Научная статья на тему 'HADISLAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH'

HADISLAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hadis / sahih / hamd / sadaqa / sharif / gunoh / savob / shirk keltirmoq / imom / qalb / nafs / ibodat / shukr / sahoba / muhaddis / e’tiqod. / Hadith / sahih / hamd / sadaqah / sharif / sin / sawab / shirk / imam / soul / nafs / prayer / shukr / sahabah / muhaddith / aith.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Bolibekov Alisher Abdusalomovich, Kenjayeva Iroda Alisherovna

Maqolada “Qur’oni karim” dan keyingi ikkinchi muqaddas manba hisoblangan Hadisi sharifning ta’lim tizimida o‘rganilishi haqida fikr yuritilgan. Unda hadislarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining turli bosqichlaridagi adabiyot darslari, sinfdan tashqari o‘qish, mustaqil o‘qish va to‘garak mashg‘ulotlarida o‘rgatish samaradorligini oshirish orqali o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish yo‘llari tadqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMING MORAL CHARACTERS OF STUDENTS ON THE BASIS OF HADITHS

The article discusses the study of Hadith Sharif, which is considered the second holy source after the Holy Qur'an, in the educational system. It researched the ways of forming the spirituality of students by increasing the effectiveness of teaching hadiths in literature classes, extracurricular reading, independent reading and group activities at different levels of general secondary schools.

Текст научной работы на тему «HADISLAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH»

é

Ws,

ARTICLE INFO

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

FORMING MORAL CHARACTERS OF STUDENTS ON THE

BASIS OF HADITHS

Bolibekov Alisher Abdusalomovich

teacher of the Department of Pedagogy of Gulistan State Pedagogical Institute, associate professor, candidate of pedagogical sciences

Kenjayeva Iroda Alisherovna teacher of the 12th general secondary school of Sardoba district. https://doi.org/10.5281/zenodo.11275431

ABSTRACT

Received: 16th May 2024 Accepted: 23th May 2024 Online: 24th May 2024

KEYWORDS Hadith, sahih, hamd, sadaqah, sharif, sin, sawab, shirk, imam, soul, nafs, prayer, shukr, sahabah, muhaddith, aith.

The article discusses the study of Hadith Sharif, which is considered the second holy source after the Holy Qur'an, in the educational system. It researched the ways of forming the spirituality of students by increasing the effectiveness of teaching hadiths in literature classes, extracurricular reading, independent reading and group activities at different levels of general secondary schools.

ФОРМИРОВАНИЕ НРАВСТВЕННЫХ ХАРАКТЕРОВ СТУДЕНТОВ НА

ОСНОВЕ ХАДИСОВ

Болибеков Алишер Абдусаломович

Преподаватель кафедры педагогики Гулистанского государственного педагогического института, доцент, кандидат педагогических наук Кенжаева Ирода Алишеровна Учитель 12-й общей средней школы Сардобинского района https://doi.org/10.5281/zenodo.11275431

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 16th May 2024 Accepted: 23th May 2024 Online: 24th May 2024 KEYWORDS

Хадис, сахих, хамд, садака, шариф, грех, саваб, ширк, имам, душа, нафс, молитва, шукр, сахабы, мухаддис, вера.

В статье рассматривается изучение в системе образования хадиса шарифа, который считается вторым священным источником после Священного Корана. Исследованы пути формирования духовности учащихся путем повышения эффективности преподавания хадисов на уроках литературы, внеклассного чтения, самостоятельного чтения и групповой деятельности на разных уровнях общеобразовательных школ.

HADISLAR ASOSIDA OQUVCHILARNING AXLOQIY FAZILATLARINI

SHAKLLANTIRISH

Bolibekov Alisher Abdusalomovich

Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi, dotsent, pedagogika

fanlari nomzodi Kenjayeva Iroda Alisherovna

é

Ws,

Sardoba tumani 12-umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchisi) https://doi.org/10.5281/zenodo.11275431

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 16th May 2024 Accepted: 23th May 2024 Online: 24th May 2024

Maqolada "Qur'oni karim" dan keyingi ikkinchi muqaddas manba hisoblangan Hadisi sharifning ta'lim tizimida o'rganilishi haqida fikr yuritilgan. Unda hadislarni umumiy o'rta ta'lim maktablarining turli bosqichlaridagi adabiyot darslari, sinfdan tashqari o'qish, mustaqil o'qish va to'garak mashg'ulotlarida o'rgatish samaradorligini oshirish orqali o'quvchilar ma'naviyatini shakllantirish yo'llari tadqiq qilingan.

