Научная статья на тему 'HOZIRGI KUNDA KIBERJINOYATNING XAVFLARI'

HOZIRGI KUNDA KIBERJINOYATNING XAVFLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dunyo / kiberjinoyat / axborot / axborot tarqatish / strategiya himoya qilish / ma’lumotlar / xurujlar. / world / cybercrime / information / information dissemination / strategy Protection / data / attacks.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Rambergenova N.Q.

ushbu maqolada hozirgi kunda dunyo boʻyicha kiberjinoyatning xavflari va ularni bartaraf etish yoʻllari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE DANGERS OF CYBERCRIME AT PRESENT

this article presents information about the dangers of cybercrime around the world and ways to eliminate them at present.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI KUNDA KIBERJINOYATNING XAVFLARI»

Rambergenova N. Q. QMU Jurnalistika fakulteti, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo'nalishi

3-kurs talabasi

HOZIRGI KUNDA KIBERJINOYATNING XAVFLARI

Annotatsiya: ushbu maqolada hozirgi kunda dunyo bo 'yicha kiberjinoyatning xavflari va ularni bartaraf etish yo'llari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so Zlar: dunyo, kiberjinoyat, axborot, axborot tarqatish, strategiya himoya qilish, ma'lumotlar, xurujlar.

Rambergenova N. Q.

Karakalpak State University Faculty of Journalism, Information Service

and Public Relations Direction 3rd year student

THE DANGERS OF CYBERCRIME AT PRESENT

Annotation: this article presents information about the dangers of cybercrime around the world and ways to eliminate them at present.

Keywords: world, cybercrime, information, information dissemination, strategy Protection, data, attacks.

Hozirgi vaqtda ma'lumki dunyoda daqiqalar sayin rivojlanib borayotgan internet olami hamda axborot texnologiyalari taraqqiyoti qanchalik ishlarimizni osonlashtiribgina qolishi bilan birga, zararli oqibatlari ham yonma-yon ravishda rivojlanmoqda.

Kiberjinoyat — bu axborot texnologiyalari hamda internetdan foydalanish orqali amalga oshiriladigan jinoyatlar to'plami hisoblanadi.

Birgina kiberjinoyat va bundan foydalanib kelayotgan firibgarlarning usullari ham kun sari yangilanib hamda ko'payib bormoqda.

Bugungi kundagi Yer sayyorasida to'qqiz milliard atrofida odam yashayotgan bo'lsa, tabiiyki, ularga havola etilayotgan axborot undan-da ko'proqdir. Masalaning shu tomoni ham borki, mazkur axborotdan qaysi biri xolis, qaysi biri kimning va nimaning manfaatlari uchun xizmat qilishini anglash ham qiyindir.

Demak, axborot tarqatish, olish ortida strategiya turgan ekan, uni himoya qilish, turli ma'lumotlar ta'siri va xurujlariga qarshi tura olishning ham ahamiyati ayni paytda juda muhimdir.

Butun dunyoda axborot xavfsizligi masalasi dolzarb vazifa sifatida ko'rilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham axborot xavfsizligini ta'minlash,

мЭкономнка h соцнумм №9(124) 2024

www.iupr.ru

261

uning huquqiy bazasini yaratish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Axborot xurujlari orasida "kiberjinoyat" tushunchasi mavjuddir. Jahonda sodir etilayotgan jinoyatlar ichida kiberjinoyatchilik to'rtinchi pog'onada turadi. U insonlar tomonidan boylik orttirish yoki boshqa g'arazli maqsadlarda axborot texnologiyalaridan noqonuniy foydalangan holda sodir etilgan xavfli jinoyat hisoblanadi. Uning yuzaga kelishiga global internet tarmog'ining paydo bo'lishi sabab bo'lgan. Qisqa qilib aytganda, bu turdagi jinoyatni kompyuter qarshisida o'tirib, minglab kilometr uzoqlikdagi mintaqada joylashgan biror tashkilotning mablag'ini o'marish orqali ham sodir etish mumkin.

