Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV JARAYONLARI VA G‘OYAVIY-MAFKURAVIY XAVFSIZLIK MASALALARI'

GLOBALLASHUV JARAYONLARI VA G‘OYAVIY-MAFKURAVIY XAVFSIZLIK MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
2977
210
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Globallashuv / axborot / demokratiya / madaniyat / kommunikatsiya / milliy o‘zlik / texnologiya / integratsiya / ommaviy madaniyat / Globalization / information / democracy / culture / communication / national identity / technology / integration / popular culture

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Qurbonova Marg‘uba Boltayevna

Ushbu maqolada globallashuv va bu jarayon ortidan yuzga kelayotgan turli tahdidlar haqida fikr yuritiladi. Yoshlarni mana shu globallashuv jarayoni bilan bog'lab turadigan axborot xurujlaridan, yot ma'naviy ta'sirlardan ximoya qilishda milliy urf-odatlar va qadriyatlarning ahamiyati masalalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GLOBALIZATION PROCESSES AND IDEOLOGICAL SECURITY ISSUES

This article discusses globalization and the various threats that follow this process. The issues of the importance of national traditions and values in protecting young people from information attacks and alien spiritual influences that connect them with this process of globalization are analyzed

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV JARAYONLARI VA G‘OYAVIY-MAFKURAVIY XAVFSIZLIK MASALALARI»

Scientific Journal Impact Factor

GLOBALLASHUV JARAYONLARI VA G'OYAVIY-MAFKURAVIY XAVFSIZLIK MASALALARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada globallashuv va bu jarayon ortidan yuzga kelayotgan turli tahdidlar haqida fikr yuritiladi. Yoshlarni mana shu globallashuv jarayoni bilan bog'lab turadigan axborot xurujlaridan, yot ma'naviy ta'sirlardan ximoya qilishda milliy urf-odatlar va qadriyatlarning ahamiyati masalalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Globallashuv, axborot, demokratiya, madaniyat, kommunikatsiya, milliy o'zlik, texnologiya, integratsiya, ommaviy madaniyat

Аннотация: В этой статье обсуждается глобализация и различные угрозы, связанные с этим процессом. Анализируются вопросы важности национальных традиций и ценностей в защите молодых людей от информационных атак и чуждых духовных влияний, связывающих их с этим процессом глобализации.

Ключевые слова: глобализация, информация, демократия, культура, коммуникация, национальная идентичность, технологии, интеграция, массовая культура.

Abstract: This article discusses globalization and the various threats that follow this process. The issues of the importance of national traditions and values in protecting young people from information attacks and alien spiritual influences that connect them with this process of globalization are analyzed.

Keywords: Globalization, information, democracy, culture, communication, national identity, technology, integration, popular culture

Bugungi kunda "Globallashuv" atamasi atrofida kechayotgan bahslarda turlicha munosabatlar kuzatilmoqda. Ayrimlarning fikricha, bu jarayonlarni bo'lajak xalqaro fuqarolik jamiyatining alomati, yangi dunyo va demokratiya davrining boshlanishi deb hisoblaydi. Boshqalar uchun globallashuv G'arbning, asosan Amerikaning iqtisodiy va siyosiy gegemoniyasi bo'lib, uning natijasida madaniyat butun dunyoda bir xil shaklga kirib, Disneylendning o'ziga xos jalalangan ko'rinishini kasb etadi.

Albatta, bunday qarashlar asosga ega bo'lsa-da, alohida olinganda hozirgi dunyoning manzarasini to'liq aks ettirmaydi. Masala anchayin murakkab. Ammo

Qurbonova Marg'uba Boltayevna Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

shunisi shubhasizki, globallashuvning voqe bo'lishiga sabab bo'lgan iqtisodiy va texnologik o'zgarishlar jiddiy ijtimoiy va siyosiy muammolarini keltirib chiqardi.

