Научная статья на тему 'GULCHILIK MARKETINGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI HAMDA “FLOWER INFO MOCKUP” MA’LUMOTLAR MAKETINING AFZALLIK KO‘RSATGICHLARI'

GULCHILIK MARKETINGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI HAMDA “FLOWER INFO MOCKUP” MA’LUMOTLAR MAKETINING AFZALLIK KO‘RSATGICHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
flower Info Mockup / gulchilik / marketing / gul bozori / xalqaro savdo / noyob gullar / xonaki gullar / gullar haqida ma’lumot / QR-kod.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nortoshev Elyor Zayirovich, Mustafoyev Odiljon Murod О‘G‘Li, Ismatullayev Jo‘Rabek Ismatulla O‘G‘Li

Ushbu maqolada gulchilik savdosi yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va adabiyotlar oʻrganilib, gulchilik marketingida brendlashtirish, merchendayzing, franchayzing, transport va logistika masalalari, gulchilik sektorlarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish, gulchilik marketingida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, gulchilik mahsulotlari savdosida ekologiya, atrof-muhit va ijtimoiy masalalar kabi omillarning ta’sirini nimalarda koʻrish mumkinligi aniqlandi. Shu bilan bir qatorda, Flower Info Mockup reklama yorligʻining imkoniyatlari hamda undan foydalanish yuzasidan qisqacha koʻsatmalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GULCHILIK MARKETINGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI HAMDA “FLOWER INFO MOCKUP” MA’LUMOTLAR MAKETINING AFZALLIK KO‘RSATGICHLARI»

GULCHILIK MARKETINGIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI HAMDA "FLOWER INFO MOCKUP" MA'LUMOTLAR MAKETINING AFZALLIK KO'RSATGICHLARI

1Nortoshev Elyor Zayirovich, 2Mustafoyev Odiljon Murod o'g'li, 3Ismatullayev Jo'rabek Ismatulla o'g'li

1Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti assistenti, 2Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti assistenti, 3Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215744

Annotatsiya. Ushbu maqolada gulchilik savdosi yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va adabiyotlar o'rganilib, gulchilik marketingida brendlashtirish, merchendayzing, franchayzing, transport va logistika masalalari, gulchilik sektorlarida mijozlarga xizmat ko'rsatish, gulchilik marketingida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, gulchilik mahsulotlari savdosida ekologiya, atrof-muhit va ijtimoiy masalalar kabi omillarning ta'sirini nimalarda ko'rish mumkinligi aniqlandi. Shu bilan bir qatorda, Flower Info Mockup reklama yorlig'ining imkoniyatlari hamda undan foydalanish yuzasidan qisqacha ko'satmalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: flower Info Mockup, gulchilik, marketing, gul bozori, xalqaro savdo, noyob gullar, xonaki gullar, gullar haqida ma'lumot, QR-kod.

Abstract. This article examines scientific research and literature related to floriculture marketing, branding, merchandising, franchising, transport and logistics issues in floriculture marketing, customer service in floriculture sectors, use of modern technologies in floriculture marketing, ecology, environment and social issues in floriculture marketing and it was determined what the influence of such factors. In addition, the Flower Info Mockup advertising tag features and brief instructions on how to use it.

Key words: flower Info Mockup, floriculture, marketing, flower market, international trade, rare flowers, domestic flowers, flower information, QR code.

I. Kirish

Gullar savdosining yoki marketingining tarixiy evolutsiyasi, antik davrdan to bugungi kunga qadar gullar va gulchilik mahsulotlarini ayriboshlash, sotish jarayonlarining o'zgarishi, gulchilik tijoratining rivojlanishi, ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar, zamonaviy texnologiyalar kirib kelishi va moliyaviy tizimlarning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, gullar va gulchilik savdo jarayonlari moddiy, adabiy, diniy va estetik inson ehtiyojlariga bog'liq holda amalga oshuvchi jarayon hisoblanadi.[1] Bugungi kunda, elektron tijorat, onlayn platformalar va logistik jarayonlarda katta rivojlanish bilan, gullar va gulchilik savdosining elektron platformalar orqali sohaning rivojlanishini ko'rishimiz mumkin.

