Научная статья на тему 'HADISI SHARIFLARDA “VATAN” KONSEPTI SEMANTIKASI'

HADISI SHARIFLARDA “VATAN” KONSEPTI SEMANTIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2753
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hadis / konsept / vatan / tug‘ilgan yer / Urva ibn az-Zubayr / Sahihul Buxoriy. / hadith / concept / Motherland / Homeland / Urva ibn az-Zubayr / Sahihul Bukhari.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — O‘Roqova, Shoxsanam Luqmon Qizi

Ushbu maqolada Hadisi shariflar muqaddas Qur’oni karim oyatlaridan oziqlangan, beqiyos ma’naviy xazina manbayi ekanligi, hadislarda kishilarni ezgu amallarga, bandalarning o’zaro mehr-oqibatli bo’lishlariga undovchi da’vat mujassamligi yoritib berilgan. Ta’lim-tarbiya jarayonida hadisi shariflardan iqtibos keltirish o’quvchilarning ma’naviy kamol topishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Taassufki, gumanitar fanlar tizimidagi darsliklarga diqqat qaratadigan bo’lsak, hadisi shariflar, ularni sharhlashga bag‘ishlangan matnlar uchramaydi. Ehtimol, bu sobiq tuzum davrida kishilarni yoppasiga islom dinidan qaytarish, unga nisbatan qat’iy taqiq qo‘yilishining asoratidir. Biroq hadisi shariflar dini, millati e’tiqodidan qat’iy nazar kishilarni ezgulikka chorlovchi vosita ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, ularning naqadar katta ahamiyatga molik manbaligi anglashiladi. Muqaddas Qur’oni karim va hadisi shariflarda ham «Vatan» konsepti o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SEMATICS OF THE CONCEPT “HOMELAND” IN HADITH SHARIF

In this article, the hadiths are a source of incomparable spiritual treasure, nourished by the verses of the Qur'an, and that the hadiths are the embodiment of a call to encourage people to do good deeds and be kind to one another. In the process of education, the Hadith Sharifs are an important factor in the spiritual development of students. Unfortunately, if we pay attention to the textbooks in the system of humanitarian sciences, there are no hadiths and texts devoted to their interpretation. Perhaps, this is a complication of the strict ban on Islam and the complete turning away of people from the religion of Islam during the time of the former regime. However, the Hadith Sharifs are an important source of encouraging people to be good, to be kind, regardless of their faith and nationality. The concept of "Homeland" appears in the Qur'an and hadiths in a unique way.

Текст научной работы на тему «HADISI SHARIFLARDA “VATAN” KONSEPTI SEMANTIKASI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

HADISI SHARIFLARDA "VATAN" KONSEPTI SEMANTIKASI

O'roqova Shoxsanam Luqmon qizi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, filologiya fakulteti: filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) 4-kurs talabasi

Ushbu maqolada Hadisi shariflar muqaddas Qur'oni karim oyatlaridan oziqlangan, beqiyos ma'naviy xazina manbayi ekanligi, hadislarda kishilarni ezgu amallarga, bandalarning o'zaro mehr-oqibatli bo'lishlariga undovchi da'vat mujassamligi yoritib berilgan. Ta 'lim-tarbiya jarayonida hadisi shariflardan iqtibos keltirish o'quvchilarning ma'naviy kamol topishlarida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Taassufki, gumanitar fanlar tizimidagi darsliklarga diqqat qaratadigan bo'lsak, hadisi shariflar, ularni sharhlashga bag'ishlangan matnlar uchramaydi. Ehtimol, bu sobiq tuzum davrida kishilarni yoppasiga islom dinidan qaytarish, unga nisbatan qat'iy taqiq qo'yilishining asoratidir. Biroq hadisi shariflar dini, millati e'tiqodidan qat'iy nazar kishilarni ezgulikka chorlovchi vosita ekanligini inobatga oladigan bo 'lsak, ularning naqadar katta ahamiyatga molik manbaligi anglashiladi. Muqaddas Qur'oni karim va hadisi shariflarda ham «Vatan» konsepti o'ziga xos tarzda namoyon bo 'ladi.

Kalit so'zlar: hadis, konsept, vatan, tug 'ilgan yer, Urva ibn az-Zubayr, Sahihul Buxoriy.