Globallashuv jarayonlari eng ilg'or, yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash, tezkor zamonaviy kommunikatsiya va aloqa vositalari tizimlarining rivojlanishi, ilmiy, texnik va boshqa, odamlar hayot-faoliyati uchun zarur bo'lgan axborotni jamlash va taqsimlash, mehnat unumdorligini ta'minlash uchun qulay sharoit yaratib, bu borada cheklanmagan imkoniyatlarga yo'l ochmoqda. Bu, o'z navbatida, mamlakatlarning o'zaro yaqinlashuviga, jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi jarayonlarini faollashtirishga hizmat qilmoqda. Ammo globallashuv jarayonlarining hozirgi dunyoda bir qator ixtilof va ziddiyatlarni keltirib chiqarayotgan jihitlarini ham e'tibordan qochirish mumkin emas. Bular qatorida avvalo madaniyat va uning bosh tomirini tashkil etgan ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga bo'lgan munosabat jiddiy e'tiborni talab etadi. Bugungi kunda ular har qayday mamlakat, xususan, O'zbekiston uchun olg'a harakat qilishning samarali sharti, jamiyat ma'naviy-axloqiy sog'lomligining kafolati, kuchli davlat sifatida jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga bo'lgan umid tayanchini tashkil etadi.

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida Sh.M. Mirziyoyevning asarlari va A.V. Klubov, M.S. Xalikov, O.A. Klubovalarning "Глобализация социально-экономической жизни: история и современность" nomli asari metodologik manba bo'lib belgilandi. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Ma'naviy yuksalish yo'lidagi tahdidlar va ularni bartaraf etish yo'llarining bugungi kundagi vazifalari haqida tahlil olib borildi.

Gap shundaki, globallashuv jarayonlari bilan bog'liq ziddiyatlar avvalo madaniyat sohasida ko'proq namoyon bo'lmoqda. Shu jihatdan globallashuvga butun dunyoni qamrab olgan madaniy inqilob deya ta'rif berish ham mumkin. "Bugungi kunda butun dunyo milliy madaniyatlarni qayta ishlovchi alohida ulkan "domna pechi"ga aylanmoqda".

Shu o'rinda savol tug'iladi. Globallashuv faqat tarixiy taraqqiyot mantig'i bilan bog'liq tabiiy jarayonmi yoki uni kmningdir irodasi ham boshqaryaptimi? Bugungi kunda kuchli, yetakchi davlatlar qatoriga asosan G'arb davlatlari kirishi hamda ikki qutbli dunyo barham topishi bilan G'arb yakka hukmronlikka intilayotgani ma'lum. Rus olimi V.L.Inozemsev bu borada shunday yozadi: "Globallashuv, aslini olganda, ko'klarga ko'tarib maqtalayotgan ''umuminsoniy

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

qadriyatlarga tayanuvchi yagona tamaddunning shakllanish jarayonini emas, balki mutlaqo o'zga holatni - jamiyatning "g'arbona" modelining ekspansiyasini va dunyoning ana shu modelga moslashishini ifodalaydi. Jahondagi ko'plab olimlar tomonidan "axborot neokolonializmi" "axborot urushlari", "madaniy imperializm" , "madaniy gegemoniya" , "axborot ekspansiyasi" kabi atamalaming tez-tez qo'llanilayotgani bejiz emas.

Shakllanib kelayotgan global madaniyatning o'z tarqalish vositalari mavjud. Mutaxassislar buning to'rt asosiy vositasini qayd etishadi. Birinchisini dunyoning etakchi ishbilarmon va siyosiy arboblar doirasining xalqaro madaniyati. Uni Semyuel Xantington 'Davos madaniyati" deb ataydi. Bu global iqtisodiy tizimning ishtirokchisi bo'lishga, muvaffaqiyat qozonishga intilganlar doirasida shakllanayotgan madaniyatdir.

Ikkinchi doira sifatida g'arb ziyolilarining global madaniyati. Uni Piter L. Berger "intellektuallarning klub madaniyati" deb ataydi. Bu madaniyatning asosini g'arb, asosan Amerika intellektuallari ilgari surgan va ommalashtirishga harakat qilayotgan g'oya va xatti-harakat qoidalari (masalan, inson huquqlari to'g'risidagi g'arbona ta'limotlar, atrof muhitni muhofaza qilish, feminizm, gender tenglik kabi g'oyalar hamda mazkur mafkuraviy tushunchalarga muvofiq keladigan yashash tarzi va siyosat yurgizish qoidalari) tashkil etadi.

Uchinchisi - u yoki bu shakl va ko'rinishdagi ommaviy harakatlar (diniy-kanfessional harakatlar, Grinpis, feminizm harakati va h.k).