Qishloq xo'jaligining boshqa tarmoqlari kabi gullar va gulchilik sanoati xalqaro savdo munosabatlari miqyosida tobora rivojlanib kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda rivojlanayotgan mamlakatlarda ham gullar va gulchilikga bo'lgan talab tobora oshib, iqtisodiy murakkablik observatoriyasi (The Observatory of Economic Complexity) ma'lumotlariga ko'ra Jahoning eng katta eksportyor mamlakatlari Niderlandiya, Kolumbiya, Ekuvador, Keniya

hisoblansa; Eng yirik importyorlar AQSH, Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya davlatlari hisoblanadi.1

Jahon gulchilik savdosida gullar marketingi masalalarining o'rnini hamda iqtisodiy samaradorligini turli tajribalar va tadqiqotlar natijalari orqali ko'rishimiz mumkin. Jumladan, gullarni sotish masalalari, gulchilik muammolari bilan bog'liq tadbirlar, strategiyalarni o'rganish gulchilik savdosida hamda marketingida vujudga keladigan muomolarni aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi. Gulchilik marketingiga ta'sir etuvchi omillar va tarmoqlar faoliyati mavjud ekanligini bir qancha olimlar o'rgangan tadqiqot hamda ulardagi natijalarda ko'rishimiz mumkin. Jumladan:

1. Brendlashtirish masalalari ya'ni brendlar o'zlarining identifikatsiyasini, taniluvchanligini va foydalanuvchilarga yaxshi ko'rinishini ta'minlash uchun juda muhimdir. Buning uchun yaratuvchilik, dizayn, reklama va xizmat ko'rsatishning muhim bo'lgan xususiyatlariga ega bo'lish kerak. [2]

2. Franchayzing masalalari, Rivojlangan mamlakatlarda yuqori darajada taraqqiy etgan hamda gulchilik savdosida o'zaro hamkorlik orqali tovar belgisidan foydalanish huquqini sotuvchi shaxs hamda tovar belgisidan foydalanish huquqini sotib oluvchi shaxs birgalikda mijozlarga xizmat ko'rsatish, onlayn platformalardan foydalanish, kataloglar va narx qolibi tuzilish kabi tadbirlarni amalga oshirmoqda. [3]

3. Transport va Logistika masalalari, gul mahsulotlarini transport qilish, saqlash va yetkazib berish jarayonlari chuqurlashgan. Mahsulotlar ishonchli va sifatli yetkazilishi uchun to'g'ri logistik va transport vositalarini ishlatish muhim hisoblanadi.[4].

4. Gulchilik sektorlarida mijozlarga xizmat ko'rsatish masalalari, gullarni sotishida mijozlarga xizmat ko'rsatish muhimdir. mijozlarga samimiy va yaxshi xizmat ko'rsatish, ularning talablarini tushunish va ularni qo'llab-quvvatlash gul sotishda muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. [5].

5. Gullar marketingida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalalarida internet, onlayn platformalar, elektronik to'lov sistemalari, xaridorlar bazalari va boshqa zamonaviy texnologiyalar gullar savdosini yanada samarali qilishga yordam beradi.[6]

6. Gulchilik mahsulotlari savdosida ekologiya va atrof muhit masalalarida turli xildagi yondashuvlarni ko'rish mumkin, jumladan, ekologik belgilar bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarning eksport imkoniyatlariga sezilarli darajada salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi[7] yoki rivojlanayotgan qishloq xo'jaliklarda ekologik holat bilan bir qatorda biologik xilma-xillikni oshirish bioparchalanuvchi mahsulotlarni ishlab chiqish, yashil massani ko'paytirish, atmosfera havosini tozalash kabi bir qancha ijobiy imkoniyatlar yaratadi.[8][9]