KEYWORDS

Hadis, sahih, hamd, sadaqa, sharif, gunoh, savob, shirk keltirmoq, imom, qalb, nafs, ibodat, shukr, sahoba, muhaddis, e'tiqod.

Kirish. Hadislarni o'quvchilarga o'qitish, o'rgatish bugungi kunning muammosigina emas, balki bir necha asrlar davomida islom ta'limotiga e'tiqod qiluvchi insonlarning uni yoshlarimiz qalbiga qanday singdirish masalasi muammo bo'lib kelgan. Ushbu maqolada ham bolalarimizning aql-idrokiga hadislarni adabiy ta'lim orqali singdirish muammo sifatida qo'yilgan.

Ma'naviy qadriyatlarni shakllantirishda maktab adabiy ta'limining imkoniyatlari katta bo'lganligi uchun ham istiqlolga erishilgan kundan boshlab asosiy e'tibor uning samara beradigan usullarini ishga solishga qaratildi.

Bashariyat axloqiy tafakkur xazinasiga ulkan hissa qo'shgan bu allomalar asarlarini o'rganib,ulardan o'quvchilar ma'naviyatini shakllantirishda unumli foydalanish zarur. Chunki ularning asarlarida mehr-oqibat, axloq-odob, halollik, poklik, do'stlik, ota-ona va farzandlarning burch hamda huquqlari o'z ifodasini topgan. Ona tili va o'qish savodxonligi va adabiyot darslarini o'tish jarayonida hadislar orqali ana shu tuyg'ularni o'quvchilarga singdirish o'qituvchi oldidagi eng muhim vazifadir. Bu insoniy tuyg'ular yosh avlod qalbiga yetarli darajada singdirilgan taqdirdagina uning ma'naviy kamolatini ta'minlashi mumkin. Chunki, inson Allohga, ota-onasiga, oilasiga, o'z ona-yurtiga, do'stlariga va atrofidagilarga e'tiqod qilsa, ularga ishonsa, jamiyat taraqqiyotiga naf keltiradi. O'quvchilarda bunday e'tiqodni yuzaga keltirish uchun esa, ona tili va o'qish savodxonligi va adabiyot darslarida hadislarni o'qitish katta samara beradi.

Muqaddas hadislarga shu vaqtga qadar amaliy hodisalar tarzida qarab kelindi. Holbuki, hadislar asrlar davomida o'zbek milliy ma'naviyatining ilmiy-falsafiy asosiga aylanib ketgan. Ushbu maqolada milliy ma'naviyatning nazariy asosidan pedagogik maqsadlarda foydalanishning yo'llari tadqiq qilingan. Unda o'quvchi yoshlar axloqini shakllantirishda hadislardan foydalanishning ilmiy muammolari tadqiq etildi. Maqoladagi ilmiy xulosadan o'zbek adabiyotidagi agiografik asarlarni o'rgatish asoslarini belgilash va din ilmiga doir g'oyat boy milliy merosni ilmiy tadqiq etishda foydalanish mumkin.

Asosiy qism. Turk yozuvchisi Orifbekning "Ming bir hadis" asari kichik o'quvchilarga bag'ishlangan. Orifbek XV asrda yashab ijod qilgan arab olimi Jaloluddin Syutiyning "Jomi' us-sag'ir" kitobidan ming bir hadisni tanlab olib,uni turk tiliga tarjima qilgan hamda unga sharh yozgan. Bu kitob maktab o'qituvchilariga qo'llanma, o'quvchilarga darslik vazifasini bajargan.

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

Orifbekning "Ming bir hadis" kitobi 1906-yilda Shokirjon Homidiy tomonidan tatar tiliga tarjima qilinib, Qozon shahrida nashr qilingan. 1915 yilda bu asar qayta nashr qilindi. Shu kitob asosida 1991-yilda Teshaboy Ziyoyev "Yuz bir hadis'' risolasini yaratdi. Shuningdek, Shayx Zohidxon Qodirov Otaxon o'g'lining "Payg'ambarlar qissasi" (1993), Ubaydulla Uvatovning "Donalardan saboqlar" (1994), Muslim ibn al-Hajjoj" (1995), Said Azim Muhammad Alining "Imom Buxoriy ta'tifi" (1996), A. Mansurov, U. Jo'rayev, M. Lafasovlarning "Hadis ilmi saboqlari" (1999), Nurboy Abdul Hakimning "Hadislardan taralgan ziyo" (1997), M. Pazilovaning "O'quvchi ma'naviyatini hadislar vositasida shakllantirishning pedagogik asoslari" (2004) kabi tadqiqotlarda fikr mulohazalar yuritilgan.

