Научная статья на тему 'HISOR TOG' DOVONLARI'

HISOR TOG' DOVONLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
84
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Yurchi / Yig`och / Yartepa / Qorahaval / Yakarcha / karvonsaroy / qo`rg`on. / Yurchi / Yig`och / Yartepa / Karahaval / Yakarcha / caravanserai / fortress

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bahriddinov Asadullo Dilmonovich

Usbu maqolada tariximizning o`rta asrlar davridagi davlatlararo munosabatlarini yaqinlashtirishda O`rta Osiyoning janubiy hududlaridan o`tuvchi mavsumiy savdo karvon yo`llarining shakllanishi tarixiga e`tibor qaratilgan.Hududlararo savdo munosabatlarining to`xtovsiz rivojlanishida mavsumga qarab yo`llarning tanlanishi masalasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISAR MOUNTAIN PASSES

This article focuses on the history of the formation of seasonal trade caravan routes passing through the southern regions of Central Asia to bring closer the interstate relations of our history in the middle ages.

Текст научной работы на тему «HISOR TOG' DOVONLARI»

HISOR TOG" DOVONLARI Bahriddinov Asadullo Dilmonovich

Mustaqil tadqiqotchi,mustaqil repititor https://doi.org/10.5281/zenodo.6818493 Annotatsiya. Usbu maqolada tariximizning o 'rta asrlar davridagi davlatlararo munosabatlarini yaqinlashtirishda O 'rta Osiyoning janubiy hududlaridan otuvchi mavsumiy savdo karvon yollarining shakllanishi tarixiga e tibor qaratilgan.Hududlararo savdo munosabatlarining toxtovsiz rivojlanishida mavsumga qarab yollarning tanlanishi masalasi yoritilgan.

Kalit so^zlar: Yurchi, Yig^och, Yartepa, Qorahaval, Yakarcha, karvonsaroy, qorgon.

ГОРНЫЕ ПЕРЕВАЛЫ ХИСАР Аннотация. Данная статья посвящена истории формирования сезонных торговых караванных путей, проходящих через южные районы Средней Азии для сближения межгосударственных отношений средневекового периода нашей истории.

Ключевые слова: Юрчи, Йигоч, Яртепа, Карахавал, Якарча, караван-сарай, крепость.

HISAR MOUNTAIN PASSES Abstract. This article focuses on the history of the formation of seasonal trade caravan routes passing through the southern regions of Central Asia to bring closer the interstate relations of our history in the middle ages.

Key words: Yurchi, Yig^och, Yartepa, Karahaval, Yakarcha, caravanserai, fortress.

KIRISH

Markaziy Osiyoning tog'oldi va tog li hududlari qadimgi ajdodlarimiz tomonidan tosh davridayoq o'zlashtirila boshlangan.Mintaqaning yirik tog' tizmalari turli tarixiy-madaniy viloyatlarning chegaralari sifatida qadimdan ma'lum.Ular ichida qadimgi Baqtriya va So'g'diyona chegarasida joylashgan Hisor tog' tizmalari o'ziga xos o'rin tutadi.Bronza davridayoq Baqtriya(hozirgi Shimoliy Afg'oniston,Janubiy Tojikiston va Surxon vohalari)hududidan So'g'diyona(Qashqadaryo va Zarafshon vohalari)ga o'tuvchi yo'llardan mavsumiy (ya'ni yoz oylarida)nisbatan qisqa bo'lgan tog' dovonlaridan,qish faslida esa dasht va tekislilardan o'tuvchi yo'llardan foydalanilgan.Hisor tog'ining janubiy bag'rida Sarig'ju bilan Yag'nob o'rtasida joylashgan Mergandara (Giz,Gaz darasi ham deyilgan) hududidan ham kichik bir yo'l mavjud bo'lgan.Bu yo'l orqali aholi savdo karvonlariga nafaqat xizmat ko'rsatgani,balki o'zi uchun karvonlarda olib o'tiladigan zaruriy mahsulotlarni oldi-sotdisi bilan ham shug'ullangani manbalarda qayd etib o'tilgan.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Samarqanddan Kesh orqali Surxon vohasi va Hindistonga o'tuvchi yo'nalish ham o'zining uzoq tarixiga ega. Sharofuddin Ali Yazdiyning ma'lumot berishicha,Amir Temur Samarqanddan 7 yig'och masofada,Kesh yo'lida joylashgan tog'da bir bog' va qasr barpo qildirgan va unga "Taxti Qoracha" deb nom bergan.Shu davrdan boshlab,Samarqanddan Shahrisabzga o'tuvchi tog' yo'li Taxtiqoracha dovoni nomi bilan yuritilgan.