SEMATICS OF THE CONCEPT "HOMELAND" IN HADITH SHARIF

Urokova Shokhsanam Lukmon kizi

Samarkand State University named after Sharof Rashidov, Philology faculty: Philology and philology teaching (Uzbek language), 4-year student

In this article, the hadiths are a source of incomparable spiritual treasure, nourished by the verses of the Qur'an, and that the hadiths are the embodiment of a call to encourage people to do good deeds and be kind to one another.

In the process of education, the Hadith Sharifs are an important factor in the spiritual development of students. Unfortunately, if we pay attention to the textbooks in the system of humanitarian sciences, there are no hadiths and texts devoted to their interpretation.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Perhaps, this is a complication of the strict ban on Islam and the complete turning away of people from the religion of Islam during the time of the former regime.

However, the Hadith Sharifs are an important source of encouraging people to be good, to be kind, regardless of their faith and nationality. The concept of "Homeland" appears in the Qur'an and hadiths in a unique way.

Key words: hadith, concept, Motherland, Homeland, Urva ibn az-Zubayr, Sahihul Bukhari.

Umuman olganda, «Vatan» konsepti lug'aviy-semantik jihatdan Hadisi shariflarda kengroq ma'no kasb etadi. Muqaddas diniy manbalar: Qur'oni karim va hadisi shariflarda Vatan deganda "tug'ilgan yer"ga nisbat berish bilan birga, boshqa bir o'rinda, islom diniga e'tiqod qiluvchi ahli mo'min-muslimalar uchun Makkayi Madina yagona Vatan ekanligi anglashiladi. Vatan bir hududda tug'ilgan va ana shu hudud istiqboli uchun kurashadiganlar yashaydigan makon. Makkayi mukaramma ham muslimlar talpinadigan va yagona maqsad yo'lida birlashadigan, shaxsiy manfaatlar tamoman unutiladigan muqaddas dargoh. Mo'min-muslimalar uchun esa Makka Vatandir. Makka birlan undagi binoning fazilati haqida Baqara surasining 125-126 oyati karimalarida Olloh taolo bu xususda bunday deydir: «Biz Ka'bani odamlar uchun har yili to'planadigan joy qilib berdik va unga tinchlik-omonlik baxsh etdik, shundoq ekan, Ibrohim Maqomini o'zingizga namozgoh qilib olingiz! Biz Ibrohim va Ismoilga «Uyimni (Baytullohni) tavof va e'tikof etguvchilar uchun hamda ruku' va sajda qilmoq uchun pokiza qilingiz!» deb topshirdik. Ibrohim: «Yo robbiy, bu yurtni tinchlik-omonlik maskaniga aylantirg'il, uning Ollohga iymon keltirgan, oxirat kuniga ishongan ahliga ne'matingni bisyor qilgil !»[1.15 -b] - deb iltijo qilgan erdi. Sahihul Buxoriyning ikkinchi jildiga kiritilgan 135-bobdan o'rin olgan Hadisi sharifda esa butparast qavmlardan bo'lgan Sumoma otlig' kishining Rasululloh (s.a.v) tomonidan ozod qilinishi va uning musulmon bo'lganligi haqida quyidagicha rivoyat qilinadi: "....Ey , Muhammad, Olloh taolo haqi, Yer yuzida mening uchun Sizning yuzingizdan yoqimsizroq yuz yo'q erdi, mana endi sizning yuzingiz men uchun eng mahbub yuz bo'lib qoldi. Olloh taolo haqqi , mening uchun sizning yurtingizdan ortiqroq yoqimsizroq yurt yo'q erdi, mana endi sizning yurtingi z men uchun eng mahbub yurt bo'lib qoldi".

Boshqa bir hadisi sharifda esa, kofir bo'lganlar va iymonsizlar uchun bu dunyoda beriladigan eng og'ir jazo vatanlaridan surgun qilinmoq ekanligi aytiladi. Xususan, Urva ibn az-Zubayrning rivoyat qilishicha, bu voqea Badr voqeasidan olti oy burun, Uhud jangidan avval sodir bo'ldi. Olloh taolo bu haqda oyat nozil qildi.