7. Ko'p yillik gul ko'chatlarini savdosi boshqa bog'dorchilik ekinlari ko'chatlari savdosi bilan bog'liqligini ko'rish mumkin. Dunyo mamlakatlari bozor infratuzilmasida bu ikki bozorning yaqin masofada joylashuvi bog'dorchilik ekinlari savdosi orqali ko'p yillik gul ko'chatlarining savdosiga tog'ridan-tog'ri ijobiy ta'sirini hamda bu orqali gulchilik savdosini rivojlantirish mumkinligini ko'rsatdi.[10][11]

8. Gulchilik marketingida Merchendayzing masalalari orqali ham sotishni ko'paytirish, mahsulot reklamalari, e'tiborni jalb qilish uchun namoyishlar, maxsus takliflar yoki mijozning sotib olish qaroriga ta'sir qiluvchi boshqa usullarni qo'llash mumkin. Chakana sotuvchilar savdo va foydani oshirish uchun mahsulotni to'g'ri narxda, to'g'ri vaqtda, to'g'ri joyda va kerakli

1 https://oec.world/en/profile/sitc/flowers. (Iqtisodiy murakkablik observatoriyasi (The Observatory of Economic Complexity) ma'lumotlari asosida)

miqdorda taqdim etish g'oyasiga asoslangan chakana savdoning toifasi va brendiga qarab merchendayzing uchun ko'plab strategiyalar qo'llash hamda sotishni ko'paytirish, mijozlarning sodiqligini rivojlantirish, brend xabardorligini oshirish kabi aniq maqsadga qaratish imkoniyatlarini yaratadi.[12] [13] 9. Gulchilik tarmoqlarining ijtimoiy qatlam va aholi turmush darajasiga ta'siri aholi o'rtasida gullarni sevuvchi qatlamni gullar orqali oluvchi estetik zavqini oshirish bilan bir qatorda uy gulchiligini rivojlantirish, xonadondagi yashillikni saqlash, ekologik tabiiy ravishda xonadonning havosini tozalash va boshqa ko'pgina ijtimoiy ahamiyatga molik taraflari mavjud. [14][15]

Adabiyotlarning qisqacha tahlili shuni ko'rsatadiki, gulchilik marketingi bilan bog'liq bo'lgan asosiy omillar adabiyotlarda keng hajmda o'rganilgan va gulchilik sohasi bo'yicha aniq tadqiqot ishlari va natijalariga erishish uchun ko'proq e'tibor talab etiladi. Sohaning bugungi kundagi rivojlanishida asosan boshqa mahsulotlar va marketing salohiyati alohida o'rin tutishini ko'rishimiz mumkin. Bu esa aynan gulchilik sohasida hamda gul savdosida intensiv hamkorlik bilan keyingi rivojlanishni ta'minlash imkonini berishini tadqiqotlar orqali ko'rsatilgan.[16][17]

II. Material va metodlar. Gulchilik marketingida va gullar savdosidagi jahon tajribalari va marketing yo'nalishlarini o'rganib chiqqan holda Respublikada gulchilik bilan shug'ullanuvchi dehqon xo'jaliklariga maxsus yaratilgan reklama yorlig'i orqali gullarni parvarishlash chora tadbirlari haqida ma'lumotlar berish. Shu bilan birgalikda, O'zbekistonda gullar haqida to'plangan ma'lumotlar maketini (Flower Info Mockup) yasash orqali noyob gullarni ko'paytirish haqida tavsiyalar berish. (masalan, Shefflera, Antriumva boshqa).

Rivojlangan mamlakatlar gulchilik marketingida va gulchilik sohasini rivojlantirishda Gulli atkritkalardan keng foydalanib kelinmoqda ammo O'zbekiston bozorlarida gulchilik savdosida ilmiy asoslangan ma'lumotlar hamda gul bozorlar elektron tarzda birlashtirilmagan;

Flower Info Mockup loyihasi orqali yurtimiz bozorlari uchun yangilik bo'lgan gullar ma'lumotlar bazasini yaratish hamda gul parvarishlovchilar ushbu ma'lumotlarni tez va qulay tarzda (QR-kod orqali) topish imkoniyati yaratiladi. Shu bilan birgalikda, yuqori narxlardagi gullarni parvarishlashda hamda yangi kirib kelayotgan navlarning biologik xususiyatlari to'g'risida uy bekalariga yoki gul parvarishi bilan shug'ullanuvchilariga ma'lumotlar paketini yaratgan holda uy xo'jaliklarida gul parvarishlash samaradorligini oshirish imkoniyatini beruvchi marketing qo'llanmasi hisoblanadi.

