Научная статья на тему 'HOZIRGI BOSQICHDA O’ZBEKISTON ARXEOLOGIYASI'

HOZIRGI BOSQICHDA O’ZBEKISTON ARXEOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1812
175
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
arxeologiya / yodgorliklar / mehnat qurollari / uy-ro‘zg‘or buyumlari / qurolyarog‘lar / zeb-ziynatlar / uy-joy / ustaxonalar / sug‘orish inshootlari. / archeology / monuments / tools / household items / weapons / jewelry / housing / workshops / irrigation facilities.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — M. Ostonaqulov

Ushbu maqolada Arxeologiya yodgorliklari kishilik jamiyatining yozma tarixigacha bo‘lgan davrini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega, ekanliklari, hozirgi bosqichda O‘zbekiston arxeologiyasini o‘rganish ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilganliklai haqida fikrlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARCHEOLOGY OF UZBEKISTAN AT THE PRESENT STAGE

This article highlights the ideas that archaeological sites are important in the study of the period of human society before written history, and that the study of the archeology of Uzbekistan at the present stage is well established.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI BOSQICHDA O’ZBEKISTON ARXEOLOGIYASI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

HOZIRGI BOSQICHDA O'ZBEKISTON ARXEOLOGIYASI Ostonaqulov Mavlonberdi

Guliston davlat Universiteti, Tarix fakulteti, 2 bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6922932 Annotatsiya. Ushbu maqolada Arxeologiya yodgorliklari kishilik jamiyatining yozma tarixigacha bo 'lgan davrini o 'rganishda muhim ahamiyatga ega, ekanliklari, hozirgi bosqichda O 'zbekiston arxeologiyasini o 'rganish ancha yaxshi yo 'lga qo 'yilganliklai haqida fikrlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: arxeologiya, yodgorliklar, mehnat qurollari, uy-ro'zg'or buyumlari, qurol-yarog 'lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxonalar, sug 'orish inshootlari.

АРХЕОЛОГИЯ УЗБЕКИСТАНА НА СОВРЕМЕННОМ ЭТАПЕ Аннотация. В данной статье освещаются идеи о том, что археологические памятники важны в изучении периода человеческого общества до письменной истории, и что изучение археологии Узбекистана на современном этапе хорошо налажено.

Ключевые слова: археология, памятники, орудия труда, предметы быта, оружие, украшения, жилище, мастерские, ирригационные сооружения.

ARCHEOLOGY OF UZBEKISTAN AT THE PRESENT STAGE Abstract. This article highlights the ideas that archaeological sites are important in the study of the period of human society before written history, and that the study of the archeology of Uzbekistan at the present stage is well established.

Keywords: archeology, monuments, tools, household items, weapons, jewelry, housing, workshops, irrigation facilities.

KIRISH

Qadimiy yodgorliklar o'zbek xalqi ma'naviyati, qadriyatlari tarixidan darak beruvchi ashyoviy dalillar hisoblanadi. Shu o'rinda ajdodlarimizning tarixini arxeologik yodgorliklar misolida targ'ib etish va uning tarbiyaviy ahamiyatini ko'rsatish juda muhimdir. Shu bilan birga, mamlakatimiz xududida joylashgan arxeologik yodgorliklar va ulardagi topilmalar yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda, ularning qalbida ko'hna tarix va madaniyatga hurmat- ehtirom ruhini uyg'otishda katta ahamiyatga egadir. Arxeologik yodgorliklar O'zbekiston madaniy hayotini o'zida aks ettiruvchi juda muxim omil hisoblanadi. Arxeologiya fani bilan shug'ullanuvchi olimlar arxeolog (qadimshunos)lar deb ataladi. Tarixda hech narsa izsiz yo'qolib ketmaydi. Ana shu izni topish arxeologiyaning vazifasidir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Arxeologlar ish jarayonida Arxeologlar o'tmishga oid turli topilmalar (mehnat qurollari, uy-ro'zg'or buyumlari, qurol-yarog'lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxonalar, sug'orish inshootlari va boshqalar)ning qoldiqlarini o'rganadilar. Shu asosda o'tmish haqida ma'lumotlar to'playdilar. Barcha topilmalar arxeologiya yodgorliklari deb ataladi.

Arxeologiya yodgorliklari kishilik jamiyatining yozma tarixigacha bo'lgan davrini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Arxeologlar dastlab qazilma ishlari o'tkaziladigan joylarni belgilab oladilar.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

So'ng qazish ishlarini o'tkazadilar. Topilgan yodgorlikning yaratilgan davri va yoshi aniqlanadi. O'zbekiston olimlari arxeologik qazishmalar natijasida topilgan yodgorliklami o'rganish orqali samarqand shahrining 2750, qarshi va shahrisabz shaharlarining 2700, buxoro va xiva shaharlarining 2500 va toshkent shahrining 2200 yoshdaligini aniqladilar.