Ular orasida M.Pozilovaning tadqiqot ishi alohida ahamiyat kasb etadi. Unda umumuy o'rta ta'limning 7-sinfida "Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat" faning o'quv rajasida "Bilimdonlik-ma'naviy barkamollik mezoni", "Do'stlik va o'rtoqlik. Kamtarlik, kibru havo va manmanlik", 8-sinfda "Taraqqiyotning o'zbek modeli va uning ahamiyati", "Inson hayotida to'g'rilik va rostgo'ylik, fahm-farosat va ziyraklikning ahamiyati. Salbiy illatlarning oqibatlari", 9-sinfda "Jaholatga qarshi ma'rifat", "mehmon kutish", "muomala madaniyati" mavzularini o'tishda qo'l keladigan hadislarni tavsiya qilgan. 9-sinfning "Dunyo dinlari tarixi" fanida ham hadislardan foydalanish bo'yicha jo'yali fikrlar bildirilgan. Shuningdek, ushbu darslikning "Jahon dinlari" bobidagi "Muhammad (SAV)ning hayoti va payg'ambarlik faoliyati tarixidan" mavzusini o'tishda hadislardan foydalanish bo'yicha "Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari" hamda "Dunyo dinlari tarixi" fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bir qator o'rinli mulohazalar bildirilgan. Ammo sanalgan ishlarning birortasida o'rta maktabdagi o'qish, odobnoma, adabiyot darslarida o'quvchilar ma'naviyatini tarkib toptirishda hadislardan foydalanish yo'llari alohida ilmiy muammo sifatida o'rganilmagan.

Tadqiqot metodologiyasi tadqiqotning eng muhim qismlaridan biri bo'lganligi uchun o'tkazilayotgan tadqiqotning umumiy nomini "O'quvchilarga axloqiy tarbiya berishda hadislardan foydalanishning metodologik asoslari", - deb nomladik

Islom olamida Qur'ondan keyingi o'rinda turuvchi hadislar ishonchli axloqiy manba hisoblanadi. Haqiqiyligi puxta o'rganib chiqilgan ishonchli hadislar sahih deyiladi. Sahih so'zining ma'nosi sog'lom, to'g'ri, xatosiz degani. Hadisni rivoyat qiluvchi kishi isnod, hadislarni to'plagan muallif esa muhaddis deb yuritiladi.

Hadislarni to'plash ishlari VIII asrdan boshlangan. Payg'ambar alayhissalomni ko'rgan va bilganlardan yozib olingan ma'lumotlarga qaraganda, dastlabki hadis to'plovchilar ibn Shahob az-Zuhriy, Yahyo ibn Sa'd al-Ansoriy, Ibn Jurayj kabilar bo'lgan. Dunyoga mashhur muhaddislar Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn Hajjoj, imom Nisoiy, imom ibn Majj' Kazviniy, Abu Iso Muhammad as-Samarqandiy, imom at-Termiziylardir. Yuqorida nomlari zikr qilingan muhaddislarning hadis to'plashdagi xizmatlari juda katta. Jumladan, imom al-Buxoriyning "At Tarix as-sag'ir", "At Tarix al-Avsad", "At tarix al-Kabir", "At Tafsir al-Kabir" kabi ilmiy asarlari musulmon dunyosida mashhur. Bu ulug' alloma birgina "Al Jome' as-sahih" ("Ishonchli majmua") asari ustida o'n olti yil ish olib borgan. Va olti yuz ming hadisni to'plab, 7275 tasini tanlab olgan. Shuningdek, "Al-Jome' as-sahih" asaridan odob-axloq mavzuiga bag'ishlangan hadislarni tanlab olib, alohida kitob holiga keltirgan. Bu kitob Al-adab al-mufrad ("Adab durdonalari") deb nomlangan bo'lib, bu asar 1322 ta hadisni o'z ichiga olgan

é

Ws,

[2; 10]. Bu hadislar mavzu jihatdan xilma-xil bo'lib, o'quvchilar ma'naviyatining yuksalishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Islom olamida nomi mashhur hadis to'plovchi va sharhlovchilardan biri imom at-Termiziydir. Termiziy Termiz shahri yaqinidagi Bug' qishlog'ida dunyoga kelgan. Hadis to'plash maqsadida Iroq, Hijoz kabi shaharlarda bo'lgan. Imom at-Termiziy o'zining "Kitob al-Shal", "Kitob at-tarix", "Kitob az-Zuhd", "Kitob Asmo va Kuna", "Kitob al-Jome' as-Sahih"kabi asarlarini yaratdi [2; 18].