XXI asrda insoniyatga xavf soluvchi ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik kabi global muammolar qatoriga kiberjinoyatchilik ham kirib keldi. Bu jinoyat virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, bank plastik kartasi va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag'larni o'zlashtirish, talon-toroj qilish, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborot, xususan, bo'hton, ma'naviy buzuq ma'lumotlarni tarqatish bilan bashariyat hayotiga juda katta xavf solyapti.

Axborot texnologiyalari yutuqlar bilan birga, global muammolarni ham kun sayin ortib bormoqda. Oxirgi vaqtlarda tilimizda tez-tez aylanayotgan "kiberhujum", "kiberjinoyatchilik" atamalari zamirida turli virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzish, xakkerlik hujumlari, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, plastik kartalardan pul o'g'irlash kabi jinoyatlar ham yashiringan.

Kiberjinoyatning asosiy turlariga misol qilib, viruslar yordamida zarar yetkazuvchi dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi raqamlarni o'g'irlash, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlarni tarqatish kabilar kiradi.

Hozirda jahondagi turli davlatlarning eng muhim infratuzilmalar hamda axborot tizimlariga kiber-hujumlar tez-tez uyushtirilyapti. Misol uchun, Rossiya Federatsiyasi axborot agentliklarining tahliliga ko'ra, 2015-yilda mamlakatda 30 mingga yaqin axborot texnologiyalari sohasida sodir etilgan kompyuter jinoyati qayd qilingan. Mazkur jinoyatlar zamirida moddiy manfaat bo'lgani hammaga ayon, albatta. Bu jinoyat o'zgalar mol-mulkini internet yoki kompyuter vositalari orqali talon-toroj qilish jahonda shiddat bilan o'sib borayotgan va chegara bilmaydigan jinoyat ekani bilan ham o'ta xavflidir.

So'nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda saytlarni buzib kirish, virusli dasturlar tarqatish kabi holatlar haqida xabarlar ko'payib bormoqda. Kiberjinoyatlar, ayniqsa, pandemiya vaqtida jiddiy muammolardan biriga aylandi. Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik ham ko'zda tutilgan. Shu jumladan, ushbu kodeksning 2785-moddasiga ko'ra, o'zganing kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji): 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 66 mln 900 ming so'mdan 89 mln 200 ming

мЭкономнка h ^uyM" №9(124) 2024

www.iupr.ru

262

so'mgacha miqdorda jarima; 2 yilgacha ozodlikni cheklash;2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shuningdek, mazkur harakatlarni guruh bo'lib, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etish 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolashga sabab bo'lishi mumkin. Unutmaslik kerakki, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida axborot xurujlari hamda kibertahdidlardan himoyalanish, o'z navbatida, ularga qarshi kurashish uchun har bir kishi hushyor va ogoh bo'lishi, axborotni tahlil qila bilishi lozimligini hozirgi davrning o'zi talab etib bormoqda. Shunday ekan, ogohlikni kundalik shiorimizga aylantirib olishimiz zarurdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Akbarov D.Y.Axborot xavfsizligini ta'minlashningkriptografik usullari va ularning qo'llanilishi. - Toshkent, "O'zbekiston markasi" nashriyot, 2009-432 bet

2. Axborot xavfsizligiga oid atamalarning ruscha - o'zbekcha izohli lug'ati. 2-mashr. X.P.Xasanovning umumiy tahriri ostida. Toshkent, 2016 - 733 bet.

3. D.Y.Akbarov, P.F.Xasanov, X.P.Xasanov, O.P.Axmedova, U.Xolimtayeva. Kriptografiyaning matematik asoslari. O'quv qo'llanma. T: M.Ulug'bek nomidagi OzMU, 2018-144 bet.

4. Rakhimjon, H. (2022). 6 NEW PROGRAMMING LANGUAGES TO LEARN. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(04), 126-135.

5. R.H.Ayupov, A.V.Kabulov. Kriptografiya va kriptovalyutalar. T: M.Ulug'bek nomidagi O'zMU, 2008-144 bet.

'^KOHOMHKa h соцнумм №9(124) 2024

www.iupr.ru

263

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.