В приведенных определениях четко выделена цель адаптивного управления -обеспечение устойчивого развития и повышение эффективности системы. Однако возникают и проблемные вопросы.
Во-первых, акцентируется внимание на том, что адаптивное управление трактуется через параметры управляемой системы - постоянное изменение ее параметров. Отмечаем, что в целом от эффективности управления качеством образовательного процесса в деятельности преподавателя зависит конечный результат, который получаем на выходе из высшей школы обучающихся, в связи с чем так важно обеспечение адаптивного управления качеством образования и мониторинг событий.
Заключение. Итак, анализ показал, что адаптивные системы отличаются рядом признаков, основным из которых, по мнению большинства исследователей, является способность системы управления оперативно и опережающее учитывать в принятии управленческих решений вызовы внутренней и внешней по отношению к системе среды. Эта общая идея адаптивности управления системами может быть реализована и в управлении качеством образовательного процесса на разных уровнях его осуществления. В этом контексте нами выделены основные признаки понятия «адаптивное управление качеством образовательного процесса в высшей школе». В целом адаптивное управление качеством образовательной деятельности в современной образовательной системе предполагает изучение состояния параметров качества через оценку содержания и условий осуществления образовательной деятельности.
ЛИТЕРАТУРА
1. Путиловская Н.Г. Адаптивные системы управления качеством образования: модели и проектирование // Письма в Эмиссия. Оффлайн (The Emissia.Offline Letters): электронный научный журнал. - Сентябрь 2011, ART 1638. - СПб., 2011 г. -URL: http://www.emissia.org/offline/2011/1638.htm . - Гос.рег. 0421100031. ISSN 1997-8588.
- Объем 0.5 п.л. [дата обращения 12.12.2011]
2. Мониторинг качества образования: Метод. пособие / Под общ. ред. В.П. Соломина.
- СПб.: Изд-во РГПУ им. А.И. Герцена, 2008. - 261 с.
3. Долматов А.В., Винтер М., Краус Г. Практика управления качеством образования на муниципальном уровне. (По материалам международного проекта «Совершенствование управления качеством образования в Ленинградской области».) Под ред. А.В.Долматова. - СПб.: Астерион, 2007. - 162 с.
4. Беляев М. К., Маркова М. В. Методология адаптивного управления качеством образовательной деятельности // ЭВР. 2009. №1. URL: https://cyberleninka.m/artide/n/metodologiya-adaptivnogo-upravleniya-kachestvom-obrazovatelnoy-deyatelnosti (дата обращения: 09.08.2022).
UDK 37/1174
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI MADANIYATINI UMUMTA'LIM MUASSASASI
O'QUVCHILARIDA AKS ETTIRISH
Ro'ziyev Akmal Nosirdjonovich [email protected] +998997646265
Hamraboyev Ilhomjon Sotvoldiyevich ilho mjonhamraboyev2 @gmail. com +99897994044 Andijon FVB HFX o'quv markazi o'qituvchlari
Annotatsiya: Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati tushunchasining asosiy mazmunini aniqlash uchun alohida tashkil etuvchilari bo'lgan madaniyat, xavfsizlik, hayot faoliyatini semantic tashxis qilish va bularni bir-biriga zid bo'lmaydigan xolatda birlashtirish zarur. Tashxiz shuni ko'rsatadiki, madaniyat- extimol bir xil bo'lmagan tushunchalardan biri bo'lsa kerak. Keng ko'lamda texno madaniyat, ommaviy madaniyat, madaniy hayot, madaniyatli inson, odob -axloq madaniyati, qadimiy dunyo madaniyati va b. Tushunchalar o'zining mantiqiy yuklamasi bilan bir-biridan farqlanadi.
Kalit so'zlar: havf, inson omili, havfsizligi, hayot faoliyati, madaniyat, ijtimoiy munosabatlar.
Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda madaniyat - bu insonning ruxiy, jismoniy, diniy layoqatlarini parvarishlash, yaxshilash va fazilatli qilishdir; shu bilan birga keng ma'noda madaniyat xalqning yoki bir gurux xalqlarning hayotni, yutuqlarni, ijodiyotini namoyon qilishni jamlanmasidan iborat. Tarbiyachilik lug'atda madaniyat terminiga quyidagicha ta'rif beriladi:
Madaniyat (lotincha cultura- haydamoq, ishlamoq, tarbiyalamoq, rivojlantirmoq, qadrigayetmoq) tarixan ma'lum darajada jamiyatning, insonning ijod kuchlari va layoqatini rivojlanishi bo'lib, u odamlar hayotini va faoliyatini tashkil etish shakllari va turlarida, o'zaro munosabatlarida, hamda ular tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy qadriyatlarida gavdalanadi.