Hisor tog'i orqali Shahrisabzdan Surxon vohasiga o'tuvchi yo'llar asosan uch yo'nalishda bo'lgan.Ular ichida Toshqo'rg'on dovonidan o'tgan yo'l eng sharqiy yo'nalish bo'lib,undan

asosan yoz oylaridagina foydalanilgan.Shahrisabz -Toshqo'rg'on yo'nalishi Chimqo'rg'on qishlog'i va Yakkabog' qal'asi orqali o'tgan.Chimqo'rg'on qishlog'i yaqinida Chimqo'rg'ontepa nomi bilan ataluvchi arxeologik yodgorlik mavjud bo'lib,qazishmalar paytida karvonsaroy qoldiqlari topib o'rganilganligi bu yo'nalishdan orta asrlar davrida ham keng foydalanilganligidan dalolat beradi.Hattoki Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma" asarida lashkarlar Hisori Shodmon(Surxondaryo vohasi va Kofirnixon daryosining shimoliy qismini o'z ichiga olgan Hisor viloyatining markaziy shahri) qala'si sultonlaridan bir guruhi birlikda daryo kechuvlaridan o'tganligi,ikkinchi qism raqib lashkarlari esa Shahrisabz va unga qaram bo'lgan yerlar sipohi bilan suvlikning pastki qismidan o'tib borib jangga kirganligini yozib qoldiradi.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Keyingi bekat Yakkabog' qal'asi bo'lib,u mahalliy aholi tomonidan Begliktepa deb yuritiluvchi yodgorlik o'rnida joylashgan.Bu qal'a o'rta asrlarda Toshqo'rg'on dovoni orqali Surxon vohasiga o'tuvchi yo'lni nazorat qilishda muhim harbiy-strategik ahamiyat kasb etadi.Buni yaxshi anglagan Abdullaxon II(1558-1598)Hisor tog'ining mazkur yo'nalishi o'tgan yuqori qismida toshdan karvonsaroy barpo ettirgan.Toshqo'rg'on nomini olgan bu karvonsaroy atrofida yirik qishloq barpo etilgan.XIX asr o'rtalariga kelib,karvonsaroy vayron bo'lib ketgan bo'lsa-da,Toshqo'rg'on qishlog'i bu tog' yo'li bo'yidagi muhim manzil sifatida katta o'rin tutganligi manbalarda qayd etilgan.Toshqo'rg'on dovoni orqali o'tgan yo'l Shahrisabzni Yurchi qo'rg'oni bilan bog'lagan.

Yurchi bu-Toshqo'rgondan bir haftalik karvon yo'li masofasidagi yo'lning ustida,Potuchning g'arbiy tarafida,undan taxminan 15km masofada joylashgan bo'lib,bu yo'nalishda Yurchidan Chitrolga boradigan yo'l ustida Son deb nomlangan qadimiy shahar joylashgan bo'lib,bu shaharda karvonlar uchun ko'plab xizmat ko'rsatish maskanlari va savdo bozorlari tashkil qilib turilgan.