1-rasm

^_6.5 sm__

Flower Info Mockup ning umumiy ko'rinishi. Flower Info Mockupdan foydalanish: Tuvak gullari bozor savdosida Flower Info

Mockup reklama yorlig'idan foydalanish sotilayotgan gullar haqidagi birlamchi va asosiy ma'lumotlar bilan bir qatorda (QR-kod orqali) kengaytirilgan ma'lumotlar bazasiga kirish imkonini beradi.

Hozirgi kunda ma'lumotlar bazasida 20 dan ortiq gullarning ilmiy asoslangan ma'lumotlari yig'ilgan bo'lib ushbu ma'lumotlarni olishda har bir gul turi uchun alohida QR-kod ishlab chiqilgan.

2-rasm

Flower Info Mockupdan foydalanish jarayoni.

Flower Info Mockup reklama yorlig'idagi maxsus QR-kod orqali ma'lumotlar bazasiga o'tilganda birinchi bo'lib gul haqida umumiy ma'lumotlar bilan tanishib chiqish, sug'orish, dori berish, ko'chirib o'tqazish, ko'paytirish, kasalliklariga qarshi kurashish chora-tadbirlari haqida, o'sish muhiti, harorat va boshqa ma'lumotlarni olish, hamda mutaxasislar bilan bog'lanish imkoniyati yaratilgan.

3-rasm

Flower Info Mockup ma'lumotlar bazasining umumiy ko'rinisM.

Ma'lumotlar bazasi ilmiy asoslangan yani Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti dotsentlari Mustanov S.B. hamda Isomov E.E. lar bilan hamkorlikda tekshirilib doimiy ravishda yangilanib boriladi.

III. Xulosa va takliflar

O'rganilgan adabiyotlar va manbalardan kelib chiqqan holda xulosa qilish mumkinki, hozirgi kunda gulchilik marketingi tobora tez sur'atlarda o'sib borishi bir necha ko'rsatgichlarga bog'liq holda rivojlanmoqda. Gulchilik marketingida gulchilik klasterlari yoki gulchilik xo'jaliklarini tashkil etish bilan bir qatorda gullarni iste'molchilarga tanitish masalalarini rivojlantirish lozim. Bunga erishishda brendlashtirish, merchendayzing, franchayzing, transport va logistika masalalari kabi zamonaviy tarmoqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Gulchilik sektorlarining rivojlanishiga ekologiya, atrof-muhit va ijtimoiy masalalar kabi omillarning ta'siri mavjud bunday ta'sirlar bazi ko'rsatgichlar bo'yicha salbiy bazi ko'rsatgichlarda ijobiy hisoblanadi.

Mahalliy gulchilik tarmoqlarida gullar savdosini va sotuv hajmini yanada oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Flower Info Mockup reklama yorlig'i orqali gulchilik marketingida va gullar savdosidagi jahon tajribalari va marketing yo'nalishlarini qo'llash imkoniyati paydo bo'ladi.

- Gulchilik bilan shug'ullanuvchi dehqon xo'jaliklariga gullar haqidagi ma'lumotlarni yetkazib berish;

- Suv resurslarini tejash, ya'ni gullarni to'g'ri sug'orish tartibi haqida ma'lumot bergan holda ortiqcha suv sarfini oldini olish;

- Noyob turdagi gul navlarini o'stirish va ko'paytirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar

berish;

- Gullarni nobud bo'lishini oldini olish, ya'ni ayni bir gul turiga ziyon yetkazishi munkin bo'lgan kasallik turlari va zararkunanda hashoratlar haqida ma'lumotlar berish orqali qarshi kurashish choralarini o'rgatish kabi imkoniyatlar va qulayliklar yaratadi.