Umumlashtirilgan xolda madaniyat terminining kutiladigan natijalaridan va madaniy faoliyati parametrlari nuqtai nazaridan quyidagicha yondoshishlarni ajratish mumkin:
1 - yondashish - funksional bo'lib, unga ko'ra madaniyat jamiyat faoliyatini usuli, inson faoliyatini ro'yobga chiqarish vositasi, insonlar va tabiat orasidagi o'zaro munosabati, insoniyatning talablarini, qiziqishlarini, fikrlarini, dasturlarini amalga chiqaruvchi sifati da ko'rib chiqiladi.
2 - yondashish - sifatli bo'lib, madaniyat jamiyatning sifatli xolatini tavsiflaydi, ya'ni insonlarning tabiat va ijtimoiy munosabatlar ustidan xukmronlik darajasi, tabiatni odamiylashuvini o'lchovi sifatida ko'rib chiqiladi. Bundan odatiy so'z birikmalari bo'lgan ishlab chiqarish madaniyati, maishiy, muloqot, his-tuyg'u madaniyati vab. mavjud.
3 - yondashish- qadriyatli bo'lib, madaniyat moddiy va ma'naviy qadriyatlarning jamlanmasi sifatida ishtirok etadi.
Bunday yondashish nima madaniyatga tegishli va nima aksi madaniyatga (johillik, vahshiylik, yovvoyilik, o'ziniqo'lda tutaolmaslik, fashizm, millatchilik, qonto'kishga olib keluvchi shovinizm) taalluqligini egallashdan iborat.
4 - yondashish kreativ bo'lib, madaniyat asarlari insonlarning ijodiy faoliyatini, u tomonidan yaratilgan texnika, muloqot vositasi, ilm, sanat natijasi sifatida ishtirok etadi. Bu yerda faqat inson faoliyatini natijasigina emas, balki insonning o'zini qobiliyatlari, ulardan maxsulotlarni yaratishda foydalanish usullari ham kiradi.
Bunday xolda madaniyatga professional ilmiy, badiiy, texnikaviy ijodiyotdan tashqari, xalq ommasining ijodi, havaskorlik ijodi kiradi.
5 - yondashish- meyoriy bo'lib, bunga asosan madaniyat insonlarning ahloqiy meyorlari, o'zini tutish qoidalarini urf-odatlarga va an'analarga bog'liq xolda qaraladi, axborotlarni ramz va belgilar tizimi yordamida yig'ish va uzatish usuli kiradi.
Bunga faqat zamonaviy, madaniylashgan jamiyat ning oldinga harakatlanishga yordam beruvchi o'zini tutish qoidalarini urf-odatlar va an'analar kiradi.
6 - yondashish ma'naviy-shaxsiy bo'lib, insonlarning qobiliyatini rivojlantirishni, ularning ma'lum darajadagi yuqori madaniylik sifatidagi o'qimishliligini, tarbiyaviyligini, ma'naviyligi, madaniyatligi o'z ichiga oladi. Bir qancha tushunchalarni o'ziga qamrab olgan bitta universal qoida ma'lum shikastlanish (keng ko'lamda umumlashganligi, ba'zi bir tomonlarini yoritilmaganligi, amaliy maqsadlarda qo'llashning yetarlicha bo'lmaganligi)
xususiyatiga ega bo'lganligidan, yuqorida keltirilgan yondashishlarning yagona ma'noga birlashgan eng qulay va muhim elementlarini ajratish maqsadga muvofiqdir, bular:
- dunyoqarashli asosga, qadriyatlar tizimi ikkinchi, uchinchi, oltinchi yondashishga
xosdir;
- an'analar, jamiyat a'zolarining turg'un o'zini tutish qoidalari, ijtimoiy meros-beshinchi va qisman birinchi yondashishlarga;
- inson faoliyatining ma'naviy, intellektual va moddiy natijalari, artefaktlar (vosita va usullar, obektlar) - uchinchi, to'rtinchi va qisman beshinchi yondashishilarda aks etgan.