Hadislarning mavzu doirasi juda keng bo'lib, unda inson axloqining deyarli barcha jabhasi aks etgan. Muhaddislar odam hayotining barcha sohalarini o'z ichiga olgan haqqoniy hadislarni to'plab, bizgacha yetkazish-gan va shu orqali hadislarning abadiy yashovchanligini ta'minlaganlar. Hadislar nafaqat to'planganligi, balki musulmon ahlining ma'naviyat sifatlariga aylanib ketganligi uchun ham yo'qolmaydi.

Hadislardan halollik, poklik, mehnatsevarlik, yurtga muhabbat, ilmga chorlash, samimiylik, insof, adolat, o'zgalar haqiga xiyonat qilmaslik mavzulari yetakchi o'rin egalladi.

Insonlarda uchraydigan yaxshilik va yomonlik sifatlariga hadislarda juda keng o'rin berilgan. Inson hayoti boshdan oxirigacha yaxshilik va yomonlikdan iborat. Yaxshilik deyilgan tansiq tuyg'uning mohiyati qanchalik zarurligi hadislarda o'zining to'la aksini topgan: "Yaxshilik - nafsingiz taskin topib, dilingiz orom oladigan ishdir. Yomonlik yoki gunoh esa uning aksidir, garchi muftiylar fatvo bersalar ham, o'z qalbingizga qarab ish tuting" [3; 66]. Bu hadisdagi "yaxshilik", "yomonlik", "ishdir", "aksidir" so'zlari qofiyalangan nasrni, ya'ni saj'lanishni bir qadar ta'min qilgan. Ijobiy va salbiy ma'noni anglatgani uchun qarama-qarshi ma'noli bu so'zlar tazod antonimlardir. "Ishdir" "aksidir" so'zlar ma'nosining qarama-qarshiligi o'quvchilarga u qadar sezilmasa, matn quyidagi tartibda, ya'ni aniq mazmun ifodalaydigan birikmalar tarzida tahlil qilinishi mumkin: dilingiz orom oladigan ishdir - uning aksidir (dilingiz orom olmaydigan ishdir). O'quvchilar matnning tahliliga jiddiy kirishsalar, dil oromining tan oromidan zavqli ekanligini his qila boshlaydilar. Yomonlik yoki gunoh so'zlari salbiy ma'no kasb qilsa-da, bu so'zlar ma'no jihatdan farqlanadi. Yomonlikni kishi bilib qiladi, gunohni esa bilib-bilmay qiladi. Hadisning so'nggi "o'z qalbingizga qarab ish tuting" jumlasida esa kishining ko'ngli tusaganini qilishi emas, qalbiga quloq solishi kerakligi uqtirilmoqda.

Ba'zan bitta hadisning zaminiga bir necha mazmun singdirilgan: "Gunohning kattasi: Tangriga shirk keltirmoqlik, ota-onaga oq bo'lmoqlik". Ushbu hadisning tarbiyaviy ahamiyati juda katta bo'lib, xudoning yagonaligini tan olishga, tinch-totuv yashashga, ota-onani e'zozlashga undaydi. O'qituvchi hadisni tahlil qilishda o'quvchilar e'tiborini "Gunohning kattasi" so'z birikmasiga qaratadi. Natijada, o'quvchilar gunohlarning ko'pligini, ammo ularning ichida kechirib bo'lmas gunohlar ham bor ekanligini anglab yetadilar. Hadisda ilgari surilgan g'oyaga yaqin matnni Navoiyning Badiuzzamonga yozgan nomasida ham uchratish mumkin: "Payg'ambar buyurubturki, tengri taolo rizosi ota rizosiga vobasta (teng)dur va tengri taolo g'azabi ham ota g'azabiga vobastadur. Bas, kishi ota rizosini hosil qilsa, tengri taolo rizosini hosil qilmish bo'lg'ay va ota g'azabiga uchrasa, tengri taolo g'azabiga uchramish bo'lg'ay. Munday bo'lg'ondin so'ngra kishi nechuk ota rizosin ayru dam urg'ay yo qadam qo'yg'ay. Va mashoyix so'zidirkim: "Otang parvardigoringdur", bu jihatdinkim, tangri taolo seni yo'qdin bor qilmoqqa vasila (vositachi) uldur va tufuliyat (bolalik)dan shabob sinni (balog'at yoshi)g'acha parvarish berguvchi ul..." [4; 30]. Tarixdan shu narsa ayonki, ota-bola o'rtasidagi nizoning

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

bartaraf qilinib, yurt tinchligi saqlab qolinishida ushbu hadisning ta'siri katta bo'lgan. Bundan tashqari, hadisning keltirilishi nomaning badiiy ta'sir kuchini oshirgan ham.

