yildan kuchga kirdi, bu ozon qatlamini himoya qilish bo'yicha xalqaro harakatlar uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Bu yuqoridagi qonunlar va kanvensiya ekologik buzilishlar rivojini kamaytirib va kelajak avlotga yetqazish tabiatni asrash uchun ishlab chiqilan. O'zbekistonda ham ekologik buzilishlar zamon rivojlangan sari ko'rinishlari tobora ortib bormoqda .

Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta'siri natijasida atrof -muhitda sezilarli o'zgarishlar ro'y bermoqda. Jumladan, iqlim o'zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o'rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda.

Tabiiy muhit holatining inson ta'sirida o'zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta'sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta'sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inkirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan. "Orol muammosi" vujudga keldi. Bu haqda quyidagi ma'lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli "o'lik" dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda

763

har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko'tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho'llashish sur'atlari o'sib bormoqda.

Orol va Orolbo'yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo'nalishlar, ya'ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e'tibor qaratildi. Sog'liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko'tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun'iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo'li bilan "Yashil kamar" hosil qilish; uchinchidan, dengizni o'zini sahlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko'p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko'chishi, chang ko'tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta'kidlandi. Undan tashqari ekologiyaga katta o'zgarishiga Olimlar kelgusi yuz yillik davomida hasharotlar qirilib ketishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Ulardan keyin hasharot bilan oziqlanuvchi jonivorlar va ular bilan changlanuvchi o'simliklar ham yo'q bo'lishi mumkin. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun tadqiqotchilar qishloq xo'jaligini yuritish tizimini qayta ko'rib chiqishni maslahat berishmoqda. Aynan shu sabab hasharotlar yashash joylarini yo'qotib halok bo'lishmoqda. Kelgusi o'n yilliklarda hasharotlarning deyarli yarmi yo'qolishi mumkin. Kapalaklar, asalarilar va qo'ng'izlar eng ko'p jabr ko'radigan hasharotlar bo'lishi kutilmoqda, deya ogohlantirishmoqda Sidney universiteti va Xitoy qishloq xo'jalik fanlari akademiyasi olimlari. Asosiy sabab - yashash joyining yo'qolishi. "Buning natijasi fojiali bo'ladi, zero hasharotlar dunyodagi ko'p ekotizimlarning asosi hisoblanadi", - deya ta'kidlashmoqda tadqiqotchilar. Ular turli mamlakatlardagi hasharotlarning qisqarishiga doir olib borilgan 73 tadqiqotni tahlil qilib chiqishdi. Ma'lum bo'lishicha, sayyoradagi hasharotlarning umumiy massasi yiliga 2,5 foizga kamayayotgan ekan, bu esa ularning keyingi yuz yillikda yo'q bo'lishiga olib kelishi mumkin.Olimlarning izohiga ko'ra, intensiv qishloq xo'jaligiga o'tish hasharotlarning yashash joyini yo'qotishiga sabab bo'lmoqda. Ular, shuningdek, hasharotlar yo'q bo'lishining boshqa sabablarini ham keltirishmoqda va o'g'itlardan ifloslanish, biologik omillar (patogenlar ta'siri, begona turlar tomonidan yo'q qilinishi yoki almashishi) va iqlim o'zgarishi. Iqlim o'zgarishi ayniqsa tropik mintaqalarda muhim ahamiyatga ega. Shunday bo'lsa-da, hasharotlarning qirilishiga asosiy sabab sifatida qishloq xo'jaligi etib ko'rsatilmoqda. Agar biz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish usullarimizni o'zgartirmasak, hasharotlar bir necha o'n yilliklardan keyin deyarli yo'q bo'lib ketadi. Buning natijasida esa ekotizimlar fojiali tus oladiHasharotlarning yo'qolishi zanjirli reaksiyaga olib keladi - ko'plab qushlar, sudralib yurvuchilar, yer yuzi va suvda yashovchi jonivorlar ochlikdan halok boladi. Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni muhofaza qilish organlari ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir insonning ona Vatanimizga, uning tabiatiga bo'lgan farzandlik burchdir .

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)

1. Akramov 3. M., Rafikov A.A. Прошлое, настоящее и будущее Аральского моря. - Т., 1990.

2. Nig'matov A.N. O'zbekiston Respublikasining ekologik huquqi. - T., 2004.

3. Rafikov A.A. Geoekologik muammolar. - T., 1997.

4. Ergashev A. Umumiy ekologiya. - T., 2003.

5. To'xtayev A. Ekologiya. - T., 2000.

6. O' zbekiston milliy ensiklopediyasi . - T.,2000-2005 yy.

7. С Хашимова. О ЯВЛЕНИИ КОНВЕРСИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.

764

8. С.А.Насирова (2021). Политическая метафора (на примере материала по кадровой политике современной КНР). In Resent Scientific Investigation (pp. 69-73).

9. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов XI-й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой ННМахачкала: ДГТУ. 391 с (p. 361).

10. Хашимова, С. А. (2020). Особенности образования неодушевлённых существительных при помощи суффиксации в современном китайском языке. Modern Oriental Studies, 2(2), 3446.

11. Nasirova, S. A. (2019). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese language. Opción: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, (24), 260-273.

12. Хашимова, С. А. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.

13. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10.

14. Насирова, С. А. (2020). Генезис общественно-политической терминологии китайского языка через призму истории китайской дипломатии. Modern Oriental Studies, 2(2), 22-33.

15. Хашимова, С. А. (2022). О НЕКОТОРЫХ ОСОБЕННОСТЯХ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 1(1), 85-91.

16. Хашимова, С. А. (2022, September). ОБРАЗОВАНИЕ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ С ПОМОЩЬЮ АФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In E Conference Zone (pp. 5-10).

17. Abdullayevna, H. S. (2020). Peculiarities of the formation of animated nonsignificant using suffixing in the modern chinese language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1504-1511.

18. Хашимова, С. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ ЧИСЛИТЕЛЬНЫХ ПРИ ПОМОЩИ АФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. World scientific research journal, 7(1), 20-23.

19. Насирова, С. А., Хашимова, С. А., & Рихсиева, Г. Ш. ВЛИЯНИЕ ПОЛИТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ КИТАЯ НА ФОРМИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ. Ответственный редактор, 162.

20. NS Abdullayevna.°

87, 0

21. С.А.Насирова. Институт евнухов в древнем Китае: причины возникновения и особенности (2022). Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации. С. 187-188.

22. NS Abdullayevna. Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии (2019). In КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ 3,384,2019

7б5

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.