Научная статья на тему 'HARBIY-KASBIY FAOLIYATNING O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

HARBIY-KASBIY FAOLIYATNING O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
faoliyat / jangovar faoliyat / moslashuv / harbiy boshqaruv / asab-psixik barqarorlik / habiy faoliyat / kasbiy tayyorgarligi harbiy-kasbiy faoliyati / bilim / ko‘nikma / malaka.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Axmedov Baxtiyor

Ushbu maqoladi harbiy-kasbiy faoliyatni jarayonida har bir komandir va bo‘ysinuvchining psixologik xususiyatlari, ularni har qanday stress va ekstremal holatlarda o‘zlarini tutishi va asab-psixik barqarorlikni ushlab turish yo‘llari ko‘zda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HARBIY-KASBIY FAOLIYATNING O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

HARBIY-KASBIY FAOLIYATNING O'ZIGA XOS PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF MILITARY-PROFESSIONAL

ACTIVITY

Axmedov Baxtiyor Shodiyorovich

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxasislarni tayyorlash markazi Gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli o'qituvchisi, Samarqand viloyati Samarqand

shahri, zaxiradagi podpolkovnik [email protected].

Annotatsiya: Ushbu maqoladi harbiy-kasbiy faoliyatni jarayonida har bir komandir va bo'ysinuvchining psixologik xususiyatlari, ularni har qanday stress va ekstremal holatlarda o'zlarini tutishi va asab-psixik barqarorlikni ushlab turish yo'llari ko'zda tutilgan.

Kalit so'zlar: faoliyat, jangovar faoliyat, moslashuv, harbiy boshqaruv, asab-psixik barqarorlik, habiy faoliyat, kasbiy tayyorgarligi harbiy-kasbiy faoliyati, bilim, ko'nikma, malaka.

Abstract: In this article, the psychological characteristics of each commander and subordinate during the military-professional activity, their behavior in any stressful and extreme situations, and ways to maintain mental stability are provided.

Key words: activity, combat activity, adaptation, military management, neuro-psychological stability, military activity, professional training, military-professional activity, knowledge, skills, qualifications.

Harbiy xizmat inson faoliyatining nafaqat yuqori ijtimoiy ahamiyatga egaligi bilan, balki kundalik odatdagi sharoitlar chegarasidan chiqadigan turidir. Vatan himoyasi har qanday davrda ham har bir fuqaro uchun sharafli hisoblangan. Armiya doimo jamiyatning bir bo'lagi hisoblangan, chunki unda jamiyatda bo'lib o'tdigan barcha ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar, shuningdek xalqaro vaziyatlarning barcha qonuniyatlari aks etgan. XX asr oxiri, XXI boshlari xalqaro terrorizm paydo bo'lishi muammosi bilan bog'liq bir qator harbiy zo'riqishlar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. SHuning uchun mamlakatni qurolli himoya qilish zaruriyati mavjud, shuningdek harbiy-kasbiy faoliyat ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu faoliyatning qanday xusiyatlari mavjud?

Harbiy-kasbiy faoliyat - bu vatanni himoya qilish faoliyati. Unda bir qator jihatlarni (komponentlarni) ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchi navbatda quyidagi asosiy turi bu jangovar vaziyatlardagi faoliyatidir (jangovar faoliyat).

Jangovar faoliyat - bu harbiy xizmatchilarning qurolli kurashda maqsadga erishishlari bo'yicha faolliklari. Harbiy faoliyat o'zining maqsadlari va vazifalari, sharoitlari, vositalari, qiyinchiliklari, psixologik mazmuni bilan o'ziga xosligini ta'kidlab o'tish lozim. U o'zining ularning mavjudligi bir qator omillarga ta'sir ko'rsatadigan psixologik qonuniyatlari, aniq ichki strukturasi, maqsadlari, motivlari, uslublariga ega: harbiy-siyosiy, harbiy-texnik, ideologik va psixologik, qurol turi, jamoaga rahbarlik qilish, unda o'tkaziladigan tarbiyaviy ishlar, shaxsiy tarkibning jangovar va psixologik tayyorgarligi.