Xulosa. Bugungi ta'lim tizimi uchun maktab o'quvchilarining hadislarni o'qishi, yod olishi, bu haqdagi fikrlarini yozma va og'zaki ifodalay olishiga erishishning o'zi asosiy maqsad emas. Bular yuksak axloqli komil insonni shakllantirish uchun xizmat qiluvchi vositalargina, xolos. Hadislarni o'qitish butunisicha halolni haromdan, yaxshini yomondan, savobni gunohdan, do'stni dushmandan farqlay oladigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratiladi. Hadis mazmunini maktab o'quvchilariga singdirishda yuksak samaraga erishish uchun davlat ta'lim standarti, o'quv rejalari, darsliklar hamda metodik risola va qo'llanmalarni takomillashtirish lozim.

Adabiyot darslarida hadisi sharifni o'qitish boshqa adabiy janrlardagi asarlarni o'qitishdan jiddiy farq qiladi. Chunki boshqa janrlar turli davrlarda yaratilgan badiiy haqiqatlarni aks ettirishni nazarda tutadi. Hadislar esa bir davrda yaratilgan bo'lib, boshqa davrlarda yaratilmagan va shar'iy haqiqatlarni o'rgatishga qaratiladi.

Hadislarni o'qitishdagi asosiy tadbirlardan biri o'quv tahlilidir. Tahlil orqaligina o'quvchilarni hadis olamiga olib kirish mumkin. Ustalik bilan qilingan o'quv tahlili bolalarni milliy qadriyatlarga yaqinlashtiradi, o'quvchilar xulqida ezgu ma'naviy sifatlarning shakllanishini ta'minlaydi. Tahlilni amalga oshirishda o'quvchilarning barchasi o'qituvchi qilgan xulosaga kelishi shart emas, har bir o'quvchining xulosasi shu o'quvchining shaxsiy fikri ekanligi; hadislar bo'yicha chiqarilgan xulosa yakuniy bo'lmasligi; hadislarni tahlil qilishda ham o'qituvchi va o'quvchi hamkor sheriklar bo'lishiga erishish, muallimning yo'naltiruvchi bo'lishini ta'minlashga erishish o'qituvchining diqqat markazida turishi kerak.

Tahlil jarayonida o'rganilayotgan hadislar badiiy adabiyotning nasriy turiga mansub ekanligini hisobga olish va tahlilning shu turga mos yo'lini tanlash darsning samarali bo'lishini ta'minlaydi. Chunki boshqa adabiy turdagi asarlarni o'rganishda yaxshi natija bergan usul hadislarni o'rganishda foyda bermasligi mumkin.

Hadis saboqlari o'quvchilarning qalbiga, his-tuyg'ulariga ta'sir qilganligi sababli ham bolalarning hayotga bo'lgan munosabatlarini ijobiy tomon yuz tutishiga undaydi. Qalb - shuuri ezgu ishlarga to'la bo'lgan, yomonlikka nafrat bilan qarab, yaxshilikdan qalbi quvonchga to'ladigan bolalarda yetuk ma'naviy fazilatlar tez yuzaga keladi. Anglab yetilgan hadislar o'quvchilarni ruhan tozarishga undaydi. Ruhan poklanayotgan maktab o'quvchisi o'zini yaxshilik qilishga, halollik sari borishga, savob amallarni ado etishga safarbar eta oladi.

1. 2.

3.

4.

bet.

References:

Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. Qomuslar bosh tahririyati. 2- jild.-T.: 1991. 4-bet. Uvatov U. Donolardan saboqlar. -T.: Qodiriy nomidagi nashriyot 1994. 18-bet. Axloq-odobga oid hadis namunalari. - T.: Fan, 1990. 66-bet, 226-hadis. Qosimov B, Jumaxo'jan 10-sinf uchun "O'zbek adabiyoti" darsligi.-T.: O'qituvchi, 2000. 30-

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.