Dinamika nuqtai-nazaridan madaniyatga xolat (daraja) sifatida ham, jarayon sifatida ham qarash mumkin.
Xolat sifatida—madaniyat kategoriyasi o'tmishga qaratilgan ko'rinishda (ma'lum etapdagi yutuqlarning jamlanmasi, ijtimoiy meros), hamda borliqni baholashda (rivojlanish darajasi, o'rnatilgan axloq modeli) qaraladi.Madaniyatni jarayon sifatida tavsiflashda tubdan o'zgartirish kuchi, ularga ta'sir etish mumkinligi, faoliyat vektorini tartibga solish haqida gapiriladi. Ushbu jarayon oqimi o'zining tarixiga (muayyan vaqt ichida avvalgi avlodlarning tajribasi) va ularni tatbiq etilishi (ishlab chiqilgan, individual va ijtimoiy ahloqning turg'un modellari)ga bog'liq.
Albatta, kechayotgan jarayonni dinamik, uzluksiz tashxiz o'tkazish ma'lum vaqt ichidagi, uning kesmasi hisoblangan aloxida xolatdan, ancha murakkabdir. Shuning uchun tizimiy texnikada, operatsiyalarni tekshirish jarayonida ushbu tashxizlarni soddalashtirish uchun turli vaqtlar, shu jumladan, tasodifiy lahzada jarayonni bir xolatdan boshqasiga o'tish, shakllanish jarayoni esa - parametrlar yig'indisi shaklida tavsiflanadigan keyingi xolatiga yetishishi sifatida qarash qabul qilingan.
Ko'rilayotgan tushunchaning keyingi komponentasi bo'lgan xavfsizlik-falsafiy nuqtai -nazardan xavfsizlik kategoriyasini izohlash ma'lum qiziqish uyg'otadi.Ba'zi mualliflarning fikricha, nodir hodisa bo'lmish xavf asosida inkor qiluvchini inkor qilish yo'li bilan o'zining mavjudligini mustahkamlaydi. Tabiatning yuksak maqsadi o'z-o'zining hayotini saqlash ekanligini e'tiborga olsak, xavfsizlikni borliqning zararlanmagan tabiiy muqarrarligi kabi aniqlash mumkin. Bu ta'rifda xavflar nomenklaturasi sifatida ularning analoglari - tavakkallar, ta'sir etishning mumkin bo'lish masshtabi sifatida - tavakkalning yo'l qo'yilgan qiymatlari ilgari suriladi. So'z birikmasi bo'lgan barcha tavakkallarni-individual (alohida inson uchun), ijtimoiy (insonlarning yig'indisi uchun) va global (shu jumladan alohida olingan davlat uchun) tavakkal deb qarash mumkin. Madaniyat va xavfsizlik tushunchasini ilk bor atom energiyasi bo'yicha Halqaro agentligi tomonidan 1986 yili Chernobil atom elektrostansiyasidagi yuz bergan avariyani sabab va oqibatlarini tashxizi paytida birlashtirish amalga oldi.
Yuz bergan avariyaning sabablaridan biri hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini yo'qligi deb e'tirof etildi.
Shu davrdan boshlab xavfsizlik madaniyati fundamental boshqaruvning asosi hisoblanadi va O'zbekistonning zararli korxonalarini meyoriy tartibga solish mumkin bo'ldi. Insonlarning qadriyatlarini o'rnatishidan, o'zlarini tutishidan, shaxsiy va professional fazilatlari va qobiliyatlaridan hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlashning chora -tadbirlarini ma'lum darajada samarasi aniqlanadi, individual, ijtimoiy va global tavakkalni kamayishi ta'minlanadi. Shu paytdayoq xavfsizlik madaniyatining tushunchasini kengayishikuzatiladi.
Umuman olganda hayot faoliyati xavfsizligini madaniyati ta'rifini o'rnatishdagi shart -sharoitlar quyidagichadir:
1. Madaniyat alohida individuumlar singari, jamoalar tomonidan yaralitishi va idrok etishi sababli, ushbu tushunchani nafaqat individual, balki kollektiv, jamoat darajasida ko'rilishi zarurdir.
2. Haqli ravishda xavfsiz hayot faoliyatini madaniyati emas, balki hayot faoliyati
xavfsizligi madaniyati iborasidan foydalanish to'g'ridir.