Shahrisabzdan Surxon vohasiga o'tuvchi ikkinchi yo'nalish "Kaltaminor yo'li" hisoblanib,Shahrisabzdan Yartepa va Kaltaminor qishloqlari orqali Oqrabotga olib chiqqan.Manbalarning dalolat berishicha,qadimgi davrdan keng foydalanilgan bu yo'nalish XIX asr oxiri-XX asr boshlarida ham juda gavjum bo'lgan.Yartepa qo'rg'oni Buxoro amirligining Shahrisabz bilan munosabatlarida katta rol o'ynagan.XIX asrning o'rtalarida Amir Nasrullo (1826-1860) tomonidan vayron qilingan.Ushbu qo'rg'on orqali Shahrisabzdan G'uzorga va Qarshidan Yakkabog'ga yana bir yo'l o'tgan.Keyingi manzil - Kaltaminor qishlog'i Katta O'radaryo bo'yida joylashgan bo'lib,u XVI asr o'rtalarida Abdullaxon II tomonidan qurilgan minora nomi bilan atalgan.Bu minora Shahrisabzdan Yartepa orqali Oqrabotga o'tuvchi yo'ldagi muhim yo'l-ko'rsatgich sifatida barpo etilgani e'tiborga loyiqdir.Bu yo'l ko'rsatgich esa dunyoning boshqa hududlaridagi yo'l ko'rsatgich mayoqlariga o'xshab, karvonlarning adashmasdan o'z manziliga to'g'ri, xavf-xatarsiz borishida katta ahamiyatga ega bo'lgan.

Kaltaminor qishlog'idan Oqrabotga o'tuvchi yo'l Qorahaval qishlog' va Anorbuloq orqali o'tgan.Anorbuloqda G'uzorga ketuvchi so'qmoq yo'l bo'lib,undan mahalliy aholi tog' archalarini eshakda G'uzor bozoriga olib borishda foydalangani manbalarda aks etgan.G'uzor bozorida esa nafaqat shu hudud aholisi uchun balki,juda katta savdo karvonlarini to'xtab dam olishi va savdo qilishi uchun qulay sharoit mavjud bo'lgan.Oqrabotda Kaltaminor yo'li Qarshidan G'uzor orqali keluvchi yo'lga qo'shilgan va Temir darvoza orqali Surxon vohasiga olib chiqqan.So'nggi o'rta asrlarda ham Shahrisabzdan Surxon vohasiga boruvchi yo'nalishlar ichida eng ko'p foydalanilgani Kaltaminor yo'lidir.Uchinchi yo'nalish G'uzordan Oqrabotga boruvchi yo'l Qo'shilish qishlog'i

(bu qishloq Katta Oradaryo va Kichik Oradaryo qo'shilgan yerda joylashgan) , Gulobuloq balandligi,Tangaharom,Yakarcha dovoni va Chashmai Hofizjon orqali o tgan.XIX asrdagi rus harbiylari ma lumotiga ko ra,Chashmai Hofizjonda ikkita kichik karvonsaroy,Oqrabotda esa Abdullaxon II tomonidan barpo etilgan yirik rabot bolgan.Bu hududda barpo etilgan karvonsaroy va yirik rabotlarda esa uzoq-yaqindan kelgan savdogarlar uchun mahalliy aholi tomonidan ham shart-sharoit yaratilib,xizmat ko'rsatilgan. Guzor-Oqrabot yo'li aravalar yurishi qulayligi bois,Toshqo,rg,on va Kaltaminor yo'nalishlaridan afzalroq sanalgan.Ayniqsa qish mavsumlarida arava va ot-ulovlar manzilga qiynalmasdan,o z vaqtida yetib borishi uchun Guzor-Oqrabot yo'lidan foydalanilgan.

XIX asr oxirida qurilgan Samarqand-Termiz pochta yoli ham Guzordan Oqrabotga yuqoridagi yo'nalish bo'ylab otgan.Bu esa qadimgi va rivojlangan orta asrlardagi karvon savdo yo'llarining so'nggi orta asrlarda ham ozining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini yo'qotmaganligidan dalolat beradi.

XULOSA

Xulosa qilib shunday deyish mumkinki,bu yo'nalishlarda mavsumga qarab yo'llarning tanlanishi hududlararo savdo mumosabatlarini rivojlantirib,mavsum davomidagi karvon savdosini uzliksiz,doimiy qatnovi aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini sezilarli darajada ko'tarilishiga xizmat qilgan.

REFERENCES

1. Hofiz Tanish Buxoriy .Abdullanoma . T.., 1999

2. В.И.Липский, Горная Бухара.Гиссарская экспедиция. СПб.,1902,

3. 3.O.A.Suxareva,Buxoro xonligi shaharlarining tarixiga doir(tarixiy-etnografik ocherklar).T..,1958

4. 4.История народов Узбекистана, I, Taшкент,1950

5. 5.Н.Хаников,Описание Бухарского ханства, СПб., 1843.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.