HOZIRGI DAVR XALQARO MUNOSABATLARNING G'OYAVIY-
MAFKURAVIY TASNIFI
Zarina Dadajonovna Boytemirova Qo'qon davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Dunyo o'zgarishlari mazmuni umumiy yondashuvlarga, murosa va hamjihatlikka erishishga da'vat etuvchilar bilan xususiy haqiqat tarafdorlari, ya'ni faqat o'z manfaatlari yo'lida kurashuvchilar o'rtasidagi baxs-munozara keskinligining tobora ortib borishi bilan izohlanmoqda. Ushbu maqolada hozirgi davr halqaro munosabatlarning g'oyaviy-mafkuraviy tasnifi tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: globalizatsiya, g'oya, mafkura, xalqaro munosabatlar, insoniyat, hayot falsafasi
IDEOLOGICAL CLASSIFICATION OF CONTEMPORARY INTERNATIONAL RELATIONS
Zarina Dadajovna Boytemirova Kokand State Pedagogical Institute
Abstract: The content of world changes is explained by the growing tension of the debate between supporters of private reality, that is, those who call for the achievement of common approaches, compromise and harmony, that is, those who struggle only in their own interests. This article analyzes the ideological and ideological classification of current period international relations.
Keywords: globalization, idea, ideology, international relations, humanity, philosophy of life
Insoniyat yakdil fikr qilish, umumiy sa'y-harakatlarga erishish, siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy ziddiyatlarni faqat yalpi bartaraf etish uchun kurashish zarurligining zamon taqozosi ekanligini tobora ravshanroq anglamoqda. Butun dunyoda yuz berayotgan globallashuv, ya'ni, umumiylashuv jarayonlarining mushtarak qismi sifatida namoyon bo'layotgan g'arbona demokratlashuv sharq xalqlari hayotiga muayyan qiyinchiliklar orqali tomir otmoqda. Bu yo'lda xar bir davlat o'ziga xos murakkabliklar davrini o'tashiga, ba'zan esa kutilgan natijalarning mutlaqo teskari holatlariga ro'para bo'lib qolishiga ham to'g'ri kelmoqda. Agar demokratiyaning asosiy talablaridan bo'lgan inson haq-huquqlarini teng ta'minlash va uni adolatli himoyalash zarurati an'anaviy buddaviylik diniga sig'inuvchi mamlakatlarda, xususan, Yaponiya, Koreya, Malayziya, Tailand singari davlatlarda bir qadar silliq kechayotgan
bo'lsa, islom qonunlari barqaror bo'lgan Sharq mamlakatlarida bu jarayon jiddiy kataklizmlar, siyosiy bo'hronlar, og'ir yo'qotishlar hisobiga amalga oshirilmoqda.
Ayni chog'da ta'kidlash zarurki, hayot rivoji qonuniyatlarining beto'xtov amal qilishi hamma erda ham o'zgarishlar muqarrarligini qayta-qayta tasdiqlamoqda. Eng muhimi mazkur o'zgarishlarni umumjahon globallashuv jarayonlarining uzviy jihati sifatida anglash darajalarining turli xilda ekanligi muammoning samarali echilishiga asosiy to'siq turib qolmoqda. G'arbdagi moddiy, real manfaatlar ustuvorligi qadriyatidan farq qilib, Sharq xalqlari uchun bosh qadriyat ma'naviy omillar, ayniqsa inson sha'ni, obru-e'tibori, nafsoniyati, oriyati, vijdoni hisoblanib kelgan. Ma'naviy talablar esa o'z-o'zidan qadriyatlar qatorini mutanosiblashtirishni, birining ketidan mantiqiy ravishda ikkinchisini qo'yishni taqozo etgan. Hususan otaga ehtirom, ona e'zozi, aka va uka hurmati, qavmu-qarindoshlar totuvligi, qo'ni-qo'shnilar ahilligi qadriyatlar sifatida muayyan ketma-ketlikda, qadrlanish darajasiga ko'ra ierarxik shaklda hayotdan o'rin olib kelgan. Sharq xalqlari turmush tarzi murakkablikliklari to'g'risida o'lmas obidalar yozib qoldirgan qadimgi Xitoy mutafakkiri Konfusiy dunyo barqarorligi faqat moddiy boyliklarning teng taqsimlanishigagina emas, balki umum tomonidan e'tirof etilgan tengsizliklarga tayanishga bevosita bog'liq ekanligini ta'kidlaydi. Biz bugun yalpi tenglik uchun kurash harakati muayyan ma'naviy qadriyatlarning narxi pasayishi, insoniylik, ezgulik singari tamoyillar ahamiyatining susayishiga olib kelganligidan qat'iy nazar, g'arb mamlakatlari uchun umumiy yuksak taraqqiyotga erishish imkoniyatlarini tug'dirganligini e'tirof etmay ilojimiz yo'q. Ayni chog'da yalpi tenglikka erishish jarayonlari oqibatida odamlararo munosabatlardagi iliqlik, ma'naviy qadriyatlarning narxi pasayishi, samimiyat, ezgulik, hamdardlik singari tamoyillarning hayotdagi ahamiyati susayishiga olib kelganligini ham unutmasligimiz zarurdir.