Va nihoyat, global madaniyatni nisbatan ayon ko'zga tashlanadigan va, aytish mumkinki, eng havfli tarqatish vositasi bo'lmish "ommaviy madaniyat". Global madaniyatni dunyoga yoyuvchi bu vosita va kanallar ko'p jihatdan bir-biri bilan o'zaro bog'liq hamda alohida tadqiqotni talab etadi. Shuning uchun mazkur maqolada ularga batafsil to'xtalishning imkoniyati yo'q.

Globallashuv jarayonlarining natijalaridan biri sifatidagi amerikacha andoza asosida madaniy unifkatsiyalash, turli xalqlarning rang-barang madaniyatini inkor etish asnosida yagona jahon madaniyatini shakllantirishga bo'lgan harakatlar muayyan darajada o'z hosilini bermoqda. Bu borada amerikalik siyosatshunos Z.Bzejinskiy shunday yozadi: 'Madaniy ustunlik Amerika global kuch-qudratining muhim jihati sanaladi. Ayrimlar o'zining estetik qadriyatlari haqida qanday fkrda bo'lmasin, Amerika ommaviy madaniyati, ayniqsa, jahon yoshlarini ohangrabo kabi o'ziga tortadi. Uning jozibadorligi ehtimol shu madaniyat orqali targ'ib qilinayotgan hayotni sevish falsafasi, hayot sifati bilan bog'liqdir, lekin Amerika madaniyatining jozibadorligi shak-shubhasizdir. Amerika televizion dasturlari va filmlari jahon bozorining qariyb to'rtdan uch qismini egallagan. Amerikaning ommabop musiqasi ham ustuvor mavqega ega, shuningdek, amerikaliklarning qiziqishlari, ovqatlanishdagi odatlari, hattoki, kiyinishlariga butun dunyoda taqlid qiladilar. Internet ingliz tilida va kompyuterdagi so'zlarning aksariyat qismi Amerikadan

Scientific Journal Impact Factor

bo'lib, global muloqotning mazmuniga ta'sir o'tkazadi. Va nihoyat, Amerika zamonaviy ta'lim olishga intilayotganlar uchun Makkaga aylangan..."

Shunga hamohang tarzda nemis olimi U.Bek "Globallashuv nima?" kitobida "Hozirgi dunyoni, uning inqiroz va olg'a siljishlarini "madaniy siyosat", "madaniy kapital", "madaniy o'ziga xoslik", "madaniy gomogenlik", etnik, irqiy va jinsiy mansublik kabi tayanch so'zlar bilan ifodalanadigan voqealarning mazmuniga e'tibor qilmasdan, tushunish mumkinligi" haqidagi fikr hamda qarashlarni bema'nilik deb ataydi.

Mazkur fikriga qo'shilgan holda aytish mumkinki, keng yoyilib borayotgan global madaniyat o'z kelib chiqishi va mazmuniga ko'ra amerikacha madaniyatdir. Bu hozirgi dunyoda sodir bo'layotgan o'zgarishlarning kuchli bo'lsa-da, yagona yo'nalishi emas, albatta. Ammo bu holatni e'tibordan qochirish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Birgina madaniyatning tarqalish omili bo'lgan tilni olaylik. Bugungi kunda ingliz tili, aniqrog'i, amerika tili dunyoga kelayotgan global madaniyatning tiliga aylanmoqda.

Bugungi kunda ham qator olimlar tilning hokimiyatga erishishdagi o'rni masalasiga alohida e'tibor qaratmoqda. Xususan, fransuz olimi Per Burde tilning siyosiy maqsadlarni amalga oshirish vositasiga aylanishini kuzatib, "legitim"(qonuniy) yoki "to'g'ri" til hodisasiga e'tibor qaratadi.