Jangovar faoliyatning psixologik mazmuni va strukturasiga inson hayoti uchun xavfli bo'lgan, qadriyatlar barbod qilingan, katta yaksonliklar, odamlar va texnikani yo'qotish, turli narsalardan mahrum bo'lish yoki nooqulayliklar xavfi bilan bog'liq jangovar vaziyatda murakkab vazifalar bajarilishi o'z ta'sirini o'tkazadi. Jangovar vaziyat majburiyatlar aniq bajarilishiga yuqori axloqiy va yuridik javobgarlik bilan olib boriladi, harbiy xizmatchilarning barcha psixologik va jismoniy kuchlari zo'riqishini talab qiladi.

Bir vaqtning o'zida quyidagi masala bo'yicha o'ylab ko'rish kerak bo'ladi: agar ehtiyoj o'z-o'zini saqlab qolishda bo'lsa, bilogik jihatdan maqsadga muvofiq, juda kuchli va aqlli bo'lsa, unda insoniyat tarixida nima uchun o'zini qurbon qilganlar haqida minglab misollar mavjud, odamlarni boshqalarni saqlab qolish hisobiga o'zini qurbon qilishga nima majbur qiladi? Gap shundaki, odam ijtimoiy mavjudot bo'la turib, nafaqat biologik, balki ehtiyojlar irearxiyasi tuzilishida bo'lgan ijtimoiy, eng yuqori pog'onani egallagan ehtiyojlarga ham ega. SHuningdek odamlarning jangovar faoliyati nafaqat biologik, balki ijtimoiy ehtiyojlar bilan hm shartlangan.

Harbiy xizmatchilar jangovar faoliyatining muhim ijtimoiy motivi o'z Vatani, oilasi, yaqinlarini himoya qilishdir. Aynan shu motiv bir qancha odamlarni o'zlarini qurbon qilishlariga undagan. Bu motiv xarakteri bo'yicha ijtimoiy: u odamda tug'ilgan paytda paydo bo'lmaydi, uning tarbiyalanish va ijtimoiy rivojlanishida shakllanadi, turli xulq-atvorida namoyon bo'ladi, dunyoqarashi va e'tiqodlarida aks etadi. SHuning uchun har bir ofitserning majburiyati o'z bo'ysunuvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda vatan himoyasi uchun doimo tayyor turishga tayyorlashdir. Ma'lumki, har qanday faoliyatning aniq maqsadi bor. Harbiy xizmatchilar jangovar faoliyat vositasida yaqin va uzoq maqsadlarga erishadilar. Jangovar faoliyatning yaqin maqsadi bo'linma, raschet, ekipaj, vzvod oldiga qo'yilgan vazifalar bilan bog'liq o'z majburiyatlarini aniq bajarishdan iborat. Jangovar faoliyatning uzoq maqsadi esa - dushmanni yakson qilish, ular ustidn g'alabaga qozonish. Maqsadga erishish urush xarakterini aks ettirgan o'ziga xos (spetsifik) sharoitlarda - vaziyatning xavfli, kutilmagan va kuchli ta'sirlari ustida amalga oshiriladi. SHuning uchun harbiy faoliyat - jangovar vaziyatlarda harbiy xizmatchilar o'rtasidagi bir maqsadga yo'naltirilgan o'zaro hamkorlik. Jangovar

vaziyatda maqsadga erishgan holda, harbiy xizmatchi jangovar vaziyat bilan hisoblashishi kerak, uni bo'lishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarini hisobga olishi, salbiy ta'sirlarni yengib o'tishi, qurol, bilim, ko'nikma. malaka, jangovar sifatlardan maksimal va ijodiy darajada foydalana olishi kerak. O'z majburiyatlarini bajargan holda, harbiy xizmatchi, bo'lishi mumkin bo'lgan yurish va o'z harakatlari natijasini xayolan oldindan ko'ra bilishi kerak, ularni o'ylab ko'rilganlari bilan solishtirishi kerak, vaziyatni kuzatib borishi kerak, o'z xulq-atvorini nazorat qilishi kerak.