Bugungi g'arb dunyosi uchun individualizm, egoizm, konformizm, marginallik, shafqatsizlik xususiyatlarining shaxs sifatlariga aylanib qolayotganligini ommaviy axborot vositalari tashvishlanib qayd etmoqda. Taraqiyot ehtiyoji xalqlarda milliy g'oyani katta ijtimoiy siyosiy zarurat darajasiga chiqazadi. Milliy g'oyaning bosh maqsadi ham odamlarni umumiy maqsadlar yo'lida birlashtirishdan iboratdir. Halqimiz jamoaviy tabiatli ekanligi bois, azaldan birlashishga moyil bo'lib kelgan. Ammo, bu birlashish aksariyat hollarda muayyan urug', hudud, qavm doirasidan yuqoriga chiqa olmagan. Tashqi dushmanlar esa xalqimizning ana shunday tarqoq birlashuvlaridan ustalik bilan foydalanib kelganlar. Bir urug' yoki muayyan xududga qilingan tahdidni boshqa urug' o'ziga keyinroq muqarrar keluvchi tahdid tarzida etarli darajada anglamagan. Tariximizning deyarli barcha davrlarida yuz bergan fojealar tarqoqligimiz, millat darajasida birlashmaganimiz oqibatida yuz berib kelgan.
Demokratiya tizimining pirovard maqsadi insonlar orzu-umidlarini ruyobga chiqarish ekan, milliy g'oya bu maqsadga odamlarni ezgulik yo'lida birlashtirishga
xizmat qiladi. Shunday qilib, demokratiya odamlarni turli siyosiy qarashlar, mazhablar, qiziqishlar, intilishlar, kayfiyatlar, etnik o'ziga xosliklar negizida birlashib harakat qilishlarini taqozo etsa, milliy g'oya alohida uyushgan fuqarolarni yagona maqsad darajasida jamlanib harakatlanishiga ma'naviy zamin hozirlaydi. Ma'lumki, insonning yoshlik davri hayotiy hodisalarga turlicha yondashuvlar, ikkilanishlar, aniq pozisiya, munosabatning etishmasligi kabi holatlar ta'sirida kechadi. Bu davrda yoshlarning dunyoqarashi shakllanishini, kelgusidagi hayotiy yo'lini belgilab olishda tashqi omillarning, ayniqsa unga bevosita ta'sir ko'rsatadigan oila, maktab va jamiyatning o'rni katta bo'ladi.
Sharq allomalari aynan bu davrni "majnunlik davri" deb ataydilar. Shuning uchun ham inson ongli va eng oliy mavjudot hisoblansada, har doim ham ijtimoiy hayotdagi o'pnini, ump mohiyatini, mavjudlik uchun mas'ulligini hap doim to'g'pi idpok etavepmaydi. Inson ikki tomonlama, ziddiyatli, hatto oliy dapajada qutbiy mavjudotdip. U ilohiy va hayvoniy, yuqopi va past, epkin va qul, yuksalish va tubanlashishga ham, pok muhabbat va fidoyilikka ham, buyuk yovuzlik va cheksiz atonizmga ham moyildip. Uning qalbida ikki kuch - yaxshilik va yomonlik jihatlarining doimiy kurashi davom etadi. Mana bunday vaziyatda nafaqat inson, u hayot kechirayotgan ijtimoiy muhit, jamiyatning o'zi ham kurashlardan xoli bo'la olmaydi. Insoniyat tarixida turli xil g'oyaviy-mafkuraviy kurashlar ko'plab kuzatilgan. Ularning ba'zilarida ezgulik, ayrimlarida esa vayronkorlik ruhiyatidagi kuchlar g'olib kelgan. Ayniqsa, kishilik taraqqiyoti rivojlanib borgani sayin bunday kurashlar avjiga chiqa boshlagan.