Bu shu bilan bog'liqki, bunday madaniyatning tizimiy tashkil etuvchi alomati hayot faoliyati emas, balki bu hodisaning ko'pspektrli xavfsizlikning barcha ko'rinishlarida namoyon bo'ladi. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati iborasi ko'p darajada amaliy tusga ega bo'ladi va faqat xavfsiz sharoitlar yaratish nuqtai nazaridan hayot faoliyati jarayonida maksimal foydali bo'lishligi uchun izohlanadi.
3. Ushbu tushunchaning boshqarma, tarmoqqa tegishli torliligini yengish, unga ijtimoiy tus berish, alohida odam, kollektiv, insonlarning uyushmasi bo'lishi mumkin barcha vaziyatlarni ko'rib chiqish uchun bu tushunchaning komponentasi sifatida faqatgina xavfsizlikni emas, balki hayot faoliyati xavfsizligini, ya'ni xavfsiz hayot kechirish va faoliyat qilishni ko'rib chiqish zarur.
4. An'anaviy madaniyat xolisona, lekin tarqoq xolda boshqa odamlarning muomalasiga javoban alohida individlarning harakatlari ostida vujudga keladi. Yig'ma ommaviy harakatlarning o'ziyoq an'analarni, ahloqiy meyorlarni, afsonalarni (masalan, qadimiy yunon, hind va boshqa madaniyatlar), sanatdagi oqimlar va yo'nalishlarni shakllantiradi.
Shunday qilib, madaniyat tushunchasining ko'plab aniqliklarini va xavfsizlik, hayot faoliyati birikmalarini umumlashtirib quyidagicha ta'rif berish mumkin: "Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati" - insonni ijtimoiy uyushmasining xolati bo'lib, hayot faoliyati jarayonida ma'lum darajada uning xavfsizligini ta'minlovchisidir.
Madaniyatni shakllantirish deganda shunday jarayon tushuniladiki, uning tashkil etuvchilari bo'lib, maqsad va vazifalarni o'rnatish va to'g'rilash, "Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati" ning asosiy usul va yo'nalishlarini shakllantirish, "Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati"ning meyoriy huquqiy va o'quv-uslubiy asoslarini ishlab chiqish, madaniy-informatsion ta'sirning samarali uslublarini uchratish va takomillashtirish va b. tushuniladi.
"Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati" ning uslubiy asoslarini ishlab chiqish uchun hayot faoliyati havfsizligi madaniyatini shakllantirish va ularni tashuvchilari bo'lishi kerak bo'lgan obektlarni tanlab, ular "Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati" ning tashuvchilari bo'lishi kerak, hamda xoxlagan sifat va xossalarga erishish maqsadida ushbu obektlarga ta'sir etish usullari aniqlanadi.
"Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati" ning boshlang'ich darajasini shakllantirish obekti sifatida sotsiumdagishaxsga rivojlanish jarayonida va hayot faoliyatini borishida yuzaga chiqadigan sifatlarni yig'indisi shaklida qarash maqsadga muvofiqligi muqarrardir. Shuni ta'kidlash lozimki, bu sifatlarning asosiy bo'g'ini hisoblangan oila jamiyat ning faqat hayot faoliyati jarayonidagina yuzaga chiqadi. Shuning uchun individual daraja to'g'risida gapirilganda nafaqat yakka odam, balki uning oilaviy ahvoli, atrofdagilari, oilaviy sharoiti nazarda tutiladi.
Inson asosiy vaqtini xuddi shu sharoitda o'tkazadi. Har kuni yashash tarzida va havflar ta'sir qilganda insonlarning sifatini namoyon bo'lishi xavflarni va favqulodda vaziyatlarni rivojlanishiga yo'l qo'ymaslik, ularning oqibatlarini minimallashtirish nuqtai nazaridan hal qiluvchi faktorlar hisoblanadi. Bundan tashqari, so'zsiz fakt bo'lib, insonlar kollektivi, ijtimoiy guruh va butun jamiyat ning xavfsiz hatti-harakatlarini asosiy alomati uning tarkibi bo'lgan odamlarning xususiyatlari va sifatiga kerakli darajada bog'liqdir. Inson o'zini sifatlari va xususiyatlari, professional potensiali, ma'lum kollektiv bilan munosabatlari yanada to'laqonli amalga oshiradigan joyi bo'lib ishlab chiqarish muhiti hisoblanadi.