Kelgusida Flower Info Mockup reklama yorlig'i orqali mahalliy gulchilik savdosida sotuv hajmini qay darajada oshirish mumkinligi haqidagi tahlillar va mahalliy gul bozorlariga ta'sir qiluvchi omillar o'rganilib emperik tahlili qilinishi rejalashtirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. X. Deng, "The World Floriculture Industry : Dynamics of Production and Markets," no. November, 2015.

2. M. S. Nain, "Marketing Behaviour and Information Sources Utilization Pattern of Flower Growers," no. November, 2018

3. A. O. F. Franchising and E. I. N. Floriculture, "Analysis of franchising efforts in floriculture," no. 476, 1979.

4. van der Vorst, J. G., Bloemhof, J. M., & de Keizer, M. (2012). Innovative logistics concepts in the floriculture sector.

5. Prince, T. L. (1989). Customer service of floriculture suppliers in the Midwestern floral distribution channels: Its relationship to retailer satisfaction and purchasing intention (Doctoral dissertation, The Ohio State University).

6. Karpun O.V. CONCEPTUAL MODEL OF FLORICULTURE SUPPLY CHAIN MANAGEMENT // Intellectualization of logistics and Supply Chain Management. 2020. J№4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/conceptual-model-of-floriculture-supply-chain-management (дата обращения: 21.04.2024).

7. Verbruggen, H., Kuik, O., & Bennis, M. (1995). Environmental regulations as trade barriers for developing countries: Eco-labelling and the Dutch cut flower industry.

8. Mande, W. M. (2016). Economic Benefits and Ecological Sustainability: The Ethical Dilemma Involving Flower Companies. Mande WM (2016) Economic Benefits and Ecological Sustainability: the Ethical Dilemma involving Flower Companies. In Nkumba Business Journal. ISSN.

9. E. Z Nortoshev, B.T. Qudratov, & Fayozjon Ilxomjon Ogli Rayimov (2023). O'ZBEKISTONDA BIOIQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI VA "BIODEGRADABLE" DAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI. Academic research in educational sciences, 4 (SamTSAU Conference 1), 456-464.

10. Nortoshev, E. Z. (2023). "FAST FOOD" DO 'KONLARINING DAROMADI VA UNGA TA'SIR ETUVCHI OMILLARNING EMPIRIK TAHLILI. Innovative Development in Educational Activities, 2(14), 56-58.

11. Mande, W. M. (2016). Economic Benefits and Ecological Sustainability: The Ethical Dilemma Involving Flower Companies. Mande WM (2016) Economic Benefits and Ecological Sustainability: the Ethical Dilemma involving Flower Companies. In Nkumba Business Journal. ISSN.

12. Исомов, Э. Э. (2023). НЕКОТОРЫЕ БИОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ CYNARA SCOLYMUS LB В УСЛОВИЯХ СРЕДНЕЗАСОЛЁННЫЕ ПОЧВЫ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ (УЗБЕКИСТАН). АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ОБЩЕСТВА, НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, 3, 23.

13. Zeb, J., Khan, Z., & Jan, A. S. (2007). Marketing of Floriculture in NWFP. Sarhad Journal of Agriculture, 23(3), 815.

14. O'G'Li, M. O. M., & Zayirovich, N. E. (2024). BAXMAL TUMANIDA OLMA YETISHTIRUVCHI TOMORQA ХО 'JALIKLARI FAOLIYATIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TA'SIRINI IQTISODIY TAHLILI. Science and innovation, 3(Special Issue 20), 169-179.

15. Nortoshev, E. Z., & Ziyayeva, G. (2023). THE STATE OF WATER RESOURCES USES IN UZBEKISTAN AND USE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN IRRIGATION. Innovative Development in Educational Activities, 2(14), 59-64.

16. Mustafoyev, O. M. (2023). RESPUBLIKA QISHLOQ XO 'JALIGIDA YETISHTIRILADIGAN MAHSULOTLAR O 'RNI VA AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 709-714.

17. Bunyod, I., & Azamat, I. (2023). PROSPECTS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT OF THE AGRICULTURAL NETWORK. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(8), 136-139.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.