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Uning ma'nosi:«Ahli kitoblardan bo'lgan kofirlarni vatanidan haydab chiqargan zot

Olloh taolodir..........

«Uzoq muddat ilohim gurkiratsin,

Kuyib atrof, qolmasin hatto tikan!

Omon qolgay qaysi yer, so'ng bilursen,

«Kim zarar ko'rmay qolur, kim bevatan!»" [2.16-b]

Qur'oni karimda ayni shu mazmundagi oyati karimalar ko'p uchraydi. Iymonsiz, yer yuzida buzg'unchilik qilganlarning jazosi sifatida vatanlaridan badarg'a qilinish belgilanadi. Xususan, Moida surasining 33-oyatida shunday deyiladi: Darhaqiqat, Alloh va uning payg'ambariga jang qiladigan va Yer yuzida buzg'unchilik qilib yuruvchilarning jazosi-o'ldirilish, chormixlanish yoki, oyoq-qo'llarining qarama-qarshi tomonidan kesilishi yoxud Yer(vatan)dan quvg'in qilinishi [3.71-b]. Ushbu oyati karimadan ham ma'lum bo'ladiki, kishilar uchun Yer yuzi-Vatan. Sababi, Alloh taolo Yer yuzini bandalariga vatan qilib beradi. Imom Muhammad G'azzoliy alayhirrohma shunday degan ekanlar: "Vatanning ham haqlari bo'ladi. Ularning birinchisi shu Vatanda yashaganda tinch-xotirjam, shukrona qilib yashash haqqidir. Shuningdek, Vatandan ketganda uni sog'inish, Vatan kamsitilganda g'azablanish, Vatanga hujum qilinganda uni himoya qilish ham Vatanning shu yurtda tug'ilib-o 'sganlar zimmasidagi haqqidir. Shu jannatmakon Vatanda yashayapmizmi, unda tinch-totuvlik bilan yashaylik, bunga shukrona qilaylik, ilm izlabmi, tijorat maqsadidami, Vatandan safar qildikmi, uni sog 'inaylik".

Imom al Buxoriy tomonida jamlangan "Ishonchli to'plam"da «Vatan» konsepti aks etgan quyidagi hadislar mavjud:

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Nabiy sallallohu alayhi va sallam Mening hujram birlan minbarim oralig'ida jannat bog'laridan biri joylashg'aydir, minbarim esa, Havzai Kavsar ustida bo'lg'usidir.", dedilar" Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallalohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida Abu Bakr birlan Bilol isitmalab qolishdi. Abu Bakr isitma zo'riqqanda : "Uyimda bo'lsaydim jon chiqar mahal,poyabzal ipidan yaqindir ajal",- der edilar." Bilol ersa , isitma biroz pasayganda, yig'lab: "Taqdirim ne erur, bilmasman, e voh," Boshimga ajaldin kelrumi sipoh? Bir kecha bo'lsa ham ona vodiyim, Qo'ynida yotsaydim, mehribon Olloh! Qonib ichsam edi shaffof suvlarin, Qaniydi, tashlasam, unga bir nigoh!"-Der erdilar [4.373-b].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Boshqa bir hadisi sharifda esa shunday naql qilinadi:

Oisha raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "...Ibn Dag'ina bir qo'shni qabila vakili sifatida Abu Bakrga: "Men qavmingizning sizga aziyat yetkazmog'iga qo'ymayman!"- Ortga qaytingiz parvardigoringizga o'z yurtingizda (ya'ni Makkada) ibodat qilingiz,- dedi. Shundan so'ng Abu Bakr roziyallohu anhu ortlariga qaytdilar, ibn ad Dag'ina ham ul kishi bilan birga ketdi. (Makkaga yetib borishgach) ibn ad Dag'ina kechki payt Quraysh qabilasi ulug'lari huzuriga kirdi-da, ularga: "Yurtdoshlariga ko'plab manfaat yetkazib turguvchi Abu Bakrdek (bir solih odam, agar o'ta zarur bo'lmasa, boshqa yurtda yashamoq niyatida o'zboshimchalik bilan yurtini)tashlab ketmasligi hamda(bunday ishni biror kishi)majburan yurtidan chiqarib yubormasligi kerakligini aytdi"[5.420-b].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ko'rinidaki, muqaddas diniy manbalarda Vatan Mo'min-inson uchun eng muqaddas zamin - Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qadamlari tekkan, Qur'oni Karim nozil bo'lgan, dinimiz ilk bor tarqalgan muqaddas dargoh, Ka'bai muazzama joylashgan Makkai Mukarrama joylashgan Madinai Munavvara, shuningdek, butun Yer yuzi vatan sifatida ham tasniflanadi [6].