Statistika ko'rsatadiki, aynan ishlab chiqarish muhiti katta miqdordagi masshtabli tazyiq va xavflar manbai hisoblanadi. Shunda ilgari haqli deb topilgan vahozirda dolzarbligi ta'kidlaganishchilarning tashqi moslashuvi va ichki integratsiyasining muammolarini yechishning yo'llari va qoidalari ishlab chiqildi, ular korporativ madaniyatni tashkil etdi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi va boshqaruv tizimi bilan birgalikda korporativ madaniyat
korxona, tashkilot, muassasalarning samarali faoliyat ko'rsatishiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy faktor hisoblanadi. Shuning uchun xavfsizlik korxona, tashkilot, muassasalarning samarali faoliyat ko'rsatishida zaruriy tarkibidan biri bo'lganligi uchun, turgan gapki korporativ madaniyat tizimining muhim elementlaridan biri "Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati" bo'lishi kerak.
Bundan tashqari, faqatgina mehnat kollektivida, ishlab chiqarishda, odamlarprofessional faoliyat ko'rsatish joylarida sezilarli vaqtini o'tkazadi.
Shuning uchun "Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati"ning yuqori darajada shakllanishini obekti sifatida mehnat kollektivlarini (korporatsiyalarni) ko'rish zarurdir. Va nihoyat, ijtimoiy va davlat qadriyatlari, birlamchilik huquqi (ya'ni jamiyat ning ko'pchilik a'zosini fikricha ko'proq ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan shaxsiy va jamoa farovonligi nuqtai nazaridan, stabil kun kechirish, ijtimoiy munosabatlarni uzoq muddatli rivojlanishi va mukammallashishi, davlatning ichki va tashqi siyosati kabilar) shubhasiz hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlashning asosiy tizimli tashkil etuvchisi hisoblanadi. Shunday qilib, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllanishining asosiy darajasi bo'lib, individual, korporativ va jamoaviy davlat tuzumi hisoblanadi.
Takomillashtirish chegarasi bo'lmaganligi sababli buni amalga oshirib bo'lmaydi. Agar bu xolatga taxminan erishish imkoni bo'lsa ham, ko'zda tutilmagan yangi xavf-xatarlar va tazyiqlar yuzaga kelib, xavfsizligi kam bo'lgan yangi xolat yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllanishining asosiy maqsadi insonlar, mehnat kollektivlari, butun jamiyat ning shunday xolatiga erishishi kuzatiladiki, unda hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash asosiy ichki ehtiyoji bo'ladi va ushbu ehtiyojlarni qoniqtirish uchun zaruriy shart-sharoitlar mavjud bo'ladi.
Xulosa
Hozirgi paytda bunday boshlang'ich asos yaratilgan. U Respublika miqyosidagi qonunlar, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti va Vazirlar Mahkamasini me'yoriy huquqiy aktlari, FVV va boshqa muassasalarning hayot faoliyati xavfsizligi soxasidagi meyoriy huquqiy aktlari, FM borasidagi ma'lumotlar, meyoriy- uslubiy materiallar, ularni oldini olish va bartaraf etish, yong'in xavfsizligi va suv havzalarida insonlar havfsizligini ta'minlash, tavakkalni kamaytirishga qaratilgan ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. HFXM ni shakllantirishning o'quv -uslubiy asosi o'z ichiga davlat o'quv standartlari, asosiy fanlar, hayot faoliyati xavfsizligi asoslari, hayot faoliyati xavfsizligi fanlari, hamda hayot faoliyati xavfsizligi sohasida bilim olayotgan turli aholi guruhlari uchun taxminiy o'quv rejalarini oladi.
Bu hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga qo'yiladigan maqsad va vazifalarini bajarish uchun boshlang'ich asos bo'ladi. Hozirgi vaqtda shunday tushuncha paydo bo'ldiki, ushbu kategoriya nafaqat potensial xavfli obektda tayyorlangan ishlovchilarga, balki har bir olamga, butun jamiyatga taalluqlidir.
ADABIYOTLAR
1. Natijalari bo'yicha tahliliy materiallar 8 va 9-sinflarda "Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari" mavzusida ta'lim sifatini milliy o'rganish. - 3 soat ichida-2-qism. Elektronmanba:http://www.sochi.edu.ru/im/Analiticheskiematerialyi_NIKO-OBZH-CHast2.pdf(davolanish sanasi 14.07.2018).