Zamonaviy jang va yangi qurol-aslaha xarakteri jangovar faoliyatni murakkablashtirdi, qism va bo'linmalar shaxsiy tarkibi oldiga muvaffaqiyatga erishish uchun axloqiy va psixologik jihatdan tayyor bo'lishdek yuqori talab qo'yadi. SHuning uchun harbiy xizmatchilar jangovar faoliyatining samaradorligi va ishonchliligining psixologik shartlari namoyon bo'lishi juda muhimdir. Harbiy nazariya va amaliyot uchun, urush va jangni odam psixikasiga ta'sirini bilish, ularni xulq-atvorini jangovar faoliyat sharoitida boshqarish, o'ziga ishonchsiz, qo'rquvni oldini olish va yengib o'tish mohirona va fidokorona harakatlarga o'rgatishni bilish o'ta muhim. Jangovar faoliyatni o'rganish harbiy xizmatchilarning jangovar harakatlarga psixologik barqarorligi va tayyorligi mohiyati va shartlari, zamonaviy jangovar harakatlar psixologik modelini tuzish yo'llarini tuzishni tushunishga yordam beradi.

Moslashuv - organizm ilmiy tadqiqotidagi tushunchalardan biridir, aynan evolyutsiya jarayonida tarbiyalangan moslashuv doimiy o'zgarib turadigan muhitda organizm ishlashi mavjudligini ta'minlaydi. Moslashuv jarayonii tufayli organizm muvofiq ishlashiga erishiladi va "odam-muhit" tizimini balansga keltirdi. Frantsuz fiziologi Klod Bernarning ishlaridan boshlaydigan bo'lsak, uning ishida organizmning ichki sohasining doimiyligi kontseptsiyasi olg'a surilgan, moslashuv dinamik paydo bo'lishi yig'indisi sifatida va bir xil bo'lmagan tizim nisbati sifatida ko'rib chiqiladi. Moslashuv fenomenini ko'rib chiqishda ikkita yondashuv mavjud. Bir tomondan, moslashuv har qanday jonli o'z-o'zini boshqarish tizimining tashqi muhit sharoitiga barqarorligini bevosita ifodalaydigan xususiyatidir (aniq bir moslashuv qobiliyatinng rivojlanish darajasi nazrda tutiladi). Moslashuvga boshqacha yondashganda dinamik tuzilishi, tashqi muhit sharoitlariga moslashishning bevosita jarayoni sifatida ko'rib chiqiladi.

Moslashuv tushunchasi organizmda bo'lib o'tadigan jarayonlarning barchasini, shuningdek uni rivojlanish darajasi va struktrasini yaxlitligi, ishlashi darajasini anglatadigan funktsional holat tushunchasi bilan uzviy bog'liq. Funktsional holat darajasi qancha yuqori bo'lsa, odamning ishlash qobiliyati shunchalik yuqori bo'ladi. Bunday holat harbiy-kasbiy faoliyat uchun juda muhim, chunki ishlash qobiliyati dushmandan ustun bo'lgan harbiy xizmatchigina jang maydonida ustunlik qila oladi. Organizm tizimi ishlash darajasi moslashuv samarasi blan belgilanadi. Lekin

organizm ishlashi samarasi nimaga bog'liq? Jonli organizm ko'p darajali o'z-o'zini boshqarish tizimini ifodalaydi. Bu tizimlar mexanizmini boshqaruvchisi markaziy va vegetativ asab tizimidir, organizmning boshqa tizimlari esa boshqariluvchi tizimga taalluqli. Aynan markaziy asab tizimi holati organizmning umumiy funktsional holatini belgilaydi.

Eksperimental psixologik tadqiqotlar harbiy-kasbiy faoliyat sharoitlariga samarali moslashuv uchun birinchi navbatdagi ahamiyatga ega bo'lgan shaxs sifatlarini namoyon qilish imkonini berdi. Moslashuv potentsiali rivojlanishining darajasi qana yuqori bo'lsa, harbiy xizmatchi murakkab sharoitlarda o'z kasbiy majbriyatlarini shunchalik muvaffaqiyatli bajaradilar.