Til siyosiy qurolga aylangan ekan, bu "qurol"ni "ishlab chiqaruvchilar" hamda unga egalik qiluvchilarning bo'lishi tabiiy. Shu fikr asosida P.Burde "lingvistik bozor", "lingvistik kapital" va "lingvistik kapital egalari" tushunchalarini kiritadi. Ayni "lingvistik kapital egalari" "til bozori"da narx-navo belgilash qoidalarini joriy etadi. Ular, fransuz sotsiologining fikriga ko'ra, o'zlari ishlab chiqqan sanksiyalar tizimi orqali "rasmiy til"ni qonunlashtiradi, ya'ni qaysi so'zlar qadrli va kerakli, uning ma'no ko'lami qanday ekanligini belgilaydi. Per Burde bu holatni "ramziy hokimiyat" hodisasi bilan bog'laydi. Ramziy hokimiyat, uning nazdida, «nutq orqali mavjud holatni qonunlashtiradi, odamlarni ko'rish va ishonishga majbur etadi, dunyoni muayyan idrok etish usulini tasdiqlaydi yoki o'zgartiradi va u orqali dunyoga ta'sir o'tkazadi. Bu odamlarni deyarli sehrlab qo'yuvchi hokimiyat bo'lib, u odatda, jismoniy yoki iqtisodiy kuch bilan erishiladigan natijalarga kuch ishlatmay ega bo'lish imkoniyatini beradi"

Globallashuvning zamonaviy "liberallari" "demokratiya", "inson huquqlari" kabi muqaddas qadriyatlarni niqob qilib olib, xalqlarni mahalliy manfaatlari, azaliy qadriyatlari, axloq normalari va an'analaridan izchillik bilan uzoqlashtirish siyosatini qo'llab-quvvatlamoqda.

Scientific Journal Impact Factor

Milliy madaniyat o'rniga "umumjahon madaniyati" sifatida taqdim etilayotgan "ommaviy madaniyat" ko'rinishidagi bu madaniyatni amerikacha yashash tarzi, daromadni maksimal ko'paytirish g'oyasiga sadoqat asosida shakllangan, Makdonald yoki Koka-kola singari kompaniyalar ramzida o'z ifodasini topgan "iste'molchilik madaniyati" deb nomlash mumkin. Shu o'rinda "iste'mol", "iste'molchi" bilan "iste'molchilik madaniyati", "iste'molchilik kayfiyati" tushunchalari o'rtasidagi chegarani belgilash kerak bo'ladi. Albatta, inson avvalo iste'molchi ekanligini rad etib bo'lmaydi. Biroq iste'molchilik madaniyati kishidagi eng past instinktlarga suyanadi, ularni qo'zg'aydi, iste'molchilik kayfiyatini uyg'otishga qaratiladi. Iste'molchilik kayfiyatiga berilgan inson esa barcha narsaga foyda nuqtai nazaridan yondoshadi. Ezgulik, muruvvat, mehr, muhabbat, Vatan, xalq, o'zgalar taqdiri uchun javobgarlik va h.k. tuyg'u va tushunchalar "qorinni to'ydirmaydigan" behuda dardisarga aylanadi.

Inson faoliyatining asosiy mazmunini o'zini erkin ijodkor shaxs sifatida ro'yobga chiqarish, o'z insoniy dunyosini yaratish va shu orqali dunyoni insonparvarlashtirish tashkil etadi. Shunday ekan, iste'molchilik kayfiyati o'zagini tashkil etgan ommaviy madaniyat asl kishilik madaniyatiga zid, uni poymol etadigan, mohiyatini butunlay buzadigan va oxir-oqibat insonni jon saqlashdan o'zga maqsadi bo'lmagan jonzod, hayvon darajasiga, tushiradigan xalqni esa olomonga aylantiradigan hodisadir.

YUNESKO tashkilotining so'nggi yillarda turli xalq va hududlarning moddiy madaniy yodgorliklarini saqlash bilan bir qatorda milliy urf-odat, an'ana kabi nomoddiy madaniyatini asrab-avaylash masalasiga alohida e'tibor qaratayotgani bejiz emas. G'arb libosidagi ommaviy madaniyat intervensiyasi, tabiiy ravishda millatlarning, xalqlarning, milliy madaniyatlarning himoyalanishga chog'laydi va ziddiyatlarning kuchayishiga olib keladi.

Faqat yuksak ma'naviyatga, minglab yillik madaniy merosga suyangan xalq, davlatgina taraqqiyotga erishishi mumkinligi bugungi kunda tobora ravshan haqiqatga aylanmoqda. O'zbekiston mustaqillikning ilk yillaridayoq ayni shu yo'lni tanladi.