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan adabiyot darsligida al-Buxoriy hadislaridan namunalar keltiriladi. Ularda asosan, ota-onaga hurmat, qarindoshlarga oqibatli bo'lmoqlik, yetimlarga g'amxo'rlik qilish masalalariga oid hadislar o'rin olgan. Boshlang'ich ta'limdan yuqori bosqichga o'tayotgan o'quvchi ongida voqe'liklarni aql prizmasida o'tkazish, mushohada yuritishga intilish seziladi. Bu jarayonda u endi shakllanish bosqichida ekanligini inobatga olgan holda, Vatan, yurt va uning muqaddasligi, undan judo bo'lish, yoki unga xiyonat qilish eng og'ir gunohlardan biri ekanligini hadisi shariflar orqali bayon qilinishi lozim deb o'ylaymiz. Sababi kishi vatansiz mavjud emas. Hadisi shariflar Qur'oni karimdan keyingi o'rinda turuvchi muqaddas diniy manba sifatida o'quvchilar qalbi va ruhiyatiga singdirish, his qildirishning asosiy vositalaridan biridir.

Biz yuqorida jahonda konsept masalasi o'rganilish chog'ida Xudo konseptiga urg'u berilganligi ta'kidlab o'tgan edik. Shunday tipdagi tezis va maqolalarda turli diniy e'tiqodlar va qarama -qarshiliklar bo'lishiga qaramasdan, har bir diniy e'tiqod zamirida komil insonni tarbiyalash g'oyasi ilgari suriladi degan fikrni uchratish mumkin [7]. Mamlakatimizda e'tiqod erkinligi qonun bilan mustahkamlab qo'yilgan. Unga ko'ra, har bir kishi istagan dinga e'tiqod qilishi, yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmasligi mumkin. Biz yuqorida aytgan fikrlarimiz va ilgari surgan g'oyalarimiz

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

bilan muayyan dinni targ'ib qilish, birini ikkinchisidan ustun qo'yish fikridan yiroqmiz. Maqsadimiz ta'lim tizimida o'quvchilarning qalbini nurga, ilm-ma'rifatga to'ldirishda hadisi shariflarning roli va ahamiyati ko'rsatishdan iboat. Yuqoridagi oyati karimalar va hadisi shariflardan ham ma'lum bo'ladiki, Yer yuzi odam deb atalmish mavjudotga yagona vatan qilib beilgan, Demakki, vatanda buzg'unchilik qilish gunohi azimlardan biri. Agar o'qvchilar ana shu ezgu fikrni qalblariga joylab olsa, kelgusida Yer yuzining turli chekkalarida yashovchi kishilarga vatandosh birodari sifatida qaraydi. Bu esa, o'z navbatida, insoniyat boshiga katta talafotlarni olib keluvchi qirg'inbarot urushlarning oldini olishga yordam beradi.

REFERENCES

1. Abdulaziz Mansur. Qur'oni Karim ma'nolar tarjimasi. www.ziyouz.com. 2007.15-b.

2. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih,T.:Qomuslar bosh tahririyati. 1997.16-b.

3. Abdulaziz Mansur.Qur'oni Karim ma'nolar tarjimasi. www.ziyouz.com. 2007.71-b.

4. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih, 1-jild.T.:Qomuslar bosh tahririyati. 1997.373-b.

5. Qur'oni karim va hadisi shariflar bilan bog'liq izoh va sharxlar Samarqand viloyati Qo'shrabot tumani, Pangat qishlog'I G'oyib ota jome' masjidi imom-xatibi domla To'xtayev Sobir Boytemirovich bilan suhbat asosida olindi.

6. Muhiddinov M.Q. Komil inson - adabiyot ideali. Toshkent: Ma'naviyat. 2005

7. Bu haqda qarang. Stanford Encyclopedia of Philosophy.Concepts of God.first published-2006,last published-2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.