Shaxs moslashuvi potentsiali kontseptsiyasining nazariy asosi inson organizmi va psixikasi ishlashi barcha darajalariga tegishli jismoniy va ijtimoiy muhit sharoitlariga faol doimiy moslashuv jarayonidek moslashuv haqidagi tasavvurdir. Moslashuv samaradorligi asab tizimi xususiyatlari genetik shartlanganligi, tarbiya sharoitlaridan tortib, odam o'ziga va ijtimoiy aloqalarni qanchalik adekvat qabul qilishiga bog'liq, mavjud imkoniyatlar bilan o'zining ehtiyojlarini o'lchab ko'radi va o'z xulq atvori motivlarini anglaydi. O'zi haqidagi xato yoki yetarli rivojlanmagan tasavvur moslashuvning buzilishiga olib keladi, bu esa yuqori ziddiyat, o'zining jtimoiy rolini tushunmaslik, ish qobiliyatining tushib ketishi, sog'ligi holatining yomonlashuvi bilan kuzatiladi. Moslashuvning buzilishining ko'pligi kasallik, kasbiy faoliyatning sifati tushib ketishi, ijtimoiylikka zid xulq-atvorlar bo'lishiga olib keladi. Moslashuv jarayoni favqulodda rivojlanuvchi. Uning muvaffaqiyati ko'pincha bir qator ob'ektiv va sub'ektiv sharoitlar, funktsional holat, ijtimoiy tajriba, hayotiy ustanovkalar va ko'p narsalarga bog'liq. Biroq nisbatan barqarorligi va ko'pincha faoliyatning eng xilma-xil sharoitlariga moslashuv muvaffaqiyatini belgilashi bilan ajralib turadigan bir qator shaxs xususiyatlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Bunday xarakteristikalar qatoriga shaxsning asab-psixik barqarorligi, o'z-o'zini baholashi, atrofdagilar uchun o'zining ahamiyatliligi, zidditga borish darajasi, odamlar blan aloqaga kirishish tajribasi mavjudligi. Jamiyatning axloqiy me'yorlariga bo'lgan xabardorligi, harbiy jamoa guruhiy me'yorlarini qabul qilishi kiradi. Asab-psixik barqarorlik ahamiyatli faoliyat sharoitlarini kardinal almashinuvi davrlari uchun xarakterli va bevosita moslashuv jarayoni bilan bog'liq psixik va jismoniy zo'riqishlar bo'lganda asab tizimi buzilishiga moyillikni baholaydi.

Asab-psixik barqarorlik - o'ta keng tushuncha. U latent (aniq ifodalanmagan, yashirin), psixik faoliyatning yengil o'zgarishi(patologiyasi), simptomatik (simptomlar o'zgarishi) bo'yicha bir xil bo'lmaga kabi dinamikasi(rivojlanishi) bo'yicha ham bir xil bo'lmagan, o'zgarishdan avvalgi holatni mavjudligini aks ettiradi. Asab-psixik barqaror bo'lmagan shaxslar sh qobiliyati past, ijtimoiy xulq-atvor me'yorlarini buzilishi va asab-psixik buzilishlarga moyil bo'ladi. Ular uchun

emotsionallik, emotiv va kognitiv(aql-idrok) beqarorlik, impulbsivlik, yuqori bezovtalik xarakterli. Odatda, bu guruhga kiruvchi harbiy xizmatchilarga shaxs aktsentuatsiyasi belgilari, psixopatiya va turli asab-psixik buzilishlar chegaralanganligi xarakterlidir.

Moslashuv mvaffaqitini ta'minlashda shaxsning o'z-o'zini baholashi muhim rolb o'ynaydi. Ma'lumki, o'z-o'zini baholash odamning o'z-o'zini boshqarish tizimini yadrosi hisoblanadi va ko'pincha asosiy psixik jarayonlarning sifatli ishlashi unga bog'liq. O'z-o'zini past baholash salbiy psixik holat hisoblanadi. O'zini o'zi past baholovchi shaxslar bezovta, beqaror, behafsala, ko'p charchaydilr, ko'pincha hayotga blgan qiziqishi yo'q, kelajak hayotini ko'rmaydi va ko'pincha suitsidal harakatlar sodir qiladi. Aksincha, yuqori, adekvat(bir xil) o'z-o'zini baholash psixik sog'lomlikdan darak beradi.