2. Andreeva I.G. Federal davlat ta'lim standarti sog'liqni saqlash madaniyatini shakllantirishning nazariy asosi sifatida Bolalar vao'smirlar turizm va mahalliy tarix akademiyasining Axborotnomasi, no. 2, 2017, 84-94 betlar.
3. Antonyuk V.S., Bogatenkov S.A., Bogatenkova N.M. va Chelyabinsk viloyati ta'lim xavfsizligining boshqa xavfsizligi: jamoaviy. monografiya.-M., 2011.330 b.
4. Blinov Yu.B. Hayot xavfsizligini o'qitishda fanlararo aloqalar // Innovatsion fan, yo'q.
11-3, 2016, S. 161-165.
5. Bosak V.N. Inson hayoti xavfsizligi: o'qitish xususiyatlari va uslubiy ta'minoti // Oliy texnik ta'lim. T. 1, yo'q. 1..2017 yil 40-45.
6. Bochkareva Yu.V. Aholining xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga yondashuvlarni takomillashtirish zarurligi to'g'risida // Saratov davlat ijtimoiy-iqtisodiy universiteti Axborotnomasi, №. 3 (72), 2018, 45-48 betlar.
7. Baxtiyorova A.I. O'rta maktab o'quvchilari o'rtasida axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish muammosi bayonoti // Zamonaviy yoshlarning ilmiy yutuqlari va kashfiyotlari (Penza, 2017 yil 17 fevral). - Penza, 2017 yil.
O'QITISH JARAYONLARIDA TALABALARNING IJODIY FAOLIYATINI TASHKIL
ETISH
Tursunov Shavkat Sharibjonovich NamMQI kat.o'q. +998945089650
Annotatsiya: Maqolada ta'lim jarayonlarida talabalarning ijodiy faoliyatini tashkil etishda zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan unumli foydalanish va bu jarayonda e'tibor qaratish kerak bo'lgan jihatlar oritib berilgan.
Аннотация: В статье рассматриваются вопросы эффективного использования современных образовательных технологий в организации творческой деятельности студентов в образовательных процессах и аспекты, на которые следует обращать внимание в этом процессе.
Abstract: The article deals with the issues of effective use of modern educational technologies in the organization of students' creative activity in educational processes and aspects that should be paid attention to in this process.
Kalit so'zlar: ijodiy potentsial, intellektuallik, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik, ijodiy faollik, "master klass","ijodiy ustaxona","dumaoloq stol".
Ключевые слова: творческий потенциал, интеллектуальность, самостоятельное мышление, организованность, творческая деятельность, «мастер-класс», «творческая мастерская», «круглый стол».
Key words: creativity, intellectuality, independent thinking, organization, creative activity, "master class", "creative workshop", "round table".
Zamonaviy sharoitlarda mehnat bozori talablariga mos ravishda o'quvchilarni kasbiy tayyorlash sifatini oshirish vazifasi qo'yilyapti. Shu munosabat bilan pedagoglar kasbiy -pedagogik faoliyatining yangi mazmunini ishlab chiqarish ularning yangi ta'lim holatlari talab qilayotgan innovatsiyalarni o'zlashtirish va qo'llashga tayyorligini qo'llab-quvvatlash ko'zda tutilgan. Mutaxassislarni tayyorlashdagi maqsad va vazifalar o'zgaryapti, malakalarni shakllantirish uchun bilimlarni o'zlashtirishga urg'u berilyapti, shaxsiy yo'naltirilgan holda o'qitishga qayta moslashish sodir bo'lyapti.
Kasbiy ta'limni isloh qilish va ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish talabaning ijodiy, intellektual, ma'naviy rivojlanishining muhim shartidir. Aynan rivojlanish pedagogik jarayonning asosiy tushunchasidir. Shu munosabat bilan kasbiy ta'lim nafaqat bilim berish, ko'nikma hosil qilishi kerak, balki o'z - o'zini aniqlash imkoniyatlarini rivojlantirish, bo'lajak mutaxassislarni mustaqil harakatlarga tayyorlash, mas'uliyatni his qilishni o'rgatishdir.
Shaxs ta'limi va tarbiyasining asosiy vazifalariga o'rganuvchilarning shaxsiy potensiallarini rivojlantirish , tub madaniyatni tarbiyalash vazifalari kiradi.
Ijodiy potensial shaxsiy potensialning tarkibiy qismidir. Uni rivojlantirishda o'quv