Masalaning yana bir jihati shundaki, Amerika va umuman, G'arb mutaxassislari bu haqiqatni tan olishga majbur bo'lmoqda. Masalan, amerikalik taniqli faylasuf va siyosiy sharhlovchi P.J.Byukenen "G'arbning halokati" kitobida o'z yurtining (va umuman G'arb dunyosining) tanazzulini avvalo, madaniyatning emirilayotgani, azaliy urf-odatlarning yo'qolayotgani, asrlar davomida e'zozlab

Scientific Journal Impact Factor

kelingan qadriyatlarning toptalayotgani bilan bog'laydi va bunday ishlarning tepasida turgan "madaniy inqilobchilar"ni "zamonamiz tolibonlari" deb ataydi.

Turli millat va xalqlarning keng ma'nodagi ijtimoiy, ma'naviy, axloqiy va estetik ideallari mavjud va ularni avaylab-asrash, ularga tayangan holda odamlar hayotini tartibga solish insonparvar jamiyatning asosiy belgilaridan birini tashkil etgan. Ayniqsa, bugungi kunda, etakchilikni da'vo qilayotgan davlatlar daromad olish va iste'molchilik kayfiyatiga qaratilgan tuban qadriyatlarni asl qadriyat sifatida dunyo xalqlariga taqdim etayotgan bir sharoitda unga qarshilik ko'rsatish hamda milliy madaniy-ma'naviy ildizlarni saqlashga intilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Umuman olganda, globallashuvning eng dolzarb bo'lgan madaniyatlararo munosabatlardagi bu tendensiyalari bizning davrimizda ziddiyat ko'rinishini kasb etmoqda. Shunday ekan, unutmaslik lozimki, bugungi kundagi jahon tarixi -taqdiri umumiy bo'lgan er kurrasidagi barcha xalq, mamlakat va hududlarni o'z ichiga olgan umumtamaddun oqimdir. Bu oqimga ular o'z noyob madaniyati, an'analari, betakror tarixiy tajribasi bilan qo'shiladi.

Insoniyat dunyoning rang-barangligi asosidagi birligini anglasa, tan olsa, milliy va umuminsoniylikni optimal darajasida birlashtira olsa, integratsiyalashuv jarayonining zamini yashovchan va mustahkam bo'ladi. Olomon didiga mos "ommaviy madaniyat" esa kishini insonlik martabasidan mahrum etadigan va demak, insoniyat tamadduni zaminini o'ldiradigan zahri qotildir. Shunday ekan, bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri - fuqarolarimizni, avvalambor yoshlarimizni ana shundan mafkuraviy og'udan himoyalash, xalqimizning madaniy indentivligi saqlashdir.

1. Клубов А.В., Халиков М.С., Клубова О.А. Глобализация социально-экономической жизни: история и современность// ВМУ. Сер. 18. Социология и политология. 2005. № 1. С. 138.

2. Монайло А.В., Петренко А.И., Фролов Д.Б. Государственная информационная политика в условиях информационно-психологической войны. -М., Горячая линия-телеком, 2003. С. 67-69.

3. Почепцов Г.Г. Психологические войны. - М., Рефл-бук, 2000.

4. Удовик С.Л. Глобализация. Семиотические подходы. - М., Рефл-бук, 2002. С.

XULOSA

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

317.

Scientific Journal Impact Factor

5. Макбрайд У.Л.нинг юкррида тилга олинган макрлалари.

6. Почепцов Г.Г. Теория и практика коммуникации. - М., Центр, 1998. С. 304.

7. Бзежинский З. Великая шахматная доска. Господство Америка и геостратегические императивы - М., 1998. С. 38.

8. Бек У. Что такое глобализация? Ошибки глобализма - ответы на глобализацию. -М., Прогресс-Традиция,2001. С. 91-92.

9. Bourdieu P. The Production and Reproduction of Legitimate Language - language and Simbolic Power. Cambridge: Harvard University Press, 1991. P. 51.

10. P.J.Byukenenning mazkur kitobidan ayrim lavhalar B.Umarov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilindi va "Jahon adabiyoti" jurnalining 2007 yil 1-, 2-sonlarida chop etildi.

11. Kitob haqida yana qarang: Umarov B. "G'arb tamadduni: inqiroz alomatlari // "Tafakkur" jurnali 2007 yil 2-son. 12-23-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.