Aniq bir harbiy xizmatchiniing muvaffaqiyatli moslashuvi uchun, uni atrofidagilarning munosabati ham ahamiyatlidir. Atrofdagilarning ijobiy munosabati molashuvga yordam beradi, salbiy munosabati esa, aksincha, moslashuv jarayonini qiyinlashtiradi. Sub'ektiv darajada bu uni atrofidagilar tomonidan (ijtimoiy qo'llab-quvvatlash) tan olinishi sifatida yoki o'zining boshqalar uchun ahmiyatliligini (referentliligini) his qilish sifatida namoyon bo'ladi. Atrofdagilar tomonidan o'zini ahamiyatliligini his qilishning qo'llab-quvvatlanishi faollikni oshiradi va ba'zi bir salbiy xarakteristikalarni yopib ketadi (masalan, emotsional-irodaviy o'zgaruvchanlik, o'z-o'zini baholashning oshishiga ta'sir qiladi va shunga o'xshash), bu esa yangi sharoitga muvaffaqitli moslashish imkoniyatini beradi, bunday ma'lumotning yo'qligi yoki o'zini kerak emasdek his qilish moslashuv jarayonini qiyinlashtiradi, salbiy xarakteristikalar, shuningdek, asab-psixik beqarorlik namoyon bo 'lishini kuchaytiradi.

Harbiy-kasbiy faoliyatga moslashuv jarayonini belgilovchi keyingi xarakteristika shaxsning muloqotmandlik (kommunikativ) sifatidir. Odam qanchalik odamlar ichida ko'p bo'lsa, uning faoliyatini muvaffaqiyati munosabatlar o'rnata olgan holda odamlarga tez qo'shiladi. Muloqotmandlik imkoniyatlari (yoki atrofdagilar bilan o'zaro bir-birini tushuna olish) har kimda har xil. Ular tajriba va muloqotdagi ehtiyojlar, shuningdek psixologik xususiyatlar bilan belgilanadi. Odamlarning o'zaro hamkorligida o'zaro aloqalar o'rnatish printsipi katta ahamiyatga ega. Bu printsip odamlarning boshqalarga bo'lgan munosabatini aks ettiradi: bittasi o'zini boshqalarga qarshi qo'yadi, boshqalari aksincha, nisbatan yaxshi munosabatda; ba'zilari tajovuzkor, boshqalari dilkash. Tajovuzkor, o'zining adovatliligi va egaistligi bilan ajralib turadigan odamlar, odatda yuqori ziddiyatliligi bilan xarakterlanadi, bu esa qandaydir darajada moslashuv jarayonini qiyinlashtiradi, mehnatsevar odam esa, odatda, bir-birini o'zaro tez tushunadi, yangi vaziyatga tez ko'nikadi va shu bilan birga tez moslashadi.

Shunday qilib, shaxsning moslashuv qobiliyatlari kasbiy faoliyat muvaffaqiyati uchun katta ahamiyatga ega. Aynan ular har xil odamlarning turli funktsional holatlarga ega bo'lishi omilini shart qilib qo'yadi. Funktsional holat tushunchasini batafsil ko'rib chiqamiz.

Hozirgi paytda yagona funktsional holat tasniflanishi mavjud emas. Turli avtorlar ularni tasniflash uchun asos bo'lishi mumkin bo'lgan funktsional holatlar baholanishining turli mezonlarini o'rtaga tashlaydilar. V. I. Medvedev va A. B. Leonovalar bunday mezonlr sifatida faoliyatning ishonarliligi va bahosi tushunchasidan foydalanishni taklif qiladilar. Birinchi tushuncha odamning topshirilgan darajada faoliyatni bajarishi qobiliyatini xarakterlaydi, ikkinchisi - ushbu faoliyatni bajarish uchun tlov sifatida kuchlarning sarflanishi darajasi. Ta'kidlash lozimki, bu kategoriyalar o'zaro bir-biri bilan bog'liq va odamning aniq bir faoliyatni ko'p yoki kam vaqt davomida unumli bajarishi ish qobiliyati tushunchasini shakllantiradi.

Funksional holatlarni tasniflashning, ulardan eng ko'p tarqalgani, bir necha tipli holatlarni ko'rib chiquvchi, turli mexanizm, organ va tizimlar faolligi darajasini shartlovchi boshqa mezonlari ham mavjud. Bu esa eng avvalo relaksatsiya -tinchlantirish, bo'shashtirish va qayta tiklash holatidir. Bu holat uchun yuqori dastrulash (o'z-o'zini tinchlantirishga moyillik) va barqarorlik xos. Bu holat uxlashga yotganda ma'qul va odamning jismoniy va psixik zaxiralarini tez tiklashni ta'minlaydi. Keyingi holat - optimal ish holati. Bu holatda odam samarali harakat qiladi, chunki bu holat faoliyatning samarsini ko'proq ta'minlaydi. Bu holatni ko'pincha qulay(komfort) holat deb atashadi. Aslida bu holat qarama-qarshi aytilgan. Bir tomondan u o'z-o'zini faollashtirishga imkon beradi, ikkinchi tomondan esa -kelgusi rivojlanishda ob'ektiv qonuniyatlarga asosan toliqish holatiga o'tadi.