TADQIQOT NATIJALARI

O'zbekistonda arxeologiyaning fan sifatida shakllanishi uzoq tarixiy jarayonni o'zida qamraydi. O'zbek millati qadimiy tarixga ega bo'lsada, uning eng qadimgi davr tarixini o'rganish XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan va bugungi kungacha bu sohada ilmiy izlanishlar davom qilib kelmoqda. O'zbekistonning o'rta asrlar tarixi esa, yozma manbalarda saqlanib qolgan bo'lsada, uzoq davrlargacha mavjud qadimiy qal'alar tarixi faqat odamlar orasidagi rivoyatlarda saqlanib qolgan edi. Ularni saqlash va ilmiy jihatdan o'rganish esa XIX asr oxirlarigacha odamlarning e'tiborida emas edi. Sovetlar humronligi davrida o'tmish tarixiga e'tibor kuchayib, ularni ilmiy jihatdan o'rganish boshlangan bo'lsada, O'zbekiston miqyosida tarixiy yodgorliklarning nihoyatda ko'pligi olimlarga chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishga imkon bermagan. Ular yodgorliklar to'g'risida deyarli umumiy bo'lgan ma'mumotlarningina to'plashgan. Misol tariqasida Selungir, Teshiktosh, Ko'lbuloq makonlarida olib borilgan tadqiqotlarni keltirish mumkin. Shuningdek, yodgorlik o'rganilgach, u qarovsiz qoldirilgan. Bu esa, ko'pgina yodgorliklarning yo'qolib ketishiga olib kelgan. O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgach, o'tmish tarixiga yangicha nazar bilan qarala boshladi. Har bir yodgorlikni o'rganishda chuqur ilmiy jihatdan yondoshilib, uning mahalliy xususiyatlarini e'tiborga olib, olamshumul yangiliklar ochildi va ochilmoqda.

MUHOKAMA

O'zbekistonda arxeologiyaning o'rganilish bosqichlari M.Jo'raqulovning "Ibtidoyi arxeologiya" kitobida to'liq ochib berilgan. Arxeolog O'zbekistonning arxeologik jixatdan o'rganilishini 3 davrga bo'ladi: l.Rossiya mustamlakasi davri. 2.Sovetlar xukmronligi davri. 3. O'zbekiston mustaqilligi davri va har bir davrga to'liq ta'rif berib o'tadi.

Mustaqillikning dastlabki davrlarida arxeologik tadqiqot ishlari birmuncha to'xtaganday bo'ldi. Lekin Vazirlar Mahkamasining 1998 yilda Tarix instituti faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ishlari natijasida va Buyuk ipak yo'li tarixining keng tadqiq qilinishi yuzasidan olib borilgan ishlar natijasida yana arxeologik tadqiqot ishlari jonlanib ketdi. Ayniqsa xorijiy davlatlar bilan olib borilayotgan hamkorlik yanada samarali bo'lmoqda. Ular arxeologik ekspeditsiyalarni nafaqat moddiy, balki texnikaning keyingi davr yutuqlari bilan ham qurollantirib, mashaqqatli arxeologik tadqiqot ishlarini engillashtirib, qadimiy moddiy buyumlarning analiz jarayonlariga ham yanada aniqliq kiritishiga ko'p imkoniyatlar yaratishda yaqindan yordam ko'rsatib kelishmoqda. Jumladan, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Avstraliya, Rossiyadan kelgan olimlarning xizmatlarini ko'rsatib o'tish mumkin.

Sopollitepa va Jarqo'ton yodgorligida keyingi davrlarda O'zbek-Olmon Baqtriya ekspeditsiyasi tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular Jarqo'ton yodgorligining yoshini aniqlashda 23 radiokarbon analizi o'tkazdilar. Radiokarbon analizlar Germaniya arxeologiya instituti Evroosiyo bo'limi qoshidagi laboratoriyada amalga oshirildi. Mazkur otryad a'zolaridan Mayk Toyfer va Kay Kanyutlar Sopollitepa madaniyatining yoshini kadimiylashtirish bo'yicha yangi fikrlarni bildirganlar.

XULOSA

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Hozirda O'zbekiston arxeologiyasini o'rganish ancha yaxshi yo'lga qo'yilgan. Bu ish bilan maxsus institutlar, universitetlar, pedagogika institutlari va turli bo'limlar shu g'ullanmoqdalar. Ular qoshida ko'plab arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etilgan

So'nggi o'n yillikda madaniyat va tarixiy yodgorliklarni qayta tiklanadigan zaxira ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa yodgorliklarni yaratish ishlariga ancha samarali ta'sir qiladi. XX asrning 90-yil oxirlarida yodgorliklarning 7216tasi olingan bo'lsa, shulardan 1595tasi me'moriy yodgorliklar, 7106tasi mahobatli san'at asarlari, 2115tasini arxeologik yodgorliklar tashkil qildi. Ulardan 1831tasi respublika miqyosidagi davlat tasarrufiga olingan bo'lib, 513tasi me'moriy obidalari 98 tasi mahobatli san'at asarlari, 1213 tasi arxeologik va 27 tasi tarixiy yodgorliklardir. Bunday yodgorliklar ayniqsa, Samarqand (997), Buxoro (804) Qashqadaryo (592), Toshkent (562), Farg'ona (512) viloyatlarida ko'p. Bu butun hududi qadimiy madaniyat va sivilizatsiya o'chog'i bo'lganligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. Little, Barbara J. (2006), "Why are there two different spellings: archaeology and archeology?", Amerika arxeologiyasi jamiyati, dan arxivlangan asl nusxasi 2009 yil 5-dekabrda

2. Renfrew and Bahn (2004 [1991]:13)

3. Sinclair A (2016), "The Intellectual Base of Archaeological Research 2004-2013: a visualisation and analysis of its disciplinary links, networks of authors and conceptual language", Internet arxeologiyasi (42), doi:10.11141/ia.42.8

4. Haviland et al. 2010 yil, p. 7,14

5. Roche, Hélène; Kent, Dennis V.; Kirwa, Christopher; Lokorodi, Sammy; Wright, James D.; Mortlock, Richard A.; Leakey, Louise; Brugal, Jean-Philip; Daver, Guillaume (May 2015). "3.3-million-year-old stone tools from Lomekwi 3, West Turkana, Kenya". Tabiat. 521 (7552): 310-315. Bibcode:2015Natur.521..310H. doi:10.1038/nature14464. ISSN 14764687. PMID 25993961. S2CID 1207285.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.