Dunyoning hozirgi murakkab va sertashvish manzarasining zamirida ham mana shunday jarayonlar turadi. O'zbek xalqining o'ziga xos mentalitetini, dunyoqarashi va qadriyatlarini o'zida mujassam qilgan milliy g'oya bunday vaziyatda asosiy kurash vositamizga aylanib bormoqda. Mafkuraviy kurashlar va nizolar kuchayib borgani sayin uning yangidan yangi turlari ommalashib bormoqda. Mana shunday ko'rinishlaridan biri yoshlarimiz orasida keng tarqalayotgan "ommaviy madaniyat"dir. "Biz bugun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz bir masalaga alohida e'tibor berishimiz lozim. Ya'ni kommunistik mafkura va ahloq normalaridan voz kechilgandan so'ng, jamiyatda paydo bo'lgan g'oyaviy bo'shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo'lgan, ma'naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o'z ichiga olgan "ommaviy madaniyat" yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamizga ayon bo'lishi kerak" [2], - degan edi I.Karimov. "Ommaviy madaniyat"ning targ'ibotchi va homiylari, ularning ortida turgan kuchlap katta mablag' va zamonaviy qupol-aslahalapga, ilg'op texnologiyalapdan keng foydalanish imkoniyatlapiga ega. Lekin ular soxta "gumanizm" g'oyalariga burkanib, zimdan eng xavfli uslub, insonning onggini egallashga intilmoqdalar. Ulapning bu tutgan uslubi milliy qadpiyatlapimizga to'g'pi kelmaydigan, ayniqsa, yosh avlodning ongi va tafakkupini zahaplaydigan
buzg'unchi mafkupadip. Jamiyatning ma'naviy-mafkuraviy sohasida "ommaviy madaniyat"ga, u olib kelayotgan ma'naviy va axloqiy tubanlik illatlariga qarshi kurash asosiy vazifa bo'lib qolmoqda.
Globallashuv jarayonlari eng ilg'or, yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarish, tezkor zamonaviy kommunikasiya va aloqa vositalari orqali axborot sohasining rivojlanishi va odamlarning boshqa faoliyatlari uchun ham qulay sharoit yaratib, bu borada cheklanmagan imkoniyatlarga yo'l ochmoqda. Ammo, globallashuv jarayonlarining hozirgi dunyoda bir qator ixtilof va ziddiyatlarni keltirib chiqarayotgan jihatlari ham mavjud. Bular qatorida, avvalo, madaniyat va uning bosh tomirini tashkil etgan ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga bo'lgan munosabat jiddiy e'tiborni talab etadi. Shu jihatdan globallashuvga butun dunyoni qamrab olgan madaniy inqilob, deya ta'rif berish ham mumkin. Bugungi kunda ular har qayday mamlakat, xususan, O'zbekiston uchun olg'a harakat qilishning samarali sharti, jamiyat ma'naviy-axloqiy sog'lomligining kafolati, kuchli davlat sifatida jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga bo'lgan umid tayanchini tashkil etadi. Shu o'rinda savol tug'iladi. Globallashuv faqat tarixiy taraqqiyot mantig'i bilan bog'liq tabiiy jarayonmi yoki uni kimningdir irodasi ham boshqaryaptimi? Bugungi kunda kuchli, etakchi davlatlar qatoriga asosan G'arb davlatlari kirishi hamda ikki qutbli dunyo barham topishi bilan ular yakka hukmronlikka intilayotgani ma'lum. Rus olimi V.L.Inozemsev bu borada shunday yozadi: "Globallashuv, aslini olganda, ko'klarga ko'tarib maqtalayotgan "umuminsoniy qadriyatlarga tayanuvchi yagona tamaddunning shakllanish jarayonini emas, balki mutlaqo o'zga holatni - jamiyatning "g'arbona" modelining ekspansiyasini va dunyoning ana shu modelga moslashishini ifodalaydi. Bugun globallashuv deb atashayotgan jarayonni, g'arblashtirish, deya aniqroq ifodalash mumkin" [3]. Albatta, G'arb ilm-fani yutuqlaridan foydalanish, yangi zamonaviy texnologiyalarini o'zlashtirish, bu borada hamkorlik qilish mumkin va zarur. Ammo, modernizasiyalash yo'lida G'arb madaniyatini va qadriyatlarini ham to'liqligicha o'zlashtirishga harakat qilgan mamlakat qator muammolarga duch kelganligi tarixdan ma'lum. Bunday "tajriba" natijasida o'zining qaysi madaniyatga mansubligi haqida aniq tasavvurga ega bo'lmagan, o'zligini anglashdan mahrum bo'lgan jamiyat, ichki ziddiyatlarga to'la davlat shakllanadi. Shuning uchun, minglab yillik tarixga ega bo'lgan davlatlar madaniy o'ziga xoslikni saqlagan holda, davlat va jamiyatni modernizasiyalash yo'lini tanlagan va g'arblashmay turib taraqqiyotga erishmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish - oliy saodatdir. "O'zbekiston", 2007. 22-b
2. Inozemsev V.L. Vesternizasiya kak globalizasiya i "globalizasiya" kak amerikanizasiya. // "Voprosi filosofii», 2004. №4. - S. 60.