Stress - yuqori fiziologik va psixik faollik bilan xarakterlanadigan yana bir fnktsional holat. Bu holat uchun ta charchash xarakterli. Ijobiy sharoitda u muvofiq holatga, salbiy sharoitda esa ish qobiliyatining pasayishi, organlar va asab tizimlarining ishlari samarasini tushiradigan, energetik zaxiralarning ishdan chiqishi xarakterli bo'lgan asab-emotsional holati aylanishi mumkin.

Yuqorida sanab o'tilgan barcha holatlar o'zining rivojlanish(dinamikasi) va aniq fazasiga ega. Stress deganda organizmning unga ko'rsatayotgan tashqi va ichki talablarini unga xos bo'lmagan javobi tushuniladi. Stress bosqichlari har qanday moslashuv jarayoni uchun xarakterli ekanligi kanada olimi Gans Selbening tadqiqotlarida ko'rsatilgan. Bu quyidagi bosqichlar: bezovtalik va safarbarlik bosqichi - qayta moslashshni talab qilvchi ta'sirga bevosita reaktsiya; rezistentsiya stadiyasi - maksimal samarali moslashv davri va moslashuv bosqichi buzilishi davri - noqulay chora bilan moslashuv jarayonning buzilishi.

Stress - ko'pincha moslashuv jarayonlarida bo'lib o'tadigan holat. Stressning jihatlari shunchalik ko'pki, o'z navbatida uning tipologiyasi va namoyon bo'lishi mavjud. Stressning ikkita asosiy turi ajratiladi: tizimli(fiziologik) va emotsional(psixik). Odam qanchalik ijtimoiy mavjudot bo'lmasin integral tizimda psixik soha asosiy rolni o'ynaydi, shuning uchun o'zini boshqaruv jarayonida emotsional stress ahamiyatlidir.

Psixik stressning asosiy xususiyatlari quyidagicha: birinchidan, stress - bu organizm holati. Uning vujudga kelishi organizm bilan muhit o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni kzda tutadi. Ikkinchidan, stress - odatdagi motivatsiyadan ko'ra zo'riqqan holat, agar me'yordagi moslashuv holati yetarli bo'lmasa, u tahdidlarni o'ziga qabul qilib oladi. Psixologlarning fikricha, stress paydo bo'lishiga sabab, tahdid yoki xavf. Bir vaqtning o'zida stressning paydo bo'lishi odamning individual xususiyatlariga bog'liq. bunda stress omillar, xilma-xil psixoijtimoiy va jismoniy holatlardir.

Ko'p holatlarda stressni nafaqat moslashv reaktsiyasi sifatida ko'rish kerak, balki harbiy xizmatchining shaxsi va organizmiga muvofiq reaktsiyasi deyish mumkin, chunki, stress psixik va jismoniy zaxiralarni safarbar qiladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, harbiy-kasbiy faoliyat sharoitlariga moslashuv jarayoni odamning harakatlanishining barcha jihatlariga bog'liq. Bunda, ta'kidlanganidek, moslashuv muvaffaqiyati ko'pincha harbiy xizmatchi shaxsi xususiyatlariga bog'liq. shuningdek, turli xil, ekstremal sharoitlarga o'z bo'ysunuvchilarida muvaffaqiyatli mosshashish uchun zarur bo'lgan shaxs sifatlarini shakllantirish har bir ofitserning majburiyatidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoev SH.M. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz".//T.: "O'zbekiston", 2017, 179-bet.

2. Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch".//T.: Ma'naviyat, 2008. - 137-bet.

3. Karimov I.A. Milliy armiyamiz - mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolati. - Toshkent: O'zbekiston, 2003. - B. 28.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-3898-sonli Qarori// Xalq so'zi, 2018 yil 6 avgust.

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 140-sonli Qarori.

6. Asmolov A.G. Psixologiya lichnosti. - M.: MGU, 1990.

7. G'oziev E.G'. Umumiy psixologiya.-T.: "Universitet", 2002.

8. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari. -Toshkent: O'zbekiston, 1996. - 495 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.